HARBIY ISTEHKOMLAR
Mudofaa inshootlari – o’t ochish, jang maydonini kuzatish va qo’shinlarni boshqarish, shaxsiy tarkib, jangovar texnika va transport vositalarini qimoya qilish singari tadbirlar uchun mo’ljallangan inshootlar tushuniladi. Mudofaa inshootlariga turli tipdagi okoyalar, transheyalar, o’t ochish vositalari uchun maydonchalar, kuzatish punktlari, pana joylar, blindajlar, maxsus o’q-dori omborlari, aloqa yo’llari va boshqalar kiradi. Mudofaa inshootlari barpo qilish juda uzoq tarixga ega. Qadimda shahar yoki qo’rg’on-larni dushman hujumidan himoya qilish uchun mudofaa devorlari qurilgan, qo’rg’onlar atrofida chuqur xandaqlar qazilib, ular suv bilan to’ldirib qo’yilgan. Qal’a yoki qo’rg’on devorlarida o’t ochish tuynuklari (shinaklar), burjlar bo’lgan.
Qal’a – qadimda va o’rta asrlarda bino qilingan mustahkam mudofaa istehkomi. O’rta Osiyoda ilk temir davridan boshlab shakllangan (Tallashqon tepa 1, Bandixon 1). Yozma manbalarda qal’a, ko’rg’on, istehkom, hisor va shahar ma’nolarida tilga olinadi. Qal’alar, doira, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat yoki oval tarhli bo’lib, atrofi baland o’rtacha 9-10 m, qalinligi 3-4
m. mudofaa devori bilan o’ralgan. Devor tashqarisndan chuqur (2-3 m) va kengligi 10-15 m li xandaq – zovur kavlangan. Qal’alar devori paxsa va yirik xom g’ishtlardan barpo etilgan. Devor bo’ylab mo’lalar, ayniqsa, uning burchak qismlarida esa doira yoki to’rtburchak shakldagi burjlar qad ko’tarib, ularning bir yoki ikki qator nishon tuynuklari — shinak (tirkash) lari bo’lgan. Qal’ada bir yoki ikki darvoza bo’lib, ular strategik jihatdan nihoyatda mustahkam (qo’sh minorali labirintli) qilib kurilgan. Qal’alar ichida aholi turar joylari, ot, ulov va mollar uchun otxona, molxona va qo’ralar bo’lgan. Qamal vaqtlarida esa, zaruriy oziq-ovqat, em-xashak, qurol- yarog’, kamon o’qlari va palaxmon toshlari saqlangan.
Qal’a asosida, keyinchalik shaharlar yuzaga kelib, uning maydoni kengaygan. Ba’zan, Qal’alar shahar yoki viloyat hukmdorining qarorgohiga aylantirilib, qasr qad ko’targan va qal’aning bu qismida hisor, ko’handiz yoki ark atamalari bilan yuritilgan oliy dargoh shakllangan. Bunday hukmdor qarorgohini yunonlar akropol, rimliklar kapitoliy deb ataganlar. Shu bois qal’a deb Xorazmda shahar yoki mustahkam istehkomli qo’rg’on — turar joy tushunilgan. Mae, Ayoz qal’a, Jonbos qal’a, Bozorqal’a, Tuproqqal’a, Kuyqi-rilgan qal’a va boshqalar shular jumlasidandir. Buxoro va Qashqadaryo vohalarida qal’alar, odatda, qo’rg’on deb yuritilgan. Mac, Qo’rg’oni Romitan, Erqo’rg’on va boshqa qurg’onlar ham mustahkam devor bilan o’ralib, bir nechta darvozasi bo’lgan shahar qiyofasidagi qal’alar hisoblangan.
Qal’alar shubhasiz, qadimgi va o’rta asrlarning o’ziga xos me’moriy obidasi hisoblanadi. Ular, avvalo, aholi yashaydigan turar joy, mudofaa inshooti, yovgarchilik davrlarida qamaldagi harbiylar qarorgohi, oziq-ovqat va qurol-yarog’ omborxonalari kabi vazifalarni o’tagan. O’zbekistonda qad ko’targan qal’alar qurilishi uzoq tarixga, o’z an’analari va sermazmun atamalarga ega qadriyatlardan hisoblanadi.
Qo’rg’on – qum, tuprokdan hosil qilingan sun’iy tepa. Qo’rg’on, ko’pincha aylana, oval, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat tarhli, atrofi devor bilan o’ralib, ichini qum, tuproq, shag’al bilan to’ldirib sun’iy hosil qilingan. Qo’rg’onlar uzoq o’tmishda mudofaa maqsadlari uchun xizmat qilgan. O’rta asrlarda qalin va baland mudofaa devori bilan o’rab qurilgan, asosan, bir darvozali shahar qal’a. Tabiiy tepaliklarda, ba’zan baland supa ishlanib ustida bunyod etilgan.
Mudofaa devorlari - aholini dushman hujumidan saklash maqsadida qadimgi dehqonchilik vohalari atrofiga qurilgan devorlar. Bunday devorlar Osiyo, Evropa va Afrika qit’asidagi ko’pgina mamlakatlarda qurilgan (masalan, Buyuk Xitoy devori, Antonin devori va b.). O’zbekiston hududida Shaxrisabz, Kitob, Nurota dehqonchilik rayonlari va Marokanda shahar atrofidagi qishloqlar tevaragiga mudofaa devorlari qurilgan. 1956 yilda Ya. G’. G’ulomov boshchiligida O’zbekistonda mudofaa devorlari izlari aniklanib, ularning qurilish texnikasi o’rganiladi. Yozma manbalarda bu devorlar: Hoitul xoriji (Tashqi devor), Hoitul kabiri (Katta devor), Surul a’zami (Ulug’vor devor), Kanpir devor, Devori Kandi buzurg (Katta viloyatning devori), Devori Kandi dizak (Istehkomli viloyat devori) degan nomlar bilan atalgan. O’zbekistondagi qadimgi dehqonchilik vohalari atrofida mudofaa devorlari bunyod qilishdan asosiy maqsad vohani ko’chmanchilarning hujumidan himoya qilish, shuningdek, vohadagi o’troq aholini chet el bosqinchilari istilosi va hukmronligi hamda mahalliy zo’ravonlarni ularga yordamlashib turgan ko’chmanchi qabilalardan ajratib, yakkalab qo’yish, itoatkorlikda saqlash edi.
O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekistondagi mudofaa devorlari tarixini 3 davrga bo’lish mumkin: 1-davr mil. av. 6-4-asrlar — mil. 5-6-asrlar; 2-davr 6-asrdan 8-asrgacha davom etgan; 3-davr 8-asrning oxiri va 9-asrning boshlariga to’g’ri keladi. Qadimgi Buxoro, Sug’d, Usrushona vohalari
atrofidagi devorlar o’zaro tutashtirilib, alohida vohalarnigina emas, balki butun bir mamlakatni uragan yagona mudofaa tizimiga aylantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |