Ma’ruza fanning predmeti, maqsadi va vazifasi


YO’LLAR VA BOShQA TURDADAGI ARXEOLOGIK YoDGORLIKLAR



Download 1,83 Mb.
bet59/103
Sana22.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#572680
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Bog'liq
Arxeologiyaga kirish majmuasi

YO’LLAR VA BOShQA TURDADAGI ARXEOLOGIK YoDGORLIKLAR




Yo’llar. Lazurit yo’li. Shoh yo’li. Buyuk ipak yo’li. Buyuk ipak yo’li tarmoqlari. Yo’l bo’yi inshootlari (Kuzatuv inshootlari, sardobalar, karvonsaroylar, soliqxonalar, chegara postlari, tabiblar xonalari, otxonalar, oshxonalar, olov orqali aloqa vositalari, ko’priklar).
Karvonsaroy — karvonlar to’xtab, tunab o’tadigan rabot, saroy. Yaqin Sharq, O’rta Osiyo, Zakavkaze shaharlari savdo yo’lida barpo etilgan. Karvonsaroylar, odatda, o’rtada katta hovli, atrofi bir-ikki qavatli hujralar bilan o’ralgan, minorali qal’aband istehkom shaklida bo’lib, savdo manzillarida va shahardagi bozor (tim, toq)lar qatoriga qurilgan. 9— 18-asrlarda shaharlarning o’sishi va karvon savdosining kuchayishi natijasida karvonsaroylar ko’plab bunyod etilgan. Arab sayyohlari Istahriy va ibn Xavqallarning ma’lumotiga ko’ra, 10-asrda savdo markazi hisoblangan Movarounnahrda 10 mingdan ortiq karvonsaroylar bo’lgan (yana q. Rabota Malik, Doya xotin karvonsaroyi xarobalari, Ollaqulixon karvonsaroyi va timi). Temir yo’l va boo’qa zamonaviy transport rivojlanishi natijasida karvonsaroylar o’z ahamiyatini yo’qotgan.
Sardoba (fors-tojikcha «sard» - sovuq va «ob» - suv) — suv tanqis hududlarda uni to’plash va saklash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. O’rta Osiyo va Sharqdagi boshqa mamlakatlarda qurilgan. Sardobaning devori tsilindr shaklida, diam. 12-13 m, chuq, 10-15 m, hovuz yuzasi er sathi bilan bir tekis bo’lgan. Sardoba gumbazi sifatli pishiq g’isht va ganchdan ishlangan, tepasi tuynukli, atroflarida hovuzga suv tushadigan teshiklar qilingan. Kirish uchun sardobaga eshik ham o’rnatilgan, uning oldi suvni toza saqlash maqsadida devor bilan o’ralgan. Sardoba yoniga mollarni
sug’oradigan oxur kilinib, unga hovuzdan maxsus tarnov orqali suv oqizilgan. Ba’zi sardobalarda ularni nazorat va tozalab turuvchi miroblar uchun xonalar ham bo’lgan.
Sardobalar geografik joylashuvi, joyning tabiati, relefiga ko’ra, bir necha xil (qor-yomg’ir suvlari, anhor-ariq suvlari, er osti suvlari (korizlardan) yig’iladigan sardobalar) bo’lgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda Movarounnahrda 44 ta sardoba bo’lgan. Ulardan 29 tasi Qarshi cho’lida, 3 tasi Mirzacho’lda, 3 tasi Toshkent bilan Farg’ona o’rtasidagi qadimgi savdo yo’lida, 1 tasi Karmana yaqinida - Cho’li Malikda qurilgan. 19- asr oxirigacha ishlatilgan sardobalardan biri hoz. Turkmanistondagi Sandikli cho’lida 17-asr o’rtalarida Kerki va Qarshi shaharlarini bog’lovchi karvon yo’lida qurilgan, hovuzining diam. 17 m bo’lgan Sangi suvloq sardobasidir. Sardobalar kadimda dasht va cho’llarda chorvani va savdo karvonlarini suv bilan ta’minlashda muhim o’rinda tutgan. Hozir saklanib qolgan sardobalar tarixiy-etnografik ahamiyatga ega.
Hammom — cho’milish, yuvinish va poklanish uchun kurilgan maxsus bino. Sharq mamlakatlarida o’ziga xos me’moriy hammomlar qadimdan ma’lum. Yozma manbalar, arxeologiya ma’lumotlari 10-12-asrlarda O’rta Osiyo (Buxoro, Taroz, Niso va boshqa shaxarlar)da hammomlar issiqlikni saqlash maqsadida erni chuqur qazib, deyarli er ostida, yarim er to’la tarzida qurilganini ko’rsatadi. Buxoroda 16-asrda qurilgan Misgaron, Sarrofon hammomlari saqlangan. Arxitekturasi bir-biriga juda o’xshash bo’lgan bu hammomlarning echinish xonasi, choy ichib hordiq chiqariladigan katta (yog’och ustunli) xona, o’rtada asosiy uqalash xonasi, uning atrofida yuviniladigan xonalar bo’lib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan. G’isht, tosh terib ishlangan hovuzak (bak) larda issiq va qaynoq suvlar, xonalar ostidan qaynoq havo bilan isitilgan. Xonalardan xonalarga o’tilgan (xonalar ichkariga tomon tobora isiy borgan). Oqava suvlar uchun ariqchalar qazilgan, xushbo’y moddalar va kul suv (ishqorli suv) uchun mo’ljallangan hovuzchalar
sirti suvga chidamli maxsus qorishmalar («qir») bilan qoplangan. Devorlar ganch bilan suvalgan, sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan. Shahrisabz, Qarshi, Xiva (Anushon hammomi) kabi shaharlarda qadimgi me’moriy hammomlar saqlangan. Turkiyada 15-17-asrlarda qurilgan ulug’vor hammomlar saqlangan. Ularning ko’pchiligi ayollar va erkaklar uchun ikki qismdan iborat simmetrik qilib qurilgan. Boyazid hammomi (1501), me’mor Xo’ja Sinon loyihasi bilan qurilgan Chinnili (1545), Xaseki (1556) hammomlari muhim jamoat binolari qatorida serhashamligi bilan diqqatni tortadi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish