8-Mavzu: Qatlam va ularning tuzilishi
Ma`ruza rejasi:
Qatlam va qatlam elementlari
Qatlam qalinliklari
Qatlamlar hosil qiluvchi jinslar tarkibi
Matn
Qatlam deb deyarli bir xil, birlamchi holda hosil bo’lgan va parallel yuzalarga ega bo’lgan cho’kindi yoki boshqa turdagi tog’ jinslariga aytiladi.
Qatlam tushunchasi geologiyadan asosan cho’kindi tog’ jinslariga, vulkan tuflariga va ularning aralashmalariga xos bo’ladi.
Qatlamlarning ketma-ket kelishi qatlamliylik (qatlamlanish) deyiladi. U cho’kindi jinslar yig’indisida xilma xil qatlamlar mavjudligini ko’rsatib ularni hosil bo’lish sharoitlari to’g’risida ma’lumotlar beradi. Qatlamliylik cho’kindi jinslarga xos bo’lgan xususiyatdir. Uning yordamida stratigrafik kesmalar tuziladi va taqqoslanadi, foydali qazilma konlarini qidirish ishlari olib boriladi. Qatlamliylikka ega bo’lgan cho’kindi tog’ jinslarida tektonik harakatlar natijasida burmalar hosil bo’ladi.
Qatlamning yuzasi parallel bo’lishi shart emas, balki u ko’p notekis (egri) ham bo’lishi mumkin. Bu yuzalarning Yuqori qismi "usti" (krovlya), pastki qismi esa "tagi" (podoshva) deb yuritiladi. Bir qatlamdan ikkinchisiga o’tish to’satdan, asta-sekin yoki bilinar-bilinmas bo’lishi mumkin.
Qatlam deb bir-biridan taxminiy paralell yuzalar bilan ajralib turuvchi bir jinsli geologik hosilaga aytiladi. Qatlam tushunchasi geologiyadan asosan cho’kindi tog’ jinslariga, vulkan tuflariga va ularning aralashmalariga xos bo’ladi.
Qatlamlar qalinligi har xil bo’lib, bir necha santimetrdan 10-15 metrgacha etadi. Qalinlik, asosan, cho’kma hosil bo’lish tezligiga va vaqtning davomiyligiga bog’liq bo’ladi.
CHo’kindi jinslar qatlamlari tog’lar va tepaliklarda ochilib yotgan birlamchi tog’ jinslarining fizik-kimyoviy nurashi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning oqar suvlar, shamol va boshqa omillar yordamida sendimentasion havzalar deb ataluvchi er yuzasining botiq joylarida, ko’l, dengiz va okean tubida to’planishidan vujudga keladi. Tashilish vaqtida bu mahsulotlar siniq jinslarga, loyqaga, kolloid va chin eritmalarga ajratiladi. Bu jarayon tufayli hosil bo’layotgan cho’kindi jinslarning har xil litologik qatorlari vujudga keladi.
Qatlamning ikki yuzasi orasidagi perpendikulyar masofa uning haqiqiy qalinligi deyiladi. Boshqacha yo’nalishdagi masofalar esa uning ko’rinuvchan qalinligi deyiladi (6- rasm).
6-rasm. Qatlam qalinliklari
|
h - haqiqiy qalinligi
aa, vv - ko’rinuvchan qalinligi
|
Bir qatlamning usti o’zidan Yuqorida turgan qatlamning tagi xisoblanadi va h.k.
Qatlamlar hosil qiluvchi cho’kindi jinslar litologik tarkibiga ko’ra bo’lakli, gilli, karbonatli va kremniyli jinslar hamda cho’kindi jinslar bilan vulkan mahsulotlari aralashmalaridan tarkib topgan katta sinflarni tashkil qiladi. Bundan tashqari ba’zi bir cho’kindi jinslar mavjudki, ular bevosita foydali qazilmalar hisoblanadi. Bular jumlasiga temirli, marganesli, fosfatli jinslar, natriy, kaliy va sul’fat tuzlari hamda ko’mir qatlamlari kiradi.
Qatlamalar qalinligi o’nlab metrdan bir necha kilometrgacha etishi mumkin. Bu cho’kindi hosil bo’layotgan havzaning geologik rivojlanish bosqichiga, joyiga, cho’kindi hosil bo’lish jarayonining tezligi, davomiyligi va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Qatlamalar bir-biridan nomuvofiqlik va yuvilish yuzalari, moddiy tarkibi va hosil bo’lish sharoitining keskin o’zgarishi bilan ajraladi.
CHo’kayotgan havzalar kompensasiyalangan va kompensasiyalanmagan turlarga bo’linadi. Ularning birinchisida cho’kindi havzasining tektonik bukilish tezligi va amplitudasiga teng cho’kindi to’planishi va ikkinchisi ma’lum sabablarga ko’ra etarli miqdorda havzaga cho’kindi kelib tushmasligi orqali sodir bo’ladi.
Nazorat savollari
Qatlam deb nimaga aytiladi?
Qatlamning haqiqiy qalinligi nima?
Qatlamning qanday elementlari bor?
Qatlamning ko’rinish qalinligi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |