5-mavzu: Maorifning rivojlanishi-madaniy taraqqiyotning asosidir.
(Razvitiye obrazovaniye – osnova kulturnogo progressa)
Reja:
Maorif tizimining madaniy taraqqiyotdagi o’rni.
Jahon maorifi tarixidan: Germaniya.
Rim papasi va maorif masalasi.
Din va maorif. Boshlang’ich ta’lim.
Maorif sohasidagi qonunlar va ularning ijrosi.
1. Maorif tizimining madaniy taraqqiyotdagi o’rni. Madaniyat tarixida maorif masalalari uhim o’rin egallaydi. Jamiyat hayoti ma’rifiy sohasini tashkil etish bilan birga va o’z doira (orbita)siga barcha sinf va ijtimoiy guruhlarni jalb eta olishidan tashqari, maorif tizimi ma’naviy hayotning hamma jabhalariga sezilarli ta’sir ko’rsata oladi. Xalq ommasining professional ma’naviy ijod bilan qay darajada munosabatda bo’lishini ham maorif belgilab beradi. Aynan maorif tizimi orqali ilmiy nazariyalar va badiiy boyliklar omma ongiga singib boradi. Ikkinchidan omma ongining «yuqori madaniyat»ga ta’siri ham omma qancha ko’p ma’rifatlashgan bo’lsa, shuncha ko’proq samara beradi. Boshqacha qilib aytganda maktab (boshlang’ichdan to oliysigacha) jamiyatdagi ma’naviy hayotning turli bosqichlari orasidagi asosiy bog’lovchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan birga maktab ta’limi yosh avlodga insoniyat yaratgan tajribani yetkazuvchi asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Shaxsning shakllanish jarayonini, o’zi yashaydigan, ishlaydigan va kurashadigan jamiyatning ijtimoiy munosabatlariga ko’nikma hosil bo’lishiga tayyorlaydi. Uzluksiz ma’lumot olish g’oyasidan o’rin olgan obyektiv imkoniyatlar ham shuni nazarda tutadi.
Ma’rifatning ahvoli madaniyatning boshqa tarmoqlariga nisbatan ko’p jihatdan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy sharoitlarga bog’liq. Maktab tizimini tashkil etish va tartibga solish, o’quv yurtlarini moliyaviy ta’minlashda davlatning roli, ma’lum yoshgacha ma’lumot olishning majburiyligi, maktab va cherkov o’rtasidagi munosabatlar, o’qituvchi kadrlarni tayyorlash va boshqa shu kabi ko’p masalalar XIX asrning oxirgi 1/3 da diqqat markazda bo’lib, turli sinf va partiya vakillari o’rtasidagi kurash manbaiga aylandi. Asosiy kurash maorifning ma’nosi, uning g’oyaviy yo’nalishi, o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladigan bilimlar doirasi va o’qitish uslublari kabi masalalar atrofida bo’ldi. O’z ma’nosi jihatidan bu kurash burjua va demokratik adaniyatlar o’rtasidagi to’qnashuv bo’lib, aholining keng qatlamlari manfaatiga daxldor muammo edi, chunki deyarli har bir oilada o’sayotgan bolalarning kelajagi ma’lum ma’noda ularning oladigan ma’lumoti darajasiga bog’liq. Ma’naviy hayotning boshqa tarmoqlari singari, ehtimol ularga nisbatan ko’proq bo’lsa ham ajab emas, maorif sohasida turli o’ziga xos madaniyat elementlari mujassamlashgan, ayniqsa nosinfiy, umuminsoniy elementlar bilan sug’orilgan madaniyat mavjuddir. Burjuaziya uchun nafaqat «itoatkor», balki «epchil», «abjir» ishchilar ham kerak bo’lgan. Chunki ularning birinchisi hukmdorlarning siyosiy manfaatlari, nuqtai nazaridan kerak bo’lsa, ikkinchisi ijtimoiy va siyosiy betaraflik, umuminsoniylik sohasi bilan kerak edi. Darhaqiqat, tez fahmlovchi, darrov e’tibor qaratish, to’g’ri qarorlar qabul qila olish qobiliyati va uning amaliy ijrosini ta’minlovchi, ya’ni mavjud ijtimoiy tuzumda bir ibora-«epchil», «abjir» so’zi bilan ifodalanuvchi kishilar zarur. Shuning o’ziyoq burjuaziyaning iqtisodiy manfaatlari siyosiy manfaatlaridan o’zgacha bo’lishiga qaramay uni ishchilarning ba’zi sohalardagi aqlu-zakovatini o’stirishni ta’minlashini taqoza etadi. Bunday «ma’naviy o’sish»ning asosiy imkoniyatini birinchi navbatda maktabdagi ta’lim berishi sir emas, chunki bu daraja eng avvalo ma’lumot bilan, savod bilan o’lchanadi. O’qishni o’rgangan kishi ma’naviy o’sishda muhim, sifatli sakrash qiladi, chunki insoniyat tabiat va jamiyatni o’rganishga bag’ishlangan bilimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Hamma vaqt ham imkoniyati bo’lmasada, har holda gazeta va kitoblar bilan tanishishga yo’l ochiladi. Garchand nashr etilgan har qanday risola foyda keltiravermasa ham, lekin ma’lumotli, savodxon bo’lishning o’zi madaniyatning muhim, dastlabki asosi hisoblanadi va u albatta maktabdan olinadi.
2. Jahon maorifi tarixidan: Germaniya. XIX asr oxiri-XX asrning boshlaridagi ilmiy-texnikaviy to’ntarish sharoitida burjuaziya ma’lum darajadagi aql-idrokka ega bo’lgan ko’p sonli ishchilar guruhini yaratmay turib, sanoat ishlab chiqarishini yangi texnika asosida rivojlantira olmasdi, bu demak yuqori darajada daromad ololmas edi. Germaniyada, aniqrog’i ko’pchilik nemis davlatlarida ma’rifatli absolyutizm vaqtidayoq davlat nazorati ostida majburiy boshlang’ich ta’lim joriy etilgan edi, bu demak Germaniya imperiyasi qadim va mustahkam an’anani meros olgan ekan. Darvoqye’, maorif muammolari 1871 yil Konstitusiyasi asosida nemis davlatlari hukumatlari va landtaglari vakolatligiga berilgan, imperiya hukmronligiga emas. Maktab tizimini tashkil etish va ayniqsa ta’lim mazmuni ustidan cherkov nazoratining o’rni to’g’risidagi ba’zi farqlar gogensollernlar imperiyasining butun tarixi davomida saqlanib turdi. Agar imperiyaning janubiy qismida joylashgan katolik davlatlarida hal qiluvchi rol cherkovga tegishli bo’lsa, protestantli Prussiyada esa azaldan maktab ham byurokratiya nazorati ostida edi. 1810 yilda xalq maorifi va diniy marosim vazirligi tuzilib, u maktablar ustidan hukmronlikni o’z qo’liga oldi. O’quv dasturlari, o’qituvchilarni tanlash, maktablarning moliyaviy va xo’jalik sohalaridagi faoliyati bilan ham shu vazirlik shug’ullangan. 1848 yilgi inqilob mag’lubiyatidan keyin cherkov huquqi sezilarli oshdi, unga maorif tizimi ustidan cheklanmagan hukmronlik berildi; liberal ruhiyatni so’ndirish, yoshlar ongiga itoatkorlik hissiyatlarini singdirish, siyosiy davrning g’oyaviy-axloqiy asoslarini belgilash ham cherkov zimmasida edi.
Bunday ahvol imperiya tuzilgandan keyin ham Prussiya hukumatini qondirishi mumkin edi. Lekin XIX asrning oxirgi choragida mamlakatning siyosiy va mafkuraviy kurashida cherkov yana yetarli ahamiyat kasb etmay qoldi. Bu davrdagi holat faqat Prussiya yoki Germaniyaga xos ahvol bo’lib qolmay, balki umumevropaviy holat edi.
3. Rim papasi va maorif masalasi. Ma’lumki, Napoleon III imperiyasining inqirozi natijasida Italiya qiroli qo’shinlari Rimni egallab mamlakatni to’la birlashtirgan va Rim papasining dunyoviy hokimiyatini bekor qilgan edi. Bu hol katolik cherkovining siyosiy vaziyatini ancha zaiflashtirdi. Papa Piy IX norozilik belgisida o’zini Vatikanning abadiy mahbusi (bandi) deb e’lon qildi va Italiya hukumati bilan har qanday munosabat o’rnatishdan voz kechdi. Lekin bunday ish tutishning siyosiy samarasi ko’p ahamiyatli bo’lmadi. Siyosiy hokimiyatga ta’sir o’tkazish qiyinlashgan sari cherkov zo’r berib jamiyatdagi yuqori tabaqalar va aholini o’z ta’siri ostiga olishga harakat qildi. Bu maqsad yo’lida Vatikan sobori tomonidan 1871 yil yozida qabul qilingan papaning begunohligi haqidagi aqida bilan dindorlar o’rtasida papa obro’sini ko’tarishga harakat qildilar. Ammo, «ko’ngillarni ovlashdagi» eng asosiy qurol pastdan to yuqorigacha bo’lgan maorif tizimi, va eng avvalo ko’p asrlar davomida cherkov nazorati ostida bo’lgan boshlang’ich maktab edi. Tabiiyki bunday mavqyeidan na katolik va na protestant cherkovlari voz kechishni istamasdi. Aynan maktab masalasida davlat bilan cherkov katta qiyinchilik bilan murosaga kelar edilar, ko’pgina davlatlarda esa bu murosa muvaqqat harakterga ega bo’lib, kurash yangidan qo’zg’alardi. Germaniyada ham ahvol shunday bo’lib 1872 yilda qabul qilingan maxsus qonun cherkovni maktab ustidan nazorat o’tkazish huquqidan mahrum etdi. Aynan shu qonun bilan Bismarkning «Kulturkampf»i boshlangan edi. Lekin Bismark Vatikan bilan yarashgandan keyin ham cherkovning (faqat katolik emas, balki lyuterani ham) maktabga nisbatan ta’siri cheklangan bo’lsada ozgina saqlanib qolgan edi. Bismark iste’fosidan keyin Prussiya landtagi ikki marotaba maktab to’g’risidagi qonun loyihasini ko’rib chiqdi. Ularning birinchisida (1890 y) maorif vazirligining byurokratik apparati hal qiluvchi ovozga ega bo’ldi, ikkinchisida esa (1892 y) cherkov hokimiyati tomonidan bo’lgan nazorat sezilarli oshdi. Lekin har ikkala qonun loyihasi ham qat’iy muxolifatga uchradi: birinchisi-Sentr partiyasi tomonidan, ikkinchisi esa-liberal partiyasi tomonidan qarshilikka uchradi. Har ikkala vaziyatda hukumat ishni ovozga qo’yishgacha olib bormay qonun loyihalarini orqaga qaytardi va hammasi avvalgicha qoldi. Bu voqyea ikki sohada ibratli bo’ldi. Birinchidan-milliy madaniyat taqdiri uchun katta ahamiyat kasb etgan masalada hukmron sinf ichida keskin teskari fikrlikning mavjudligi; Ikkinchidan - u yoki bu darajadagi cherkov nazorati va diniy tarbiyani Germaniyadagi barcha burjua partiyalari qo’llab-quvvatlardi, shu jumladan erkin fikrlovchilar ham. Hatto ularning sardori, ateist degan nomga sazovar bo’lgan R.Virxov hyech qachon dinni «maktabdan ajratishni» talab qilmaganini tan oldi.
Garchi har ikkala qonun loyihalari qabul qilinmagan bo’lsada, lekin ularning landtagda, matbuotda, o’qituvchilar yig’inlarida, ota-onalar majlislarida muhokama qilinishining o’zi nafaqat din balki e’tiqodning ham ommaviy ongga, jamiyatdagi turli qatlamlarning ma’naviy hayotiga sezilarli o’rnashib qolganidan dalolat beradi.
4. Din va maorif. Boshlang’ich ta’lim. Deyarli shunday vaziyatni Avstro-Vengriyaning nemis tili hukmron qismida ham uchratish mumkin. Bu yerda majburiy boshlang’ich ta’lim XVIII asrdayoq joriy etilgan edi. Shvesiyada u 1842 yilda, Shveysariyada esa 1848 yilda joriy qilingan. O’sha davrda bu mamlakatlardagi asosiy masala majburiy va bepul boshlang’ich ta’limning harakteri va ayniqsa unda dinning tutgan o’rni atrofida borardi. Aslida maktab ta’limi odat tusiga kirib asrning oxiriga kelganda savodsizlar soni ozchilikni tashkil qilardi.
AQShning ko’pgina shtatlarida majburiy bo’lmasada, lekin bepul boshlang’ich ta’lim yo’lga qo’yilgan edi, ammo rangli aholi deyarli yoppasiga, Yevropadan kelgan muhojirlarning esa ancha qismi savodsiz edi.
Ba’zi davlatlarda boshlang’ich ta’lim faqat XIX asrning oxirgi choragida umumiy va majburiy bo’lgan. Angliyada 1870 yilda liberallar kabineti boshlig’i U.Gladston parlamentdan majburiy boshlang’ich ta’lim to’g’risidagi qonunni o’tkazgan edi. Angliyada birinchi marotaba davlatning ta’lim tizimi joriy etildi, ungacha ta’lim anglikan cherkovi va boshqa sektalar qo’lida, xususiy tadbirkorlar uchun esa daromad manbai va nihoyat xayri-ehson bilan bog’liq bo’lgan. Endilikda esa davlat tomonidan butun mamlakat bo’ylab maktablar ochildi. Ammo bu hali har bir oila o’z bolalarini boshlang’ich ta’lim olish uchun maktabga yuborish imkoniyatini oldi degan gap emasdi. Chunki bunday ta’limning bepul yoki majburiyligini maktab kengashlari belgilardi. Bunday kengashlarning xulosasi esa undagi kuchlar nisbati, ya’ni anglikan cherkovi bilan bog’liq konservativ kuchlarmi yoki maktablarda cherkov ta’sirini kamaytirishga intilgan liberal kuchlar ustunligi bilan belgilanardi. Faqatgina 1880 yil va 1891 yillarda yangi qonunlarning qabul qilinishigina boshlang’ich ta’limning Angliyada bepul va majburiy bo’lishini ta’minladi. Shu uchun ham savodxonlik darajasi bo’yicha Angliya birinchi jahon urushigacha Germaniyadan orqada edi. Boshlang’ich ta’limdagi cherkovning ta’siri masalasida Angliyadagi ahvol Germaniyadagiga nisbatan mushkulroq edi. Agar nemislarda ikkita e’tiqod – katoliklar va protestantlar mavjud bo’lsa, inglizlarda hukmron anglikan cherkovidan tashqari unchalik ko’p bo’lmagan katoliklar va ko’plab turli sektalarga mansub kishilar mavjud edi. Angliyani «mingta cherkov mamlakati» da deyilishi bejiz emas.
Bundan tashqari Germaniyada majburiy boshlang’ich ta’limning ustidan davlat nazorati o’rnatilganiga qariyb bir sar bo’lgan edi. XIX asr oxirida ham Angliyadagi cherkov maktablarida 2,5 mln.o’quvchi, davlat tasarrufidagi maktablarda esa 1,9 mln o’quvchi bor edi. Shunday qilib nafaqat Germaniya imperiyasida, balki burjua demokratiyasining klassik davlati bo’lgan Angliyada ham boshlang’ich ta’lim dunyoviy bo’lmadi, ya’ni maktab cherkovdan ajratilmagan edi. Hatto, jamiyatni demokratlashtirish sohasida ancha ilgarilab ketgan Fransiyada ham dunyoviy ta’limni joriy qilish cherkov va reaksion kuchlarning qattiq qarshiligiga uchradi. Bu yerda hamma katolik diniga mansub bo’lgani uchun kurashning xarakteri ham o’zgacha edi. 1881 va 1882 yillarda qabul qilingan qarorlar asosida 6 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul va majburiy ta’lim joriy etildi. Maktablarda ilohiyot qonuni (zakon bojyego) o’qitish bekor qilindi, lekin diniy o’qish uchun haftaning bir kuni ajratilardi. Bu kun maktabda dars bo’lmagan kuni bo’lishi kerak, ammo maktab binosida emas. To’g’ri, bunday tartib Fransiyaning hamma o’lkalarida amalga oshirildi deb bo’lmaydi, chunki mu’tadil respublikachilar hukumati ham bu siyosatga izchil emasdilar. Baribir dunyoviy maktab g’olib chiqdi, chunki XX asr boshlarida hokimiyatga kelgan radikal respublikachilar cherkov maktablarini yopib tashladilar. XX asr boshlarida Fransiya kapitalistik davlatlar ichida maktabni cherkovdan ajratgan yagona mamlakat edi, 1905 yilga kelib esa bu yerda cherkov davlatdan ham ajratildi. Agar 1872 yilda Fransiyada 43% aholi o’qishni bilmagan bo’lsa, 1901 yilga kelib bu raqam 19% ni, 1911 yilda esa 11% aholigina savodsiz edi.
5. Maorif sohasidagi qonunlar va ularning ijrosi. Maorif sohasidagi progressiv qonunchilik boshqa davlatlarda ham e’lon qilinardi, lekin uning amaliy ijrosi hamon oqsardi. Bunga reaksion, klerikal kuchlarning qarshiliga bilan birga davlatning ham qonun ijrosidagi qat’iyatsizligi, maktab uchun mablag’ni kam ajratilishi va o’qituvchilarni yetishmasligi sabab bo’lardi.
Shveysariyada 1874 yilda qabul qilingan Konstitusiya davlatning bepul boshlang’ich maktablarini joriy etib, maktabga qatnash majburiyligini asosladi. Belgiyada 1877 yil qabul qilingan qonun davlatning dunyoviy boshlang’ich ta’limini joriy etib kam ta’minlangan oilalarning bolalarini bepul o’qitilishini ta’minladi. Xuddi shunday qonun Gollandiyada 1878 yilda qabul qilindi. Italiyada 1877 yil qonuniga asosan dunyoviy maktab joriy qilingan bo’lsa, 1879 yilga kelib esa majburiy boshlang’ich ta’lim joriy etildi. Deyarli barcha maktablarda o’qish, yozuv va arifmetika darslari o’qitilardi. Ko’p o’tmay tarix darsiga ham e’tibor oshdi. 1890 yilda Germaniya imperatori Vilgelm II maxsus farmon chiqarib, unda «Tarix shunday bayon etilishi kerakkki, unda Prussiya monarxlarining qanchalik o’z xalqiga qilgan otalarcha g’amxo’rliklarini ko’rsata olishi kerak». Tarixni bunday moslashtirish undan foydalanishni osonlashtirardi, uni «ilohiy qonunlar» bilan qo’shib «o’quvchilarni xudodan qo’rqadigan va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab, ularda davlat va jamiyat munosabatlari to’g’risida sog’lom tasavvur uyg’otishi kerak»ligi ta’kidlangan.
Gogensollernlar Germaniyasi, gabsburglar Avstro-Vengriyasi va Romanovlar Rossiyasida mavjud bo’lgan bunday monarxik tarbiya xususiyatlari Amerika, ingliz va fransuz maktablarida uchramas edi. Lekin o’qitishdagi sinfiy yo’nalish ularda boshqa yo’l bilan amalga oshirilardi. Mavjud tuzum ruhidagi tarbiya va maktablarning dastur va o’quv darsliklari orqali, maktab rahbarlarining g’oyaviy dunyoqarashlari, o’qituvchi kadrlarni qattiq nazorat ostiga olish orqali o’quvchilar onggiga singdirilardi.
O’rta ma’lumot aholining asosiy qismi uchun yetishib bo’lmaydigan orzu edi. Bu nafaqat o’rta ta’limning hamma yerda ham pullik bo’lgani uchun, balki shu bilan birga bolalarning ozgina ulg’aygach o’qish uchun emas, yashash uchun pul topishi zarurligi bilan ham izohlanadi. Taxminiy hisoblarga ko’ra 1914 yilda nomlari qayd qilingan mamlakatlarda maktab yoshidagi bolalarning atigi 3 % ga yaqini o’rta maktabga qatnagan.
Ta’lim sohasidagi eng keskin munozarali masala tabiiy va gumanitar fanlarini o’qitish muvozanati atrofida borardi. O’rta maktablarda tabiiy-ilmiy sohalarning kirib kelishi hukmron gumanitar sohasi bilan bo’lgan qiyin kurash natijasida amalga oshirildi. Sanoat taraqqiyoti ehtiyojlari oqibatida maktab dasturlariga fizika, ximiya va boshqa tabiiy fanlarning qo’shilishi shubhasiz ijobiy ahamiyat kasb etardi. U birinchi galda tabiatdagi rivojlanish jarayonlarini o’rgatsa, ikkinchidan dinning ta’sirini pasaytirardi, yosh avlodni dunyoga boshqa nazarda qarash, ruhiyatini kengaytirishni ta’minlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |