insonlar bilan muloqot qilishga sarflaymiz. Bu ham, bir hisobdan, mehnat. Virtual olamda esa,
hammasi nihoyatda oson.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarga ijtimoiy munosabatlarning tayyor
obrazini taqdim etadi. Do„st kerakmi, marhamat, millionlab profillar egalari orasidan istaganini
tanlab, do„stlashavering. Ular qatorida dunyoga mashhur teleyulduzlar, xonandayu aktyorlar
bo„lishi ham mumkin. Virtual ijtimoiy tarmoqda yetti yot begona inson bilan (u
sizning
tengdoshingiz bo„lishi shart emas!) xohlagan mavzuda gaplashib ketaverasiz. Uning shaxsiy
sahifasiga kirib, o„zi haqidagi ma‟lumotlarni o„qisangiz ham, video va foto fayllarni tomosha
qilsangiz ham birov koyimaydi. Xuddi shuningdek, o„z suratingizni biror ommaboproq ijtimoiy
tarmoqqa joylashtirib, millionlab insonlarning olqishu tasannolari («like» lari) evaziga bir kunda
butun dunyoga mashhur bo„lib ketishingiz hech gapmas.
Mana, endi ikkinchi masalaga ham etib keldik. Virtual makonda «hayot kechirish» sizu
biz o„ylagandan ham ko„ra xavfliroq. Masala shu qadar dolzarb va murakkabki, uni, so„zsiz,
muammo darajasiga ko„tarsa bo„ladi. Nima uchun? Avvalo, faktga yuzlansak. Bugun dunyoda
har bir ofis xodimi kuniga o„rtacha hisobda 5-6 soat vaqtini kompyuter oldida o„tkazadi. Telefon
so„zlashuvlari, televizor, internet va kompyuter o„yinlarini qo„shib hisoblaganda bu raqam ikki
baravarga ortadi. Demak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish uchun
kunning teng yarmini sarflar ekanmiz.
Yoshlar orasida esa, mobil telefonlardan keyin internet
eng ommaviy aloqa vositasi ekanini isbotlashning hojati bo„lmasa kerak. Oxirgi sotsiologik
tadqiqotlarga ko„ra, Yer yuzi aholisining 22 foizi internetdan har kuni foydalanadi. Yana bir
qiziq ma‟lumot: hozir global tarmoqda eng ko„p ko„riluvchi yuzta veb-saytning yigirmatasi
ijtimoiy
tarmoqlar turkumiga kiradi, yana oltmishtasi u yoki bu jihatdan ijtimoiy mazmundagi
saytlar, shu jumladan, blog va mikrobloglardan iborat. Mazkur tendensiya internet makonida
chinakam «sotsiomediali inqilob» yuzaga kelganidan dalolat beradi. Uning fonida internet va
ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining
sonigina emas, ushbu tarmoqlarning
insonlarga ko„rsatayotgan ta‟siri ham sezilarli ravishda ortib borayotgani yaqqol ko„zga
tashlanmoqda.
Faol foydalanuvchilar soni bo„yicha hozir dunyoda «Facebook» ijtimoiy tarmog„i
yetakchilik qilmoqda. Uning bir oylik auditoriyasi 800 million kishidan ortiq. Mamlakatimizda
mazkur ijtimoiy tarmoq 200 mingga yaqin foydalanuvchisiga ega (2017 yil yanvar oyi holatiga
ko„ra). O„zbekistonlik internet foydalanuvchilarining 2,5 millioni www.odnoklassniki.ru saytida
ro„yxatdan o„tgan. «Odnoklassniki» 1995 yilda Rendi Konrad tomonidan yaratilgan zamonaviy
ko„rinishdagi birinchi ijtimoiy tarmoq – Classmates.com ning rus tilidagi nusxasi hisoblanadi.
Qolaversa, u hududiy ijtimoiy tarmoq bo„lib, Hamdo„stlik mamlakatlari auditoriyasi uchun
mo„ljallangan.
So„nggi yillarda Uznet tarmog„ida ham bir qancha o„zbek tilidagi ijtimoiy tarmoqlarning
paydo bo„layotgani tasodif emas. Milliy internet segmentida mahalliy – biror mintaqa, mamlakat
yoki shahar miqyosidagi ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishi internet makonida ijtimoiy
tarmoqlarning rivojlanishi bilan bog„liq umumiy tendensiyadir. Biroq mahalliy yoki milliy
ijtimoiy tarmoqlar ko„pincha brend darajasiga yetgan yirik ijtimoiy
tarmoqlardan qisman yoki
to„liq nusxa ko„chirish yo„li bilan yaratilmoqda. Ularning asosiy kamchiligi ham shunda.
Do'stlaringiz bilan baham: