KIRISH……………………………………………………………...………….2 ASOSIY QISM…………………………………………………………………5 1-§. Dirixle va Neyman integral tenglamalarni tekshirish …………….……....5 2-§. Chegaraviy masalalarni integral tenglamaga keltirish …………………….7 3-§. Dirixle tashqi masalasining yechilishi……………………………………14 4-§. Erkli o‘zgaruvchilarning soni ikkita bo‘lgan xol…………………………16 XULOSA…………………………………………………………….….……..21 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................23
KIRISH
Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.( Sh.M.Mirziyoyev)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori:
Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy , Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug`bek singari ulug` ajdodlarimiz tamal toshini qo‘ygan matematika fani ilm-fan va texnikaning zamonaviy tarmoqlari jadal rivojlanishi munosabati bilan hozirgi kunda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, raqamli iqtisodiyot sohasida va boshqa ko‘plab sohalarda uning roli ayniqsa ortdi.
Mexanika, fizika, texnika va boshqa sohalarda uchraydigan turli jarayonlar matematik fizika tenglamalari orqali ifodalanadi. Fanning maqsadi matematik fizikaning klassik tenglamalari deb ataluvchi to‘lqin, Rits, hamda issiqlik tarqalish tenglamalarini tekshirish va ularga qo‘yiladigan asosiy masalalarni yechishdan iborat.
Bu tenglamalarni o‘rganish talabalarda tegishli jarayonlar haqida tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon beradi. Ayni paytda ularni mantiqiy fikrlashga, to‘gri xulosalar chiqarishga o‘rgatadi.
Matematik fizika tenglamalari hozirgi zamon matematikasining muhim sohalaridandir. U matematikaning bir necha sohalari, jumladan matematik analiz, funksiyalar nazariyasi, integral va differensial tenglamalar nazariyasi, funksional analiz, fizika, texnika fanlari bilan uzviy bog‘liq. Matematik fizika tenglamalari so‘ngi yillarda keng rivoj topib kelyapti. Endigi kunda matematik fizikaning klassik tenglamalaridan tashqari aralash turdagi xususiy hosilali differensial tenglamalar ham o‘rganilib va u fizikaning ko‘pgina masalalarini hal qilish uchun keng tatbiq qilinmoqda.
Matematik fizika tenglamalari fanining asosiy vazifalariga xususiy hosilali tenglamalar haqida umumiy tushuncha berish, ikkinchi tartibili kvazichiziqli tenglamalarning turlarini aniqlab va ularni kanonik ko‘rinishga keltirish, va matematik fizikaning klassik tenglamalari va integral tenglamalarni o‘rganish, har bir turdagi tenglamalarga asosiy masalaning qo‘yilishi va bu masalarni yechish usullarini o‘rganishdan iborat. Shu bilan birga bu fanning asosiy mazmuni klassik matematik fizika tenglamalari, integral tenglamalar, aralash turdagi tenglamalarni o‘rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |