Ma’ruza №9 Parazitlik, transmissiv va tabiiy manbali kasalliklarning biologik asoslari



Download 145,33 Kb.
bet6/11
Sana20.04.2022
Hajmi145,33 Kb.
#567007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10- ma`ruza. parazitologiya

Tibbiyot parazitologiyasi.
Sodda hayvonlar tipi – Protozoa;

  • sodda hafvonlarning 25000 turi ma’um, odamlarda 25 ta turi paraztlik qiladi;

  • bir hujayrali tuzilishga ega mustaqil organizmlar;

  • sodda hayvonlarda maxsus funksiyali organiodlar, harakat organoidlari, hazm va qisqaruvchi vakuollari bor;

  • harakat organoidlari psevdopodiyalar, xivchinlar, kiprikchalar;

  • oziqlanishi pinotsitoz va fagotsitoz yo‘l bilan boradi, oziq hazm vakuolasiga tushadi, ayrimlarida sitostomi bor;

  • qisqaruvchi vakuol osmotik bosimi va kislorod bilan ta’minlaydi;

  • ko‘payishi jinssiz va jinsiy yo‘l bilan boradi, noqulay sharoitda sista hosil qiladi;

  • tip 4 ta sinfga: Sarkodalilar(Sarcodina), hivchinlilar(Flagellata), sporalilar(Sporazoa) va kipriklilar(Ciliata) bo‘linadi.

Sarkodalilar(Sarcoidina) sinfi:

  • eng primitiv sodda hayvonlar;

  • harakterli belgisi harakat organoidi va oziqni ushlash uchun xizmat qiladigan psevdopodiylarntng borligidir;

  • yubqa membrana bilan o‘ralgan, ko‘pchiligi bir yadroli;

  • golozoy yo‘l bilan oziqlanadi, ozig‘i vakuollarda parchalanadi, qisqaruvchi vakuoli bor

  • Jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi, noqulay sharoitda sista hosil qiladi;

  • Tibbiy nuqtai nazardan amyobalar (Amoebina) turkumi ahamiyatlari.

Dizenteriya amyobasi (Entoamoeba histolituca)

  • amyobiaz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi;

  • yo‘g‘on ichaklarda parazitlik qiladi;

  • hamma joyda, ko‘proq issiq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan;

  • hayotiy sikli murakkab, uchta shakli bor: sista kichik vegetativ shakl(forma magna) va to‘qima shakli.(rasm. Rivojlanish sikli)

  • invazion bosqichi 4 yadroli sista, alimentar yo‘l bilan yuqadi;

  • ichakda sista erib ketib bitta sistadan 4 ta diametri 10 – 15 mkm bo‘lgan kichik vegetativ shakl paydo bo‘ladi, ular ichakdagi oziq bilan oziqlanadi, kech qanday zarar keltirmaydi, ichakning pastki qismida sistaga aylanib, najas bilan chiqarib yuboriladi; (rasm)

  • organizm rezistentligi pasayganda, kichik vegetativ shakl(formaminuta) raziaeri kattalashadi(30 – 50 mkm) va ichak devoriga kirib, to‘qima shakliga o‘tadi va qon tomirlar jarohatlanib, qon ketadi;

  • Ko‘pchilik mualliflarning fikriga to‘qima shakl ichakga tushgani bilan eritrotsitlar bilan oziqlanmaydi;

  • ichakdagi kichik vegetativ shakl, eritrotsitlar bilan oziqlanuvchi katta vegetativ shakklga aylanadi;

  • davolanish natijasida katta vegetativ shakl. Kichik vegetativ shaklga keyin sistaga aylanadi;

  • bunday odamlar sista tashuvchi deyiladi;

  • invaziya manbai kasal odam, sistasi tashqi muhit omillariga chidamli;

  • patogen ta’siri, kasallarda qon va shilimshiq aralash ich ketadi, amyoba qon tomilar bilan jigar, miya va o‘pkaga borib yiringli absess chaqishi mumkin;

  • laboratoriya diagnstika kasal odam najasidan yirik vegetativ shakl (eritrotsitlar bilan) yoki to‘rt yadroli sista topiladi;

  • profilaktikasi shaxsiy va umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish.

Ichak amyobasi(Entaamoeba coli)

  • yo‘g‘on ichakda parazitlik qiladi;

  • morfologik jihatdan dizenteriya amyobasiga o‘xshash;

  • vegetativ va sista shakli mavjud;

  • patagen emas, oziq qoldiqlari, bakteriya va zamburug‘lar bilan oziqlnadi;

  • farqli belgisi 8 – yadroli sistasining borligidir.(rasm ichak amyobasi)

Og‘iz amyobasi (entaamoeba gungibalia)

  • odamning og‘iz bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi;

  • morfologik jihatdan dizenteriya amyobasiga o‘xshash, sista hosil qilinmaydi;

  • patogen ta’siri aniqlangan.


Download 145,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish