Маъруза Амалий машғулот


-mavzu: XVII-XVIII asrlarda Rossiya madaniyati



Download 0,54 Mb.
bet5/10
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#502328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13. ЯЗДМ мажмуа янги — копия

6-mavzu: XVII-XVIII asrlarda Rossiya madaniyati
Reja:

  1. Kirish qismi. Rossiyadagi ahvol.

  2. Maorifning rivojlanishi.

  3. XVII-XVIII asrlarda adabiyot, teatr san’ati, arxitektura va qurilish.

  4. Rassomchilik san’ati yutuqlari.

  5. Rossiyada fan va texnika rivoji.

  6. Ijtimoiy fikr va xulq-atvordagi o’zgarishlar.

1. Kirish qismi. Rossiyadagi ahvol. XVII asrdan boshlab umumrossiya bozori shakllanishi boshlanadi. Hunarmandchilik, savdoning rivojlanishi va shaharlarning o’sishi bilan rus madaniyatiga dunyoviy elementlarning keng tarqalishi kuzatildi. Bu jarayon adabiyotda madaniyatning «obmirщyeniya» (dunyolashuvi) nomini oldi («mirskoy», ya’ni jahoniy yoki dunyoviy so’zidan kelib chiqqan).
Rus madaniyatining dunyolashuviga cherkov to’sqinlik qildi, chunki u buni g’arb, ya’ni «lotin» ta’siri deb bildi. XVII asrda Moskva hukmdorlari G’arbning ta’sirini cheklash maqsadida kelgan xorijliklarni moskvaliklarga yaqinlashtirmaslik uchun ularni chetroqqa, hozirgi Bauman ko’chasida o’rnashgan Nemislar o’rnini ajratganlar. Ammo yangi g’oyalar va odatlar Moskva Rusini tez qamrab oldi. Chunki mamlakatga bilimdon, ma’lumotli kishilar zarur edi. Ular diplomatiya ishlari, harbiy soha, texnika va manufaktura ishlab chiqarishini tushunib yetadigan, ularni boshqaradigan bo’lishi kerak.
XVII-XVIII asrlarda Rossiyani larzaga keltirgan ijtimoiy ziddiyatlar bir qator g’oyat katta dehqonlar urushlarida ko’proq namoyon bo’ldi. Bu asrlardagi inqilobiy harakatlarning butun Yevropa miqyosi tarixida feodal zulmga qarshi ko’tarilgan g’oyat kuchli xalq qo’zg’olonlari, chunonchi, P.Bolotnikov boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni (1606-1607), Bogdan Xmelniskiy rahbarligidagi qo’zg’olon (1648-1654), S.Razin rahbarligidagi qo’zg’olon (1707-1708), Ye.Pugachev rahbarligidagi qo’zg’olonlar (1773-1775) ko’zga ko’rinarli o’rin tutadi.
XVIII asrda mamlakatning iqtisodi bilan birga madaniy rivojlanishi ham kuzatildi. Rus madaniyatini belgilashdagi cherkovning hukmronligi tugatildi. Garchand cherkov XVIII asrda davlatga itoat ettirilgan bo’lsada, lekin mamlakatda uning roli hali salmoqli edi. Baribir, rus madaniyatining xorijiy madaniy aloqalariga imkoniyat oshdi. Boltiq dengizi orqali Yevropaga derazaning ochilishi va Qora dengizga chiqish Rossiyaning obro’sini ko’tarib Yevropa davlatlari bilan doimiy aloqa o’rnatishga olib keldi. Bu demak IX-XVII asrlar davomida hukmron bo’lgan an’anaviy, o’rta asrlardagi diniy ruhdagi madaniyat o’rnini XVIII asrda «yangi madaniyat» egalladi. Undagi o’ziga xos xususiyat-dunyoviylik, rasional (rasio so’zi razum ma’nosida) dunyoqarash, boshqa davlat va xalqlari madaniyatlari bilan demokratik va ochiq munosabatda bo’lishdan iborat.
XVIII asr madaniyati ko’p jihatdan ma’rifatli falsafa bilan belgilanadi. Uning asosiy g’oyasi kishilar hayotida bilim va ongning hukmronligi, inson shaxsiga bo’lgan e’tiborda. XVIII asr rus madaniyati tarixini odatda ikki davrga bo’lishadi:
XVII asr oxiridan- XVIII asr birinchi choragi – bu rusda yangi madaniyatning shakllanishi bilan belgilansa;
XVIII asrning o’rtalari va ikkinchi yarmi bo’lib, unda tabaqaviy, ya’ni ko’p jihatdan dunyoviy bo’lgan dvoryanlar va dehqonlar madaniyatlarining shakllanish va gullash jarayonlari bilan belgilanadi.
XVIII asrning birinchi yarmi va o’rtalarida rus san’atida barokko usuli hukmronlik qildi, asrning ikkinchi yarmida esa-klassisizm.
XVIII asr oxirida ongli klassisizm o’rnini hissiyotli sentimentalizm egalladi.
2. Maorifning rivojlanishi. XVII asrning ikkinchi yarmida davlat maktablari vujudga keldi. Markaziy muassasalar uchun bosmaxonalar, dorixonalar uchun xodimlar tayyorlaydigan maktablar ishlay boshladi. Chop etuvchi stanoklarning ishlay boshlashi savodxonlik va arifmetikani o’rgatadigan qo’llanmalarning bir vaqtning o’zida ko’p nusxalarini chop etish imkonini berdi. Ruslarningsavodxonlikka intilishini V.F.Bursev tomonidan 1651 yilda yaratilgan «Bukvar»ning bir kunda sotilishidan (2400 nusxa) bilish mumkin.
Dunyoviy maktablarning tashkil topishi. Ma’orifning dunyoviy tus olishi, o’qishni amaliyot bilan qo’shib olib borilishi Petr davri maktablarini ruhoniylar qo’lida bo’lgan oldingi maktablardan tubdan farq qildirdi. 1701 yili Moskvada, sobiq Suxarev minorasi binosida matematika va kemachilik fanlari maktabi ochildi. Bu maktabning yuqori sinflarini Petrburgga ko’chirish oqibatida 1715 yilda Dengiz akademiyasi ochildi (Hozirgi oliy harbiy-dengiz akademiyasi). Keyinchalik Artilleriya, Muxandislik, Tibbiy maktablar ham ochildi, konselyariya xodimlari, tog’ ishlari bilan shug’ullanuvchilar ham tayyorlandi. Dvoryanlar bolalarini o’qitish majburiy bo’ldi. Hatto Petr I o’qishdan bosh tortgan dvoryanzodalarni uylanishdan mahrum etdi. Maorifning tez sur’atlar bilan o’sishiga 1708 yilda qabul qilingan tadbirlar-o’qilishi qiyin bo’lgan eski cherkovslavyan harflari o’rniga bosma (pechat) harflar va raqamlarni harflar bilan ko’rsatish o’rniga arab raqamlarining qabul qilinishi katta turtki bo’ldi. Yangi harflarga birinchi rus bosma gazetasi bo’lgan, 1702 yildan chop etilayotgan «Vedomosti» ham o’tdi. 1714 yilgi farmonga binoan guberniyalarda 42 ta raqamli maktablar ochilib ularga krepostnoy dehqonlardan tashqari qolgan barcha imtiyozsiz tabaqalarning bolalari qabul qilinadigan bo’ldi.
Armiya va flot uchun dvoryanlarni zobitlikka tayyorlashda 1731 yil Sank-Peterburgda Shlyaxet(dvoryanskiy) korpusi ochildi. Imperator saroyi uchun xodimlar Pajes korpusida tayyorlanardi. 1763 yili Moskvada Vospitatelnыy dom ochilib unda yetimlar, noqonuniy tug’ilganlar va ota-onasi raznochinslardan bo’lib boqolmay qolgan bolalar o’qitilgan. 1764 yil Peterburgda Smolniy instituti oliy tabaqa oilalarning qizlari uchun ochildi. Ruhoniylarning bolalari maxsus seminariya va akademiyalarda ta’lim olishgan. Shunday qilib XVIII asr o’rtalarida Rossiyada tabaqaviy maktablar tizimi joriy etildi.
Faqatgina XVIII asrning oxirlarida (1786 y) har bir guberniyada rasman tabaqasiz bo’lgan xalq bilim yurtlari, har bir uyezdda to’rt sinfli va ikki sinfli kichik xalq bilim yurtlari ochildi. Lekin bunday ta’lim umumiy, majburiy va hammaga teng bo’lmaganligi uchun bu tizim tabaqaviy bo’lib qolaverdi. XVIII asr oxirida Rossiyada har ming kishidan 2 tasi o’qimishli, qolganlari savodsiz edi.
Mamlakat hayotidagi eng buyuk voqyea-1755 yil M.V.Lomonosov tashabbusi va loyihasi asosida, imperiatrisa Yelizaveta Petrovnaning ma’rifatli favoriti I.I.Shuvalov homiyligida Moskva universitetining ochilishi bo’ldi. I.I.Shuvalovning tashabbusi bilan 1757 yil badiiy akademiya ham ochildi, to 1764 yili Peterburgga ko’chirilganicha u universitet qoshida edi. Universitet asoschilarining taklifi bilan u tabaqasiz bo’ldi, faqat krepostnoy dehqonlarning bolalari pomeщchikdan ijozat olgan bo’lishi kerak edi. Lomonosov universitetning asosiy vazifasi deb ilmiy bilimlarning keng yoyilishini bildi. Bunda universitet bosmaxonasi va kutubxonasi muhim rol o’ynadi.
3. XVII-XVIII asrlarda adabiyot, teatr san’ati, arxitektura va qurilish. Adabiyot. XVII asrda oxirgi yilnoma asarlar yaratildi. «Yangi yilnoma» (30-yillar) Ivan Grozniy o’limidan keyingi voqyealarni izhor etdi. Unda Rossiya taxtini egallagan yangi Romanovlar sulolasining huquqlari ham asoslangan.
Adabiyotda dunyoviy fikrlarning kirib kelishi XVII asrda vujudga kelgan satirik povestlar janri bilan bog’liq. Unda tarixiy shaxslar o’rnini tasavvur qilingan qahramonlar egalladi. «Mayxona xizmati» («Slujba kabaku»), «Povesti o kure i lise», «Kalazinlik arizachi» («Kalyazinskiy chelobitnoy») asarlarida cherkov xizmatchilari parodiya qilinib, monaxlarning tekinxo’rlik va mast-alastliklari ustidan kulingan. «Povesti o Yershe Yershoviche» da esa sud tizimidagi byurokratik va poraxo’rlik illatlari fosh etilgan.
Bu davrdagi yana bir yangi janr-bu memuarlik edi. Bunda Simeon Poloskiyning muhabbat lirikasi, «Jitiye prototipa Avvakuma» asarlari misol bo’la oladi.
Ukrainaning Rossiya bilan qo’shilishi, tarix sohasidagi birinchi bosma asarning paydo bo’lishiga turtki bo’ldi. Kiyevlik monax Innokentiy Gizel «Sinopsis» nomli asarni chop etib, unda Ukraina bilan Rossiyaning hamkorlikdagi tarixi ommabop qilib yoritildi. Asar Kiyev Rusining tashkil topgan davridan boshlangan. XVII asrning oxiri - XVIII asrning birinchi yarmida «Sinopsis» rus tarixi bo’yicha darslik sifatida foydalanildi.
Teatr. 1672 yili Moskvada saroy qoshidagi birinchi teatr ochildi. To’rt yil faoliyat ko’rsatgan bu teatrda nemis artistlari o’ynardi. Ayollar rolini ham erkaklar bajargan. Repertuari asosan Bibliya va afsonaviy-tarixiy pyesalardan iborat bo’lgan. Rus shahar va qishloqlarida doim ko’chib yuradigan daydi teatrlar keng tarqalgan edi. Ular asosan qo’g’irchoq teatrlari bo’lgan, hukmron doiralar va cherkovdagi illatlarni masxara qilganliklari uchun doimo cherkov va hukumat tomonidan quvg’inda yurardilar.
Birinchi rus professional teatri 1750 yilda Yaroslavlda savdogar F.G.Volkovning tashabbusi bilan tuzildi. Oradan 2 yil o’tgach teatr Peterburga ko’chib o’tdi va 1756 yilda podsho farmoni bilan u Rossiya teatri nomini oldi. (Hozirgi A.S.Pushkin nomidagi Akademik drama teatri). Ayni paytda yirik rus amaldorlari tomonidan Rossiyaning turli o’lkalarida 50 dan ortiq teatrlar ham yaratilib, ko’p hollarda ularga dehqonlar aktyorlik qilishgan. Mamlakatda 100 dan ortiq krepostnoy orkestrlar mavjud edi. Ular ichida eng mashhuri Ostankinodagi Щyeremetevlar teatri bo’lib unda krepostnoy dehqonlar orasidan chiqqan dramatik aktyor va qo’shiqchi P.I.Jemchugova va balerinachi T.V.Shilikova mahorat ko’rsatgan.
XVIII asrda Rossiyada balet san’atiga ham asos solindi. 1738 yilda Peterburgda birinchi balet maktabi ochildi. Shu asrda birichi rus operalari yozilib sahnalashtirildi. Ular kompozitorV.A.Pashkevichning «Anyuta», M.M.Sokolovskiyning «Melnik-kaldun, obmanщik i svat», V.I.Fominning «Yamщiki na postave» kabi operalari bo’lgan.
XVIII asrda rus madaniyati rivojlanishining eng muhim natijasi-rus millatining shakllanish jarayoni bo’ldi. San’atda dunyoviy yo’nalishning g’alabasi, boshqa xalqlar madaniyati bilan aloqa o’rnatishi va fanning yutuqlari rus madaniyatining XIX asrda yuksak bo’lishiga zamin yaratdi.
Arxitektura. XVII asrdagi arxitektura qurilishlari rassomchilikdagi go’zalligi va rang-barangligi bilan ajralib turardi. Ayniqsa binolardagi bir-biriga o’xshamas derazalarni bezashga ko’p e’tibor berilgan. Bu davrda ko’p rangli «quyosh plitkalari», ya’ni tosh va g’ishtlarni kesib naqsh chiqarish keng tarqaldi. Bunday xususiyatlarni Moskva Kremlida podsho Aleksey Mixaylovich davrida Terem saroyida va bizgacha yetib kelgan Moskva, Pskov, Kostroma boyarlari tomonidan XVII asrda qurdirilgan toshli palatalarda ko’rish mumkin. Shularga monand binolar Yaroslavldagi mashhur Ilya Prorok cherkovi, Tolchkovdagi ansambllarda ham uchraydi. XVII asrdagi bunday binolar asosan cherkov uchun bo’lib ularni Moskvadagi patriarx Nikon cherkovida (M., Park kulturы), Pushkin maydoni yaqinidagi Rojdestvo Bogarodisы cherkovida va Nikitnikdagi Troisa cherkovlarida uchratish mumkin.
Rostovda kreml shaklida mitropolit Ionning qarorgohi, Suzdalda «Troisa Sergiyeva» va «Spaso-Efimiyeva» monastrlari, Vologda yaqinidagi «Kirillo-Belozerskiy» monastrlari ham zamonaga monand qilib dekorativ naqshlar bilan bezatilgan.
Ruslarning qadimgi tosh arxitekturasi rivoji «Narishkinlik» uslubining paydo bo’lishi bilan yakunlandi. Bosh buyurtmachi nomi bilan atalgan bu usul Moskvacha barokko deb ham atalardi. Bu usulda Novodeviche monastirining to’rt burchakli va qo’ng’iroqli binolari, Filidagi Pokrov monastri, Nijniy Novgorod va Zvenigoroddagi monastr va saroylar ham qurilgan.
Moskva barokkosining o’ziga xos xususiyati binoni bezashda qizil va oq ranglardan uyg’unlatib foydalanish edi. «Narishkinlik» barokkoning deyarli barcha binolari karnizlarida (piramon, rak) dekorativ chig’anoqlarni (rakovina) ko’rish mumkin, bu usul esa birinchi marta XVI asrda Kremldagi Arxangelsk soborini qurgan italiyalik ustalar tomonidan qo’llanilgan edi.
G’arb arxitekturasi bilan umumiylikka ega bo’lgan Moskva barokkosining paydo bo’lishi rus arxitekturasining o’ziga xos xususiyatlariga qaramay umum Yevropa madaniyati ramkasida rivojlanganidan dalolat edi.
Rossiyada, XVII asrda yog’ochsozlik san’ati ham keng rivojlandi. Zamondoshlar Aleksey Mixaylovichning Moskva yaqinidagi Kolomenskoye qishlog’ida qurdirgan mashhur saroyini «Dunyoning sakkizinchi mu’jizasi» deb atashgan. Bu saroy 270 ta xona va 3000 dan ko’p katta va kichik derazalardan iborat bo’lib rus ustalari Semyon Petrov va Ivan Mixaylovlar tomonidan qurilgan. Saroy XVII asr o’rtalarida chiriy boshlaganligi uchun Yekaterina II davrida yiqitildi.
XVIII asr birinchi yarmida qurilgan binolar barokko usulida edi. (Barokko-italyancha so’zdan serhasham, murakkab, sergul, jimjimador). Bu usul ayniqsa Rossiyaning yangi poytaxti-Sankt-Peterburgni qurishda keng qo’llanildi. Mohir arxitektorlar-D.Trezini (Petr I ning yozgi saroyi, Petropavlovsk qal’asi sobori, 12 Kollegiya binosi), J.Leblon katta o’zgarishlar kiritdilar.
Barakkoning Rossiyadagi yirik vakili- kelib chiqishi italiyalik bo’lgan V.Rastrelli edi. U Peterburgdagi Qishki Saroy, Smolnыy monastri, Sarskoye Selo va Petrgofdagi saroylar, Kiyevdagi Andreyev cherkovi va Mariin saroyini qurgan.
Moskva shahar arxitektori D.V.Uxtomskiy Neglinnaya daryosi ustida Kuznesk ko’prigini, Qizil darvozani, Trois-Sergeyev monastridagi qo’ng’iroq (kalokol)ni qurdi. U o’z maktabini yaratdi va keyinchalik bu maktabdan chiqqan arxitektorlar-A.F.Kokorinov, I.Ye.Starov, M.F.Kazakov va boshq. bugungi kunda Rossiyaning markaziy shaharlariga ko’rk berayotgan ko’pgina binolarni yaratdilar.
XVIII asrning ikkinchi yarmida jimjimador barokko o’rnini qat’iy va buyuk klassisizm egalladi. Bu usul uchun aniq forma, oddiylik, shu bilan birga ulkan davlat qudratini namoyon etadigan binolar vujudga keldi. Klassisizm bino qirralarining bir-biriga munosibligini, binodagi bosh qismning ajralib turishini, gorizantal va vertikal liniyalarning bir xilligi bilan ajralib turardi. Klassisizm asosida Gresiya va Rimning klassik arxitekturasiga murojaat qilinganligi seziladi. Peterburg «kelishgan, qaddi-qomati zebo» tusini oldi.
4. Rassomchilik san’ati yutuqlari. Rus san’atining dunyolashuvi, ayniqsa rassomchilikda sezildi. XVII asrning yirik rassomi Simon Ushakov edi. Odamni real tasvirlash va ikon (but)larni ko’rsatishdagi dunyolashuv Ushakov maktabining xususiyatli tomoni. Uning eng mashhur asari ikon «Spas Nerukotvorniy». Ushakov maktabi Rossiyada keng tarqalgan portretchilik oqimi-«parsunы» (personы) bilan uzviy bog’liq edi. Oqim rassomlari real shaxslar (personal)ni chizishni, masalan, podsho Fedor Ivanovichni, M.V.Skopin-Shuyskiy va boshqalar portretlarini yaratganlar. Lekin rassomlar texnikasi hali ikonchilik tasvirga o’xshash edi, ya’ni taxtaga tuxumli bo’yoqlarda chizgan. Faqat XVII asrning oxirida moyli bo’yoqlar bilan kanopda (to’qima) chizilgan dastlabki parsunlar paydo bo’ldi, bu hol rus portretchilik san’atining XVIII asrda gullab-yashnaganidan darak berardi.
XVIII asrning birinchi yarmida rus rassomchiligining yutuqlari A.P.Matveyev va I.N.Nikitinlar ijodi bilan bog’liq bo’ldi. Ularning ijodidagi asosiy yo’nalish- portret yaratish edi. I.Nikitinning Petr I va «Napolnыy getman», A.Matveyevning «Avtoportret s jenoy» kabi asarlarida o’z qahramonlarining portretli qirralarini ko’rsatish bilan birga ularning ichki dunyosi va ruhiyatini ham ko’rsata oldilar.
XVIII asrning ikkinchi yarmidagi yirik portretchi D.G.Leviskiy bo’lib, u inson qiyofasining ko’p qirrali ekanligini ko’rsata bildi. Uning «N.I.Novikov», «Badavlat P.Demidov», «D.Didro» kabi portretlari bunga misol bo’la oladi. V.L.Borovikovskiy tomonidan yaratilgan obrazlarda inson qiyofasining maxfiy yoki sirli tomonlari ustalik bilan ko’rsatilgan. Rassomning «M.I.Lopuxina», «V.I.Arsenyeva» kabi portretlari ijodkorning sentimentalizm ta’siri ostida ekanligini ko’rsatadi. (Sentimentalizm-ortiq darajada hissiyotga berilish, ko’ngilbo’shlik, yig’loqilik degani)
Portretchilik bilan bir qatorda XVIII asrda grafika (chiziq bilan rasm yasash, buyoqsiz) keng rivojlandi. (A.F.Zubov)), mozaika (naqsh, rang-barang, koshinkorlik, M.V.Lomonosov), peyzaj (tabiat manzarasi) va ayniqsa, tarixiy va afsonaviy lavhalarni aks ettiruvchi suratlar. (A.P.Losenko) keng rivojlandi.
I.A.Yermenev akvarelida (suvda eritiladigan buyoq) va M.Shibanov suratlarida rus rassomchiligida birinchi marotaba dehqonlar hayoti aks ettirildi.
5. Rossiyada fan va texnika rivoji. Samoderjaviye-krepostniklik tuzumiga qarshi, feodal qoloqlikka qarshi qaratilgan norozilik va kurash jarayonida rus milliy madaniyati o’sib bordi.
XVII asrning ikkinchi yarmida Rossiya qo’shni mamlakatlar (Boltiqbo’yi mamlakatlari, Litva, Polsha, Valaxiya, Moldaviya va boshq.)dagi ilm-maorif ishlari, siyosiy g’oyalar va diniy harakatlarga ta’sir ko’rsatib, Sharqiy Yevropa madaniy hayotining eng muhim markazlaridan biriga aylana boshladi.
1648 yilda Meletiy Smotrisskiyning «Grammatika»si va 1682 yilda ko’paytirish jadvali chop etildi. 1687 yilda Moskvada birinchi oliy o’quv yurti-Slavyan-grek-lotin akademiyasi ochildi. Unda diniy ta’lim bilan birga grammatika, notiqlik (ritorika), dialektika va falsafa fanlari ham o’rgatilgan. Akademiyani grek olimlari, Italiyada Paduye universitetini bitirgan aka-uka Sofroniy va Ioannikiy Lixudilar boshqargan. Bu yerda asosan amaldorlar va ruhoniylar tayyorlangan. Bu akademiyada M.V.Lomonosov ham o’qigan. Umuman, XVII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada maktab, maorif, adabiyot, san’at, arxitekturaning yuksalish davri bo’ldi.
Rus geografiyasi o’sha vaqtdayoq jahon fanida oldingi o’rinlardan birini egallagan. Rossiyaning shimoliy sohillari va dengizlarini tadqiq qilgan, Muz okeanidan Tinch okeanigacha borish uchun yo’l topgan, bu yo’lni, ta’riflab xaritaga tushirgan Semyon Dejnev 1648 yil (Vitus Beringdan 80 yil oldin) Osiyo va Shimoliy Amerika oralig’idagi bo’g’ozga chiqishgan. Rossiyaning eng sharqiy nuqtasi bugun Dejnev nomi bilan ataladi.
1649 yilda Ye.P.Xabarov Amur atrofidagi yerlarni o’rganib uni xaritaga tushirdi va bu yerda birinchi rus qishloqlari paydo bo’la boshladi. Bugungi kunda uning nomida Xabarovsk shahri va Yerofey Pavlovich posyolkalari bor. XVII asrning eng oxirida Sibirlik kazak V.V.Atlasov Kamchatka va Kuril orollarini o’rgandi.
Fan sohasida Petr I ning muhim faoliyati 1725 yilda Peterburgda Fanlar Akademiyasining ochilishi bo’ldi. Akademiya tarkibida kadrlar tayyorlash uchun universitet va gimnaziya kiritildi. XVIII asrning birinchi choragidayoq mamlakat tabiatini o’rganish va xaritaga tushirish boshlandi. Uralda boy ruda konlari borligi aniqlandi. Donesk ko’mir havzalari va Boku neftini aniqlash ishlari boshlandi. Sibirning ichki hududlari, Kaspiy, Orol dengizlari sohillari, Muz okeani va O’rta Osiyo o’rganildi. XVIII asr o’rtalarida geograf I.K.Kirillov tomonidan «Rossiya atlasi» nashr etildi. Ungacha faqat Fransiyagina bunday atlasga ega edi. V.Bering ekspedisiyasi esa Osiyo va Amerika o’rtasidagi bo’g’ozga chiqdi va uning nomi bilan atala boshlandi.
60-70 yillarda P.S.Pallas, S.G.Gmelin, I.I.Lepexin va boshqalar tarkibida Akademik ekspedisiya uyushtirilib, Rossiya xalqlari tabiati va madaniyati o’rganildi. Ular Ural, Sibir, Volga bo’ylari to’g’risida batafsil ma’lumotlar qoldirdilar.
V.N.Tatiщyev va M.V.Lomonosovlar rus tarixiy faniga asos soldilar. XVIII asrning ikkinchi yarmida M.M.Sherbatov va I.N.Baltin o’z tarixiy asarlarini yaratdilar. Asrning ikkinchi yarmida (1763) soldat o’g’li I.I.Polzunov (1728-1766) zavod ehtiyojlarini qondirish uchun bug’ dvigateli ixtiro etdi. Bu loyiha asosida qurilgan mashina 1766 yilda Polzunov vafotidan so’ng ishga tushirildi. Keyinchalik bu ixtiro unutildi, krepostnoylik hukmronligi davrida undan foydalanish qiyin bo’lgan.
Peterburg F.A.ning ajoyib mexanigi bo’lgan Ivan Petrovich Kulibining (1735-1818) o’sha zamon uchun namuna bo’lgan idish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. Uning Neva ustida qurilgan 300 metrlik ko’prik loyihasi hanuzgacha kishilarni hayratga solmoqda.
Petr I davrida, 1714 yilda biblioteka ish boshladi, 1719 yilda birinchi rus tabiiy-tarixiy muzeyi ochildi. XVIII asr oxirida Yekaterina II Yevropadan ko’pgina xususiy san’at asarlarini sotib olishi natijasida hozirgi kunda dunyodagi eng yirik muzeylardan hisoblangan Ermitajga asos solindi.
Dastlabki davrda Rossiyaning o’zida yetarli mutaxassis olimlar yo’q edi, shuning uchun Fanlar akademiyasiga xorijlik mutaxassislar taklif etilgan. Rossiyada o’z davrining yetuk olimlari-matematik Leonard Eyler, gidrodinamika asoschisi D.Bernulli, tabiatshunos K.Volf, tarixchi A.Shleser ham Rossiyada ijod etishgan. Lekin haqiqiy olimlar bilan bir qatorda Rossiyada fandan uzoq bo’lgan ko’pgina firibgarlar ham bor edi. XVIII asr o’rtalarida Fanlar Akademiyasiga M.V.Lomonosov kelgach rus mutaxassis-olimlarining safi ko’paydi.
Arxangelsk guberniyasi davlat dehqonlari orasidan yetishib chiqqan M.V.Lomonosov (1711-1765) jahon fanining buyuk daholaridan edi. U o’zining ensiklopedik bilim doirasi va tadqiqodlari bilan rus fanini yangi pag’onaga ko’tardi. Fizikaviy-ximiyaning asoschilaridan biri bo’lgan M.V.Lomonosov moddalar tuzilishidagi atom-molekulyar to’g’risida buyuk bashoratlar qildi, energiyani saqlash qonunini kashf etdi, atmosferadagi elektr quvvatini o’rgandi va astrofizikaning fan sifatida shakllanishiga yo’l ochdi.
Gumanitar fanlari sohasida ham Lomonosovning xizmatlari ulkan. U birinchi bo’lib qadimgi Rus davlatining paydo bo’lishi to’g’risida mavjud bo’lgan normann nazariyasiga qarshi chiqdi. Uning «Rossiya grammatikasi» rus tiliga oid birinchi ilmiy asar edi. Ko’pgina she’r, poema va odalar uning qalamiga mansub.
Universitetga asos solgan bu tashkilotchining ko’pgina shogirdlari va safdoshlari-akademiklar astronom S.Ya.Rumovskiy, matematik M.Ye.Golovin, geograf va etnograf S.P.Krasheninnikov, fizik G.V.Rixman va boshq. o’z kashfiyotlari bilan rus fanini yuqori pog’onaga ko’tardilar.
6. Ijtimoiy fikr va xulq-atvordagi o’zgarishlar. Ijtimoiy-siyosiy fikrning markazida Rossiyani qoloqlikdan qutqarish masalasi turardi. Petr I ning safdoshlari Feofan Prokopovich va P.P.Shafirov o’z asarlarida tub o’zgarishlar zarurligi va monarxning cheklangan hokimiyatini o’rnatish lozim deb bildilar. F.Prokopovich o’zining «Pravda voli monarshiy» (monarx) va «Duxovnыy reglament» asarlarida «rus xalqining tabiati samoderjaviya hukmronligini taqozo etadi» degan fikrni ilgari surdi. P.P.Shafirov esa «Rassujdenii o prichinax svetskoy voynы» kitobida Boltiq dengizi uchun va ruslarning ota-bobolaridan qolgan yerlarni egallash uchun kurashga chaqiradi.
Petr davrining yetuk mutaffakkiri I.T.Pososhkin bo’lib, uni ba’zan birinchi rus iqtisodchisi deb ham atashadi. Avval hunarmand, keyinchalik yirik savdogar bo’lgan Pososhkin «O skudosti i bogatstve» asarida rus sanoati va savdosining aktiv tarafdorlari bo’lib chiqadi.
XVIII asr o’rtalari va ikkinchi yarmidan rus ijtimoiy fikri markazida dehqonlar masalasi chiqdi. Krepostnoylikning ba’zi tomonlarini hatto ba’zi deputatlar (Ulojennaya kamissiya a’zolari) tanqid qildilar. Jurnal sahifalarida N.I.Novikov va Yekaterina II o’rtasidagi munozara esa inqilobiy-respublikachi, somoderjaviya va krepostniklikka qarshi chiqqan A.N.Radiщyevni keltirib chiqardi.
XVIII asr rus adabiyotini A.D.Kantemir, V.K.Trediakovskiy, Lomonosov, A.P.Sumarokov, N.I.Novikov, A.N.Radiщyev, D.I.Fonfizin, G.R.Derjavin, I.A.Krыlov, N.M.Karamzin kabi yozuvchilar, shoirlar va publisistlar o’z asarlari bilan boyitdilar.
Xulq-atvor va turmush. «Buyuk elchilik» dan qaytgan Petr I ruslarning kiyinishi, xulq-atvoriga ham o’zgartirishlar kiritdi. O’zi qo’liga qaychi olib qarshisidan chiqqan boyarlarning soqollarini qirqa boshladi, buyruq chiqarib sochlarini kalta qilish va soqollarini olib yurishni buyurdi. Soqol qo’yish faqat ruhoniylar va dehqonlarga ruxsat etildi. Soqol qo’yishni istovchilar maxsus soliq to’lashlari kerak edi. To’laganlarga misdan tayyorlangan maxsus «soqol belgisi» beriladigan bo’ldi. Hamma joyda yevropacha kiyinish joriy etildi. Boyarlarning uzun yeng va oyoqqa tushadigan kiyimlari kesib tashlandi. 1649 yilgi «Sobor tuzuklari» qonuniga asosan chekish jinoyat deb e’lon qilingan edi, Petr I esa chekishga ruxsat berdi. Petr topshirig’i bilan nemis tilidan jamiyatda o’zini tutish, yaxshi odatlar to’g’risidagi maxsus yo’riqnoma rus tiliga o’girilib, Petr o’zi unga qo’shimcha ham kiritdi. Unda ota-onaga yuksak hurmat ko’rsatish, savollarga tez javob berish, yoshi kattalarga hurmat ko’rsatish kabi talablar bor bo’lgan. Oldin faqat dvoryanlar uchun o’tkaziladigan ko’ngil ochishlar Petr davridan boshlab ommaviy bayramlar o’tkazish bilan boyitildi. Ommaviy sayllar, feyerverklar, urushdagi g’alabalarni nishonlash ham odat qilindi. 1700 yil 1-yanvardan Rossiyada ham yangi yilni nishonlash va archa bezatish joriy etildi. O’sha yildan boshlab Rossiya ham boshqa Yevropa davlatlaridagidek yilni Xristos Rojdestvosi bo’yicha hisoblaydigan bo’ldi.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish