Ma’ruza №6 Mavzu: Vertikal va qiya kon lahimlari mustahkamlagichi, mustahkamlash inshooti. Dars maqsadi



Download 6,19 Mb.
bet12/13
Sana14.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#361888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
vertikal va qiya kon lahimlari mustah

5.8- rasm. Muzlagan sochilmalarda skipli ko‘tarilishda qiya stvol detali kesimi.

Qiya stvollar og‘izlari krepi. Ko‘p yillik xizmat muddatiga ega qiya stvol og‘izlari har 20 – 30 m. da yonmaydigan materiallardan ( beton, g‘isht, betonitlar) qurilishi lozim.


5,9-rasm.

YOng‘indan saqlash uchun shaxta osti binosidagi stvol og‘ziga yong‘inga qarshi metall lyadlar o‘rnatiladi, bunda zina bo‘limidan zaxira chiqish yo‘li yong‘inga qarshi lyad ostiga quriladi.

Abadiy muzli sochilmalarda qiya stvol og‘izlari yog‘ochdan mahkamlanadi. Ish mavsumiga va muzlagan jinslar mustahkamligiga bog‘liq holda og‘iz 5 – 10 m. oraliq masofada yaxlit to‘liq bo‘lmagan mahamlovchi ramalar bilan, boshqa qismlari shipni obapollar bilan tortgan holda – 0, 5 – 1 oraliq masofada har tomonlama mahkamlanadi. Odatda, faqat qish mavsumida va og‘izdan 25 – 30 m. masofadan boshlab stvol uzunligi 50 m. dan ortiq bo‘lganda, stvol mahkamlanmaydi. Stvolning butun uzunligi bo‘ylab har 2 – 2, 5 m.ga skipli va konveyer bo‘limini kishilar yurish bo‘limidan ajratuvchi ustunlar qatori o‘rnatiladi.

Bir necha yil ishlatilishi mo‘ljallangan shaxtalar uchun lahim asosida stvolning butun uzunligi bo‘ylab tagsinchli tayanch ustunni yotqizish bilan to‘liq bo‘lmagan mahkamlovchi ramalar bilan yoki yaxlit to‘liq mahkamlovchi ramalar bilan yoki ship va devorni to‘liq tarang tortish bilan har tomonlama mahkamlash zarur.

Stvol og‘zi yonida ko‘zguli ( asosiy) rama o‘rnatiladi, soyabon-to‘sqich ( og‘iz ustida osilib turgan) esa to‘liq yog‘och yoki obapol bilan tortiladi. Transheya chegarasida joylashgan stvol og‘zi yuqorisidagi uchastka ship va yon yoqlarni taxta bilan to‘liq tortib, to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan mahkamlovchi ramalar bilan yaxlit yoki har tomonlama mahkamlanadi. SHundan keyin transheya oldindan lahim shipi ustida teri yoki qipiqdan issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam hosil qilib, jinslar bilan to‘ldiriladi.

YUza qismda stvol og‘zini to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari va issiq havodan saqlovchi galereya quriladi.

YOzgi mavsumda ishlaydigan shaxtalar uchun stvol og‘zida ikkita ko‘tarma orasida jinslar erishining va er osti lahimlari atrofida ularning mustahkamligi yo‘qolishining oldini olish uchun issiqlik tartibini yuzaga keltiruvchi muzlatuvchi kamera quriladi.

Muzlagan jinslarda 16° burchak ostida o‘tadigan stvol og‘zini mahkamlash varianti 5, 9 da ko‘rsatilgan. Stvol konveyer yordamida qum olish uchun mo‘ljallangan. Transheya chegarasida joylashgan stvol qismi (V uzunlikda), % uzunlikka yaxlit to‘liq bo‘lmagan mahkamlovchi ramalar bilan, 5/z uzunlikka esa har 1m. da har tomonlama juft ramalar bilan mahkamlangan.

Er ustidagi galereya stvol kovlab o‘tishda qazib olingan bo‘sh tog‘ jinslaridan iborat to‘shamada quriladi.

Ko‘zguli rama ostida stvol og‘zi 10 m uzunlikda yaxlit mahkamlangan. Ramalarga normaldan og‘iz tomonga 5° qiya burchak berilgan. Mahkamlangan uchastka oxiriga ikkita yoki uchta cho‘ziq ustunlar shaklida tayanch rama o‘rnatilgan. Tayanch rama sifatida ba’zida cho‘ziq verxnyakli to‘liq bo‘lmagan mahkamlovchi rama o‘rnatiladi. Tayanch rama verxnyagi uzunligi odatdagi verxnyakdan 1 m.ga uzunroq. Asosiy rama verxnyagi lahim devoriga stvolning har bir tomonidan 0, 5 m. chuqurlikda quriladi.

Ko‘p yillik muzlagan sochilmalarni ishlashda qiya stvollar stvol oldi maydoni bo‘lib stvolning ikkita-uchta gorizontal lahimlar (shtreklar) va kamera (o‘ra) bilan tutashishi joyi sanaladi.

Rejada stvol oldi maydoni tashqi ko‘rinishi stvolning vazifasiga va ochiladigan zaxiralarga nisbatan uning joylashishi o‘rniga, shuningdek, shaxta maydoni va unda tayyorlash lahimlari joylashishi (o‘z navbatida ishlab chiqishning tanlangan sistemasiga bog‘liq bo‘lgan) tashqi ko‘rinishiga bog‘liq. Kamera chuqurligi va uning uzunligi transport turi yoki qiya stvol bo‘ylab foydali qazilma ko‘tarilishiga bog‘liq. Kamera tub jinslar plotikida quriladi. Konveyerli transportda va skiplarda qumlarni ko‘tarishda kamera chuqurligi ayrim hollarda 3 m. dan, avtomobillarda esa – 4 - 4, 5 m ga oshib ketadi. SHtreklar bo‘ylab transportning asosiy turi konveyerlar yoki skreperli qurilmalar sanaladi. SHuning uchun stvol oldi maydonidagi transport shtreklari kestirmalar joyini loyihalashda kamera bunkeriga qarab qumlarning kesishuvchan skreperlanishining oldini olishga harakat qilinadi yoki shunday qilinadiki, skreper yo‘llari kamera bunkeri ustida ko‘proq o‘tmas burchak ostida kesishishi lozim.

Kamera eni stvol eniga teng qabul qilinadi. Kamera atrofiga, kishilar o‘tishi uchun zarur oraliq qoldirish bilan, konveyer (yoki skreperli chig‘ir)ning uzatmali kallagini o‘rnatish uchun supacha (berma) quriladi.

5. 10 rasmda ko‘p yillik muzlagan sochilmalarda kamera bilan birga hajmi ch600 m3 ga yaqin bo‘lgan stvol oldi maydoni ko‘rsatilgan. Kamera lentali konveyer va bunker- ta’minlagich uchun mo‘ljallangan. Kamera (o‘ra) ostidagi supacha (berma) kengligi 2, 5 m. ga yaqin. Bu kenglik transport shtreklari og‘zidagi skreperli chig‘irlarni va stvolning harakatlanuvchi bo‘limlaridan uchta transport shtreklarining piyodalar yo‘lakchalariga kirishni ta’minlovchi o‘tish joylarini o‘rnatish uchun etarlidir. Qarama-qarshi joylashgan ikkita transport shtreklarining yuklash bo‘limi o‘qi parallel va bir biriga nisbatan 2 m. ga siljigan. Bu kesishuvchan skreperlanishining oldini olishga imkon beradi. Skreperlash shtreki uchun skreperli chig‘ir qarama –qarshi tomondagi shtrekning piyodalar yo‘lakchasida bunker orqasiga o‘rnatiladi.

SHtreklar va stvol oldi devorli stvol tutashuv joylarida uchtadan kam bo‘lmagan mahkamlovchi ramalar o‘rnatiladi.




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish