Xo‘jayinning parazitga ta’siri.
Organizmning parazitga qarshi ximoya reaksiyasi asosan immun mexanizmlar orqali ta’minlanadi. Parazitlar 2 xil antigenga ega ekanligi aniqlangan:
Birinchi tipdagi antigenlar xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha nospetsifikdir, ular parzit xayot siklining xar xil bosqichlarida o‘zgarib turadi, shuning uchun ularga qarshi antitan xosil bo‘lishi qiyin
Ikkinchi tipdagi antigenlar maxsus bo‘lib, ular qonso‘rar parazitlar so‘lagi komponentlari va fermentlardir
Sodda xayvonlar xujayradan tashqarida antitana bilan o‘raladi va makrofaglar tomonidan qamrab olinadi, agmotinatsiyalanadi va o‘ladi
Makrofagdagi xujayra ichi parazitlari (leyshmaniya, toksoplazma) makrofaglar faollashgan keyin antitanalar tomonidan xazm qilinadi.
Gelmintozlarda immunitet juda sust asosan lichinkali bosqichiga qarshi ishlab chiqiladi.
Xo‘jayin immun tizimi reaksiyasiga parazitlarning qarshiligi:
Ko‘pchilik xujayra ichi parazitlariga xo‘jayin antitanalari ta’sir qilmaydi
To‘qima suyuqligi parazitlari ximoyalangan, chunki to‘qima suyuqligida antitanalar qon zardobidagidan 5 marta kam
Ichak bo‘shlig‘i parazitlariga plazmatik antitanalar xam, xujayra immuniteti mexanizmlari xam ta’sir qilmaydi
Parazitlarda kutikula qoplami borligi ularni immunitet omillaridan ximoyalaydi
Ba’zi parazitlarda o‘ziga xos mimikriya mavjud ya’ni ular xo‘jayin oqsillariga o‘xshash antigenlarni sintezlaydi shuning uchun organizm begona modda sifatida taniy olmaydi M: parazitlar qon guruxlari antigenlariga o‘xshash antigenlarga ega bo‘lishi mumkin
Parazit sodda xayvonlar o‘zlarining tashqi qobiq antigen strukturasini o‘zgartirib turadi:
Tabiiy tanlanish xisobiga yangi populyasiyalar paydo bo‘lishi natijasida (bezgak paraziti)
Genlarning differensial faolligi natijasida asta-sekinlik bilan parazitlarning antgen konstitutsiyasi o‘zgaradi (triponosoma)
Bu mexanizmlarni o‘rganish parazitar kasalliklarni profilaktikasida katta axamiyatga ega.
Populyasiya darajasida parazit – xo‘jayin tizimi o‘rtasidagi munosabat. Parazitizmning axamiyati aloxida organizm va populyasiya darajasida bir xil emas.
Organizm darajasidagi parazitizmda:
Organizmga zarar etkazadi
Organizmning xayot faoliyatini susaytiradi
Xo‘jayin organizmini nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin
Populyasiya darajasidagi parazitizmda:
Parzmtlar biotsenozlar tarkibiga kirib, konsument sifatida moddalarning davriy aylanishida ishtirok etadi
Immuniteti past va genetik defekti bor organizmlarda parazitar kasalliklar og‘ir kechati, nobud bo‘lgan organizmlar populyasiyalar genetik strukturasiga ijobiy ta’sir qiladi
SHunday qilib, parazitizm populyasiya darajada tabiiy tanlanish omili bo‘lib kirishadi, bunda xo‘jayin populyasiyasi genetik yuki kamayadi
Insonning ijtimoiy tabiatiga qarab xozirgi kunda parazitizm tabiiy tanlashning omili sifatida amaliy axamiyatga ega emas.
Parazitlarning tarqalishi ko‘p xollarda xo‘jayining yoshiga bog‘liq:
Bir qator parazitlar faqat kattalarda uchraydi(qin trixomonadasi)
Bolalarda ko‘proq alimentar yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar (lyamblioz, enteribioz, gimenolipidoz) uchraydi
Parzit tarqalishi odamlarning kasbiga xam bog‘liq:
Go‘sht kombinati xodimlari ko‘proq tenioz va teniarinxoz bilan kasallanadi
Ovchilar va junga ishlov beruvchilar alveokokkoz bilan
CHo‘chqa fermasi xodimlari balatidiaz bilan kasallanadi
Xo‘jayin populyasiyalarida parazit bir xil tarqalmaydi. Kuchsizlangan organizmlarda:
Superinvaziya – ko‘p marta qayta yuqish
Autoinvaziya xo‘jayin organizmidan chiqmasdan qayta yuqish (tenioz, enterbioz)
Autoreinvaziya – o‘z-o‘ziga qayta yuqish (gimenolipidoz) kuzatiladi.
Xo‘jayin organizmiga nisbatan parazitlarning maxsusligi:
Odamning maxsus parazitlari – bezgak paraziti, dizenteriya amyobasi, ostritsa, trixomonada. Bu parazitlar antroponozlar deyiladi va ularda invaziya manbai doimo odam bo‘ladi
Ko‘pchilik parzitlar xam odamlarda xam xayvonlarda uchraydi. Antropozoonozlar deyiladi (jigar qurti, leyshmaniya, triponosoma). Antropozoonozlarni o‘rganish katta epidemiologik axamiyatga ega.
E.N.Pavlovskiy tabiiy manbali kasalliklar bo‘lishini tushintirdi va tabiatdagi manbaning asosiy komponentlari deb quyidagilarni ko‘rsatadi:
1. Kasallik qo‘zg‘atuvchi
2. Kasal qo‘zg‘atuvchini qabul qiluvchi xayvon – rezervuar organizm
3. Tashuvchi
4. Tashuvchi va rezervuar organizm yashovchi xudud
5. Manbadan kasallik qo‘zg‘atuvchilari tarqalishi uchun kerakli tashqi muxit omillari.
Tabiiy manbaning komponenti bo‘lib quyidagalar xisoblanadi:
Kasallak chaqiruvchi parazit
Kasallik chaqiruvchini qabul qiluvchi xayvon – rezervuarlar (manba) organizm.
SHu biogeotsenoz mavjud bo‘lgan, tabiiy-iqlimiy majmua.
Tabiiy manbali kasalliklarning aloxida guruxini transmissiv kasalliklar (leyshmanioz, triponosomoz, kanali ensefalit va b.q.) tashkil qiladi. Tabiiy manbali transmissiv kasalliklar uchun tashuvchining ishtiroki zaruriydir.
Tabiiy manbali kasalliklar xududda tarqalishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Endemik – tor chegaralangan xududda ularning chaqiruvchisi, tashuvchisi va manbasi mavjud. M: diffiliobotrioz sibirning ayrim tumanlarida, triponosomoz se-se pashshasi bo‘lgan ekvatorial Afrikada
Keng arealga ega. M: opistorxoz Sibirda va SHarqiy Evropada
Xamma joyda uchraydigan. M: toksoplazmoz, trixonellez, bunday tabiiy manbali kasalliklar bilan odam xar qanday tabiiy-iqlimiy xududda va xar qanday ekologik tizimda zararlanishi mumkin.
SHifokor bilishi shart:
Odamning muxim parazitlari sistematik xolatini
Ularning qaysi turga kirishini
Parazitlarning morfologiyasi va ekologiyasining o‘ziga xos tomonlarini.
Bu ma’lumotlarsiz aniq klinik tashxis qo‘yib va profilaktika ishlarini olib borib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |