Ma’ruza fanning predmeti, maqsadi va vazifasi


QABR – QO’RG’ONLAR VA ULARNING TURLARI



Download 1,83 Mb.
bet57/103
Sana22.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#572680
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Bog'liq
Arxeologiyaga kirish majmuasi

QABR – QO’RG’ONLAR VA ULARNING TURLARI


Qabr, go’r — marhumni dafn etish uchun tayyorlangan maxsus joy. Qabr har bir xalqning urf-odati, yashaydigan geografik muhiti, kishilarning tabiiy-ilmiy tasavvurlari, diniy e’tiqodlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. O’liklarni ko’madigan xalqlarda, jumladan, o’zbeklarda ham qabrning lahad, kamin, tik chuqur va satana tiplari bor.


Lahad. Aksariyat er osti suvlari chuqur bo’lgan qurg’oq joylarda lahad qaziladi. Lahad tipidagi qabrlar O’zbekistonda bundan 3500 yil ilgarigi jez davri qabristonlarida ham uchraydi. Qabr tayyorlash uchun erdan bir metr
chamasi tik chuqur — «ayvoncha» qazib, uning bir burchagidan o’lik bo’yi baravar gorizontal kavak — «lahad» kavlanadi, tuprog’i tashqariga olinadi. O’lik ko’yilayotganda go’rkov lahad ichiga tushib, o’likning bosh tomonini qibla (g’arb)ga qaratib yotqizadi. Lahadning teshigiga g’isht, tosh, guvala, chim qalab bekitiladi, so’ngra «ayvoncha» tuproq bilan to’ldiriladi. Ortib qolgan tuproq qabr ustiga tepa qilib qo’yiladi.
Kamin (yoki kamgoh) tipidagi qabrda er bir metrdan ortiq tik va cho’zinchoq o’ra qilib qaziladi. O’ra devori ostki yonidan uchburchak shaklida o’yiladi. O’lik shu kamin (kamgoh)ga qo’yiladi. Kamgoh og’zi g’isht, guvala va bilan bilan bekitiladi, so’ngra qabr tuproq bilan to’ldiriladi.
Tik chuqur shaklidagi qabrda er o’lik bo’yiga teng qilib kavlanadi, o’lik chuqurga chalqancha yotqiziladi. Qabr og’ziga katta yassi toshlar zichlab teriladi, so’ngra ustiga tuproq tortiladi.
Sag’ana, asosan, er osti suvlari yuza bo’lgan joylarda — Buxoro, Samarkand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Sag’anada er qazilmaydi. Ulik er yuzasiga qo’yiladi, uning ustiga pishiq g’ishtdan gumbazsimon sag’ana bino qilinadi. Qabrlarga qayta-qayta o’lik qo’yish, ba’zan bir oilaning erkaklarini bir qabrga (oldin o’lganlarning suyaklarini bir chetga surib, o’rniga yangi o’likni sag’anaga) qo’yish odati bo’lgan. Xotinlar ham shunday tartib bilan qo’yilgan. Ba’zi turkiy xalqlarda, jumladan, o’zbeklarda boy tabaqalar sag’ana qurdirib qo’yish odati bo’lgan.
Qabriston, mozor — marhumlar dafn etiladigan maxsus joy. Qabriston turlari va ularni muhofaza qilish tartibi dafn marosimi, muayyai xalq, din, mazhab, ijtimoiy guruh va boshqalar bilan belgilanadi. Dafn etish joylari antik davrda va Qadimgi Sharqda nekropol deb atalgan. O’zbekistonda qabritonlarga qadimdan alohida e’tibor berilgan. Qabristonlar uchun ko’pincha tepalik joylar tanlangan, atrofi devor yoki panjaralar bilan o’ralgan. Mashhur kishilar uchun esa maqbaralar qurilgan.
Qo’rg’on qadimgi qabriston turi (mozorqo’rg’on), Janubiy-Sharqiy Osiyoda jasadni kuydirish rasm bo’lgan xalqlarda marhumning xoki ustiga tuproq tashlangan, shu tarzda tuproq tashlanaverib, qo’rg’on hosil bo’lgan. Amerika, Evropa, Shimoliy Osiyoda yog’och, tosh, loy-tuproqdan maxsus inshootlar qurib dafn etiladigan joylar tayyorlangan, bu inshootlar ustiga tuproq yotqizilgan, goh gumbaz bilan yopilgan. Qo’rg’onlarning balandligi 3-6 m, diametri 3-4 m O’zbekistonning Namangan viloyatidagi 1-5 asrlarga mansub Go’rimiron qo’rg’oni (balandligi 1-2 m, diametri 4-6 m)da marhumlar sopol idishlar, temir qurollar bilann dafn etilgan. Bunday qo’rg’onlar To’ytepa, Chirchiq, Samarkand viloyatidan hamda Lavandak qabristonidan topilgan.

    1. Download 1,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish