Маъруза Амалий машғулот


-mavzu: AQShda maorif va fanning shakllanishi



Download 0,54 Mb.
bet6/10
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#502328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13. ЯЗДМ мажмуа янги — копия

7-mavzu: AQShda maorif va fanning shakllanishi
Reja:

  1. Boshlang’ich ta’limning shakllanishi.

  2. AQShda kollejlarning paydo bo’lishi va vazifalari.

  3. Universitetlar tizimining tashkil etilish.

  4. Fan va texnikaning rivojlanishi.

AQShda maktablar taqdiri va pedogogik fikrlar mamlakat tarixi, uning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tuzumi bilan bevosita bog’liq AQSh tarixiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyati esa-feodal munosabatlarining yo’qligi va kelib chiqishi jihatidan burjua tartiblariga asoslanganligi bo’ldi. Bu hol maktab tizimiga ham o’z ta’sirini o’tkazib uning evolyusion rivojlanish ma’nosini tashkil etdi.
Yevropa davlatlarida o’rta asr qoldiqlari o’zoq yillar davomida burjua matablarining paydo bo’lishiga to’sqinlik qilgan, cherkov maorif va yoshlar tarbiyasidagi mutloq hukmronligini saqlab qolishga intilgan bo’lsa, AQShda esa bu sohada qabul qilingan eng birinchi qonunlardayoq maktablar iqtisodiy ehtiyojlarga itoat qildirildi, uni rivojlanayotgan sanoat va qishloq xo’jaligi ehtiyojlariga bo’ysundirildi.
Shu bilan birga Amerika maktabi boshqa qit’alar maktablaridagi maqbul tomonlarini ham qabul qilishga intildi. Buning sabablari-birinchidan uzoq yillar davomida Amerika shtatlarining Angliya mustamlakasi bo’lganda; ikkinchidan, ko’p asrlar davomida turli mamlakatlardan Amerikaga ommaviy ravishda ko’chib kelgan muxojirlar bu sohadagi o’z tajribalarini ham olib keldilar. Shu bois bu yurtda ijtimoiy-siyosiy qarashlarning shakllanishida ayniqsa, inglizlarning ta’siri salmoqli edi. Chunki Amerikaga kelgan inglizlar (ularni «kelgindilar otalari» deb atashadi) o’rnashib olgach eng avvalo qurgan inshootlari maktab va cherkov bo’ldi. Odatda bu maktablar mahalliy boshqaruv yoki shaxsiy mablag’lari hisobidan ta’minlanardi. Maktablarda asosan o’qish, yozuv, ingliz grammatikasi va ashula darslari bo’lardi. Ba’zi maktablarda mehnat darsi ham bor edi. 1647 yil Massagusets koloniyasida jamoatchilik maktabi osish to’g’risida qonun qabul qilingan. Bu qonunga asosan 50 hovlidan iborat bo’lgan har bir aholi pnkti bolalarni o’qish va yozishga o’rgatish uchun o’qituvchi saqlashlari kerak bo’lgan. 100 hovlidan iborat bo’lgan posyolka aholisi esa grammatik o’rta maktab tashkil qilishlari zarur edi. Kaloniyalik davrida Amerika agrar xususiyatga ega bo’lgani uchun maktablardagi o’quv rejalarida k/x bilan bog’liq bo’lgan majburiy darslar bo’lgan. lotin tilidagi grammatik (o’rta) maktablar hayot talablariga javob berishi kerak edi. Deyarli har bir amaliy matematikani o’qitishga, ayniqsa yer ulchovi bilan bog’liq sohalarga ko’proq e’tibor qaratilgan. AQShning milliy ta’lim tizimi asosan mustaqillik urushidan keyin shakllandi. Yangi burjua davlatida ta’lim tizimining shakllanishiga mashhur ma’rifatchilar B.Franklin va T.Jeffersonning xizmatlari katta bo’ldi. XVIII asrda AQShda hali ham ta’limning yagona to’la shakllangan tizimi yo’q edi. Ko’pincha u shaxsiy harakterga ega bo’lib, undan ko’proq boylar manfaatdor edilar. Boshlang’ich maktabni chetlagan holda, shaxsiy tayyorlov maktablari orqali o’tardi. Bilimlarni umumiy tarqatish to’g’risida 1779 yilda qabul qilingan qarorda T.Jefferson umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish va bu uchun ikki turdagi maktablarni-oddiy(elementar) va grammatik tashkil etishni nazarda tutdi. Bu reja asosida har bir shtat xududida (5-6 kv.km.da) oddiy (boshlang’ich) maktablar faoliyat ko’rsatib, o’qish 3 yil davom etishi kerak. Bunday maktab dasturida o’quv, yozuv va arifmetika nazarda tutilgan. Bepul tashkil etilgan boshlang’ich ta’lim xarajati olinadigan soliqlar hisobiga qoplangan.
Keyingi bosqich 4 yillik o’rta (grammatik) maktablar bo’lib, unda geografiya, tarix, grammatika, grek va lotin tillari oliy matematikaning boshlanishi o’qitilardi. Mamlakatda boshlang’ich va o’rta ta’limni tashkil etishda B.Franklinning xizmati katta bo’ldi. U o’quv dasturlari tuzdi, o’qish jarayonidagi sxolostik qarashlarni tanqid qildi, q/x va sanoatda ishlay oladigan kishilarni tarbiyalashni talab etdi.
V.Franklin va T.Jefferson pedogog bo’lmasalarda, lekin o’z davrlaridagi maktab tizimini yaxshi bilardilar. Ular eski dasturlar o’rniga, yangi, hartomonlama afzal dasturlarni tavsiya etadilar, qanday fanlarni o’tish zarurligini uqtirdilar. Aqlu-zakovat, fan, maorifga katta e’tibor bergan bu daholar o’sha davrlaridagi ilg’or formal, yuzaki, hayotdan ajralgan holda, ma’rifatparvarlikning keng yoyilishiga, dunyoviy maktablarning paydo bo’lishiga katta jonbozlik ko’rsatdilar.
Kapitalistik munosabatlarning o’sishi va sanoat inqilobining boshlanishi maktab ta’limini yangilash zaruratini tug’dirdi. Ko’pgina shtatlarning konstitusiyalarida aholini savodxon qilishning zarurligi qayd etildi. Ammo ko’p hollarda konstitusiyadagi bunday modda xo’ja ko’rsin bo’ldi., chunki mustaqillik urushidan keyingi dastlabki yillarda har bir shtatda bepul maktab yo’q edi. Eng birinchi bepul jamoatchilik maktabi 1809 yilda Nyu-Yorkda ochildi. O’qish puli bo’lgan sharoitda umumiy ta’limga erishish mushkul edi, shu uchun bepul ta’lim niyatidagi kurash keskin tus oldi. Oxir oqibatda 1820 yilda Pensilvaniyada, 1823 yili Ilminoysda, 1831 yili Dalaver va 1838 yilda Ochayo shtatlarida ta’lim bepul etildi. Bepul ta’limning joriy etilishi ta’lim tizimining tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etdi. XIX asrning birinchi yarmida deyarli hamma shtatlarda bepul qilindi. Bepul boshlang’ich ta’lim o’rta maktablarda o’qimoqchi bo’lganlar sonini nihoyatda oshirdi. Fuqarolar urushi arafasida ma’lumot darajasi bo’yicha AQSh barcha G’arbiy Yevropa davlatlaridan o’tib ketdi. Respublikada xalq o’z hukumatini saylaydi, qanday kishini saylashni bilish uchun savod kerak. Amerikaliklarning fikriga ta’limsiz haqiqiy erkinlik bo’lmaydi, ma’lumot yaxshi xarakterni, axloqni, aqlli irodani tarbiyalaydi deyishadi. Kapitalistik tizim yaxshi taraqqiy etishi uchun uning ishchilari hyech bo’lmasa boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lsin. Hukmron sinfdlar fikricha ishchilarning bolalariga nafaqat boshlang’ich ma’lumot berish, balki ularni mehnatga o’rgatish kerak, chunki zavod-fabrikalarga mehnat odatlaridan xabardor kishilar kelishi kerak edi. Mehnat kishilarning maktab siyosatiga ta’siri kuchli edi, chunki bu sohaning rahbarligini davlat o’z monopoliyasiga aylantirmagan. 1787 yilgi Konstitusiyada maorif to’g’risida lom-mim deyilmagan. Davlat maktab siyosatini har bir shtatning qonun chiqaruvchi organlari ixtiyoriga bergan. Bu esa aholining maktab tizimini tashkil etishda, maktab soliqlari hajmini belgilash, o’qituvchilar tanlash, o’quv ta’minotini yaxshilash ishlarida ta’sirining oshishini ta’minlaydi.
AQShda cherkovning davlatdan ajratilganligi ham ta’lim tizimining tez rivojlanishida muhim omil bo’ldi. U Fosterning fikricha iqtisodiy taraqqiyotda AQShning Lotin Amerikasi davlatlaridan sezilarli o’zib ketishining sabablaridan biri ham shu ekan. Darhaqiqat bu hol dunyoviy maktablar tashkil etishni tezlashtirdi. 1818 yilda Konnektikut shtatining qonun chiqaruvchi majlisi maktabni cherkovdan ajratish to’g’risida qaror qabul qo’ldi, keyinchalik bunday qaror boshqa shtatlarda ham qabul qilindi. Bu esa Amerika maktablarida G’arbiy Yevropaga nisbatan cherkov ta’sirining pasayishiga va estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalariga ko’proq e’tibor qaratish imkoniyatini berdi.
XIX asrning 20-30 yillarida ta’lim tizimini demokratlashtirish uchun paydo bo’lgan jamoatchilik harakati xalq ta’limi sohasida ham o’zining yirik arboblarini keltirib chiqardi. Bular orasida demokrat va ma’rifatchi Goras Maan (1796-1859) alohida ajralib turdi. U ham XVIII asr ma’rifatparvarlari-B.Franklin, T.Jefferson va o’zining zamondoshlari sosial-utopiyachilarga o’xshab «jamiyatdagi munosabatlar rivojining, hamda ijtimoiy adolatsizlikni bartaraf etishning hal qiluvchi omili-bolalarni o’qitish va tarbiyalashda», deb bildi.
Goras Maan 12 yil davomida Massachusets shtatining xalq maorifi ishlari bo’yicha Byuroda kotiblik vazfasini bajardi va uning faoliyati boshqa shtatlarda ham keng ta’lim tizimini yaxshilashda katta ta’sir o’tkazdi. U dini yoki irqiga qaramay hamma aholi teng ekanligi va bu tenglik bolalarni o’qitishda ham ta’minlanishini yoqlab chiqdi. Uning aytishicha «ma’lumotli bo’lishdan oldin, odam avval ozod bo’lishi kerak», ekan.
Sanoat inqilobi davrida maktablarda tabiiy fanlarga bo’lgan e’tibor kuchaydi. 1787 yildan 1860 yilgacha Nyu-Yorkdagi o’rta maktablarda 149 ta yangi piredmet kiritilgan bo’lsa shundan 23 tasi to 1826 yilgacha, 100 tasi 1826 va 1840 yillar mobaynida va qolgan 26 tasi 1840 yildan keyin kiritildi. Ta’kidlash lozimki, XIX asrning 60-yillarida AQSh maktablarida o’quvchilar ko’proq amaliy faoliyatga tayyorlangan paytda Yevropada hali bunaqa tushuncha yo’q edi. Ta’limning tez sur’atlar bilan o’sishi, nafaqat boshlang’ich maktablarda, balki o’rta maktablarda ham o’quvchilarni keng jalb etish, o’rganilayotgan predmetlarning ko’pligi AQSh maktablarining ijobiy tomonidir.
Amerikaning musiamlakachilik davrida ko’chib kelganlar jamoasi tomonidan ochilgan dastlabki 9 ta kollej shaxsiy mablag’lar hisobidan bo’lib, asosan cherkov tashabbusi bilan paydo bo’ldi va eng avvalo dinga xizmat qiluvchi xodimlar tayyorlashga mo’ljallangan edi. 1836 yilda Bostonning umumiy majlisi 400 f. mablag’ni kollej va bibloteka ochish uchun ajratdi. Masschusetsdagi bu kongregasionalistlar Gorvardga asos soldilar. Pop Jon Gorvard vasiyatiga binoan 800 f. yig’ildi va 320 tomli kutubxona paydo bo’ldi. 1693 yil Vizantiyada «Uilyam end Meri» nomli anglikan kolleji paydo bo’ldi, 1701 yilda esa Kinnektikutda Yelsk kollejiga asos solindi. Keyinchalik 1746 yilda Nyu-Jersida presviterianlik kolleji va 1764 yilda Rod-Aylendda baptistlik kolleji (keyinchalik Braun universiteti), 1769 yilda Nyu-Gempshirda kongregasionalistlar kolleji ochildi. 1755 yilda B.Franklin akademiyasi asosida Filadelfiya kolleji ochilib keyinchalik u Pensilvaniya universitetiga aylantirildi. Kollejlar xristianlik g’oyalarini targ’ib etuvchi markazga aylandilar, ular bu g’oyani G’arbdagi hindular orasida ham yoyishga intildilar. Kollejlarning xartiya va ustavlari o’qitish, o’quv jarayonining mohiyati va qabul masalalarida Angliya universitetlarining tartiblariga asoslangan edi. Bu tabiiy hol, chunki kaloniyalardagi o’quv markazlarining asoschilari odatda Oksford va Keymbridjni bitirganlar bo’lgan. Ancha keyinroq esa Shotlandiyaning Edinburg va Eberdin universitetlari ta’siri oshdi, chunki endi ularni bitiruvchilarining kollejlardagi mavqyei kuchaydi.
Klassik an’anaga ko’ra dastlab Gorvarddagi kirish imtihonlari lotin va grek tillaridan bo’lardi, keyinchalik (1745yil Yelsk ustavi bo’yicha) arifmetika qo’shildi; XVIII asrning ikkinchi yarmidan esa matematika, tarix, geografiya va ingliz tillaridagi kirish imtihonlari bo’ldi. O’qish jarayonida asosiy diniy fanlardan tashqari dasturda klassik tillarni va adabiyotini o’qmitish-oromey, qadimgi suriyalik, qadimgi yahudiy tillari, dialektika, falsafa, shuningdek matematika botanikalar nazarda tutilgan. Shuningdek mantiq va sillogistika1 munozaralari ham muhim o’rin egallagan, chunki ular g’ayratli gapirishni odatlantirish va mantiqiy muhokama qilishni o’rgatardi.
Kolinstlar jamoalari kollejlarda talabalarni puritanizm ruhida tarbiyalashga harakat qilganlar. Talabalar nosog’lom hayot tarzi o’tkazadigan davralar yoki tashkilotlarga qo’shilishlari man etilgan. Yel kollejida itoatsizligi, kattalarga nisbatan hurmatsizligi, janjal qilsa, ichkilik bilan shug’ullansa va h.k. uchun talaba safidan chiqarilgan. Ba’zan jismoniy jazolar ham bo’lgan. AQSh va Angliyada talabalar yotoqlarida, ko’pincha o’qituvchilar bilan bir binoda yashardilar.
Faqat kollejlarni barpo etish davrida emas, balki keyingi yuz yillikda ham ulardagi o’ziga xos xususiyat homiylar kengashi tashkiloti bo’lib, ular kollejlarning hayoti bilan bog’liq barcha sohalarni boshqarardilar, shu jumladan daraja berish huquqini ham. Shu jihatdan AQSh kollejlari Yevropaliklarnikidan tubdan farq qilardi, shu jumladan Angliya kollejlaridan tashkil etilib barcha muommolarni nufuzli tashkilot hisoblangan o’qituvchilar-olimlar Kengashi hal qilardi.
1650 yilda qabul qilingan xartiya asosida Gorvard kollejini boshqarish uchun prezidenti, moliyachisi va o’qituvchilardan 5 kishi ishtirokida korparasiya tuzilgan. Lekin XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib korparasiya tarkibiga biznesmenlar ko’payib ularning ta’siri orta bordi.
Mustamlakachilik davrida kollejlardagi talabalar kam sonli (1 ta dan to bir necha o’nlikkacha) edi. ijtimoiy tarkibi esa turlicha, masalan; Gorvard kollejining 1640-1672 yillardagi bitiruvchilar 300 kishi bo’lib, ulardan 100 tasi hukmron doiradagilar farzandi, 35 tasi ruhoniylar bolalari, 18 tasi yirik rahbarlariniki, boy savdogarlarniki va katta yer egalarining bolalari edi, qolgan yuztasi ham ijtimoiy yuqori tabaqaga tegishli edi.
Inqilob arafasidagi davrda kollejlar turli koloniya yoshlarining tayyorlov markaziga aylandi. Prinston kollejini 1771 yil 12 kishi bitirgan bo’lsa ular ichida Dj.Medison bor edi va faqat 1 kishi Nyu-Jersidan bo’lgan 1787 yilgi konstitusion konvent a’zolarining 16% Prinston kollejining bitiruvchilari ekanligi bejiz emas. Amerikalik ma’rifatparvarlarning ko’p qirrali ilmiy faoliyati va ensiklopedik qiziqishlari ta’lim tizimini rivojlantirish va o’quv dasturlarini belgilashda katta ijobiy rol o’ynadi.
1743 yil B.Franklin tomonidan tuzilgan Amerika faylasuflar jamiyati ham bu ishlarni amalga oshirishda ko’makdosh bo’ldi. 1749 yilda B.Franklin tomonidan chop etilgan, «Pensilvaniya o’smirlari ta’limi munosabati bilan takliflar» asarida o’qish jarayoniga o’zgartirish kiritish, ya’ni haddan ko’p e’tibor berilgan klassik predmetlar o’rniga fuqarolik ehtiyojlari, amaliy maqsadlar va fan-texnikaning yangi yutuqlariga asoslangan sohalarni kiritish nazarda tutilgan. O’qish jarayonini bunday katta qurish,-deb yozgan edi B.Franklin, -yosh avlodga o’zi va vatani uchun ko’proq foyda keltiradigan bilim va tajribalarni o’zlashtirishga yo’l ochib beradi.
Franklin tomonidan Filodelfiyada ochilgan akademiya-o’rta va kasbiy ta’lim beruvchi markaz, tez orada Pensilvaniya kollejiga (1755), 1779 yildan esa universitetiga aylantirilgandi. Kollej rektori-ingliz ruhoniysi U.Smit edi. U o’qitishning 3 yillik modelini ishlab chiqdi (qolgan kollejlarda o’qish 4 yil edi), o’quv vaqtining 40% ni ximiya, fizika, q/x va matematikaga bag’ishladi. Tabiiy fanlarni puxta o’zlashtirish 1765 yilda kollej qoshida Amerikada birinchi maxsus tibbiy maktab, 1768 yilda botanika bo’limini ochish imkoniyatini beradi. Qizig’i shundaki, Mustaqillik deklarasiyasi loyihasini tuzish uchun saylangan 5 kishidan iborat komissiya a’zolarining 3 tasi (T.Jefferson, R.Livingston, Dj.Adams) Amerika kollejlarining bitiruvchilari edi. To’rtinchisi R.Sherman kollejni tugata olmagan bo’lsada Yelning faxriy doktori bo’ldi.
Shu tariqa milliy universitetga asos solish g’oyasi paydo bo’ldi, uni 1787 yilgi konstitusion konventning ko’pgina a’zolari qo’llab quvvatladi. AQShlik ma’rifatparvar, Amerika psixiatriyasining «otasi» B.Rash,2 1788 yil Filadelfiya gazetasiga maqola chop etib: «Xalq ta’limni boshqarishning yangi formalariga o’tishga tayyor… Yangi kongressning dastlabki qarorlari bilan feodal universitet ochish lozim»3 Lekin feodal universitet g’oyasidan shtatlarda universitet ochish g’oyasi ustun keldi. AQSh konstetusiyasi ta’limni boshqarish masalalariga e’tibor qaratgan emas va bu sohani shtatlarning o’ziga havola qilgan. O’rta va oliy ta’limning keyingi rivojiga «Huquq to’g’risidagi qonun» (Bill)ning birinchi moddasi bevosita ta’sir ko’rsatdi. Unda diniy erkinlik va cherkovning davlatdan ajratilganligi e’lon qilingan edi. Lekin ta’lim cherkovdan ajratilmagan edi, shuning uchun yana uzoq yillar kollej va universititutlarga uning ta’siri baland bo’ldi.
XVIII asrning 70-80 yillrida Virginiyadagi o’quv muassasalarida diniy erkinlik o’rnatish uchun T.Jefferson kurash olib bordi. Uning loyihalari moddiy ahvoli va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar har bir kishi ma’lumot olishi mumkinligini ta’minladi. Uning g’oyalari o’z davridan ancha ilgarilab ketgan edi, shu uchun u ba’zi joylarda va qismangina amalga oshdi.
Faqat 1800 yilga kelib keng liberal va zamonaviy universitet ochish to’g’risidagi loyiha paydo bo’ldi. U jamoatchilik qo’llashiga tayangan bo’lib Virginiya shtati tomonidan moliyalashtirilishi kerak edi.
Virginiyada universitet binosini qurishda 20 yildan ko’p vaqt ketdi va u 1825 yilda ochildi. Unda dastlab 8 ta kafedra ochildi-qadimgi tillar, zamonaviy tillar, matematika, tabiiy filosofiya, tabiatshunoslik tarixi, anatomiya va tibbiyot, axloq falsafasi va yurisprudensiya. Garchand xudojo’ylik kafedrasi (bogoslaviya) bo’lmasada, lekin etika professoriga talabalarni diniy aqidalarga nisbatan hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash tavsiya etilgan.
Virginiya universitetida o’qitishning ma’ruza usuli qabul qilindi, ungacha jamoa bo’lib o’qish hukmron edi. Shuningdek birinchi marotaba talabalar qaysi folklor bo’yicha to’la kursni eshitishni tanlash huquqiga ega bo’ldilar. Amaliy mashg’ulotlarga katta e’tibor berildi, ayniqsa tibbiyot, anatomiya, mineroligiya, ximiya, q/x va yoshlarni davlatni boshqarishga tayyorlash sohalari bo’yicha.
T.Jefferson 1800 yildayoq ta’lim sohasida federalistlarning ta’siri yuqoriligidan nolib, o’z loyihalarining qiyinchilik bilan joriy bo’layotganini ta’kidlagan. Universitetlar ochilishining kechikishi ham siyosiy sohadagi kelishmovchiliklar oqibati edi. T.Jefferson AQSh ta’limi tizimining so’zsiz reformatori edi. U Virginiya universitetiga mamlakatlarning turli burchaklaridan taniqli pedogoglarni taklif etdi, boshqa shtatlardagi ta’lim muassasalari bilan aloqa o’rnatib ularga katta ta’sir o’tkazdi. Ilmiy maqsad va tajriba almashtirish uchun T.Jefferson islohoti tarafdorlaridan E.Everett va J.Tiknor Yevropaning ko’pgina markazlariga borib Tete, madam de Stal, V.Skott, Bayron va boshq. bilan uchrashdilar. Germaniya universitetlari bilan tanishgan amerikalik professorlar o’zlarida ta’lim va ilmiy faoliyat uchun yetarli erkinlik yo’qligi moddiy ta’minot, o’qituvchilarning erkinlik yo’qligi, moddiy ta’minot, o’qituvchilarning mustaqilligi, biblioteka va labaratoriyalarning ta’minoti bo’yicha ancha orqada ekanliklarini tan oldilar. Oliy ta’limning orqada qolishi sanoat to’ntarishi yillarida ham sezilarli edi.
XIX asrning 20-yillarida islohot loyihalari bilan Jeffersonning izdoshi Dj.Tiknor chiqdi. U Garvard universitetida zamonaviy tillar kafedrasi mudiri bo’lsada, lekin uning loyihasi oliy ta’limni qayta tuzishga qaratilgan edi.Gorvard talabalar soni 300 ga yetdi. Tiknor ularning xotirasini faqat matnni yodlash bilan band etish jinoyatli xato deb bildi. U darslarni ma’ruza usulida va munozarali olib borishni tavsiya etdi.
Universitetlar faoliyatini yaxshilashdagi katta to’siq qarama-qarshilik edi. Fuqarolar urushi arafasida Janubiy shtatlarda mualliflari shimoldan bo’lgan darsliklar bekor qilingan, oldin takliflar etilgan professorlar esa qaytib ketishga majbur bo’lishgan.
XIX asrning 40-50 yillarida ilmu-fan sohasidagi rahbarlik yosh avlod qo’liga o’tdi. Yevropa markazlari, birinchi galda Germaniyadagi soha yutuqlaridan xabardor edilar. Bular aka-uka Rodjerslar (ular 4 kishi edi), Genri, Porter, Gibbs va boshqalar. Aka-ukalar tomonidan AQShda politexnika ma’lumotiga asos solindi. 1865 yilda Massachusets Texnologiya instetuti ochildi. Bu institut keyinchalik butun mamlakat bo’ylab shu turdagi oliy o’quv yurtlari uchun andoza bo’ldi. Viskonsin, Minnesot, Missuri, Djordjiya, Shimoliy Karolina, Tennesi, Ayova kabi shtatlarda agrotexnika sohasida o’quv markazlari paydo qilindi.
Yevropaning fan va texnika yutuqlarini Amerika shtatlariga moslashtirish bilan birga endilikda o’zlarining mustaqil kashfiyotlarini yaratishga katta e’tibor berildi. AQSh ko’p yangiliklar vataniga aylandi, masalan, paraxod, telefon aloqasi, tikuv mashinasi, revolver, rezina, o’roq mashina, kultivator va boshqa ko’pgina stanoklar va mexanizmlar.
Qishloq xo’jaligida birinchi yirik kashfiyot 1793 yili Eli Uit tomonidan yaratilgan yoki takomillashtirilgan paxta tozalash stanogi bo’ldi. Uit mehnat unumdorligini 50 barobardan ko’p oshirdi. Uit 1798 yil Kennektikut shtatida o’ziga qurol ustaxonasi ochib, qurol yasash borasida davlatning katta buyurtmasini oldi. Ikki yil ichida u 15 ming mushket tayyorladi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish