3 - rasm. SHurfning osma gardishli krepi:
1 – Asosiy gardish; 2 – oddiy gardish; 3 – kovlab o‘tish romi.
Asosiy gardishlar shurfning qisqa tomoni bo‘ylab har 1,5 – 2 m.da o‘rnatiladi. SHuning uchun stvollarda yaxlit gardishsimon krepni yuqoridan pastga tiklashga o‘tish faqat uncha katta bo‘lmagan uchastkalarda mumkin. Bunday uchastkalar balandligi 2 – 4 m. dan oshmasligi lozim, chunki yuqori balandlikda stvoldan foydalanish davrida krep deformatsiyalanishi mumkin. Agar bo‘sh jinslar uchastkasi anchagina qattiqlikka ega bo‘lsa, unda yaxlit gardishsimon krep stvol burchaklari bo‘ylab shu krepning barcha perimetri bo‘yicha xarilarni o‘rnatish bilan qo‘shimcha ustunlar bilan kuchaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |