interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoqdir. Mazmuniga ko„ra ijtimoiy tarmoq ikki
bosqichli bo„ladi:
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqotni o„rnatib beruvchi dasturiy-apparatli kompleks;
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqot
internet tarmog„i orqali bajarilishi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsadi – internetda o„zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega
shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O„zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi
orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo„lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq
xususiyatlarining biri – do„stlar va guruhlar tizimidir.
Ijtimoiy tarmoqlarning internetdagi g„alabali yurishi 1995
yilda amerikaliklarning
Classmatec.com (Odnaklassniki uning ruscha analogi hisoblanadi) ijtimoiy tarmog„i yaratilishi
bilan boshlandi. Bu ijtimoiy tarmoqning maqsadi sinfdoshlarni internet tarmog„i orqali qidirish,
topish va muloqot o„rnatish hisoblanadi. Vazifalari esa o„zaro qiziqish to„rlarini hosil qilish va
muloqotni saqlab qolishdan iboratdir.
Hozirda yirik ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar soni millionlab,
milliardlab kishiga
yetgan. Ular o„zaro muloqot qiladilar, saytlarga o„zlarining, yaqinlarining fotosuratlari,
videolarini qo„yadilar, u yoki bu mavzuda fikr almashadilar. Kimlardir bu saytlarda o„zlarining
unut bo„lib ketgan tanishlarini, bolalikdagi do„stlarini topadilar.
Ijtimoiy tarmoqlarda faqat do„stlar, tanishlarni emas, mashhur
insonlarni ham uchratish
mumkin. Yulduzlar o„z sahifalarini ochib, unda hayotlaridagi qiziqarli voqealarni yozadilar,
suratlarni berib boradilar.
Ijtimoiy tarmoqlarning ikki turi mavjud bo„lib, bular
ochiq va yopiq ijtimoiy
tarmoqlardir. Ochiq ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar o„z kontentlarini o„zlari yaratib, o„z
fikrlari borasida ochiq muloqot o„rnatishlari va boshqa foydalanuvchilarni bunga jalb qilishlari
mumkin. Buning yorqin misoli sifatida “Facebook.com”, “Odnoklassniki.ru”, “Vkontakte.ru”,
“Twitter.com” va boshqalarni keltirish mumkin. Yopiq ijtimoiy tarmoqlar, asosan,
bir maqsad
sari harakatlanayotgan insonlarni birlashtirib, unga “begona”lar kirmaydi. Ko„p holatlarda yopiq
ijtimoiy tarmoqlarga biror-bir kompaniya xodimlari uchunyaratilgan tarmoqlar misol bo„la oladi.
Masalan, AQSh banklari xodimlari uchun maxsus yaratilgan ijtimoiy tarmoq “Sbanc Network”
fikrimizga dalil bo„ladi. Yuqorida sanab o„tilgan jahonga mashhur ijtimoiy tarmoqlar
imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi natijalar berishi shubhasiz. Shunga qaramay,
OAV hamda
jurnalistlarning o„zlarida mazkur kontent bilan ishlashda qaysi axloqiy me‟yorlarga rioya etish
kerakligi xususida aniq tasavvur yo„q. Butun dunyoda faoliyat yuritayotgan barcha OAV
tahririyatlari uchun aniq axloqiy me‟yorlarni ishlab chiqish zarurati Bryussel, Anqara, Lahor va
Yamanda yuz bergan terroristik harakatlar timsolida yanada dolzarblashdi. Bunday holatlarda
montaj qilingan, fotoshop orqali o„zgartirilgan faktlarni haqiqat sifatida qabul qilish va noxolis
axborot tarqatish juda ham oson.
Shuningdek, zo„ravonlik ko„rinishlari auditoriya hamda
jurnalistlarning ruhiyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatishi ham mumkin. So„nggi yillarda mazkur
holatlarning ko„payishi va bunday harakatlarning birinchi galda
aynan ijtimoiy tarmoqlarda
tarqalishi Onlayn yangiliklar assotsiatsiyasi (ONA) tomonidan ijtimoiy tarmoqlar kontenti orqali
tarqatilayotgan xabarlar bilan ishlovchi jurnalistlar uchun axloq kodeksini yaratishga undadi.
Mazkur axloq kodeksining asosiy maqsadi butun dunyo jurnalistlar tashkilotlari yordamida
ijtimoiy tarmoqlar kontenti bilan ishlashning eng yaxshi namunalarini topish va jurnalist lar
uchun harakat standartlarni tavsiya etishdan iborat. Ayni
paytda axloq kodeksi Onlayn
yangiliklar assotsiatsiyasining rasmiy veb sahifasida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: