Ma’ruza №9 Parazitlik, transmissiv va tabiiy manbali kasalliklarning biologik asoslari


Tibbiyot parazitologiyasining predmeti va vazifalari



Download 145,33 Kb.
bet2/11
Sana20.04.2022
Hajmi145,33 Kb.
#567007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10- ma`ruza. parazitologiya

Tibbiyot parazitologiyasining predmeti va vazifalari.
Etiologiyasiga qarab kasalliklarni quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

  1. Endogen – bu kasalliklarning asosida irsiy apparat strukturasi va funksiyasining anomoliyalari yotadi.

  2. Ekzogen – xar xil tabiatga ega bo‘lib, travmalar (jaroxatlar), ovqatlanishning buzilishi, avitaminozlar xisobiga kelib chiqadi.

  3. Tirik organizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklar, ularga quyidagilar kiradi;

  1. Infuksion kasalliklar, ularni viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar, rikketsiyalar va zamburug‘lar keltirib chiqaradi;

  2. Parazitar (invazion kasallik) – parazit xayvonlar keltirib chiqaradi;



Tibbiyot parazitologiyasi quyidagilarni o‘rganadi:

  1. Parazitlarning tuzilishini;

  2. Parazitlarning xayotiy siklini;

  3. Parazit – xo‘jayin tizimidagi o‘zaro bog‘liqligini.

  4. Parazitar kasalliklarning diagnostikasini, davolashni va profilaktikasini;

Tibbit parazitologiyasi 3 ta soxani o‘z ichiga oladi.

  • Tibbiyot protozoologiyasi

  • Tibbiyot gelmintologiyasi

  • Tibbiyot araxno entomologiyasi

Xar bir shifokor o‘z ish faoliyatida parazitar kasalliklarni uchratadi, shuning uchun xam parazitar kasalliklarning klinikasi, diognostikasi va profilaktikasi uchun, parazitlar morfologiyasi va xayot sikli xaqidagi bilimlar zarur xisoblanadi.
Xozirgi vaqtda 60000 ga yaqin parazitlar turi ma’lum, shundan 1000 dan ortiq tur odam organizmida parazitlik qiladi.
Parazitizm va parzitlar klassifikatsiyasi.

Parzitizm – biologik fenomen bo‘lib, filogenezda kelib chiqib, turning maxsus belgisi xisoblanadi.


Parazitizmning quyidagi turlari mavjud:

  1. Xaqiqiy parazitizm – evolyusiyada paydo bo‘lgan, turning maxsus belgisi.

  2. YOlg‘on parazitizm – tasodifiy xolat bo‘lib, tabiatda erkin yashovchi turning ayrim organizmi, tasodifiy ravishda xo‘jayni organizmiga tushib vaqtincha parazitlik qiladi (masalan: odamning burun bo‘shlig‘i yoki burun xalqumida zulukning parazitlik qilishi).

  3. Obligat parazitzm – bu tur uchun parazitlik xayot tarzi bo‘lib, parazitlar xayotining ko‘p qismini xo‘jayin organizmi bilin bog‘lab o‘tadi va parazitlik ular uchun turning maxsus belgisi xisoyulanadi.

  4. Fakultativ parazitizm – tabiatda erkin yashovchi turning ayrim organizmi, tasodifiy ravishda xo‘jayni organizmiga tushib vaqtincha parazitlik qiladi (M: pashshaning lichinkasi odam ichagiga tushsa fakultativ miaz chaqiradi).

Xo‘jayin va parazitnang o‘zaro munosabatlari davrigi ko‘ra:

  1. vaqtinchalik parazitlar – xayotining asosiy qismini erkin tashqi muxitda o‘tkazadi, xayotininng bir qismini esa xo‘jayin organizmi bilan bog‘lab o‘tkazadi, bu asosan oziqlanish jarayonidir (M: qon so‘rar bo‘g‘imyoyoqliliar).

  2. Doimiy parazitlar – xayotining ko‘p qismini xo‘jayin organizmida o‘tkazadi, ular quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Statsionar doimiy parazitlar – butun xayotini xo‘jayin organizmida o‘tkazadi yoki xo‘jayin almashtirishi mumkin;

  2. Davriy doimiy parazitlar – xayot siklining bir qismini parzitlik bilin o‘tkazadi, qolgan qismida erkin yashaydi (M: ichak ugritsasi).

  3. Lavral parazitizm – lichinkalari parazitlik qiladi, voyaga etganlari erkin yashaydi (M: Volfart pashshasi).

  4. Imaginal parazitlar – voyaga etganlari parazit xayot kechiradi, lichinkalari esa erkin yashaydi (M: egri boshli gijjaning voyaga etgan 12-barmoq ichak paraziti, lichinkasi esa tuproqda yashaydi).

Organizmda joylashuviga ko‘ra parazitlar 2 ga bo‘linadi:



  1. Ektoparazitlar – tana yuzasida parazitlik qiladi (qon so‘ruvchi xasharotlar, kanalar).

  2. Endoparazitlar – xo‘jayin organizmi ichida parazitlik qiladi, endoparazitlar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Tana bo‘shlig‘i parazitlari – tashqi muxit bilan bog‘langan organlarda parazitlik qiladi (askarida, trixomonada, jigar qurti, o‘pka so‘rg‘ichlisi va b.q.)

  2. Ichki muxit to‘qimalari parazitlari – rishta, bezgak paraziti, leyshmaniya va b.q.




Download 145,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish