Маъруза Амалий машғулот


t/r MAVZULAR NOMI



Download 0,54 Mb.
bet8/10
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#502328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13. ЯЗДМ мажмуа янги — копия

t/r




  1. MAVZULAR NOMI

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

1

Yangi zamon madaniyatining paydo bo’lishi

2

2

2

Madaniyatni yaratuvchi ijodkorlari

2




3

Feodal va demokratik madaniyatlarning nisbatan teng rivojlanish davri.

2

2

4

Maorifning rivojlanishi – madaniy taraqqiyotning asosidir.

2

2

5

XVII-XVIII asrlarda Rossiyada fan va madaniyatning rivoji.

2




6

XVII-XVIII asrlarda Rossiyada fan va madaniyatning rivoji.

2

2

7

AShda maorif va fan rivoji




2

8

Fransuz madaniyatining yangi davr tarixi

2

2

9

XVII asr oxiri – XX asr boshlarida Germaniya madaniyati

2

2

10

Texnikaviy to’ntarish va ommaviy tafakkurdagi o’zgarishlar.




2

11

XIX asr oxiri XX asr boshlarida texnika va tabiiy fanlarning taraqqiyoti

2

2

12

XVIII asr oxiri- XX asr boshida Xitoy




2

13

Yangi zamon davrida Yaponiya va Xitoy madaniyati

2

2

14

XIX asr – XX asr boshlarida rus madaniyati

2

2

15

Yangi zamon davrida Angliya madaniyati




2

Jami

22

26



9-mavzu: Texnika sohasidagi to’natirish va ommaviy tafakkurdagi o’zgarishlar
Reja:

  1. Kirish qismi

  2. Texnikaviy to’ntarishni vujudga keltirgan sharoitlar

  3. Texnika sohasidagi ixtirolar

  4. Ilmiy va amaliy ixtirochilar

  5. Axborot tarqatuvchi tarmoqlarning madaniy taraqqiyotdagi o’rni

1. Kirish qismi. Yangi zamon tarixining ikkinchi davri boshlanishiga kelib rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda sanoat to’ntarishi va kapitalistik sanoatlashtirish asosan yakunlandi. XIX asrning 70-yillari va undan keyingi avlod mashinalashgan sanoatni, temir yo’llarni va paroxodni oddiy tabiiy hol sifatida qabul qiladigan bo’lishdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoat shaharlari yoki ishchi posyolkalari millionlab yangi kishilar hisobidan kengayib bordi. Bular qishloqlarni tark etgan batraklar, kichik savdo xodimlari yoki hunarmandlar vakillari bo’lib, ular o’z kasblarini yollanma ishchi bo’lish bilan almashtirgan edilar. Bunday kishilar faqat Yevropaning o’zida 60 mln.dan ortiq edi. Shahar aholisi tez sur’atlar bilan o’sdi va XX asr boshlariga kelib 13 ta yirik shaharning aholisi milliondan oshib ketdi. Aynan shu davrga kelib shaharlar badiiy tadqiqot manbaiga aylandilar, poeziya va rassomchilik sohalari diqqatini tortdilar.
2. Texnikaviy to’ntarishni vujudga keltirgan sharoitlar. Barcha sinf vakillarining ma’naviy hayotida u yoki bu darajada yangi va uzluksiz yangilanib borayotgan texnikaning keng imkoniyatlari mavjudligi o’rnashib qoldi. Hatto ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan aholi qatlami ham ommaviy mahsulot iste’molchisi sifatida bu jarayonga befarq emasdlar. Iqtisoddagi bunday o’sish sur’ati ba’zilarga ma’qul tushsa boshqalari unga befarq edilar, uchinchilari esa uni boshga tushgan falokat deb qabul qilsalarda har holda bunday tez sur’atlardagi o’zgarishlar turli sinf va tabaqa ahlining ma’naviy hayotidan o’rin oldi. XIX asrning birinchi yarmida aholining eng ilg’or qismini qamrab, tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanish g’oyasi manbaiga aylangan xususiyatlar endi asrning oxiriga kelib jamiyatdagi barcha ommaning mulkiga, ular madaniyatining muhim sifatiga aylandi. Ta’kidlash lozimki, yarim asr mobaynida, boshqacha qilib aytganda bir avlod hayoti davrida yuz bergan o’zgarishlar zamondoshlar kayfiyatiga qanchalik ta’sir etishini tasavvur etish kerak. 1870 yildan 1914 yilgacha hatto sanoat mahsulotlari o’sishi ilg’or davlatlarga nisbatan ancha sust bo’lgan Angliyada ham 2,3 marotabaga oshdi. «Eski» kapitalistik davlatlar toifasiga kirgan Fransiyada ham sanoat ishlab chiqarish 3 marotabaga o’sdi, «yosh» mamlakatlarda esa Germaniyada 5,5 marta va AQShda 9 marotaba oshdi.
Rivojlanishning notekisligiga qaramay yuz berayotgan o’zgarishlar kayfiyati barcha g’arbiy yevropaliklar va shimoliy amerikaliklarni qamrab oldi. Bu nafaqat mahsulot sonining va jahon savdosining o’sishi bilan, balki ishlab chiqarish texnologiyasidagi sifat o’zgarishi va sanoat tarkibidagi o’zgarishlar bilan ham belgilanadi.
Dunyo texnikaviy to’ntarishni boshidan kechirayotgan edi, u o’z ahamiyati jihatidan inqilobiy o’zgarish bo’lish bilan birga bu hol tabiiy fanlarda ham kuzatildi. Bular hali alohida jarayon, aniqrog’i yonma-yon rivojlanish edi, chunki ilmiy-texnikaviy jarayonning yaxlitlanishi, ya’ni yagona bo’lib rivojlanishi XX asrning o’rtalaridan boshlab, ikkinchi jahon urushidan keyin ro’y berdi. Texnika va fandagi o’zgarishlar va ularning zamondoshlar ma’naviy hayotiga ta’sirini anglash uchun uni alohida ta’kidlash zarur.
Ba’zi ilmiy adabiyotlarda uchraydigan «ikkinchi sanoat to’ntarishi» yoki «ikkinchi sanoat inqilobi» tushunchalari boshqa mualliflar tomonidan rad qilinishi adolatlidir. Darhaqiqat XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi yarmida yuz bergan ham texnikada va ham ijtimoiy sohadagi sanoat to’ntarishi o’z mohiyati bilan yagona va takrorlanmas edi.
Lekin XIX asr oxiri XX asr boshlarida bo’lib o’tgan sanoat to’ntarishi ko’p jihatdan peshqadam kapitalistik davlatlarda yashaydigan aholining moddiy sharoitini o’zgartirdi, ularning turmush tarziga sezilarli o’zgartirish kiritdi. Bu o’z navbatida texnikaviy va ilmiy inqiloblarning ishtirokchisi, ijodkori bo’lgan insonning o’zida ham o’zgarirshga olib keldi. Ehtimol hamma ishchilar, injener-texnik xodimlar ham ixtiro qilmagandir yoki hamma olimlar ham dunyo to’g’risidagi tushunchani tubdan o’zgartiradigan kashfiyot qilmagandir. Lekin ularning hammasi ham mazkur moddiy va ma’naviy o’zgarishlarni yaratgan muhitga yashab, bu yangiliklar natijalaridan foydalanib, sinab ko’rganlar. Bu esa o’sha davr ruhiyatiga ko’rsatgan ta’sir edi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ishlab chiqarish vaziyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, texnika taraqqiyoti ilmiy kashfiyotlar bazasida amalga oshirildi va qisman XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida qilingan ixtirolar zaminida vujudga keldi.
Ishchining faoliyati eng avvalo moddiy faoliyatdir, lekin texnikaning rivojlanishi undagi ma’naviy va intellektual elementlarni kuchaytirdi. Texnikaning rivojlanishidan burjuaziya manfaatdor edi, xuddi shuningdek, mehnat samaradorligining oshishidan ham. Bu o’z navbatida ularning ma’lum qismdagi ishchilardan yuqori malaka, ya’ni texnikani tushunish, uning ish jarayonini o’zlashtirish va foydalanish madaniyatini o’zlashtirib rivojlanishga hissa qo’shishini taqoza qiladi. Bu ishchilar o’z mehnati samaradorligiga befarq emasdilar. Lekin ular umuman yuqori malaka egasi bo’lmay, balki ma’lum bir kasb ustasi edilar. Masalan, quyuvchi, montajchi, tokarlar, parovoz haydovchilari, shaxtyorlar, duradgorlar va ancha keyinroq elektriklar, avtomobil ustalari va h.k.
3. Texnika sohasidagi ixtirolar. XIX asr oxirlarida ishlab chiqarishning son jihatdan tez sur’atlar bilan o’sishi yangi texnikalarni tadbiq etish imkoniyatini yaratdi, ayniqsa sanoatning an’anaviy tarmoqlarida cho’yan quyish sohasini XX asr boshlarida 41 mln. tonnaga yetkazish (ya’ni, yarim asrda 9 marotaba oshirish) uchun domennыy pechlar (o’choq) sonini 3 marotabaga oshirish kerak edi. Cho’yandan po’lat olish esa yangi ixtirolarni talab qildi. 1856 yil Bessemer G., 1878 yil S.Tomas va ayniqsa P.Marten tomonidan 1864 yilda qilingan ixtirolar aynan shu sohaga tegishli edi. XIX asr oxirida elektropechlar ham paydo bo’ldi, ularni E.Stassano va L.Erular ixtiro qildilar. Yangi texnika va texnologiya asoschilari oddiy ishchilar bo’lmay, balki aqliy mehnat kishilari edilar. Ular ilmiy-texnikaviy tayyorgarlikni maxsus o’quv yurtlarida o’taganmi yoki kerakli bilimlarni mustaqil egallaganmi qat’iy nazar ularni texniklar yoki muhandislar deb hisoblash mumkin. «G.Bessemer olim emas edi, - deb yozadi taniqli ingliz olimi va fan tarixchisi D.Bernal, - u unchalik ko’p ilmiy bilimga ega bo’lmasada keraklisiga va metall bilan muomala qilish tajribasiga ega bo’lgan ixtirochi edi.» Bunday baholash boshqa ko’pgina ixtiro mualliflariga ham taaluqlidir. Bessemer ishbilarmon edi, Tomas esa adliya sohasida xodim, ammo har ikkalasi ham metallurgiyadan xabardor edilar. Lekin ular o’z yutuqlariga shaxsiy ishlab chiqarish tajribasi bilan emas, balki ilmiy qobiliyatlari va muhandislik ijrolari bilan erishdilar.
Bu sohadagi hal qiluvchi ahamiyat sanoatning energetik asoslari bilan bog’liq bo’ldi. Bug’ kuchlaridan foydalanish, nafaqat bug’ mashinalarining takomillashuviga balki baquvvat issiqlik dvigatellari bo’lgan bug’ turbinalarining paydo bo’lishiga olib keldi.
Ammo energetika sohasidagi haqiqiy inqilob foydalanilayotgan elektr quvvatining ham issiqlik energiyasidan (teploelektrostansiya) va ham suv energiyasidan (gidroelektrostansiya) olinishi natijasida ro’y berdi. Dastlabki issiqlik elektrostansiyasi 1882 yilda mashhur amerikalik ixtirochi Tomas Edison (1847-1931) tomonidan Nyu-Yorkda qurilgan edi. Yirik gidroelektrostansiyasi esa 1896 yildan tok bera boshlagan edi (Niagarskaya). Elektroenergetika va elektrotexnika sanoatlarining rivojlanishidagi ilmiy asoslar XIX asrning birinchi yarmida paydo bo’lgan edi, lekin texnikaviy taraqqiyotdagi hal qiluvchi rolni dinamo mashinalar6 ixtirosi o’ynadi, chunki undan elektrodvigatel sifatida foydalanish mumkin edi (Z.Gramm va Gafner-Altenekaning 1869-1872 yilgi ixtirolari). Elektr toki bilan ishlaydigan motorlar XIX asrning oxirgi choragida paydo bo’ldi. Faradeyning7 ilmiy kashfiyoti bilan uni turli sohalarda amalda tadbiq etilishi orasida yarim asr o’tdi (Yablochkov (1876), Lodigin, Edison (1879) elektr lampochkani ixtiro qildilar, Depre va Dolivo-Dobrovolskiylar elektr energiyasining uzoq manzillarga uzatishni ixtiro qildilar).
Metallurgiya va elektrotexnika mutlaqo yangi, ilmiy kashfiyotlarga asoslangan sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Lekin ularning har ikkalasi ham injener-texnik xodimlarisiz rivojlana olmas edi. XIX asr oxiriga kelib muxandislik kasbi ommaviylashib qolgan edi va shu uchun texnika ziyolilarini alohida ijtimoiy guruh sifatida qabul qilish mumkin bo’ldi. O’z xususiyati, turmush tarzi bilan (ish kuni davomida sanoat korxonasida bo’lishi, ishchilar bilan doimiy aloqada bo’lishi) va eng avvalo ishlab chiqarish mahsuloti turi bilan u moddiy ishlab chiqarishda ma’naviy ishlab chiqarish kuchlari sifatida namoyon bo’ladi.
4. Ilmiy va amaliy ixtirochilar. Bir qism muhandislar elektrotexnika sohasidagi ilmiy kashfiyot bilan band bo’lib, o’z mehnatlari xususiyatiga ko’ra ilmiy ziyolilarga yaqinlashib qoladilar. Metallografiya, metallshunoslik, ko’prik qurish nazariyasi, tog’ mexanikasi, materiallar qarshiligi kabi sohalar olimlar va muhandislarning hamkorlikdagi mehnatlari evaziga yaratildi.
Lekin kamdan-kam hollarda muhandislikning fan bilan hamkorligisiz ham vujudga kelgan tarmoqlar bo’lishi mumkin, ya’ni muhandislarning ilmiy asosida emas, balki amaliy, ya’ni boshqaruv rahbarlari bilan hamkorlik natijasida vujudga kelgan sohalar. Ammo texnika sohasidagi ziyolilarning hamma kategoriyalari u yoki bu darajada texnikaviy kashfiyotda ishtirok etadi. Texnik ziyolilar davrasining anchagina kengayishi, uning mehnat jarayonidagi zakovatining o’sishi, nafaqat texnikaviy bilimlarni egallash bilan belgilanadi, balki boshqa ahamiyati jihatidan kam bo’lmagan tomoni ham bor. Bu mehnat madaniyatini oshirish, ishlab chiqarish tartibi, topshirilgan vazifaga vijdonan yondashish va h.k.bu ham ishchilar va ham texnik ziyolilar ongidagi intellektual rivojga bog’liq. Alohida olingan bir kasb miqyosida fikrlash va tafakkurlashni o’rgangan kishi turmushning boshqa sohalarini ham tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladi, uning ma’naviy imkoniyati oshadi va bu o’z navbatida uning ijtimoiy fikrlashiga, ahloqiy jihatlariga, badiiy didiga ta’sir etmay qolmaydi. Jamiyatning yuqori intellektual darajasi umuman olganda milliy madaniyatning asosini tashkil etadi.
Texnikaviy inqilob nafaqat unga qatnashgan yoki bog’liq bo’lgan kishilarning ongiga ta’sir etdi, balki jamiyatdagi boshqa qatlam kishilari ham ma’lum miqdorda uning natijasidan bahramand bo’ldilar. O’zgarishlar ayniqsa aloqa vositalariga katta ta’sir o’tkazdi. Garchand temir yo’llar XIX asrning oxirgi 1/3 da yangilik bo’lmasada, lekin 1870-1913 yillar mobaynida uning uzunligi 5,5 marotabaga o’sdi. Bu degani har bir qit’a miqyosida mahsulot va aholi tashish sezilarli yaxshilandi, ayniqsa G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada chekka o’lkalar deyarli markaz bilan bog’landilar. Temir yo’llarning tortilishi iqtisodiy o’sish bilan bir qatorda madaniy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir etdi. O’z navbatida yirik shaharlar ichidagi transport vositalari ham tez o’sib bordi. 80-yillarda tramvayning ishga tushirilishi aholini markazdagi madaniy obidalardan xabardor bo’lishini yengillashtirdi. 1889 yil Parijda bo’lib o’tgan umumjahon ko’rgazmasi sharafiga mashhur 300 metrli Eyfel8 minorasi ham qurib topshirilgan edi. Umuman texnikaviy inqilob inson zakovatining buyukligini namoyish etdi, birin-ketin mo’jizalar yaratdi. Elektryorug’ligi, telefon, radio aloqasi, kino, avtomobil, havoda uchishning boshlanishi, kanallar, tunellar, ko’priklar va h.k. ixtirolar turli mamlakatlarda paydo bo’lsa-da, lekin tezlik bilan butun dunyoga tarqalardi. Avvaliga yuqori pog’onadagilarning, keyinchalik esa ommaning turmush tarziga singib borardi. Moddiy hayotda qo’llanadigan yangi inqilob insoniyatning ma’naviy dunyoqarashini ham tubdan o’zgartirdi. Texnikaviy inqilob olib kirgan yangi tajriba xususida XIX asr oxirlarida yashagan nemis sosiologi V.Zombart quyidagilarni yozib qoldirgan: «gar bizlarning ko’z o’ngimizda shuncha katta o’zgarishlar bo’lib, oldin hyech kim o’ylamagan, ishonmagan mo’jizalar shunchalik osonlik bilan sodir bo’layotgan ekan, demak nima uchun boshqa o’zgarishlar bo’lmas ekan, deb aytging keladi. Nima uchun orzular haqiqatga aylanmasin?»
5. Axborot tarqatuvchi tarmoqlarning madaniy taraqqiyotdagi o’rni. Tarixiy-madaniy nuqtai nazardan texnikaviy yangiliklar ichida asosiy o’rinni ma’lumot tarqatuvchi tarmoqlar egallaydi, ya’ni faktlar, g’oyalar, obrazlar bilan ongni boyitish, chunki bularni tarqatuvchi texnikasiz ixtirolar yo ommaga yetib bormas edi, yoki juda kechikib yetib borardi. Telegraf ham temir yo’l singari oldingi davrdan meros qolgan. Hatto transatlantik kabel ham XIX asrning 60-yillarida yotqizilgan. Lekin telegraf liniyalarining keng miqyosda qo’llanilishi va apparatura va kommunikasiyalarning takomillashuvi texnika inqilobi davriga to’g’ri keladi. Yirik gazetalarning muxbirlari o’z matbuotlarini yangi materiallar bilan tez ta’minlash uchun o’zaro musobaqalashgan. Transport va aloqa vositalarining rivojlanishi xalqaro bog’lanishlarni ham tezlashtirdi va bu o’zaro madaniy tanishuvga yo’l ochdi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega bo’lgan manbalarga ham ega, u madaniyatning taraqqiyoti uchun qulay sharoit tug’dirdi, madaniyatga bo’lgan ichki ehtiyojlarni oshirdi. Lekin faqatgina transport aloqa vositalaridagi to’siqlar bartaraf etilgach madaniyat namoyondalarining o’zaro uchrashuvlari, aktyorlarning gastrollari, yozishmalar va xalqaro aloqalar tezlashdi. Til muomalasidagi to’siqlar ham tarjima faoliyatining rivojlanishi bilan birmuncha bartaraf etildi. Tarjima uchun ilmiy yoki badiiy asarlarning tanlanishi nafaqat tarjimon yoki nashriyot didiga qarab, balki eng avvalo g’oyaviy va siyosiy tomoniga ahamiyat berilardi. Lekin madaniy taraqqiyotning ba’zi sohalari borki ular milliy madaniyat miqyosidan chiqib umuminsoniy madaniyatga aylanadi. Xuddi shuningdek, texnikaviy taraqqiyot bilan uzviy bog’liq bo’lgan kinomatografiya XX asr boshlarida vujudga kelganini inobatga olish mumkin. Uning ixtirosi Fransiya, AQSh, Angliya, Germaniya va Rossiyalik muhandislar, olimlar va ixtirochilarning XIX asrning 80-90 yillarida olib borgan ijodiy izlanishlarining samarasi edi. Kino tarixining boshlanishini 1895 yilning 28-dekabridan olinishi ham shartli raqam. Xuddi shu kuni aka-uka Lui va Ogyust Lyumyerlar Parijdagi kafelarning birida o’zlari yasagan apparat yordamida olingan bir necha filmni ommaviy namoyish etdilar. Eng asosiysi ekran orqali ko’rsatilayotgan tasvirlar emas, balki bu tasvirlarning harakatda bo’lgani edi. Kinoning kashf qilinishi, apparaturalarning takomillashuvi, studiyalarning paydo bo’lishi, kinomatograflarning tabiiy va badiiy tasvirlar tushirishi, sekinlashtirilgan yoki kengaytirilgan tarzda tushirish, montaj qilish va h.k., bularning hammasi umuminsoniyatning madaniyat sohasida erishgan buyuk yutug’idir.
Shunday qilib, texnikaviy inqilob nafaqat xo’jalik va siyosiy sohaga ta’sir o’tkazdi, balki kapitalizm davrida insoniyatning ma’naviy hayotini ham baynalminallashuviga keng yo’l ochib berdi.
Ilova (sanoat to’ntarishi)

  1. 1733 yil – mexanik Key maxsus arg’amchi yordamida borib keladigan uchar mokini ixtiro qildi.

  2. 1738 yil – odam qo’li ishtirokisiz ip yigiradigan mashina yaratildi.

  3. 1764 yil – Jeyms Xargrivs qo’l bilan harakatga keltiradigan mexanik ip yigiradigan charx ixtiro qildi unga «Jenna» (qizi nomi. Ingichka, lekin baquvvat emas) deb nom berdi.

  4. 1769 yil – Richard Arkrayt suv dvigatelini harakatga keltiradigan yangi stanok loyihasini berdi. (U aslida duradgor Xeysnikini o’g’irlagan deyishadi. Yo’g’on, lekin nozik emas).

  5. 1771 yil – Arkrayt 1-to’quv fabrikasini ochdi, suv bilan ishlaydi. 1780 yilga kelib Angliyada bunday fabrika 20 ta, asr oxirida 150 ta bo’ldi.

  6. 1785 yil – Edmund Kartrayt mexanik to’quv stanogi ixtiro qildi.

  7. 1799 yil – Samyuyel Krompton Myul – mashinasini ixtiro qildi. U «Jenna» singari ingichka, Arkraytnikiday pishshiq ip berdi.

  8. Mexanik Jems Uatt bug’ mashinasi uchun patentni 1769 yilda olgan edi, 1784 yilda u ishga tushirildi.

  9. 1735 yilda Abragam Derbi ma’danga so’ndirilmagan ohak aralashtirish yo’li bilan cho’yan eritish uchun toshko’mirdan foydalanish usulini topdi.

  10. Genri Kort 1784 yilda mineral yonilg’ida po’lat eritish usulini ixtiro qildi.




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish