Ma’ruza №6 Mavzu: Vertikal va qiya kon lahimlari mustahkamlagichi, mustahkamlash inshooti. Dars maqsadi



Download 6,19 Mb.
bet3/13
Sana14.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#361888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
vertikal va qiya kon lahimlari mustah

Vertikal va qiya kon lahimlarining yog‘och mustahkamlagichi.

Konlardagi vertikal lahimlarda yog‘och krep to‘g‘ri burchakli gardishlardan iborat. U igna bargli daraxt turlaridan tayyorlanadi ( qarag‘ay, tilog‘och, kedr). U s f>2 jinslarda qo‘llaniladi.





1- rasm. YAxlit gardishsimon krep.

a-umumiy ko‘rinishi, b-o‘yib kiritishlar bir tomonlama to‘g‘ri panja, v-bir tomonlama qiyshiq panja, g- ikki tomonlama qiyshiq panja , d-armaturlash elementlari.

Stvol yoki ko‘tarmaning to‘g‘ri burchakli kesimida gardish to‘rtta elementdan yoki o‘zaro o‘yib kiritishlar bilan bog‘langan xodalardan iborat. Gardishsimon krep uchga bo‘linadi: yaxlit gardishsimon, ustunlardagi gardishsimon va osma gardishsimon.



YAxlit gardishsimon mustahkamlagich bo‘sh jinslarda turli vazifali – shamollatish, qidiruvda, shurflar va ko‘tarmalarni mustahkamlashda, shuningdek, ancha uzoq xizmat muddatli, chuqur bo‘lmagan shaxta stvollari uchun qo‘llaniladi. Gardishlar bir biriga kesik shaklda yotqiziladi. (1-rasm). Gardish elementlarini birlashtirish uchun ikki tomonlamali to‘g‘ri yoki qiyshiq panja, ayrim hollarda bir tomonlama to‘g‘ri panja qo‘llaniladi. Har 3 – 8 m.da (ayrim payt ko‘proq) qisqa tomon bo‘ylab krepning yuqorida yotgan zvenosini tutib turish uchun tayanch gardishlar o‘rnatiladi 1. Tayanch gardishlar bitta yoki ikkita silliqlangan xodalardan qilinadi, ular uchi 0, 5 – 0, 8 m. chuqurlikda o‘yiqqa joylashtiriladi. Tayanch gardish elementlari qat’iy ravishda baravar qo‘yiladi. Stvollarning yog‘ochli gardishsimon krepida gardishlardan tashqari 2 armaturlash elementlari ajralib turadi: ustunlar (progonы) 3, xarilar 4, o‘tkazgichlar 6, zina polkalari 7 va zinalar.

Ustunlar (progonы) 140X160 va 160x180 mm uzunligi 6 m. o‘lchamda qarag‘ay to‘sinlaridan tayyorlanadi. To‘sinlar qiyalama yoki to‘g‘ri qulflar bilan biriktiriladi. Ustunlarni krep elementlariga maxsus vintlar 5 (gluxarlar (katta vint))bilan mahkamlanadi. Xari va ustun qurilish skobasi 5. bilan biriktiriladi.

Xarilar 180X200 va 200X240 mm o‘lchamli to‘sinlardan tayyorlanadi, ular 1,5 – 2 m. oralatib o‘rnatiladi. Ustunlarni va xarilarni biriktirish uchun maxsus o‘yiqlar ishlatiladi – ustun tirqishiga xari qirrasi kiritiladi. Xari uzunligi, odatda, ustunlar orasidagi masofadan 6 – 8 mm katta, shuning uchun xarini o‘rnatishda ustunlar vintli domkrat bilan kengaytiriladi. Xarini tirqishga bosqon (katta bolg‘a) bilan urib kiritiladi. Xarilar o‘rnatilganidan so‘ng, krep o‘tkazgichlarni osish uchun kerakli qattiqlikka ega bo‘ladi. O‘tkazgichlar 6m uzunlikda 140X160; 160X180 va 180x200 mm kesimda to‘sinlardan tayyorlanadi.

O‘tkazgichlar xarilarga boltlar kallaklar va gaykalar yordamida biriktiriladi, qaysiki ko‘tarma idishlarning yo‘naltiruvchi panjalari harakati sharoiti bo‘yicha zaruriy o‘rniga qo‘yiladi. SHaxta, shurflar, ko‘tarmalar, zaxira chiqish joylari va boshqa lahimlar stvollarida zina bo‘limlari o‘rnatiladi. Zina bo‘limi zinalarda kishilarning xavfsiz harakatlanishi uchun lahimning boshqa qismlaridan taxtalar yoki metall to‘r bilan ko‘chirib olinadi. Xarilar qatlamida 4 -6 m. oralig‘ida teshikli taxta tokchalar to‘shaladi. Teshiklarning minimal o‘lchami

600X700 mm bo‘lishi lozim. Kengligi 400 mm li zinalar gorizontga 80° burchak ostida taxta tokchalarga o‘rnatiladi va shu tokchalarga biriktiriladi. Tokchalarga chiqish qulay bo‘lishi uchun zina yuqoridagi tokcha darajasidan 1000 mm ga chiqib turadi yoki shu masofada skobalar qoqiladi. YOndosh tokchalarda teshiklar holati shunday bo‘lishi kerakki, uzilgan narsalarning bir yoqdan ikkinchi yoqqa otilib tushishiga imkon bermasligi lozim. SHuning uchun yondosh tokchalarda teshiklar o‘qi bir biriga nisbatan teshik kengligidan kam bo‘lmagan darajada siljitiladi.

YAxlit gardishsimon krep suvli sochilmalardan, shuningdek, erigan va quruq zonali sochilmalardan o‘tadigan vertikal stvollarda qo‘llaniladi. Bunday sharoitlarda ustunlar va xarilar uzunligi ustun uzunligiga teng bo‘lgan yangi krep zvenosini tiklagandan so‘ng birdaniga o‘rnatiladi. Vertikal ustunga ega bo‘lmagan pastki gardishlar vaqtincha obapol ostiga rasporli krep bilan mahkamlaniladi. Asosiy gardishlar orasidagi masofa kam hollarda 3 – 6 m. dan oshadi.

Ustunlardagi gardishsimon krep eng tejamli va oddiy gardishsimon krep sanaladi. U nisbatan mustahkam yonlama jinslarda shurflarni kovlab o‘tishda qo‘llaniladi (2-rasm).

Krep tayanch gardishni o‘rnatgandan so‘ng, xuddi yaxlit gardishsimon krep kabi pastdan yuqoriga tiklanadi. Tayanch gardishga odatda elementlari oddiy panjaga kiradigan o‘yiqlarga ega oddiy gardish joylanadi. So‘ngra gardishni yoriq bilan birlashtiradigan ustunlar o‘rnatiladi.



2 – rasm. SHurfdagi ustunli gardishsimon krep.

1- asosiy gardish; 2- oddiy gardish; 3- ustun;4- taxtali cho‘zish, tortib bog‘lash.

Ustunli gardish elementlari mustahkam bo‘lishi uchun qurilish skobalari bilan biriktiriladi. Ustunlar yonlama jinslar mustahamligiga bog‘liq holda 0,5 – 1 m uzunlikka ega. Gardishlar orasidagi bo‘shliq taxtalar va obapollar bilan tortiladi va mayda jinslar bilan to‘ldiriladi. Bu krep ba’zan sochilma konlarning muzlagan jinslarida uncha chuqur bo‘lmagan vertikal stvollarni kovlab o‘tishda qo‘llaniladi. Bunda birinchi marta yuzadan (og‘iz yuzasidan) 10m. da yaxlit gardishsimon krep mahkamlanadi. Stvolning boshqa qismlarida gardishlar orasidagi masofa 0, 4 – 1m, mustahkam jinslarda va o‘rab turuvchi jinslar past darajasida (odatda – 10-150S) 1, 5 m.

Biroq agar kovlab o‘tish noqulay sharoitlarda olib borilsa yoki stvol yilning issiq paytida ishlasa, stvolning butun uzunligi bo‘ylab yaxlit gardishsimon mahkamlash va issiqlikni saqlash izolyasiyasi zarur. Ustunli gardishsimon kreplarni armaturalash yaxlit gardishsimon krepni armaturalashdan hech qanday farq qilmaydi.

Osma gardishsimon krepning ustunli krepdan farqi, uni yuqoridan pastga tiklash mumkin. Gardishlar bir biriga 0, 6- 1m. masofada ilgaklarga osiladi. Tuzilishidagi katta qiyinchiliklari, uni tayyorlash va tiklashda mustahamlovchilardan yuqori malakani talab etganligi sababli bu krep turi hozirgi vaqtda stvollar uchun qo‘llanilmaydi. Agar zaboy oldi zonasida stvol devorlari unchalik mustahkam bo‘lmasa, unda ko‘pincha yaxlit gardishsimon krepni yuqoridan pastga tiklashga o‘tiladi. Bu holatda oddiy gardishlar asosiy gardishga, shurflarni kovlab o‘tishdagi kabi qurilish skobalarida va metall plankalarda osiladi (3-rasm).


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish