Ovqatlanishni klassik nazariyalari



Download 23,92 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi23,92 Kb.
#685163
  1   2
Bog'liq
ovqatlanish nazariyalari




Ovqatlanishni klassik nazariyalari
Fan tarixi ovqatlanishning antik, ballanslangan va adekvat nazariyalarini ko’rib chiqadi. Shuningdek, ovqatlanishning bir qator alternativ nazariyalari ham ma’lum.


Ovqatlanishning antik nazariyasi Aristotel va Galen nomlari bilan bog’langan va ularni tiriklik xaqidagi tassavurlarini bir qismi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq, organizm barcha strukturalarini oziqlanishi qon xisobida sodir bo’ladiki, u ovqat xazm qilish tizimida oziqaviy moddalardan tabiati noma’lum bo’lgan jarayonlar natijasida uzluksiz xosil bo’ladi. Jigarda bu qonning tozalanishi ro’y beradi, shundan so’ng u xamma organlar va to’qimalarni oziqlanishi uchun foydalaniladi. Ushbu nazariya asosida qadimdagilarni ko’plab davolash parxezlari tuzilgan.

Ovqatlanishning ballanslangan nazariyasi bundan 200 yil oldin paydo bo’ldi va diyetologiyada oxirgi vaqtlargacha ustunlik qilib keldi. Ballanslangan ovqatlanish nazariyasini mohiyati quyidagi qoidalarda akslangan edi:
- shunday ovqatlanish ideal hisoblanadiki, unda oziqaviy moddalarni organizmga kelib tushishi uni sarflanishiga mos keladi;
- ovqat fiziologik ahamiyati bo’yicha turlicha bo’lgan bir necha foydali, ballast va zararli yoki toksik komponentlardan iborat bo’ladi. Unda organizmda xosil bo’lmaydigan, ammo uning hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan almashtirilmaydigan moddalar ham mavjud bo’ladi;
- odam organizmidagi moddalar almashinuvi aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari, vitaminlar va mineral moddalarni konsentrasiyalari darajalari bilan belgilanadiki, bu esa elementli (monomerli) parxezlar yaratish yaratish imkonini beradi;
- ovqatni yo’qotilishi organizmning o’zi tomonidan amalga oshiriladi.
Ammo, ballansli yondoshuv va undan kelib chiqadigan rafinasiyalangan, ballastsiz ovqat g’oyasi sezilarli zararlarga olib keldi. Tadqiqotchilar ateroskleroz, diabet, osteoxondroz, osteoartroz va boshqa sivilizasiya kassaliklarini qayd qila boshlashdi. Yuqori tozalanganlik darajasiga ega bo’lgan rafinasiyalangan mahsulotlarni yaratilishi bir qator oshqozon-ichak trakti kasalliklarini paydo bo’lishi muammolari bilan kechdi. Odam uchun ovqatlanish rejimini kam axamiyatli emasligi ham ma’lum bo’ldi. Bir yoki ikki marotabalik ovqatlanish katta miqdordagi ovqatning xazm qilinishini qiyinligi sababli nafaqat ovqatni qisman yo’qotilishiga, shuningdek moddalar almashinuvini chuqur buzilishlariga ham olib keldi.
Shunday qilib, ballanslangan ovqatlanish nazariyasi qayta baholandi. Ushbu nazariyani inqirozi ovqat xazm qilish fiziologiyasi, oziq-ovqat biokimyosi, mikrobiologiyasi sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlarga turtki berdi. Ovqat xazm qilishning yangi mexanizmlari kashf qilindi. Ovqatni xazm bo’lishi nafaqat ichak bo’shlig’ida, shuningdek, xazm bo’lishning katta qismini bevosita ichak devorlarida, uning xujayra membranalarida kechishi ham ma’lum bo’ldi. Oldin noma’lum bo’lgan ichak gormonal tizimi kashf qilindi. Ichakda doimiy yashaydigan mikroorganizmlarni ahamiyati va ularni odam organizmi bilan munosabatlari to’g’risida yangi ma’lumotlar olindi.
Bularni xammasi yangi nazariya - adekvat ovqatlanish nazariyasini paydo bo’lishiga olib keldi. U ballanslangan ovqatlanish nazariyasining barcha ahamiyatli jihatlarini qamrab oldi, shuningdek yangi qoidalar ham paydo bo’ldi. Ushbu nazariyaga muvofiq, ovqatni zaruriy komponentlari nafaqat foydali moddalar, shuningdek ballast moddalar (oziqaviy tolalar) ham hisoblanishadi. Organizm va uni mikroflorasini o’zaro natijasida xosil qilinadigan odamni ichki ekologiyasi (endoekologiyasi) xaqidagi tassavurlar ta’riflandi.
Normal ovqatlanish, organizm muxitiga nafaqat oshqozon ichak traktidan kelib tushayotgan birgina foydali moddalar oqimi bilan, balkim bir necha oziqaviy va tartibga soluvchi moddalar oqimlari bilan belgilanadi.
Asosiy oziqaviy oqim ovqatning fermentativ parchalanishi jarayonida xosil bo’ladigan aminokislotalar, monosaxaridlar (glyukoza, fruktoza), yog’ kislotalari, vitaminlar, mineral moddalardan iborat. Ushbu asosiy oqimdan tashqari oshqozon-ichak traktidan ichki muxitga yana bir necha turli moddalar oqimlari kelib tushadi (2.2-rasm).
Shunday qilib, ovqatlanish nafaqat ballanslangan, shuningdek adekvat, ya’ni organizmning imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Adekvat ovqatlanish nazariyasini ishlab chiqilishida Sankt-Peterburgdagi I.P.Pavlov nomidagi fiziologiya Institutining ovqatlanish fiziologiyasi laboratoriyasi mudiri akad.A.M.Ugolevning xissasi katta bo’ldi.
Adekvat ovqatlanish nazariyasi postulatlarining amaliy amalga oshirilishi oqilona ovqatlanish qonunlari hisoblanadi (2.3-rasm).
Birinchi qonun – ovqat bilan kelib tushayotgan energiya (ovqatning kaloriyaligi) va organizmning energetik xarajatlari o’rtasidagi muvozanatning saqlanishi zarurligidir.
Ikkinchi qonun – organizmga kelib tushayotgan oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va ballast moddalar o’rtasidagi ballansni saqlash zarurligini ta’kidlaydi.
Ushbu qonunga muvofiq, odam qandaydir oziq-ovqat mahsulotlariga emas, balkim ularda mavjud bo’lgan oziqaviy moddalarni ma’lum nisbatiga extiyoj sezadi. Xozirgi vaqtda sog’lom odamning kunlik rasionidagi oqsillar, yog’lar va uglevodlarni optimal nisbati 1:1,2:4 ga yaqin bo’lishi kerak deb hisoblanadi. Bunday nisbat organizmning energetik va plastik extiyojlarini maksimal qondirish uchun eng qulay hisoblanadi. Oziqaviy rasionning 12 %ni oqsillar, 30-35 % ni yog’lar va 56-58 %ni uglevodlar tashkil etishi lozim.
Medisina fanlari Akademiyasining ovqatlanish Instituti raxbarligida mamlakatdagi bir qator institutlarni ko’p yillik mexnati natijasida, ballanslangan ovqatlanishning asosiy konsepsiyalariga asoslanadigan, “Turli axoli guruxlari uchun oziqaviy moddalar va energiyaga bo’lgan fiziologik extiyojlar me’yorlari” 1982 yilda ishlab chiqildi va 1991 yilda oxiriga yetkazildi. Oziqaviy komponentlarning ularni miqdoriy tavfsifi bilan birgalikdagi ro’yxatini jadvali oqilona ovqatlanish formulasi sifatida ma’lum.
Uchinchi qonun – ovqatlanish rejimiga, ya’ni doimiy va ovqatni kun davomida optimal taqsimlanishiga rioya qilinishi zarurligini nazarda tutadi.
Kunlik rasion kaloriyasining 2/3 qismidan ortig’ini nonushta va tushlik paytida, 1/3dan kam qismini esa kechki ovqat paytida olinishi odam uchun eng foydali rejim ekanligi ko’pgina kuzatishlar bilan tasdiqlangan.
To’rtinchi qonun, ovqatlanishda organizmning yosh extiyojlari va xarakat faoligiga amal qilgan holda ovqatlanish rasionini zaruriy profilaktik yo’naltirilganligini hisobga olish kerakligiga qaratiladi.
Adekvat ovqatlanish nazariyasi asosida turli ovqatlanish konsepsiyalari ishlab chiqilgan.



Download 23,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish