Yig’ma temirbetonli mustahkamlagich. Konstruksiyasiga ko’ra yig’ma temirbeton mustahkamlagichlar arkasimon, ramkali va xalqasimon bo’lishi mumkin.
Bugungi kunda yig’ma temirbetonli mustahkamlagich kapital kon laxmlarni mustahkamlashda eng keng qo’llaniladi.
Aralash mustahkamlagich turli xil materiallardan tayyorlangan mustahkamlagichlar elementlar birlashmasini o’z ichiga oladi. Masalan, metal va yog’och, temirbeton va metal, sun’iy toshlar, beton va boshqalar. Aralash mustahkamlagich o’rnatilgan laxmning ko’ndalang kesim yuzasi xuddi boshqa turdagi mustahkamlagich o’rnatilgandagidek bo’ladi.
Shtangali mustahkamlagich (ankerli). Shtangali mustahkamlagichning mohiyati shundaki, bunda laxmi o’rab turgan tog’ jinslari turli xil konstruksiyadagi sterjenlar bilan qotiriladi ya’ni mustahkamlanadi.
Shtangali mustahkamlagich metallic, temirbetonli va yog’ochli turlarga bo’linadi va laxmning pastki, yuqorigi va yon tomonlarini mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Metall shtangalar diametric 15 – 30 mm, uzunligi 0,7 – 3,0m bo’lgan aylana shakldagi po’latdan tayyorlanadi. Yog’och ankerlar uzunligo 1-2 m va diametric 50-60mm bo’lgan eman, zarang, shumtol, qarag’ay va bambukdan tayyorlanadi. Temirbeton ankerlar yumshoq yerni ya’ni laxmning pastki qismini mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Bunday holda diametric 40-50 mm bo’lgan shpurga metal armature joylashtiriladi va tez qotadigan beton quyiladi. Shtangali mustahkamlagich istalgan ko’ndalang kesim yuza uchun va qatlamli yoki monolit tog’ jinslaridan o’tilgan laxmlarni mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Bunda M.M. Protodyakonov shkalasi bo’yicha tog’ jinslari mustahkamligi 2 va undan yuqori bo’lishi va chuqur yoriqlar bo’lmasligi kerak. Shtangali mustahkamlagich doimiy va vaqtinchalik ham bo’lishi mumkin. Uni ramalar orasidagi masofa oshib ketganda uni ramali mustahkamlagich bilan birgalikda qo’llash mumkin.Shtangali mustahkamlagich konstruksiyasi bo’yicha oddiy, tayyorlanishi arzon, o’rnatish qiyin emas va havo oqimiga yuqori qarshilik ko’rsatmaydi.
Vertikal kon laxmlari mustahkamlagichlari
Vertikal kon laxmlari mustahkamlagichlari xizmat qilish muddati va ekspluatatsiya sharoitlariga qarab yog’ochdan, betondan, toshdan, temirbetondan va metalldan bo’ladi. Laxmning ko’ndalang kesim yuzasi to’g’ri burchakli, ovalsimon va aylana shaklida bo’ladi.
Yog’och mustahkamlagich kon laxmining xizmat muddati 7 – 12 yil bo’lganda ikkinchi darajali laxmlar: shurf, ko’r stvollar, gezenk va boshqalarni mustahkamlashda qo’llaniladi. Yog’och mustahkamlagich bilan mustahkamlangan laxmning ko’ndalang kesim yuzasi odatda tog’ri burchali bo’ladi. Yog’och mustahkamlagichni o’tish qismlarga bo’lib amalga oshiriladi.
Metall mustahkamlagich odatda tyubinglardan o’rnatiladi va kon laxmlarining ko’ndalang kesim yuzasi aylana shaklida bo’ladi.
Tyubingli mustahkamlagich bir-biri bilan bog’lanib, stvolda butun silindr hosil qiladigan cho’yan va po’lat tyubinglardan tayyorlanadi. Mustahkamlagich va kon laxmining yon tomoni orasidagi bo’shliq betonli aralashma bilan to’ldiriladi.
Metall mustahkamlagichning narxi yetarlicha qimmat va tanqis materialdan tayyorlaganligi uchun faqat alohida hollarda qo’llaniladi.
Beton mustahkamlagich aylana shakldagi laxmlarda qo’llaniladi. Stvollarni mustahkamlash uchun tez qotadigan 100 va 200 markali betonlar qo’llaniladi. Beton aralashmasi vibratorlar bilan zichlashtiriladi. Beton mustahkamlagichning qalinligi tog’ jinsining qattiqligi, stvolning diametri va chuqurligiga qarab 200-500 mm bo’ladi.
Beton mustahkamlagich pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pasga o’tiladi. Mustahkamlash ishlari pastdan yuqoriga olib borilganda ular balandligi 20-60m bo’lgan zvenolarga bo’lib mustahkamlanadi. Mustahkamlagich o’rnatish ishlari shablon-opalubka yordamida amalga oshiriladi.
G’ishtli mustahkamlagich oxirgi yillarda kamdan-kam qo’llaniladi. Vertikal stvollarda ular sement aralashmasi bilan birgalikda qo’llaniladi. G’ishtli mustahkamlagichning qalinligi bir yarim- ikki g’isht qalinligiga teng bo’ladi.
Betonitli mustahkamlagich ponasimon shaklga ega bo’lgan sun’iy toshlar – betonitdan tayyorlanadi. Betonitning massasi 20-40 kg bo’ladi. Bentonitli mustahkamlagich pastdan yuqoriga o’tiladi. Betonitli mustahkamlagich beton mustahkamlagichga nisbatan mustahkamroq va o’tilganidan keyin darhol kon bosimini qabul qila oladi. Lekin u xuddi g’ishtli mustahkamlagichga o’xshab uncha keng tarqalmagan.
Temirbetonli mustahkamlagich. Vertikal shaxta stvollari uchun monolit temirbeton mustahkamlagich va yig’ma temirbetonli mustahkamlagichlar qo’llaniladi. Monolit temirbeton mustahkamlagichlar kon bosimi katta va u notekis taqsimlanganda hamda yumshoq tog’ jinslarida stvol og’zini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Monolit temirbeton mustahkamlagichlarning qalinligi beton mustahkamlagichlardan 1,5-2 marta kichik bo’ladi.
Temirbeton tyubing shaklidagi yig’ma temirbeton mustahkamlagich oxirgi yillarda keng tarqalgan. 4,5 – 8 m diametrli stvollar uchun barcha o’lchamdagi tyubinglar ishlab chiqarilgan.
Tyubinglar har xil yuzalar uchun to’rt turda tayyorlanadi: oddiy, cho’qqisimon, cho’qqidan oldingi va suvni ushlab turish uchun mo’ljallangan tyubinglar. Tyubingli temirbetonli mustahkamlagich yuqoridan pastga 20-40 m li zvenolarga bo’lib mustahkamlanadi. Mustahkamlagich o’rnatilhanidan so’ng mustahkamlagich orqasida qolgan bo’shliq beton aralashmasi bilan to’ldiriladi.
Ma’ruza № 4
Kon laxmlarini o’tish va mustahkamlash
Reja:
Shaxta vertikal stvollarini oddiy usulda o’tish
Vertikal stvollarni o’tishning maxsus usullari
Gorizontal kon laxmlarini o’tish
Qiya kon laxmlarini o’tish
1. Vazifasiga ko’ra shaxta stvollari asosiy va yordamchi stvollarga bo’linadi. Asosiy shaxta stvollari foydali qazilma berish uchun mo’ljallangan. Ular skipli ko’tarish uskunalari bilan jihozlangan bo’ladi. Yordamchi stvollar kletli va skipli-kletli bo’ladi.
Stvollarning ko’ndalang kesim yuzasining shakli turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning shakli ko’proq aylana bo’ladi.
Ko’ndalang kesim yuzasi aylana va to’g’ri to’rtburchak bo’lgan stvollarda uskunalarning joylashishi 4-rasmda ko’rsatilgan.
4-rasm. Shaxta stvollarining uskunalari:
а — Ko’ndalang kesimi aylana shaklida va beton mustahkamlagichli; б — Ko’ndalang kesimi to’g’ri burchakli va yog’och mustahkamlagichli; 1 — rasstrelllar; 2 — o’tkazgichlar; 3 —zina
Tog’ jinslarining kesishish xarakteri va suvning oqimiga qarab stvollar oddiy va maxsus usullar bilan o’tiladi.
Oddiy usul suv oqimi 30— 40 м3/ч bo’lganda, maxsus usl esa – ko’p suvli va mustahkam bo’lmagan tog’ jinslarida qo’llaniladi.
Stvol uzunligi bo’yicha og’iz qismi (yer yuzasiga tutashgan yuqorigi qism), zumf (stvol og’zi maydoni gorizonti otmetkasidan pastda joylashgan qism), asosiy qism (stvolning og’zi va zumf qismi o’rtasida joylashgan).
Stvol inshooti qurilish ishlari tayyorlash davri, stvol og’zini qurish, asosiy qismini o’tish va zumfni o’tish.
Shaxta qurilishini tayyorlash davrida quyidagi ishlar bajariladi:
Shoes vat emir yo’llari qurilishi, suv uzatish liniyalari, elektr uzatish liniyalari va telefon aloqalarini inshootlari qurilishi;
Maydonni tozalash, mavjud binolarni ko’chirish, yer osti kommunikatsiyalarini joylashtirish;
Turli xil omborxonalar, beton aralashmali markaz, mexanik ustaxonalar, garajlar, ma’muriyat binolari va boshqalarni qurish;
Stvollarni o’tishni kerakli uskunalar: kopra, ko’tarish mashinalari, ventilyator uskunalari, compressor stansiyalari, nasoslar va qurilish materiallari bilan ta’minlash;
Tayyorlash davrining davomiyligi 6-10 oyni tashkil etadi.
Stvol og’zini o’tish tayyorlash davrida boshlanadi. Stvol og’zi, asosan, mustahkamligi past bo’lgan, suvli joyda joylashgan tog’ jinslarida o’tiladi.
Amaliyotdan ma’lumki, stvol o’tishda alohida hollarda foydalanilgan uskunalar keyinchalik ham ekspluatatsion maqsadlarda ishlatiladi (kopralar, ko’tarish mashinalari, kanatlar va boshqalar).
4.1 rasmda stvol og’zini КПШ (комплекс проходческий Шахтостроя) ya’ni shaxta qurilishida o’tuvchi kompleks yordamida o’tish sxemasi ko’rsatilgan. U o’z ichiga quyidagi mashina va uskunalarni oladi: yuk ko’tarish qobiliyati 1-2 tpnna bo’lgan kran-ekskavator 1, 0,3—0,6 м3 hajmli badya 2, yuk tushirish bunkeri 3, 2 ta ko’chma compressor 4, quvvati 30-35 kVt bo’lgan ko’chma elekropodstansiya 5, zaboy nasosi 6, ko’chma beton aralashtirgich 7.
4.1 rasm. Stvol og’sini o’tishda КПШ uskunalarining joylashishi
Birinchi navbatda taxminan 5-6 m chuqurlikkacha o’tish ishlari kuraklar, bolg’a, pnevmobolg’a, kichik ekskavatorlar va boshqa mexanizatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Chuqurlik va tog’ jinslarining mustahkamligi ortgan sari qisqa shpurlar yordamida o’tishning burg’ulash-portlatish usuliga o’tiladi. Bunda shpurlar chuqurligi 1-1.5m ni tashkil etadi.
Laxm o’tishdan chiqqan tog’ jinslari badyalarga solinadi va kran-ekskavatorlar yordamida yer yuzasiga chiqariladi hamda bunkerga yuklanadi. Laxmning boshlanish qismi devorlari vaqtinchalik metall osma mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi. Laxm o’tish ishlari bilan bir vaqtda zaboydagi suvlar chiqarilib turiladi.
4.2 rasm. Stvol og’zini o’tishda vaqtinchalik va doimiy mustahkamlagichlarni o’rnatish. Возведение временной и постоянной крепи при проходке устья ствола:
1 — vaqtinchalik xalqasimon ko’chma mustahkamlagich; 2 — rama – shablon; 3 — Vaqtinchalik mustahkamlagichni osib qo’yish uchun ilmaklar; 4 — tayanch boshmoqlar; б — minbar; 6 — osilgan tokcha; 7 — оpalubka; 8 — beton uzatish uchun quvur; 9 — beton aralashtirgich
Xavfsizlik qoidalariga muvofiq stvol og’zi kamida 10 m masofada yong’inga qarshi mustahkamlagich bilan mahkamlangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |