Ma’ruza fanning predmeti, maqsadi va vazifasi


MEZOLIT, NEOLIT VA ENEOLIT DAVRI TEXNOLOGIK KAShFIYoTLARI



Download 1,83 Mb.
bet50/103
Sana22.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#572680
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
Bog'liq
Arxeologiyaga kirish majmuasi

MEZOLIT, NEOLIT VA ENEOLIT DAVRI TEXNOLOGIK KAShFIYoTLARI


Mezolit (mezo... va lithos — tosh) — o’rta tosh davri; paleolitdan neolitta o’tish davri (mil. av. 10—7-ming yil-lik). Geologik pleystotsendan hozirgi golotsenga o’tish davri. Mezolitda hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos bo’lib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yo’q bo’lib, yangilari paydo bo’lgan. Inson hayotida katta o’zgarishlar sodir etilgan. Mezolitda o’q- yoyning kashf etilishi bilan yakka oila bo’lib yashash imkoniyati tug’ilgan. Tosh, suyak, yog’ochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirg’ich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega bo’lishgan. Shu tariqa jamoa bo’lib yashashga barham berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan shug’ullanganlar.
O’zbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qo’shilish bo’lib, u mil. av. 10-ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qo’lga o’rgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa mezolit davri boshida O’zbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor bo’lganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid ko’plab

1
yodgorliklardan Farg’ona vodiysining So’x tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (q. Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay g’ori kabilarni ko’rsatish mumkin.
So’nggi paleolit davri takomillashgan tosh qurollari mezolit davri qurollarining paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Evrosiyoning janubiy mintaqalarida hajmi 1-2 santimetrdan iborat geometrik shaklli tosh qurollarda foydalanila boshlaydi. Sigment, trapetsiya va uchburchak shaklli kremen (choqmoq tosh) qurollari hajmi jihatdan ancha kichik bo’lib, ular arxeologiya fanida mikrolitlar (yun. mikros-kichik, litos-tosh), deb nomlanadi. Bunday tosh bo’lakchalaridan odatda qadama sifatida qo’llanilgan. Mikrolitlar odat biror vosita yog’och yoki suyakga qotirilib, kamon o’qi uchi, boshoqli o’simliklarni o’rish uchun o’roq sifatida foydalanilgan. Shuningdek, teriga ishlov berish kabi nozik ishlarini bajarishda qurol sifatida ham ishlatish mumkin bo’lgan. Mikrolit texnikasiga asoslangan tosh qurollar dastlab janubiy o’lkalarda aholisi orasida tarqala boshlagan bo’lsa, shimoliy mintaqalarda so’nggi paleolit davri an’anasiga ega bo’lgan plastikasimon (yapaloq shakldagi) tosh qurollardan foydalanish davom etgan. Shimoliy o’lkalarda mikrolit shaklli to qurollar nisbatan keyinroq vujudga keladi. O’rta tosh davrda mikrolitlar bilan birgalikda makrolit (yun. makros-katta, litos-tosh)) qurollari, xususan tosh boltalar ham paydo bo’ladi. Makrolit qurollarning o’rmon mintaqalari va tog’li hududlarda ahamiyati yuqori bo’lgan. Tosh boltalar yirik toshlarni tekis yorish va sirtini silliqlash asosida amalga oshirilgan.


Mikrolit tosh qurollar




O’q-yoy



Mezolit davri tabiiy-geogafik o’zgarishlari ibtidoiy davr kishilarining turmush tarzini keskin o’zgarishiga olib keladi. Jamoa a’zolari mahalliy hududlarda tarqagan fauna va florasi xususiyatlaridan kelib chiqib o’zlashtiruvchi xo’jalik shakllarini tashkil etishib, bu sohada ma’lum ixtisoslashishni keltirib chiqargan. Natijada ibtidoiy ajdodlarimiz ovchilik, baliqchilik va termachilik yoki ularning ikki turi bilan shug’ullanib kun kechirishgan.
Dukkakli o’simliklarni termachlashga asoslangan qabilalar boshoqli o’simliklarni madanishlashtirish, ovchi qabilalar esa yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirib, oxir oqibat ilk ishlab chiqarish-dehqonchilik va chorvachilik shakllarining vujudga kelishiga zamin yaratishgan. Bu jarayon nisbatan ilgariroq mezolit davrining o’rtalarida Yaqin va O’rta Sharq hududlarida sodir bo’lgan.
Mikrolit toshlardan kamon o’qlarining, yirikroq tosh uchrindilaridan esa nayzaning uchiga qadama sifatida foydalanilgan. Kishilar teri, suyak va yog’ochlarga ishlov berish, chig’anoq va toshlardan
taqinchoqlar yasash, ishlov berilgan terilardan kiyim-kechak tikish kabi uy ishlarini bajarganliklaridan dalolat beradigan ashyovi dallilar uchraydi.
Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining so’nggi bosqichi. Osiyo va Evropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib o’rganilgan. Neolit davri osori atiqalarining aksariyati mil. av. 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrining bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. Neolit davrida odamzodning turmush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashg’ulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarga asos solindi. Neolit odamining xo’jalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoqlar yasalib ilk kulollik, suyak va hayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiygina yog’och dastgohlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi to’rlarini to’qish va xonaki to’qimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (o’q-yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, o’roq, o’roqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga o’rnatish, silliqlab tig’ini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga o’tkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, o’roq, o’rokranda, arra, chopqilar kabi xo’jalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiqlar yasaladi. Neolit odamining mehnat faoliyatidagi o’zgarishlar, xo’jalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda «Neolit inqilobi» deb ataldi. Bu bosqich davomida ona urug’doshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va to’qimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urug’doshligiga o’tish uchun zamin yaratildi.
Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan Neolit kabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan har xil hududda o’ziga xos neolit davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy deqqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Irok, va Eron) hududlarida mil. av. 6—4-ming yilliklardayoq qadimgi dehqonchilik o’lkalarida tosh tishli qadama o’roq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari bug’doy, tariq, loviya va sholi kabi boshoqli o’simliklar madaniylashtirildi, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qo’lda, so’ngra qo’l charxida guldor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi.
Mil. av. 6—3-ming yilliklarda O’rta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va jamoalar 2 yo’nalishda rivoj topdi. Masalan, uning janubiy-g’arbiy hududlarida neolit davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qo’y va qoramol) bilan shug’ullangan bo’lsalar, uning shimoliy va shimoliy-sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar.
Neolit davrining o’trok, ilk qishloq xarobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdog’ etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli o’roq, pichoq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushirilgan sopol idish bo’laklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishloqda 150-180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan o’troq qishloq jamoasi yashagan. Xo’jalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli bo’lgan. Chunki, bu davrda ona urug’doshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan.
O’rta Osiyoning janubiy hududlarida o’troq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanayotgan zamonda, uning shimoliy va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va tog’liklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Mil.
av. 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon xavzalari va ulardan shimolda yashagan ovchi-baliqchi qabilalarning turar joy qoldiqlari dastlab qadimgi Xorazm erlarida topib o’rganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati nomini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ulkan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uning maydoni 300 kv.m ga teng. Unda 100— 120 nafarli urug’ jamoasining baliqchi-ovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yog’och va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla ko’p ustunli, yapaloqroq shaklda bo’lib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning atrofida 20 dan ortiq maydaroq o’choq o’rinlari qayd etilgan. O’chokdar girdidan va chayladan baliq, to’ng’iz, jayron, bug’u, qush suyaklari, tuxum po’choqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan.
Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib o’rganilgan. Darvozaqirliklar chaylasi nomi bilan yuritilgan bu yodgorlikdagi chayla to’g’ri burchakli to’rtburchak shakdda qurilgan. Sahnining uzunligi 11,6 m, kengligi 7 m, maydoni 81,5 kv.m ga teng. Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha o’choq o’rinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (o’q-yoy paykonlari, o’roq, randa, keskich, qirg’ich, teshgich, so’zan, parma va bolta), sopol idish bo’laklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi.
Dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklari hamda o’troq hayot bilan bog’liq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga bo’lgan talab oshadi. Shu boisdan tog’ va tog’ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida tog’lardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo bo’ladi. Xom ashyo, dastavval tog’ yuzasiga chiqib qolgan tosh xarsanglaridan sindirib olingan, so’ngra qazib chiqarilgan. Buning uchun o’ra va lahmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali neolit davri konlaridan
biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlog’i yaqinida topib tekshirilgan (mil. av. 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani ma’lum bo’ldi. Neolit davri shaxtalari Angliya, Frantsiya, Keniya, Shvetsiya, Germaniya va Belorussiya kabi hududlarida xam o’rganilgan. Neolit davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni o’rganib oladilar.
Neolit davrida toshga ishlov berish yanada takomillashgan va mukammal usullari vujudga kelib, ularning turi va soni yanada ko’payadi. Bu asosan kremen-chaqmoqtosh ko’p uchraydigan Evrosiyoning shimoli-g’arbiy hududlarida ko’proq namoyon bo’ladi. Kremen kam uchraydigan janubiy o’lkalar, xususan, O’rta Osiyoning ayrim hududlarida tosh qurollariga ishlov berishning arxaik shakli saqlanib qoladi. Janubiy o’lkalarda mikrolit texnikasi takomillashgan bo’lsa, shimolda toshga ishlov berishning so’nggi paleolit davridan ma’lum bo’lgan plastinkasimon” usuli saqlanib qoladi. Shimolning o’rmon dashtlarida makrolit, xususan tosh boltalar keng tarqaladi. Yog’och va suyaklarning turli mehnat qurollari va qurol yarog’lar tayyorlashdagi muhim xom ashyo sifatidagi ahamiyati yanada ortadi.

Tasma uslubida sopol idish yasash


Eneolit (lot. aeneus — mis, misli va yun. lithos — tosh), mis davri, mis-tosh davri — neolitda jez asriga o’tish davri (mil. av. 4—3 - ming yilliklar). Eneolit davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va mo’rt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi.
Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni iste’moldan siqib chiqara olmadi. Shunga kura, bu davr mis-tosh davri ham deyiladi. Eneolit davri arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida Kaptarning qumi, Katta Tuzkon makonlari, Sarazm, Namozgohtepa, Qoradepe (Turkmaniston) kabilarda qazib o’rganilgan. Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Mehnat qurollari tosh-dan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik nakshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat bo’lgan. Eneolit davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan ko’plab ayol haykalchalari (ma’budalar) topilgan. Bu eneolit davrida hali ona urug’i (matriarxat) bo’lganligidan dalolat beradi.

  1. Download 1,83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish