Zooparazitlar barcha parazitlarning 6-7 % ni tashkil qiladi. Parazitlar sodda xayvonlar, chuvalchanglar va bo‘g‘imoyoo‘lilar ichidi eng ko‘p tarqalgan.
Parazit xayot kechirishga moslashish(adaptatsiya). Parazit xayot kechirishga o‘tish xisobiga parazitlarda bir qator moslashishlar (adaptatsiya) bo‘lib, xo‘jayin organizmida yashyashni, ko‘payish va rivojlanishni engillashtiradi. Bu moslashishlar xilma-xil, ularning ayrimlari absolyut universal xisoblanadi.
Jinsiy sistemasining o‘ziga xosligi va serpushtligi, ko‘payish intensivligi erkin yashovchilarga nisbatan juda yuqori, chunki parazitlarning xo‘jayin organizmiga tushishi juda kam.
Sodda xayvonga – shizogoniya xisobiga bitta parazitdan minglab, sporogoniya xisobiga esa o‘n minglab parazit xosil bo‘ladi.
Ko‘p xujayrali parazitlarda quyidagicha erishiladi:
Jinsiy sistemasining kuchli rivojlanganligi xisobiga;
Ko‘p sonda jinsiy maxsulotlar paydo bo‘lishi xisobiga;
so‘rg‘ichlilar lichinkasining partenogenez, ayrim tasmsimon chuvalchanglarda kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payishi.
Barcha ekto va endoparazitlarda xo‘jayin organizmiga yopishib olish apparati (moslamasi) bor:
Parazit bo‘g‘imoyooqlilarda o‘ziga xos bo‘g‘imli oyoqlari bor;
Ichki organlar endoparazitlarida tanasi antferment xususiyatli qoplam bilan qoplangan, ular tez regeneratsiyalanadi yoki xo‘jayin organizm fermentlarini o‘tkazmaydi.
Qon so‘rar ektoparazitlarda quyidagi moslamar bor:
Sanchib-so‘ruvchi oo‘iz apparati;
CHo‘ziluvchan xitin qoplami;
Tarmoqlangan xazm sistemasi;
Antikoagulyant xususiyatli so‘lak;
Xazm organlar fermentlarining konservativ xususiyati
Ektoparazitlarda mo‘ljal olish organlari mavjud:
Ko‘zchalar, termo va xemoretseptorlar va xarakat
Xo‘jayin organizmi ichiga kirib yashovchi parazitlarda, organizmga qarshi organlari bor: (stiletlar va maxsus bez).
Moslashishning yana bir yo‘li – parazitning xo‘jayin xayot faoliyatiga bog‘liqligi (ostritsa qichima kana, tuxum qo‘yganda qichish chaqiradi va parazit tarqalishiga imkon tug‘iladi). Kasalning tana xarorati ko‘tarilishi qon so‘rar parazitlarni jalb qiladi.
Xo‘jayin va parazit xayot faoliyati siklining sinxronligi parazitlar tarqalishi uchun muxim moslashishdir. M: shistosomalar sutkaning issiq vaqtida tuxum qo‘yadi tuxumlari siydik bilan suvga tushadi. Mikrofilyariylar tananing yuza qon tomirlariga kechasi tushadi, bu paytda tashuvchi qon so‘rar parazitlar maksimal faol bo‘ladi.
Ko‘pchilik parazitlarda noqulay sharoitda yashab qolishga yrdam beruvchi moslashishlar bor. M: sodda xayvonlar tashuvchi bo‘lmasa tashqi muxitda sista xosil qiladi. Gelmintlarning tuxumlari noqulay sharoitlarga chidamli, trixenella lichinkasi kapsulaga o‘raladi.