Маъруза Амалий машғулот


-mavzu: XIX asr – XX asr boshlarida rus madaniyati



Download 0,54 Mb.
bet10/10
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#502328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13. ЯЗДМ мажмуа янги — копия

11-mavzu: XIX asr – XX asr boshlarida rus madaniyati
Reja:

  1. Rossiya siyosiy madaniyatining konservativ tabiati.

  2. Rus madaniyatining o’ziga xos xususiyati.

  3. Rus madaniyatining «oltin davri».

  4. Musiqa san’atining taraqqiyoti.

  5. Rus madaniyatining «kumush davri».

  6. «San’at dunyosi» va rus simvolizmi.

1. Rossiya siyosiy madaniyatining konservativ tabiati. XIX asr– XX asr boshlaridagi rus madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun Rossiya imperiyasining siyosiy, iqtisodiy va huquqiy (sohalardagi) ahvoli to’g’risidagi bilimlardan xabardor bo’lish kerak. XIX asr Aleksandr I ning ministrliklar islohoti bilan boshlandi, amalda u feodal-absolyutistik tartiblarni mustahkamlashi kerak edi. Chunki yangi «davr kayfiyati» va ayniqsa fransuz buyuk inqilobining ta’siri katta edi. Vazirliklarning joriy etilishi imperiyaning markaziy apparatini takomillashtirishni nazarda tutgan. Rossiya davlat mashinasini zamonabop va yevropalashtirishdagi elementlardan biri-Davlat Kengashining tashkil etilishi bo’ldi. Bu Kengash qonun chiqaruvchi sohani markazlashtirish va huquqiy normalarning yagona ko’rinishga ega bo’lishini ta’minlashi kerak edi. Vazirlik islohoti va Davlat Kengashining tuzilishi markaziy hokimiyatni qayta tuzish jarayonini yakunladi va u 1917 yilgacha amalda bo’ldi. Lekin haqiqiy kapitalistik taraqqiyot Rossiyada krepostnoy huquq bekor qilingan 1861 yildan keyin boshlandi. Shuning uchun Rossiya siyosiy tuzumi konservativ xarakterga ega edi deyishga asos bor. Buni huquqiy sohada ham sezish mumkin, chunki unda feodal va burjua huquqi normalari aralashgan holda edi. Burjua munosabatlari rivojlana boshlagan 70-yillarda «Rus fuqarolari tuzuklari» qabul qilindi. Bu hujjat, asosida qadimgi Rim huquqi turgan Napoleon kodeksidan ko’chirma bo’ldi.
2. Rus madaniyatining o’ziga xos xususiyati. Siyosiy tuzum va huquq iqtisodiy taraqqiyotning asosiy xususiyatlarini belgilaydi. XIX asrning birinchi yarmida Rossiyada asosan mayda sanoat keng tarqalgan edi. Lekin faqat 1861 yildan keyin sanoat inqilobi yuz berdi, ammo tug’ilib kelayotgan rus burjuaziyasi chorizmdan qaram bo’lib uning tabiati siyosiy jaholat va konservatizmdan iborat bo’lgan. Bu holat rus madaniyatiga ta’sir etmay qolmas edi. Haqiqatdan ham krepostnoychilik har qanday erkin fikrni bo’g’adigan, chorizm istipdodi va Rossiyaning umum iqtisodiy taraqqiyotda G’arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolishi madaniy taraqqiyotga katta to’siq edi. Shunga qaramay XIX asrda Rossiya madaniy sohada yirik sakrash qilib, dunyo madaniyati rivojiga katta hissa qo’shdi. Bunday madaniy parvozning omillari turlicha edi. Birinchidan u feodalizmdan kapitalizmga o’tish jarayonida rus millatining shakllanishi va milliy o’zlikning o’sishi bilan bog’liq. Ikkinchidan, rus milliy madaniyatining o’sishi Rossiyada inqilobiy-ozodlik harakati boshlanishi davriga to’g’ri kelganligi ham katta ahamiyatga ega bo’ldi. Uchinchidan, muhim omillardan yana biri rus madaniyatining boshqa madaniyatlar bilan yaqindan aloqada bo’lishi va hamkorligi bo’ldi. Jahon inqilobiy jarayoni va G’arbiy Yevropadagi ilg’or ijtimoiy fikrlar Rossiya madaniyatiga kuchli ta’sir o’tkazdi. Bu davr nemis klassik filosofiyasi va fransuz xayoliy sosializmining gullagan davri bo’lib, ularning g’oyalari Rossiyada juda mashhur bo’lgan. To’rtinchidan, XIX asr madaniyatiga Moskva Rusi merosining ta’sirini ham unutmaslik kerak. Eski an’analarning saqlanishi adabiyot, poeziya, tasviriy san’at va madaniyatning boshqa tarmoqlarida yangi ijodiy jonlanishga imkon berdi. N.Gogol, N.Leskov, P.Melnikov-Pechyorskiy, F.Dostoyevskiylar o’z asarlarini qadimgi rus diniy madaniyati an’analari asosida yaratdilar. Pravoslav madaniyatiga ancha teskari munosabatda bo’lgan A.Pushkin va L.Tolstoydan boshlab to A.Blokgacha bo’lganlar ijodida ham pravoslav ildizlarining ta’siri sezilarli edi. Hatto skeptik (har narsaga shubha bilan qarovchi) kayfiyatidagi I.Turgenev ham o’zining «Tirik murdalar» («Jivы moщi») nomli hikoyasida rus xalqining muqaddaslik obrazini yaratdi. Katta qiziqish uyg’otgan M.Nesterov, M.Brubel, K.Petrov-Vodkin kartina rasmlarining ildizi ham provoslav butshunosligiga (ikon) borib taqaladi. Muzika madaniyati tarixidagi yorqin sahifa bo’lib qadimgi cherkov qo’shiqlari hisoblansa, keyinchalik D.Bortnyanskiy, P.Chaykovskiy va S.Raxmaninovlar ijodi uning davomchisi bo’ldi. O’ziga xos xususiyatlarni saqlab qolgan holda rus madaniyati boshqa xalqlardagi eng ilg’or madaniy namunalarni qabul qildi va o’z navbatida o’zi ham boshqa mamlakatlar madaniyatiga ta’sir o’tkazdi. Rus filosoflari va bogoslaviyalari (xudojo’y) V.Solovev, S.Bulgakov, P.Florenskiy, N.Berdiyev, M.Bakuninlarning asarlari tufayli XX asrning birinchi yarmida G’arbiy Yevropa madaniyatiga ta’sir o’tkazildi. Va nihoyat rus madaniyatining rivojiga kuchli turtki bo’lgan oxirgi omil «o’n ikkinchi yil vahimasi» edi. 1812 yildagi Vatan urushi munosabati bilan ko’tarilgan vatanparvarlik tuyg’usi nafaqat milliy o’zlikning o’sishi va dekabristlarning shakllanishiga, balki shu bilan birga rus milliy madaniyatining rivojini ham ta’minladi. V.Belinskiy yozganidek «Butun Rossiyani titratgan 1812 yil xalq ongi va xalq g’ururini uyg’otdi».
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Rossiyadagi madaniy-tarixiy jarayon o’ziga xos xususiyatga ega. Bir tomondan, madaniy faoliyatning turli sohalarida (ayniqsa fanda) differensiyasiya (yoki spesializasiya - ixtisoslashtirish) yuz berdi; ikkinchi tomondan, madaniy jarayonning o’zidagi murakkablashish, ya’ni turli madaniy tarmoqlarning ko’p jihatdan «bir-biriga yondashishi» va o’zaro ta’siri: falsafa va adabiyot, adabiyot, rassomlik san’ati, musiqa va hokozolar o’zaro ta’siri kuzatildi.
Rus milliy madaniyatining shakllanishida ziyolilarning ishtiroki salmoqli bo’ldi, avvaliga ular ikkita imtiyozli tabaqa – ruhoniylar va dvoryanlar orasidagi ma’lumotli kishilar hisobidan ko’paydi. XVIII asrning birinchi yarmida ziyoli raznochinslar (dvoryan bo’lmagan boshqa tabaqalar-savdogarlar, meshchanlar, ruhoniylar, dehqonlar) paydo bo’lishdi, XVIII asrning ikkinchi yarmida esa yangi bir ijtimoiy guruh ajralib chiqdi - bular krepostnoy ziyolilar (aktyorlar, rassomlar, arxitektorlar, musiqachilar, shoirlar) edilar. Agar XVIII-XIX asr birinchi yarmida madaniy sohadagi hal qiluvchi o’rin dvoryan ziyolilariga tegishli bo’lsa, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib u raznochinslarga o’tdi. Krepostnoy huquq bekor qilingach raznochinslar tarkibiga dehqonlar orasidan chiqqan vakillar ham qo’shilishdi. Umuman raznochinslar liberal va demokratik burjuaziyaning ma’lumotli vakillaridan bo’lgan. Bu holat esa Rossiya madaniyatida XIX asrda demokratik jarayon boshlanganidan dalolat beradi. Ijod ahlining soni ortib boradi. XIX asrda rus madaniyatining eng ilg’or peshqadam adabiyot bo’ldi, chunki u ilg’or-mustaqillik g’oyalari bilan yaqin aloqada edi. Pushkin odalari-«Erkinlik», «Sibirga maktublar» (dekabristlarga) va bu maktubga Odayevskiy tomonidan yozilgan «Javob», Rыleyev satirasi, Lermontovning «Shoir o’limiga» she’ri, Belinskiyning Gogolga yozgan xatlari aslida siyosiy pamflet bo’lib ilg’or yoshlarni inqilobiy kurashga chorlardi.
3. Rus madaniyatining «oltin davri». Juda boy jahon klassikasi muhitida, vaziyatida fonida XIX asr rus adabiyoti alohida o’ringa ega. Faqat A.Pushkin, M.Lermontov, N.Gogol, F.Dostoyevskiy, L.Tolstoylarning nomlarini eshitishning o’zi keng badiiy olam to’g’risida taasurot uyg’otadi. Qancha g’oya, qancha obrazlar yaratilganki, ular necha avlod o’quvchilarining ongini sehrlab qyelmoqda. Rus adabiyotining bu «oltin asri» haqida gapirib T.Mann (T.Mann (1875-1955) nem.pisatel, brat Genrixa Manna (1871-1950) pisatele, antifashist emigras. 1929g. Nobel prem.) «Pushkin poeziyasi, Tolstoy prozasi-bu mu’jiza, bekorga ham Yasnaya Polyana o’tgan asrda jahonning intellektual markazi bo’lgan emas» -degan edi. A.Pushkin (1799-1837) rus realizmining asoschisi edi, uning «Yevgeniy Onegin» nomli she’riy romanini V.Belinskiy «rus hayotining ensiklopediyasi» deb atagan va u haqiqatdan ham buyuk shoir ijodida realizmning eng yuqori cho’qqisi sifatida namoyon bo’lgan. Realistik adabiyotning buyuk namunasi qatoriga «Boris Godunov» tarixiy dramasi, «Kapitan qizi» va «Dubrovskiy» povestlarini ham qo’shish mumkin. Pushkinning ijodi adabiyot maydoniga M.Lermontov, N.Gogol, I.Turgenev, L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, A.Chexovlar uchun yo’l ochib berdi. Bu nafaqat rus madaniyati uchun, balki insoniyat ma’naviy rivojidagi muhim davr bo’ldi.
Pushkin an’analarini uning yosh zamondoshlari davom ettirdilar. M.Lermontovning (1814-1841) «Yevgeniy Onegin»ga qiyoslab yozgan «Zamonamizning qahramoni» romani uning ijodidagi realizmning yuqori cho’qqisidir. Lermontov uchun asosiy estetik andoza sifatida Bayron va Pushkin ijodlari qabul qilingan. Lermontov balladalari, roman va liroepik poemalarida asosiy tahlil uslubi va «xissiyot» dialektikasi undan keyingi adabiyotga katta ta’sir o’tkazdi. N.V.Gogolning (1809-1852) ijodi ham romantizmgacha va romantizmdan realizm yo’nalishi tomon rivojlanib bordi va rus adabiyotining keyingi rivojiga hal qiluvchi omil bo’ldi. Rus milliy-ma’naviy xususiyati va milliy taqdiri uning «Dikanka xutori oqshomlari» asarida to’la namoyon bo’lgan. Shu bilan birga Gogol «natural maktabi»10ning asoschisi sifatida rus adabiyotida tanqidiy realizm taraqqiyotiga satirik janr hamda gumanistik va demokratik prinsiplarning vujudga kelishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatdi. 1835 yilda ikkita to’plam («Mirgorod», «Arabeskalar») chop etilib undagi povestlar Gogol ijodining realistik davriga to’g’ri keldi. «Kichkina odamlar»ning kamsitilishi mavzusi «Shinel» (1842) povestida to’la ifodasini topdi. «Revizor» (1836) komediyasida mansabdor byurokratik apparatni va «O’lik jonlar» (1-tom 1842) poema-romanida pomeщchiklarni qattiq hajv ostiga oladi. 40-yillar oxirida Gogol ruhiy tushkunlikka uchrab, «Do’stlar bilan yozishmalarning tanlab olingan joylari» (1847) kitobini nashr qildirdi. 1852 yilda Gogol «O’lik jonlar»ning 2-tom qo’l yozmasini yoqib yubordi. Gogol (1809-1852).
L.Tolstoyning (1828-1920) genkal ijodi alohida e’tiborga loyiq. Bu ijod rus va jahon realizmining rivojiga yangi davrni boshlab berdi, u XIX asr klassik romanlar an’anasi bilan XX asr adabiyoti o’rtasidagi ko’prikni olib tashladi.
1873 yildan Peterburg F.A.ning muxbir a’zosi, 1900 yildan faxriy akademik. Uning «Bolalik» (1852), «O’spirinlik» (1852-54), «Yoshlik» (1855-57) avtobiografik trilogiyasida N.G.Chernishevskiyning so’zi bilan aytganda «qalb dialektikasi» tadqiq etilib, shaxsning o’z ichki dunyosini bilishga, axloqiy kamolotga intilishga e’tibor qaratilgan. «Kazaklar» povestining (1863) markaziy masalasi axloqiy idealni xalq hayotidan, tabiatdan izlash yo’lidagi harakatlar bo’lib, Tolstoyning butun ijodi uchun xarakterlidir. Buyuk «Urush va tinchlik» epopeyasida (jangnomasida) (1868-1869) 1812 yilgi urushda rus xalqining vatanparvarlik harakati ko’rsatilgan. «Anna Korenina» romani (1873-1877) da 70-yillardagi rus jamiyati hayotini tanqidiy tasvirlab, o’z davrining muhim muammolarini ijtimoiy va falsafiy rejada hal etdi. «Tirilish» romani (1889-1899), «Ivan Ilichning o’limi» (1884-1886), «Kreyser sonatasi» (1887-1889), «Hoji Murod» (1896-1912 yillar nashr etilgan) povestlari, «Zulmat hukmronligida» (1886), «Tirik murda» (1890) masallarida ijtimoiy tanqid bilan bir qatorda xristiancha nasihatgo’ylik tendensiyalari kuchli.
Boshqa bir rus yozuvchisi-Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy (1821-1881)ning axloqiy izlanishida hayron qoldiradigan darajadagi kuchli xarakter gavdalanadi. U Tolstoyga o’xshab epik miqyoslarni tahlil qilishga tushmaydi. Dostoyevskiy sodir bo’layotgan voqyealarni yozishga emas, balki haqiqatda nimalar bo’layotganini ko’rish uchun, o’quvchisini «maxfiyga borish»ga majbur etadi, u bizlarni o’zimizga o’zimizni ko’rishga majbur etadi. Inson ko’ngliga kirib borishdagi betakror qobiliyati natijasida Dostoyevskiy birinchilar qatorida (agar eng birinchi bo’lmasa), zamonaviy nigilizmni11 izohlab berdi. Dostoyevskiy ham Peterburg F.A.ning muxbir a’zosi (1877), «Bechora kishilar» (1846), «Oq tunlar» (1848), «Netochka Nezvanova» (1848, tugallanmagan) povestlarida oddiy kishining iztiroblarini ijtimoiy fojia sifatida tasvirlagan. Petrashevskiy to’garagining ishtirokchisi sifatida 1849 yil qamalib o’lim jazosiga hukm qilingan, biroq bu jazo surgun bilan (1850-54) almashtirilgan. 1859 yil Peterburgga qaytib kelgan «O’lik uydan maktublar» (1861-62) surgundagi kishining fojiali taqdiri haqidagi asar bo’lib, rus krepostnoyligi ustidan aybnoma edi. Akasi Mixail bilan hamkorlikda «Vremya» (1861-63), «Epoxa» (1864-65) jurnallarini nashr etib unda xalqqa yaqin turish g’oyalarini ilgari surgan. «Xo’rlanganlar va haqoratlanganlar» (1861), «Jinoyat va jazo» (1866), «Tentak» (1868), «Aka-uka Karamazovlar» (1879-80) romanlarida sosial qarama-qarshiliklar, rus xarakterlarining to’qnashuvlari, jamiyat bilan inson uyg’unligi yo’lidagi izlanishlar realistik tasvirlangan. «Yozuvchi kundaligi» (1871-83) degan publisistik asar ham yozgan. Dostoyevskiy dunyosi-bir vaqtning o’zida ham oddiy, ham nooddiy erkak, ayol va bolalar dunyosidir. Dunyoga halokat xavf solmoqda, uni asrash mumkin va lozim, uni go’zallitk asraydi, ruhiy-axloqiy go’zallik bilan, har holda bugun Dostoyevskiy shu ruhda o’qilmoqda.
4. Musiqa san’atining taraqqiyoti. Adabiyot bilan bir safda XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada musiqa madaniyati ham yuksak parvoz etdi. Musiqa madaniyatining rivojiga Gogol ijodi katta ta’sir ko’rsatdi. Uning syujetlari N.Rimskiy-Korsakov (1844-1908) tomonidan yozilgan «May tuni» va «Miloddan oldingi tun» operalari asosini tashkil etgan. Nikolay Andreyevich rus kompazitori, dirijeri, musiqa jamoat arbobi edi. «Qudratli to’da» a’zosi. Musiqaning go’zal tasviriy xarakteri, rus tabiatining nafosati, xalq turmushi manzaralari bilan bog’liq uning asarlari ijodida Sharq obrazlarining ham roli katta. Orkestrlash ustasi, gormoniya novatori, 15 opera, shu jumladan «Pskovlik qiz» (1872), «Qorqiz» (1881), «Sadko» (1896), «Shoh qaylig’i» (1898), «O’lmas Kaщyey» (1902), «Ko’rinmas shahar Kitej haqida rivoyat» (1904), «Oltin xo’rozcha» (1907); Orkestr uchun yozilgan «Ispancha kaprichcho» (1887), «Shaxrizoda» (1888) va boshqa asarlar, romanslar, qayta ishlangan xalq qo’shiqlari muallifi. Musorgskiy, Borodin, Dargomijskiylarning tugallanmagan asarlarini oxiriga yetkazgan, 1871 yildan Peterburg Konservatoriyasining professori. Rimskiy-Korsakovning vatani Tixvinda (Leningr.obl) 1944 yilda uy muzeyi ochilgan, Leningradda esa 1971 yilda kvartira-muzeyi ochildi.
Rus musiqiy madaniyatining gullagan davri ko’p jihatdan P.Chaykovskiy (1840-1893) ijodi bilan bog’liq. Petr Ilich kompozitor, yirik simfoniyachi, musiqa dramaturgi. Musiqada insonning ichki olamini ochib bergan, opera, balet, simfonik, kamer asarlarining yuksak namunalarini yaratgan. «Yevgeniy Onegin» (1878 operaning yangi turi-lirik sahnalar), «Mazepa» (1883), «Cherevichki» (x/q kiyadigan poshnasi baland etik) (1885), «Afsungar» (1887), «Pikovaya dama» (1890 y. teran psixologik muzikali drama), «Iolanta» (1891) va boshqa operalar muallifi. Chaykovskiy muzikalari- «Oqqush qo’li» (1876), «Uyqudagi go’zal» (1889), «Shchelkunchik» (1892) baletlari dramaturgiyasining yetakchi tarkibiy qismi bo’lib qoldi. «6-simfoniyasi», «Monfred» simfoniyasi (1885), «Romeo va Juletta» (1886-93) uvertyura-fantaziyasi va boshqa ko’pgina asarlari rus musiqa san’atining nodir durdonalari bo’ldi. U 1866-1878 yillarda Moskva konservatoriyasi professori, 1894 yil Klin shahrida Chaykovskiy uy-muzeyi ochilgan. 1958 yildan Moskvada Chaykovskiy nomidagi Xalqaro Konkurs o’tkazilmoqda.
XX asr boshlariga kelib rus musiqasining yangi qirralari S.Raxmaninov (1873-1943) va Aleksandr Nik. Skryabin (1871-72-1915) ijodlarida namoyon bo’ldi. Ularning asarlarida inqilob arafasidagi davrning g’oyaviy ufuri, musiqalarida kurashuvchanlikka chaqiradigan romantik ruhiyat aks etardi.
XIX-XX asrlarda rus fani ham ulkan yutuqlar sohibi bo’ldi: ayniqsa, matematika, fizika, ximiya, tibbiyot, agronomiya, biologiya, astronomiya, geografiya, gumanitar sohasidagi tadqiqotlar ahamiyatli. Jahon fani yutuqlariga ulkan hissa qo’shgan qo’yidagi olimlarning nomlarigina olamshumul ahamiyat kasb etadi: S.Solovev, T.N.Granovskiy, N.I.Pirogov, I.I.Mechnikov, I.M.Mendeleyev, V.V.Dokuchayev, K.A.Timiryazev, V.I.Vernadskiy va yana ko’plab misol tariqasida V.I.Vernadskiy ijodini olish mumkin (1863-1945). Rus fanining geniysi, geoximiya asoschisi, beoximiya, radiologiya asoschilari. 1912 yildan Peterburg FA, SSSR FA, Ukraina FA sining birinchi prezidenti (1919), Moskva universiteti professori (1898-1911). Rossiyaning tabiiy ishlab chiqaruvchi kuchlarini o’rganish komissiyasi tashkilotchilaridan biri va raisi (1915-1930). Asarlari atrof muhit muammolarini hal qilishning eng muhim asoslaridan biridir. Tabiat falsafasi, fanshunoslik bo’yicha asarlar muallifi, Radiy instituti (1922-1939), Biogeokimyo labarotoriyasi (1929 yildan, hozirgi Rossiya F.A. Vernadskiy nomidagi geokimyo va analitik kimyo instituti) tashkilotchisi va direktori, SSSR Davlat mukofoti laureati (1943). Uning biomuhit, noomuhit sohalaridagi ta’limotlari hozirgi davr tabiatshunosligining ko’p sohalarini qamrab olgan, ayniqsa fizikaviy geografiya, geoximiya landshafti (manzara), neft va gaz geologiyasi, gidrogeologiya, tuproqshunoslik, biologiya, tibbiyot va boshqalar. Fan tarixi tabiatshunoslikdagi ko’pgina sohalar bo’yicha buyuk olimlarni biladi, lekin bu sohaning hammasini qamragan holda o’z davridagi tabiatga qiyosiy baho beruvchilar kamdan-kam uchraydi. Taqqoslab ko’rish mumkinki, bunday buyuklar XV-XVI asr boshlarida Leonardo da Vinchi, XVIII asrda M.V.Lomonosov va fransiyalik zamondoshi Jorj Lui Byuffon, XVIII asr ning oxiri-XIX asrning birinchi yarmida Aleksandr Gumboldtlarni aytish mumkin. Tabiatshunos Vernadskiy ham o’zining fikr doirasi kengligi bilan, tabiiy hodisalar to’g’risidagi bilimi bilan o’sha daholar bilan bir safda turadi.
5. Rus madaniyatining «kumush davri». Rus madaniyati tarixida XIX asrning oxiri-XX asrning boshlari rus madaniyatining «Kumush asri» nomi bilan kirdi. Bu davr 1898 yilda paydo bo’lgan. «San’at dunyosi» jamiyati bilan boshlanib akmeizm12bilan tugaydi. «San’at dunyosi» jamiyati eng yuqori madaniyat ustalarini, Rossiyaning o’sha davrdagi badiiy elitasini (ko’rkini) birlashtirdi. Bu jamiyatga deyarli barcha taniqli rassomlar-A.Benua, K.Somov, L.Bakst, Ye.Lansere, A.Golovin, M.Nesterov, N.Rerix, K.Petrov-Vodkin, F.Malyavin, M.Larionov, N.Goncharova va boshqalar ishtirok etgan. Jamiyatning tashkilotchilaridan va sardori S.Dyagilev edi. U dastlab rus rassomlari asarlarining ko’rgazmasini uyushtiruvchi bo’lsa, keyinchalik esa chet ellarda «Rus mavsumlari» nomi bilan rus balet va operalari gastrollarini tashkil etdi. Dyagilev faoliyati tufayli rus san’ati xalqaro miqyosda tanilib, tan olinadigan bo’lib qoldi. Parijda o’tkazilgan bunday gastrol rus musiqasi, rassomchiligi, opera va balet san’ati tarixida yirik voqyea bo’ldi. S.Dyagilev 1906 yilda Parijda «Rus rassomchiligi va haykaltaroshligining ikki asri» nomi bilan ko’rgazma tashkil etdi. Katta olqish qozongan bu ko’rgazma keyinchalik Berlin va Venesiyaga ham namoyish qilindi. O’sha yillari Parij Glinkadan boshlab Skryabingacha bo’lgan rus musiqasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1906 yil Parijda buyuk xonanda F.Shalyapin ijrosidagi Musorgskiyning «Boris Godunov» operasidan sar Boris partiyasi katta shuhrat qozondi. Nihoyat 1909 yilda Parijda rus baletining «Rus mavsumlari» boshlanib u 1912 yilgacha davom etdi.
XX asr boshlarida rus baletining yirik arboblaridan biri M.Fokin bo’lib, u balet spektaklida g’oyaviy asos qilib dramaturgiyani olib kirdi va raqs, musiqa va rassomchilikning hamkorligi yo’li bilan psixologik mazmundagi mangulik obrazlarini yaratishga intildi. U fransuz kompazitori Sen-Sans kuyiga «O’layotgan oqqush» xoreografik etyud yaratdiki u rus klassik baletining simvoli bo’lib qoldi. S.Dyagilev tahriri ostida 1899-1904 yillar davomida «San’at dunyosi» nomli jurnal chop etildi. Jurnal badiiy va adabiy bo’limlardan iborat edi. Aytish mumkinki rus madaniyatining «kumush asri»-bu madaniyatning oliy darajadagi, mahoratli asri. Bu davrdagi rus madaniyati o’zida eski dvoryan va raznochinlar madaniyatini mujassamlashtirgan edi.
6. «San’at dunyosi» va rus simvolizmi. «San’at dunyosi» bilan bir qatorda ikki asr oralig’idagi yana bir yo’nalish – simvolizm, ya’ni ko’p qirrali yo’nalish, Yevropa va rus san’atida 1870-1910 yillardagi yo’nalish. Sezgilar yordamida idrok etib bo’lmaydigan «narsa o’zida»ni va ideallarni, asosan, simvol (ramz) bilan badiiy tasvirlashga asoslangan. Simvolizm yashirin voqyelikka, «dunyoning ideal mohiyati»ga, «mangu go’zallik»ka intilib, san’atda burjua turmushini va pozitivizm qarashlarini, ma’naviy erkinlik ishtiyoqini, bashariyatning bo’lajak ijtimoiy-tarixiy o’zgarishlarini fojiona fahmlashini mistik shaklda ifodaladi va ba’zan bu shakl dekadentlik13 individualizmi motivlari bilan murakkablashdi. Simvolizmning asosiy vakillari adabiyotda A.Blok, A.Beliy, Vyacheslav Ivanov, F.Solugub, I.Annenskiy, K.Balmont va boshqalar bo’lib, ular Kantdan Shopengauergacha, Nisshedan boshlab Vl.Solovevgacha bo’lgan falsafiy g’oyalarga tayanganlar. Pokiza, erkin san’atni talab qilish bilan bir qatorda simvolistlar shaxsiyatparastlikni (individualizm) ta’kidlaydilar, hattoki o’ziga maftun bo’lish darajasigacha, sehrli dunyoni kuyladilar, «tabiiy geniylik» mavzusi ularga yaqin bo’lgan, Nisщye aytgan «Sverxchelovek» (odamdan ustun) ularning ruhiga yaqin. Masalan, «I xochu, no ne v silax lyubit ya lyudey. Ya chujoy sredi nix», deb yozgan Merejkovskiy. Gippius ham unga o’xshatib «Mne nujno to, chego net na svete», degan. Bryusov ham: «Nastanet den konsa Vselennoy. I vechen tolko mir mechtы»,-deb yozgan. Simvolistlar go’zallikni tabiat sirlarining kaliti deb bilgan. XX asrning o’ninchi yillari oxirida simvolizm yaxlit oqim sifatidagi ichki faoliyatini tugatdi va rus madaniyatining turli sohalarida chuqur iz qoldirdi.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarini adabiyotlarda rus falsafasining Renessansi, «oltin asri» deb atashadi. Ta’kidlash o’rinliki, rus madaniyatining «kumush asri» davridagi falsafiy fikr rus klassik adabiyotining vorisi va davomchisi sifatida maydonga kelib «oltin asr»ga sazovor bo’ldi. R.A.Galsevaning fikricha: «rus madaniyatida adabiy-falsafiy estafeta ro’y berganidek, hatto kengroq qilib aytsak, san’at va filosofiya, estafetasiga, kuchga to’lgan badiiy yetuklikning falsafiy fikrlashga o’tayotganiga guvoh bo’lyapmiz». Shu tariqa rus klassikasi bilan asr oxiridagi falsafiy uyg’onish o’rtasida munosabat o’rnatildi. Estafetani qabul qilgan bu davr filosoflari Vl.Solovev, V.Rozanov, S.Bulgakov, N.Berdyayev, L.Shestov, G.Fedotov, S.Frank va boshqalar edilar.


1 Грекча syllogistikos-выводящий умозаключение. Аристотель томонидан яратилган мантиқий хулоса, якун таълимоти.

2 Б.Раш Принстон коллежини битиргач Эдинбург университетида тиббиётдан таълим олди, амалиётни Лондон клиникасида ўтади. АҚШда тиббий таълимни ривожлантиришда унинг хизматлари катта бўлди.

3 Феодал университет ғоясини АҚШнинг дастлабки 6 президенти ҳам қувватлагин. Конгресс комиссияси 1816 йилга тегишли Билл ҳам қабул қилди, лекин келаси йилги муҳокама уни рад этди. Чунки у Конституцияга махсус ўзгартириш киритиш зарур деб топди.

4 Эпигонлар – асли грекча сўз бўлиб «кейин туғилганлар» деган маънога эга, яъни м.а.III асрда диадохлар ўғилларининг ҳокимият учун курашига нисбатан. Санъатда эса бу «Қадим анъаналарга тақлид қилиб мустақил ижод қила олмайдиган оқим» тарафдорлари.

5 Схоластика – грекча сўз бўлиб, айнан мактабли, олим маъносида. Диний фалсафадаги оқим. Ғарбий Европада ўрта асрлар даврида (XI-XII асрлар) кенг ривожланган. Теологик догмани рационалистик услублар билан бирлаштиради.

6 Динамо машина – доимий ток билан ишлайдиган электро генераторнинг дастлабки номи.

7 Фарадей Майкл (1791-1867) инглиз физиги, электромагнит майдони тўғрисидаги кашфиёт асосчиси (С.Петербург ФА да 1830-1831 йил ихтиро этилган).

8 Эйфель Александр Густав (1832-1923) француз инженери, йўллар, кўприклар қуриш устаси. 1889 йил минора (башня Эйфеловская) қурди, баландлиги 300 м., пўлатдан, квадрат основания 123 м., вес 9 тыс. тонна.

9 Флорис Осмонд (1849-1912), француз маталлшуноси.

10 XIX асрнинг 40-50 йилларида Россияда рус танқидий реализмининг ривожи, Н.В.Гоголь ва В.Г.Белинский ижоди билан боғлиқ бўлган адабий оқим.

11 Нигилизм (лот.) мавжуд ижтимоий ҳаёт тарзи ва ахлоқий нормаларни, маданий мерос ҳамда идеалларни инкор этиш. Ижт. Тарихий тараққиёт инқирозга кетган даврларда айниқса кенг ёйилади. Рос-да «Н» атамаси И.С.Тургеневнинг «Оталар ва болалар» романи (1862) чиққандан сўнг тарқалган. 60-70 йиллар бошидаги демократик ҳаракат иштирокчилари номи, улар крепостнойлик анъаналарини инкор этишган. (Энс. Луғ. Т.2. Т.1990, 12 бет)

12 Акмеизм-грекча акмё сўзидан олинган бўлиб бирор-бир нарсанинг энг юқори даражаси, гуллаган, кучли даври.

13 Декадентлик (лот) – XIX аср охири – ХХ аср буржуа маданиятидаги тушкунлик ҳолатининг умумий номи: умидсизлик, ҳаётдан юз ўгириш кайфиятларини ифодалайди.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish