Og‘iz mustahkamlagichi va vertikal stvollar tutashmasi.
Og‘iz odatda eng bo‘sh jinslarda – cho‘kindilarda bo‘ladi. Stvol og‘ziga dastgoh kopyori tayanadi va yaqinda joylashgan bino tomonidan bosim uzatiladi. SHuning uchun stvol og‘zi yuqori qattiqlikdagi betondan va temir betondan quriladi. Og‘iz barqaror bo‘lishi uchun vertikal yo‘nalishda krep tashqi konturiga pog‘onasimon shakl beriladi. Og‘izning tayanch venedi tub jinslarda, cho‘kindilardan hisoblaganda, 2 m.dan ko‘proq chuqurlikda joylashishi lozim. Og‘izning umumiy balandligi 10 m.dan kam bo‘lmasligi zarur. U kon-geologik sharoitlarga bog‘liq. Og‘iz yuqori qismining krepi qalinligi 1,2—1,5 m. ga yaqin, pastkisi esa — 0,6—0,8 m. Og‘izning yuqori belgisi er yuzasidan 0,2 m yuqorida tiklanadi (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |