Маъруза Амалий машғулот


-mavzu: Madaniyatni yaratuvchi ijodkorlari



Download 0,54 Mb.
bet2/10
Sana20.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#502328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13. ЯЗДМ мажмуа янги — копия

3-mavzu: Madaniyatni yaratuvchi ijodkorlari
Reja:

  1. Madaniyat kim tomonidan yaratiladi?

  2. Madaniyatni yaratishda sinflar va xalq ommasining o’rni.

  3. Burjua nazariyotchilari va ommaning madaniyatdagi o’rni haqida mutaxassislar fikri.

  4. XX asr nazariyotchilari madaniyat yaratuvchilari haqida.

1. Madaniyat kim tomonidan yaratiladi? Agar madaniyat jamiyatning ma’naviy hayotini tashkil etsa, demak uni jamiyat yaratar ekan, hattoki har kuni, har soatda, har daqiqada, chunki u yashamoqda, hayot faoliyati holatida, unda esa moddiy va ma’naviy turmush mujassamlashgan. Bu demak jamiyat taraqqiyotining har qanday bosqichida madaniyatni yaratuvchilar – jamiyatning hamma sinflari, bu sinflarning hamma qatlamlari, hukmron sinfning eng yuqori (Saroy zodagonlari, moliya oligarxiyasi) qatlamidan boshlab, to mazlum sinflarning eng quyi qismi – batraklar, chorakorlar, qashshoqlar (pauper), ya’ni ma’naviy sohada ishlash uchun maxsus tayyorlangan kishilardan boshlab, to jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi barcha kishilar tomonidan yaratiladi. Ta’kidlash kerakki, mulkchilikning turli formalari ustidan, tirikchilikning ijtimoiy sharoitlari ustidan turlicha, o’ziga xos hissiyot, hayolot, fikrlar qiyofasi va dunyoqarashdan yuqori turadigan ustqurma mavjud. Har bir sinf vakillari uni o’zining moddiy sharoitlariga qarab tegishli ijtimoiy munosabatlar zamirida yaratadi. Bunday mulohazaning g’oyaviy asosi shundaki, yaratuvchi butun sinf hisoblanadi, alohida olingan g’oyaviy yetakchilari emas. Gap bu yerda madaniyat qiymatlarini yaratishdagi hukmron yoki eziluvchi sinflar rolini chamalashda emas, balki bu jarayonda u yoki bu sinflarga mansub asosiy ommaning o’rni haqida boradi, shu jumladan ma’naviy ijodni professional darajada ko’taradigan shu sinflar manfaatini ko’zlovchi ziyolilar nazarda tutiladi.
Hukmdor sinflar nafaqat o’z nazariyotchilarini moddiy ta’minlaydi, ularga nafaqat mablag’ beradi, balki g’oya ham, qaysikim keyinchalik bu g’oyalar olimlar, yozuvchilar, publisistlar asarlarida o’z aksini topadi, nazariyalarga, badiiy tizimga, siyosiy va boshqa turdagi ta’limotlarga aylanadi.
Shunday ahvolni eziluvchi sinf o’rtasida ham kuzatish mumkinmi?, ya’ni sinfning asosiy ommasi va ularning ideologlari (nazariyotchilari) o’rtasidagi nisbat ham yuqoridagidekmi? Bu masalaning yechimi muhim bir muammo bilan uyg’unlashib ketadi: ma’naviy boylikni yaratishda, madaniyat rivojiga xalq ommasi qanday rol o’ynaydi, ayniqsa antagonistik jamiyatda?
2. Madaniyatni yaratishda sinflar va xalq ommasining o’rni. Sovet davri madaniyatshunosligiga doir adabiyotlardagi fikrlarga muhim o’zgartirishlar zarur. A.I.Arnoldovning fikricha «ekspluatasiyali jamiyatda xalq ommasining ma’naviy madaniyatni yaratishdagi hal qiluvchi o’rni asosan madaniyatning kerakli moddiy sharoitini yaratish bilan belgilanadi». Bu demak, xalq madaniyatni emas, balki uning moddiy shart-sharoitini yaratar emish. To’g’ri, muallif buni «asosan» deb bilgan va xalq ommasining madaniyat yaratishdagi ishtirokini bir sohada tan oladi: «xalq – tilni yaratuvchi, shu bilan u bevosita ma’naviy madaniyat tug’ilishining ishtirokchisiga aylanadi» - deydi. Masalani bunday talqin qilinishi bosh maqsadni, ya’ni madaniy rivojlanishda xalq ommasining hal qiluvchi roli nimada namoyon bo’lishi chetlab o’tiladi. Omma o’zining har kungi hayotida ma’lum qarashlarni, muhim rejalarni va ideallarni (eng yuksak kamolot) yaratishi yuqorida ta’kidlangan edi.
Ma’lumot olishdagi cheklanishlar oqibatida kapitalistik jamiyatda ommaning kundalik tafakkuri eng avvalo ularning moddiy manfaati va ehtiyojini aks ettiradi. Lekin bu tafakkur ilmiy va badiiy bilimlardan o’tib bo’lmaydigan to’siqlar bilan ajratilgan emas. Aksincha, u nazariyotchilar tomonidan yaratiladigan g’oyalar, doktrinalar va badiiy obrazlarni shakllantiruvchi zamin bo’lib xizmat qiladi.
Bulardan tashqari omma tomonidan bunyod etilgan mavjud ideal (eng yuksak kamolot, maqsad)ning to’g’ri yoki noto’g’ri namoyon bo’lishi nafaqat nazariyotchining (ideolog) ilmiy saviyasi, fikrlashining chuqurligi, hatto uning sinfiy kurashda tutgan mavqyei bilan bog’liq. Shu bilan birga u mazkur idealning naqadar yetukligi, bu idealni ommaning o’zida qanchalik puxtaligi, shuningdek, mazkur nazariyotchi ommaning qaysi qatlami, qaysi sinf idealini namoyon qilayotgani bilan ham bog’liq. Lekin ommaning rejalari ideallari ilmiy nazariyani tashkil etmasligini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Faqatgina fan, insoniyat tafakkuri erishgan barcha yutuqlarga tayangan holda tabiat va jamiyat qonunlarini ochib beradi. Aytish mumkinki, kundalik tafakkur faqatgina ilmiy va badiiy bilimlar javob bera oladigan masalalarni ilgari suradi va nazariyotchilarning izlanishiga umumiy yo’nalish beradi. Jamiyatning ma’naviy hayotida xalq ommasining hal qiluvchi roli shunda ham seziladi, chunki qimmatli fikrlar, ahloqiy normalar, buyuk maqsadlar (ideal) yaratiladi va ular ruhiy, ma’naviy taraqqiyotda nazariyotchilar tomonidan amalga oshiriladign barcha kashfiyotlarga sharoit tug’dirib beradi.
3. Burjua nazariyotchilari va ommaning madaniyatdagi o’rni haqida mutaxassislar. Lekin bularning hammasi hyech qachon nazariyotchining buyuk va nisbatan mustaqil o’rnini inkor qilmaydi, chunki u nafaqat o’z g’oyasidan tashqaridagi estetik holatlarni, buyuk kamolotni targ’ib etuvchi, shu bilan birga eng avvalo u o’zining tafakkuri, ilmiy mahsuloti bilan jamiyatning ma’naviy hayotini boyitadigan ijodkordir. Bunday shaxslarning ongli yoki ongsiz ravishda sinfiy jamiyatdagi munosabati, ijodidagi qarama-qarshilik, dunyoqarashining betakrorligi, umuman uning madaniyat ustasidek shaxs sifatida, tarixiy arbob sifatida «fuqarolik» tarixchisiga nisbatan madaniyat tarixchisi uchun ko’proq qiziqish uyg’otadi. Umuman olganda omma bilan madaniyatning buyuk arboblari o’rtasidagi nisbat xalq va tarixiy shaxslar o’rtasidagi nisbatdan farq qilmaydi. Bu haqda mutaxassis P.Ye.Kryajevning yozishicha: «Tarixiy arbob-bu bir yoki bir necha shaxslarga mujassamlashgan va namoyon bo’lgan jamiyat taraqqiyotining nisbatan mustaqil harakatlantiruvchi kuchidir. Tarixiy jarayonning hal qiluvchi kuchi bo’lgan xalq ommasi tabiiyki, shaxslardan iborat, lekin bunda alohida olingan shaxs tarixning nisbatan mustaqil harakatlantiruvchi kuchi bo’lishdek rolini yo’qotadi».
«Oddiy kishi» ham madaniy taraqqiyotning ishtirokchisi bo’lishga haqli ekanligi to’g’risida ingliz madaniyatshunosi R.Uilyams shunday yozgan: «Aslini olganda hyech qanday omma yo’q, faqat kishilarga omma sifatida qarash yo’llari bor xolos». Keyinchalik, u aniqlik kiritib «omma» tushunchasida qabul qilingan faqat bir variantni, hukmron sinf ideologlari tomonidan qabul qilinganini nazarda tutganini ma’lum qilgan. Bunday atamaning inqilobiy leksikonda ifodalanishi boshqa masala – unda omma tarixiy harakatning obyekti emas, balki subyekti (kimsa, shaxs) sifatida chiqishadi.
Haqiqatan ham bunday ta’kidlanishda omma tarixning, shu jumladan madaniyat tarixining «nisbiy» emas, balki «absolyut» mustaqil hal qiluvchi kuchidir. Ularning roli, yana bir marta ta’kidlash mumkin, eng avvalo kishilar o’rtasidagi muomala jarayonida ifodalanadigan qimmatli va buyuk kamolotga erishish orzusida namoyon bo’ladi. Juda ko’pirtirmasdan aytish mumkinki, kishilar o’rtasidagi muomalaning har bir ko’rinishi zarracha bo’lsada jamiyatning madaniy va axloqiy qadriyatlariga qo’shiladi, u orqali esa butun insoniyatnikiga.
Ommaning o’rni faqat bu sohada emas, balki bilish, o’rganish qayta ko’rish faoliyatida ham nihoyatda katta.
Ruhiy, ma’naviy ishlab chiqarish masalasiga kelsak, albatta uni amalga oshiradigan ideologlar (nazariyotchilar) har qanday jamiyatda ochiq yoki qisman bo’lsada jamiyat manfaatini ko’zlab ish tutadi. Lekin bu ma’naviy ishlab chiqarishning hamma sohasi hukmron doiralar nazorati ostida degan ma’noni chiqarmasligi kerak.
Mutaxassis N.S.Zlobin o’z asarida «ma’naviy ishlab chiqarishni», «ma’naviy faoliyat»dan to’g’ri chegaralab, ajratib, shuni ta’kidladiki, ma’naviy ishlab chiqarishga kishilar turmush tarzidagi jarayonda tasodifan paydo bo’ladigan ko’rinishlar, g’oyalar, fikrlar kirmasligini, ular ongiga obyektiv reallikni bevosita aks ettirilishini ta’kidlaydi.
N.S.Zlobinning fikricha ma’naviy i/ch bu «mazkur sinfning hukmronligi jamiyatdagi kishilarning ongiga, fikrlash qobiliyatiga va dunyoqarashiga ta’sir vositasi sifatida, ularning ma’naviy faoliyatini hukmron sinf tomonidan yo’naltirish vositasi hisoblanadi». Bu fikrga esa qo’shilib bo’lmaydi. Axir nazariyotchilarning hukmron sinflar manfaatini emas, mazlumlar manfaatini ko’zlaydigan ijodining mahsuli ma’naviy hayotda qanday o’rin egallaydi, umuman shu tarzdagi madaniyat arboblarining ijodichi? N.S.Zlobinning fikricha u na oddiy tushuncha sohasiga (chunki, ideologiya darajasida bo’lgani uchun) va na ma’naviy i/ch sohasiga to’g’ri kelmas emish, chunki hyech qachon burjuaziya hukmronligini mustahkamlaydigan vosita bo’la olmaydi. Lekin u, ya’ni mazlumlar manfaatini ko’zlaydigan ideologiya mavjudligini N.S.Zlobinning o’zi ham tan oladi va «muqobil kayfiyat, fikr, g’oyalar, muqobil ideologiya shakllanadi, ya’ni umumiylik formasini oladi», deb ta’kidlaydi. Ammo taajubki, u bundan yagona to’g’ri xulosa chiqarmaydi: ma’naviy i/ch uni keltirib chiqaradigan bazis singari qarama-qarshi va o’zida nafaqat burjuaziya hukmronligini mustahkamlovchi g’oya (garchand ko’p hollarda bo’lsada), balki unda ziyon keltiruvchi, uni buzuvchi g’oyani ham o’zida namoyon qiladi.
Agar masala shunday tasavvur qilinsaki, kapitalistik jamiyatning ma’naviy hayotida faqat burjuaziya ziyolilari bo’lib, ular hukmron sinf manfaatlari ko’zlaydigan g’oyalarni ilgari sursayu va ikkinchi tomondan oddiy tushunchaga ega mehnatkashlar bo’lsa, unda o’ta bema’ni manzara vujudga keladi.
Haqiqatda esa oddiy tushunchaga ega bo’lgan (ideolog emas) burjuaziya va demokratik kayfiyatdagi ziyolilar mavjud bo’lib, ular xalq manfaatini ko’zlaydigan g’oyalarni ilgari surishadi. Demak, shunday ekan, haqqoniy manzara quyidagicha bo’ladi: bir tomonda oddiy tushunchaga ega bo’lgan burjuaziya va unga tegishli ma’naviy ishlab chiqarish, ikkinchi tomonda esa oddiy tushunchali omma va unga mos tushadigan ma’naviy ishlab chiqarish mavjud ekan. Burjua nazariyotchilari ham oddiy tushuncha bilan yuqori madaniyat, ya’ni professional ma’naviy ijod o’rtasida uzviy bog’liqlik borligini tan oladi.
4. XX asr nazariyotchilari madaniyat yaratuvchilari haqida. Amerika madaniyat tarixining yetakchi namoyandalaridan, Gorvard universitetining professori K.Brinton ijtimoiy psixologiya bilan ideologiya o’rtasidagi «hamkorlik» masalasini ko’tarib, «asosiy vazifa» sifatida g’oyaning kabinet yoki laboratoriyadan bozorgacha, klublargacha, uylargacha, qonun chiqaruvchi palatagacha, sud instansiyalariga (daraja)cha, konferensiya stollari va kurash maydonlarigacha o’tgan mashaqqatli yo’lni kuzatishda, deb bildi.
Aslini olganda bu yerda so’z o’zaro hamkorlik harakati to’g’risida emas, balki faqat bir tomonlama, ya’ni nazariyotchilar (ideologlar) tomonidan yaratilgan g’oyaning omma ongiga ta’siri to’g’risida boradi.
Xuddi shunday nuqtai nazarni D.Muza ham egallaydi, garchand u «madaniy taraqqiyot o’z vazifalarini tushunib yetadigan intelektuallar (idroklilar) g’oyalarining o’sha davrdagi umumiy ruhiyatlar bilan hamkorligini namoyon etadi», deb aytgan bo’lsa ham. Burjua madaniyati masalasida u Brintondan ham o’zib «quyi» ijtimoiy tafakkurning «yuqorisi»ga ta’siri borligini tan oladi.
Brinton va Muzaning egallagan mavqyelari burjua falsafasi va madaniyatshunosligiga xos bo’lgan madaniyatning elitar (yuqori) konsepsiyasining turlicha ko’rinishini namoyon etadi, ehtimol birmuncha yangilangan shaklda bo’lishi mumkin. Avvalgi ko’rinishda ular ancha eski davrdan ma’lum, eng yangi zamon davrida esa elitar konsepsiyani XX asrning 20-40 yillarida kashf etdilar va eng avvalo katta shov-shuvga sabab bo’lgan «Zakat Yevropы» (Yevropaning tugashi, botishi) asarining muallifi nemis filosofii O.Shpengler va ingliz tarixchisi A.Toynbilardir. Ularning fikricha madaniy boyliklarni yaratish va hatto qabul qilishga elitaning faqat «ijodiy ozchiligigina» qobiliyatli. «Ijodsiz ko’pchilik» bo’lgan omma esa bu boyliklarni hatto ongli ravishda ham qabul qila olmaydi, balki faqat elitaning did va qarashlariga taqlid etadi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin G’arbda taniqli ingliz shoiri va publisisti T.Eliot egallagan vaziyat mashhur bo’ldi. Ilg’or madaniyat arboblari va so’l partiyalar ilgari surgan madaniy hayotni demokratlashtirish talablariga qarshi chiqib Eliot: «madaniyat vakillarining ancha ongliroq qismi yaratgan mahsulga baho berishda barcha ishtirok etgan degan da’voni qilish, bu shubhasiz beradigan mahsulingni soxtalashtirish va qiymatini tushirish demakdir. Chunki ozchilik madaniyatining sifatini saqlab qolishning muhim sharti uni bundan keyin ham ozchilik madaniyati ekanligini tan olishdir, deydi». Bunday konsepsiyani qo’llab-quvvatlaydigan va rivojlantirgan ko’pgina madaniyatning professional nazariyachilari va tarixchilari mavjud. Ular orasida D.Redjin alohida o’rin egallaydi. U o’zining juda ma’noli nomlangan «Madaniyat va omma» asarida «bizning davrimizdagi madaniyatning yagona va hal qiluvchi kurashi… shaxs va jamoa prinsiplari (nuqtai nazarlari) o’rtasida…, originallik (g’alatilik, ajoyiblik) bilan jamoachilik fikri o’rtasida, elita va o’rta miyonalar o’rtasida boradi. Uning fikricha omma nafaqat jamiyatning mehnatkash qatlami, balki hamma «nazariyasizlari» (g’oyasizlari) hisoblanib, ularning madaniyat rivojiga ishtiroki huquqini, Redjin tan olmaydi.»
Ma’naviy hayot, ma’naviy yaratuvchilikda ziyolilar o’rni shubhasiz juda salmoqli, lekin birinchidan u burjua jamiyatidagi asosiy sinflardan mustaqil holda emas, (ham moddiy, ham intellektual sohada), ikkinchidan esa ijtimoiy tuzumda o’ziga xos mavqyeni egallaydi, bu esa kapitalistik jamiyatda hukmron sinflarning ijtimoiy psixologiyasiga to’g’ri kelmaydigan g’oyalarni yaratish va shunga mos vaziyatni egallash imkoniyatini beradi. Fikrlash darajasi ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki u ziyolilarning ba’zi qismiga burjuaziyaning tor doiradagi manfaatlaridan ustun turish imkoniyatini beradi va turmush masalalari bilan birga zamonning dolzarb muammolariga keng miqyosida qarash sharoitini yaratadi.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish