Ma’ruza №2 Konni ochish va ruda konlarini tayyorlash asoslari Reja



Download 1,07 Mb.
bet7/12
Sana08.11.2019
Hajmi1,07 Mb.
#25337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Lekciya


3. Tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari va tarkibiga bog’liq ravishda kon laxmlarini o’tishning quyidagi usullari ajratiladi:

  • bir jinsli mustahkam tog’ jinslarida (kvershlaklar, maydon shtreklari, shtolnyalar);

  • bir jinsli yumshoq tog’ jinslarida (shtreklar)

  • bir jinsli bo’lmagan tog’ jinslarida (yupqa ko’mir qatlamlardan o’tkaziladigan shtreklar).

Kon laxmlarini o’tishda asosan ishni siklik tashkil qilishdan foydalaniladi. O’tish sikli deganda asosiy va yordamchi o’tish operatsiyalari majmui tushuniladi. Bir sikldagi ish hajmi mexanizatsiya vositalari, kon-geologik sharoitlar, lamning yuzi, bur’ulash-portlatish pasporti va kon laxmini mustahkamlash pasportlariga bog’liq bo’ladi.

Bir jinsli mustahkam tog’ jinslarida laxm o’tish

Kveshlaglar, maydon shtreklari va shtolnyalarni o’tishda asosan, trapetsiyasimon, taqasimon va arkasimon ko’ndalang kesim yuzalardan foydalaniladi.

Burgulash va portlatish ishlari. Bir sinsli mustahkam tog’ jinslarida laxm o’tishda o’tish sikli vaqtining 30-60 % qismini tashkil etadigan burg’ulash va portlatish ishlari yordamida amalga oshiriladi.

Mustahkam tog’ jinslarida shpurlar burg’ulash uchun perfaratorlar yoki burg’ulash uskunalari qo’llaniladi.

O’rtacha mustahkamlikdagi va yumshoq tog’ jinslarini burg’ulashda ЭБК-2м, СЭР-20Д va boshqa tipdagi kolonkali va qo’l perfaratorlari ishlatiladi.

Shpurlarning diametri 32-46 mm va chuqurligi 2-3 m bo’ladi, shpurlarning soni laxmning ko’ndalang kesim yuzasiga, tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlariga, qo’llanilayotgan portlovchi modda, patron diametric va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.



Zaboyni o’yib olish turi va shpurlarning joylashish sxemasi laxmning ko’ndalang kesim yuzasi shakli, o’lchami tog’ jinslarining mustahkamligi va tuzilishi va boshqa omillarga bog’liq ravishda tanlanadi. Ko’pincha ponasimon, piramidasimon va prizmasimon o’yib olish turlaridan foydalaniladi.


4.12 rasm. Mustahkam tog’ jinslarida gorizontal kon laxmlarida shpurlarning joylashish sxemasi:

а — markaziy vertikal ponasimon o’yib olishda; б — markaziy piramidasimon o’yib olishda; в — prizmasimon o’yib olishda; г —markaziy skvajina orqali

Burg’ulash-portlatish ishlari shpurdan foydalanish koeffitsiyenti va laxm yuzasining ortiqchalik koeffitsiyenti bilan baholanadi.

Shpurdan foydalanish koeffitsiyenti (sh.f.k.) deb, shpurning foydalanilgan qismining uning butun uzunligiga nisbatiga aytiladi. Burg’ulash-portlatish ishlarida uning qiymati 0,8-0,85 oralig’ida qabul qilinadi.

Portlovchi modda sifatida mustahkam tog’ jinslarida laxm o’tishda qoyali ammonit №1 va 2; 62% li dinamit, ammonal, detonitlar va ammonitlar ishlatiladi.

Shpurlardagi zaryadlarni portlatish elektr usulida amalga oshiriladi.

Shamollatish. Portlashdan keyin zaboy shamollatiladi. Laxm Xavfsizlik qoidalariga binoan diffizoya hodisasi yordamida shamollatiladi. Odatda bunday laxmlarni shamollatish uchun haydash sxemasi orqali qismlab shamollatish amalga oshiriladi.

Togjinslarini yuklash. Tog’ jinslarini yuklash xuddi burg’ulash ishlaridek eng eng murakkab operatsiyalardan hisoblanadi va sikl davomiyligining 45% ini tashkil qiladi. Bugungi kunda yuklash ishlari butunlay mexanizatsiyalashtirilgan va qo’l mehnatidan faqatgina uzunligi va yuzasi unchalik katta bo’lmagan yordamchi laxmlarni o’tishda foydalaniladi.

Rudalarni tashish. Mustahkam tog’ jinslarini tashish asosan vagonetkalarda amalga oshiriladi.

Yuklanayotgan vagonetkalarni tez almashtirish uchun maxsus manyovr uskunalari qo’llaniladi.

Rels yo’llarini yotqizish va yordamchi ishlar. Zaboy siljishi bilan vaqtinchalik rels yo’llari zvenolarga bo’lib yotqizilib boriladi. Zvenolarning uzunligi ruda relslarining standart o’lchamida (8 yoki 12,5 m) bo’lishi kerak. Vaqtinchalik zvenolar ruda relslari qismlaridan tayyorlanadi. Ba’zan vaqtinchalik zvenolar o’rniga ko’tariladigan relslar ham qo’llaniladi. Zvenolar bir-biriga ilmaklar yordamida biriktiriladi. Vaqtinchalik relslarning uzunligi 8 yoki 12,5 ga teng bo’lganda ular doimiy rels yo’llari bilan almashtiriladi.

Doimiy yo’llar P-24, P-33 va P-38 relslaridan tayyorlanadi. Ular yog’och yoki temirbeton shpallarga biriktiriladi. Shpallar ballast qatlamiga yotqiziladi. Rels yo’llari suv oqib chiqishi va tog’ jinslarini tashish oson bo’lishi uchun stvol og’zi maydoniga qarab qiya qilib yotqiziladi. Rels yo’llarining to’g’ri yotqizilganligi universal yo’l shablonlari, viterpas va boshqa uskunalar yordamida tekshiriladi.

Laxmlarda yo’llar yotqizilishidan tashqari quvur va kabellar ham joylashtiriladi. Ularni odamlar harakatlanishiga xalaqit bermasligi va harakatlanadigan sostavlarga zarar yetkazmasligi uchun laxmning yuqori burchaklariga ilinishi shart.

Laxmning yoritilishi uchun 80 – 100 Vt quvvatli statsionar yoritgichlar ishlatiladi. Ular laxm o’qi bo’yicha uzunasiga har 4 – 6 mda osib qo’yiladi.

Doimiy mustahkamlagichlarni ornatish. Bir jinsli mustahkam tog’ jinslarida laxm o’tganda doimiy mustahkamlagich sifatida ko’pincha metal, temirbeton, aralash va monolit beton mustahkamlagichlari qo’llaniladi. Yig’iladigan mustahkamlagichlar zaboy siljishi bilan darhol o’tkazilishi yoki zaboydan qandaydir masofada o’rnatilishi mumkin. Birinchi holda doimiy mustahkamlagich o’rnatish jarayoni o’tish sikliga kirib ketadi, ikkinchi holda esa ular mustaqil jarayon hisoblanadi va uni tashkil etish o’tish ishlari bilan umuman bog’liq bo’lmaydi.

Ishni tashkil etish. Bir jinsli mustahkam tog’ jinslaridan laxm o’tish asosan ikita sxema orqali amalga oshiriladi: asosiy jarayonlarning birlashmasi: burg’ulash – tog’ jinslarini yukash, yuklash – doimiy mustahkamlagich o’rnatish; ishlarni ketma’ket bajarish.

Bir jinsli yumshoq tog’ jinslaridan laxm o’tish

Bir jinsli yumshoq tog’ jinslari deganda asosan ko’mir tushuniladi. Shunday ekan, bir jinsli yumshoq tog’ jinslarida laxm o’tish bu – ko’mirning butun yuzasidan shtrek o’tish demakdir.

Shtreklar urish bolg’alarini qo’llab, burg’ulash-portlatish ishlari orqali, o’tuvchi kombaynlar va gidravlik usullarda o’tilishi mumkin.

Burg’ulash-portlatish ishlari yordamida shtreklar o’tish. Bu usulda shpurlar elektr parmalar orqali burg’ulanadi. Shpurlarning chuqurligi 1,5 – 2,5 m ni tashkil qiladi. Shpurlarning joylashish sxemasi ko’mir qatlamlarining mustahkamligi, qatlamning yotish burchagi va boshqa omillarga bog’liq. Shpurlarning markaziy ponasimon, piramidasimon, pastki va yon tomondan o’yib olish sxemalari qo’llaniladi.

Portlovchi modda sifatida oddiy yoki saqlovchi ammonitlar qo’llaniladi. Urib olingan qayta yuklovchilar yoki yuklovchi mashinalar yordamida yuklanadi. Ko’mir vagonetkalarda, kurakli va lentali konveyerlar, shuningdek bunkerli poyezdlar orqali tashiladi.

Shtreklarni mustahkamlash yog’och, metal va yig’ma temirbetonli mustahkamlagichlar orqali amalga oshirilagan. Zaboyning siljishi bilan darhol doimiy mustahkamlagich o’rnatiladi, vaqtinchalik mustahkamlagichlar bo’lmaydi.

Bir jinsli bo’lmagan tog’ jinslaridan laxm o’tish

Bir jinsli bo’lmagan tog’ jinslaridan gorizontal laxm o’tish – bu yupqa ko’mir qatlamidan shtrek o’tishdir. Ko’mir qatlamining qalinligi kichik (0,5 – 0,6 m) bo’lganda qazib olish ko’mir va boshqa tog’ jinslarini ajratmay turib, amalga oshiriladi. Boshqa barcha hollarda ko’mir va boshqa tog’ jinslari ajratib qazib olinadi.

Shtreklarni alohida qazib olish bilan o’tish ikki xil usulda amalga oshiriladi: tor zaboy bilan va keng zaboylarda.



Bir jinsli bo’lmagan tog’ jinslarida shtrek o’tishning uch xil usuli mavjud: yuqoridan (4.13 a rasm), pastdan (4.13 b rasm) va ikki tomonlama (4.13 v rasm). U yoki bu usulni tanlash qatlamning yotish burchagi, tog’ jinslarining mustahkamligi va foydali qazilmani yetkazish usuliga bog’liq ravishda amalga oshiriladi.



4.13 rasm. Nishab yotgan qatlamlarda qo’porishning joylashish sxemasi
4. O’tish sharoitiga qarab qiya kon laxmlari yotish burchagi 250 gacha bo’lgan va 25 – 300 dan oriq bo’lgan laxmlarga ajratiladi.

Birinchi guruhga qiya shaxta stvollari, bremsberg, uklon va xodoklar kiradi. Ushbu laxmlar xuddi gorizontal kon laxmlarini o’tishdagidek amalga oshiriladi. Bunda kvershlaglar va shtreklar o’tkazishdagi qazib olish usullari, o’tish uskunalari va texnologik sxemalar qo’llaniladi.

Qiya kon laxmlarini o’tishning asoslari quyidagilardan iborat:

- bunday kon laxmlarida rels yo’llarida elektrovozlar o’rniga lebyodkalar qo’llaniladi;

- uklonlar o’tishda xuddi vertikal stvollarni o’tgandagidek suv chiqarish uskunalariga ega bo’lishi kerak;

- laxmlarda uskunalarning tushib yoki yumalab ketishidan saqlash uchun saqlovchi uskunalar bo’lishi kerak.

Xizmat qilish muddati uzoq bo’lgan qiya kon laxmlari toq zaboylar orqali o’tiladi. Shaxtadagi kam gaz ajratadigan bremsberglar odatda pastdan yuqoriga o’tiladi. Uklonlar yotish burchagi bo’yicha o’tiladi, agarda suv oqimi juda katta bo’lsa, teskari yo’nalishda o’tiladi.

Xizmat qilish muddati nisbatan kamroq bo’lgan qiya kon laxmlar keng zaboylar bilan o’tiladi.

Qiyalik burchagi 25—30° bo’lgan kon laxmlarini o’tish ishlari xuddi gorizontal konlardagidek tashkillashtiriladi. Laxm o’tish tezligi 30 – 120 m/oy ni tashkil etadi.

Qiyalik burchagi 25—30° bo’lgan kon laxmlariga skatlar va ko’mir tushiruvchi pechlar kiradi. Skatlar odamlar o’tishi uchun, shamollatish va ko’mir yoki tog’ jinslarini tushirish uchun mo’ljallangan bo’limlarga ajratiladi. Skatlarni o’tish uruvchi bolg’alar, burg’ulash-portlatish ishlari va maxsus burg’ulash mashinalari orqali amalga oshiriladi. Skvajinalar uzunligi 150 m gacha bo’lganda СБМ-Зу mashinalari qo’llaniladi. СБМ-Зу mashinalari 390mm dagi skvajinalarni yuqoridan pastga burg’ulaydi. Skvajinalarni kengaytirish kerak bo’lganda ushbu ish urish bolg’alari bilan amalga oshiriladi. Agar skatning qiyalik burchagi 30° dan oshmasa, u holda ular ular yog’och ramali mustahkamlagich orqali, agar qiyalik burchagi 30° dan oshsa, skatlar ustunli mustahkamlagich bilan mustahkamlanadi. Ko’mir tushirgich pechlar ko’pincha mustahkamlagichsiz o’tiladi.

Razrez pechlarini o’tish. Pechlar ko’mir qatlamlari bo’ylab o’tiladi. Ko’ndalang kesim yuzasi odatda to’g’ri burchakli to’rtburchak bo’ladi. Laxm kengligi 2 – 4 m bo’ladi. Tik yotqiziqlarda pechlar o’tish burg’ulash mashinalari, nishab qatlamlarda esa HK tipidagi kesuvchi kombaynlar vositasida amalga oshiriladi.

Skatlarni o’tishning o’rtacha tezligi 60 – 80 m/oy ni, yupqa qatlamlarda esa 60 – 100 m/oy ni tashkil etadi.



Ma’ruza № 5
Ruda konlaridagi qazish tizimlari klassifikatsiyasi

Reja:

  1. Ruda konlaridagi qazish tizimlari haqida umumiy ma’lumot.

  2. Ruda konlarida qazish tizimlari klassifikatsiyasi

Ruda konlari shakl, o’lcham, yotish sharoitlari, tarkibi ruda va aralashgan tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari xilma-xilligi bilan xarakterlidir.ruda konlari linzasimon, shtok, sochma, qatlamsimon yoki ruda tanalari kompleksi shaklida bo’lishi mumkin. Ruda konlari qalinligi juda katta oraliqlarda o’zgaradi. Yotish elementlari doimiy emas, yotish burchagi va yo’nalishi tez-tez o’zgarib turadi. Ruda aralashgan tog’ jinslari yumshoq, qattiq, kuchsiz va mustahkam bo’ladi. Shuning uchun ham ruda konlarida qazish tizimlari turlicha bo’ladi.

Ruda konlarida qazish tizimlari turlicha klassifikatsiyalanadi. Bu yerda (5-jadval) kon bosimini boshqarish usuli bo’yicha klassifikatsiya keltirilgan.

5 – jadval




Sinf

Qazish tizimlari

I

Ochiq qazib olingan bo’shliq bilan

II

Qazib o’tilgan bo’shliqda rudalarni magazinlash bilan

III

Qazib olingan bo’shliqni to’ldirish bilan

IV

Qazib olingan bo’shliqni mustahkamlash bilan

V

Aralashgan tog’ jinslarini qulashi bilan

VI

Birlashgan (kombinatsiyalashgan)

I sinf qazib olish tizimi qattiq ruda va aralash jinslari bo’lgan konlarni qazib olishda qo’llaniladi. Qazib olingan bo’shliq mustahkamlanmaydi, laxmlarda ruda va tog’ jinslaridan seliklar qoldiriladi, qimmatbaho rudalar bo’lganda esa sun’iy beton seliklar o’rnatiladi. Ochiq qazib olingan bo’shliq bilan qazib olish MDH da 25% dan ortiq ruda qazib olinadi.

II sinf qazib olish tizimi kamroq mustahkamlikdagi va aralash jinsli sezilarli maydonda qatlamlanishga moyil tog’ jinslarida qo’llaniladi. Ajratib olingan ruda qazib olingan bo’shliqda magazinlanadi va vaqtinchalik yon tomonni ushlab turuvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Rudalarni magazinlash bilan qazib olish tizimi rangli metallar va oltin qazib olishda keng tarqalgan. Bu usulda MDH mamlakatlaridagi 40% rangli metllar qazib olinadi.

III sinf qazib olish tizimi aralash jinslar mustahkam bo’lmaganda va ruda mustahkam bo’lganda qo’llaniladi. O’tilgan bo’shliqning yon tomonlarini ushlab turish uchun bo’sh joyni bo’sh tog’ jinslari bilan to’ldirish kerak bo’ladi.

IV sinf qazib olish tizimidan nomustahkam rudalarda foydalaniladi. Bunda laxmning yon tomonlari mustahkamlagich bilan ushlab turiladi. Agar aralashgan tog’ jinslari ham xuddi shundek nomustahkam bo’lsa, unda o’tilgan bo’shliq nafaqat mustahkamlagich bilan mahkamlanadi, balki u joy bo’sh tog’ jinslari bilan to’ldiriladi ham.

V sinf qazib o,ish tizimi bugungi kunda mustahkamligi turli xil bo’lgan rudalarni qazib olishda qo’llanilmoqda. Bu tizimning asosiy mohiyati shundaki, bunda qazib olingan bo’shliq ruda ajratib olingandan keyin qolgan boshqa aralash tog’ jinslari bilan to’ldiriladi. Ushbu tizim yuqori unumdorligi bilan farqlanadi va qora va rangli metallarni qazib olishda keng qo’llaniladi.

Qazib olishning kombinatsiyalashgan ya’ni aralash usuli butunlay boshqalaridan farq qiladi. Bunda butun blokni qazib olish bir vaqtda olib boriladi. Blokni tashkil qiluvchi kamera va seliklar bir vaqtning o’zida turli tizimlarda qazib olinadi.

Ma’ruza № 6

Qazib o’tilgan ochiq bo’shliqli qazib olish tizimi

Reja:


  1. Kamerali-ustunli qazib olish tizimi.

  2. Shift-pog’onali qazib olish tizimi.

  3. Qavatosti laxmidan rudalarni urib olib qazib olish tizimi.

  4. Qavatli-kamerali qazib olish tizimi.


1. Kamerali-ustunli tizimda ruda alohida kameralarda qazib olinadi, bu kameralar orasida esa laxm tomini ushlab turish uchun muntazam ravishda ruda seliklari qoldirilib boriladi.

Kamerali-ustunli qazib olish tizimi yotish burchagi 400 va qalinligi 3-10 m bo’lgan mustahkam ruda va aralash tog’ jinslari bo’lgan konlarda qo’llaniladi.

Kameralarni ajratib turuvchi seliklar izolyatsiyalangan (ustun shaklida) yoki yaxlit bo’lishi mumkin. Ikkinchisi narxi past va yer qobig’idagi zaxirasi juda katta bo’lgan konlarda qo’llaniladi (masalan, toshtuz, gips, slaneslar va boshqalar).

Gorizontal konlarni qazib olishda shaxta maydoni panellarga, nishab va qiya konlarni qazib olishda esa qavatlarga bo’linadi. Panel va qavatlarda ishlar bir-biridan seliklar vositasida ajratilgan parallel kameralarda amalaga oshiriladi. Kameralar kengligi 15-20 m, seliklar kengligi 4 – 6 m va kamera uzunligi 50 – 150 m va undan ortiqni tashkil etadi. Kamera va seliklarning parametrlari rudaning mustahkamligi va qattiqligiga bog’liq.

Kamerali-ustunli qazib olish tizimining bir necha variantlari mavjud. Bu variantlar orasidagi farq kameradagi rudalarni urib olish usullaridadir. Ushbu belgilar orqali pog’onasiz, yerpog’onali va shiftpog’onaliurib olish variantlari farqlanadi.

Tayyorlash gorizontal, nishab va qiya yotqiziqlarda bir-biriga ko’p jihatdan o’xshash bo’ladi.

Tayyorlash rudali yoki maydonli bo’lishi mumkin. Nishab va qiya yotqiziqlarda asosan maydonli tayyorlash qo’llaniladi. U rudalarni tashish uchun qulay sharoit yaratib beradi.




6 rasm. Kamerali-ustunli qazish tizimi

Tozalash ishlari. Qalinligi 4 m gacha bo’lgan yotqiziqlardagi rudalar ular butun qalinligi bo’yicha shpurli zaryadlar bilan ajratib olinadi. Qalinligi katta bo’lgan rudalar esa yerpog’onali va shiftpog’onali zaboylar bilan ajratib olinadi

Pog’onani chuqur skvajinalar orqali urib olishishchi maydonchani yaratish uchun oldindagi zaboyning o’tilish vaqtiga bog’liq bo’ladi.

Oldindagi zaboyga burg’ulash karetkalari orqali shpurlar burg’ulanadi.



Oldindagi zaboy urib olinganidan va shamollatilganidan so’ng kamera ustki qismidan zakollar olib tashlanadi. Urib olingan ruda buldozer yoki skreper bilan zaboydan kameraga tashiladi. Skvajinalar rudalarning fizik-mexanik xususiyatlariga bog’liq ravishda belgilangan kameralarda burg’ulanadi. Pog’ona urib olinganidan keyin tozalash va shamollatish qiya yotqiziqlarda skreperlar yordamida, gorizontal yotqiziqlarda esa – yuklash va yetkazish mashinalarida amalga oshiriladi (6.1 rasm).


6.1 rasm. Kamerali-ustunli qazib olish tizimi:

1 — kamera; 2 — seliklar; 3 — oldingi kon laxmi; 4 — pog’ona; 5 — buldozer
Tizimning afzalligi: ishchilar mehnati unumdorligining yuqoriligi, tayyorlash ishlari hajmining kichikligi, mustahkamlash materiallari sarfining kamligi va qazish ishlarining butunlay mexabizatsiyalashtirilganligi.

Tizimning kamchiliklari: foydali qazilmalarning seliklarda yo’qotilishining yuqoriligi (rudalarni qazib olishda 25% gacha, tuzlarni qazib olishda 65% gacha), xavfsizlik to’liq ta’minlanmagan, bir vaqtning o’zida bir necha kameralrda qazib olishda shamollatishning qiyinligi.



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish