Ma`ruza internet tarmog’i va uning tashkil etilishi reja


LinkedIn ijtimoiy tarmog’i



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana12.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#780114
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
456451 (1)

LinkedIn ijtimoiy tarmog’i
LinkedIn – xizmat kontaktlarini o‟rnatish hamda qidiruv xizmatlari uchun mo‟ljallangan 
mashhur ijtimoiy tarmoqdir. Uning 200 ta mamlakatda 150 biznes sohasiga tegishli bo‟lgan 467 
milliondan ortiq (2017 yil yanvar oyi holatiga ko‟ra) ro‟yxatdan o‟tgan foydalanuvchilari 
mavjud. Sayt 23 xil tilde faoliyat yuritadi.
Ijtimoiy tarmoq 2002 yil dekabr oyida Ridd Xoffman tomonidan asos solingan hamda 2003 yil 
may oyida faoliyatini boshlagan. Kompaniya Bosh ofisi Kaliforniya shtatida joylashgan.
2015 yil yakunlariga ko‟ra kompaniya 2,9 mlrd. dollar sof foyda ko‟rgan (bu 2014 yilgi 
sof foydadan 35 % ko‟p demakdir.).
Ijtimoiy tarmoqning qariyb yarim foydalanuvchilari AQSHda istiqomat qilishadi. 
Shuningdek, Yevropa qit‟asida ham aksar foydalanuvchilar mavjud. So‟nggi yillarda undan jadal 
sur‟atlar bilan o‟sib borayotgan ro‟yxatdan o‟tuvchi foydalanuvchilari Hindiston hissasiga to‟g‟ri 
kelmoqda.
LinkedIn foydalanuvchilari turli maqsadlarda kontaktlar ro‟yxatidan foydalanish imkoniyatiga 
egalar:

Professional darajadagi rezyumelarni tahrir qilish hamda ish qidirish; 

Tavisya etilishlari yoki tavsiya etishlari (ish faoliyati uchun);

Vakansiyalarni topish va yaratish;

Foydalanuvchilar qiziqishlari, kasbiy faoliyatlariga doir guruhlarni yaratish. Sayt 2016 yil 
iyun oyida 26,2 mlrd dollar evaziga Microsoft kompaniyasiga sotilgan. U 2016 yil 4 
avgustidan buyon Rossiya Federatsiyasi uchun bloklangan.
Muloqot.uz milliy ijtimoiy tarmog’i
“Muloqot.Uz” – mamlakatimiz hududida faoliyat yurituvchi mashhur ijtimoiy tarmoqdir. 
Uning funksional vazifalari yuqoridagi boblarda ko‟rib o‟tilgan xalqaro ijtimoiy tarmoqlar bilan 


deyarli o‟xshash. Mazkur milliy ijtimoiy tarmoq 2011 yil avgust oyida ishga tushgan. Loyiha 
rahbari Farhod Fayzullayev.
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog„i millati, diniy eʼtiqodi, jinsi va ijtimoiy holatidan qatʼi 
nazar, fuqarolik jamiyati rivoji uchun o„z hissasini qo„shish niyatida bo„lgan sog„lom va 
mustaqil fikrlovchi hamda mas‟uliyatli kishilarni birlashtiradi. «Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog„i 
umuminsoniy qadriyatlar va milliy anʼanalar, tenglik va bag„rikenglik tamoyillarini tan oladi va 
qo„llab-quvvatlagani holda har qanday ko„rinishdagi zo„ravonlik hamda tahqirlashga qarshi 
chiqadi. «Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog„i shaxsning har tomonlama rivojlanishi g„oyalarini 
amalga oshirish maqsadida yoshlarning maʼnaviy va jismoniy barkamolligi, yoshlar orasida oliy 
qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarning zamonaviy bilimlar va texnika taraqqiyoti yutuqlarini 
muvaffaqiyatli o„zlashtirishlari uchun qiziqish uyg„otish maqsadida zarur sharoitlarni yaratib 
beradi. «Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog„ida aʼzo nafaqat muloqotga kirishish imkoniyati mavjud, 
shu bilan birga turli sohalardagi o„z ijod namunalari, tajribasi, bilim va g„oyalarini 
hammaslaklarning ko„pming kishilik auditoriyasi bilan baham ko„rishi mumkin. «Muloqot.Uz» 
ijtimoiy tarmog„ining barcha aʼzolari – bir-biri bilan ochiq muloqot qiladigan hayotda bor 
shaxslardir. Bizda anonimlarga o„rin yo„q, ammo har bir aʼzoning shaxsiy maʼlumotlari 
maxfiyligi saqlanishiga kafolat beriladi.
„Simple Networking Solutions“ MChJ Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog„i egasi va ishlab 
chiquvchisi hisoblanadi. «Muloqot.Uz» nomi va «Muloqot.Uz» tasviriy beligisiga (logotipi) 
tegishli barcha huquqlar, muloqot.uz va mqt.uz domenlari, «Muloqot.Uz» dasturiy kodi va 
«Muloqot.Uz» dasturiy kodi saqlanadigan serverlar „Simple Networking Solutions“ MChJga 
tegishli. Muloqot.Uz O„zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ommaviy axborot 
vositasi (OAV) sifatida ro„yxatga olingan (Guvohnoma raqami: 0676, berilgan vaqti: 
20.06.2011).
«Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog„i serverlari „O„zbektelekom“ AKning „Biznesni 
rivojlantirish markazi“ filiali maʼlumot markazida joylashgan. «Muloqot.Uz» fayllari TAS-IX 
tarmog„ida joylashgani uchun ham sayt traffigi O„zbekistonning ko„plab internet-provayderlari 
(mobil aloqa operatorlaridan tashqari) uchun bepul hisoblanadi. «Muloqot.Uz» aʼzolarning 
shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligi hamda xavfsizligi „Simple Networking Solutions“ MChJ uchun 
birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda «Muloqot.Uz» aʼzolarning parol va mobil 
telefon raqamlarini shifrlaydi. Yaqin vaqt ichida SSL-bog„lanishni joriy etish va EV SSL-
sertifikatni qo„lga kiritish rejalashtirilgan.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish