Stvol o’tishdagi olib boriladigan ishlar sxemasi
Stvolning asosiy qismini o’tish o’z ichiga 3 ta asosiy ishni oladi: tog’ jinslarini qazib olish va vaqtinchalik mustahkamlagichlar o’tish, doimiy mustahkamlagich o’tish va armirovka qilish.
Tog’ jinslarini qazib olish va vaqtinchalik mustahkamlagich o’rnatish alohida qismlarga bo’lib amalga oshiriladi. Ushbu qismlar 2 ta qo’shni tayanchlar orasida joylashgan stvol uchastkasi deyiladi.
Qazib olish va mustahkamlash ishlarining olib borish ketma-ketligiga qarab o’tishning quyidagi texnologik sxemalari mavjud:
Davomli (4.3, а) — Qazib olish va mustahkamlash ishlarining qismlarga bo’lib turli vaqtlarda olib borilishi;
Parallel (4.3, б) — Qazib olish va mustahkamlash ishlarining 2 ta arallash qismlarda bir vaqtning o’zida olib borilishi;
Birlashgan (4.3, в) — Qazib olish va mustahkamlash ishlarining bitta zvenoda birga olib borilishi.
4.3 – rasm. Vertikal stvollarni o’tish sxemalari:
1 — ikki pog’onali o’tish polkasi; 2 — vaqtinchalik mustahkamlagich; 3 — tayanch cho’qqi; 4 — doimiy mustahkamlagich; 5 — doimiy mustahkamlagich o’rnatish joyi; h — 20 – 60 m bo’lgan qism
Stvollarni armirovka qilish 2 sxema bo’yicha amalga oshiriladi:
davomli — stvol o’tish ishlari butunlay tugatilganidan keyin;
birlashgan – qazib olish va doimiy mustahkamlagich o’rnatish bilan bir vaqtda alohida qismlarda.
Eng progressive sxema bu birlashgan sxema hisoblanadi. Bunda o’tish tezligi 100 – 150 m/oy va undan ortiq bo’ladi.
O’tish ishlari
Burg’ulash-portlatish ishlari. O’rtacha mustahkamlikdagi va mustahkam tog’ jinslaridan laxm o’tish burg’ulash-portlatish usuli yordamida amalga oshiriladi.
Shpurlar turli xil pnevmatik perfaratorlar vositasida burg’ulanadi. Shuningdek, bir vaqtda bir nechta bolg’alari isglaydigan burg’ulash uskunalari ham qo’llaniladi.
Zaboydagi barcha shpurlar iuch guruhga ajratiladi: o’yuvchi, yordamchi va chegaralovchi. Aylana ko’ndalang kesimga ega bo’lganda markazdan boshlab shpurlar joylashtiriladi: markazda – o’yuvchi 1, keyin yordamchi – 2, stvol konturida esa – chegaralovchi 3 (4.4 rasm).
Shpurlar soni har keyingi aylanada uch va to’rt aylanaliklarda mos ravishda 1:2:3 yoki 1:2:3:4 nisbatda bo’ladi. Shpurlar chuqurligi 1,4 – 3,5 m va undan ortiqni tashkil etadi.
4.4 rasm. Aynalan shakldagi stvollarda shpurlarning joylashish sxemasi:
а — Nishab va qiya yotganda; б — tik yotganda
o’yuvchi shpurlarning zaryadi qiymati boshqa shpurlardagiga nisbatan 10-15% ortiq bo’ladi, shuning uchun o’yuvchi shpurlarning chuqurligi boshqa shpurlarga nisbatan 15-25 sm ortiq bo’ladi.
Shpurlar 32-45 mm diametrli patronlarga moslab burg’ulanadi. Portlovchi moddaning tanlanishiga tog’ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari, suv oqimi, metanning mavjudligi va boshqa omillar ta’sir qiladi.
Suv oqimi sezilarli bo’lgan stvollarda dinamit va qoyali ammonitlar, quruq zaboylarda – ammonitlar, detonitlar va dinaftalitlar qo’llaniladi. Stvolda metan bo’lgan hollarda saqlovchi portlovchi moddalardan foydalaniladi.
Jangovar patronlar yer yuzasida tayyorlanadi va portlatishga mas’ul shaxs kuzatuvi ostida oddiy patronlardan alohida qilib pastga tushiriladi. Stvollarni o’tishda shpurning yuqori qismida joylashgan bitta jangovar patronli zaryadning kolonkali konstruksiyasi qo’llanadi.
Zaryadlarni zaryadlashni portlatuvchi ishchilar (взрывники) va ularning yordamchilari, shuningdek “Portlatuvchining yagona kitobchasi” ga ega bo’lgan laxm o’tuvchi ishchilar olib boradilar. Bitta shpurni zaryadlash davomiyligi 3-5 min ni tashkil etadi. Zaboyka sifatida qumli gillar va mayday shag’allar aralashmasi ishlatiladi.
Zaryadlashdan keyin portlovchi tarmoqni montaj qilish ishlariga o’tiladi. Ish antenna uskunasidan boshlanadi. Antennaga yer yuzasidagi tok manbaiga chiqariladigan elektrodetonatorlarning o’tkazgichlari ulanadi. Elektrodetonatorlar ketma-ket yoki aralash usulda ulanadi.
Portlashgacha zaboyda joylashgan barcha uskunalar yer yuzasiga ko’tariladi yoki tokchalarga qo’yiladi. Yuklovchi mashinalar, qutqarish zinasi, yorituvchi qandillar va boshqa uskunalar zaboydan 25-40 m yuqoriga ko’tarib qo’yiladi. Portlash oldidan odamlar xavfsiz masofagacha ko’chirilishi kerak. Portlash uchun 127, 220 va 380 V li tarmoq, portlatish mashinalari va akkumulyatorlar tok manbai bo’la oladi.
Shamollatish. Portlashdan keyin zaboy shamollatiladi. Buning uchun stvol yaqinida yer yuzasida ventilyator o’rnatiladi, u orqali stvol zaboyiga quvurlar orqali toza havo uzatiladi. Uncha chuqur bo’lmagan stvollar uchun shamollatishning havo haydovchi sxemasi qo’llaniladi, qolgan hollarda esa aralash usuldan foydalaniladi.
Shamollatish davomiyligi 30 min dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Shamollatish uchun o’qli va markazdan qochma ventilyatorlar qo’llaniladi. Bitta shamollatish quvuriga ikkita ventilyator o’rnatiladi. Katta quvvatli – portlatish mahsulotlarini yo’qotish uchun (birinchi tizim) va kichik quvvatli – shamollatish uchun (ikkinchi tizim).
Chuqurligi 500 m gacha bo’lgan stvollarni birinchi tizimda shamollatishda ЦАГИ rusumidagi ventilaytorlardan, ikkinchi tizim uchun esa «Проходка-500» ventilyatori qo’llaniladi. Ventilyator quvurlari diametri 0,5— 1,0 м va bir bo’limi uzunligi 3—4 м bo’lgan metallardan va diametri 0,5—0,7 м va bir bo’limi uzunligi 5—10 м bo’lgan tekstolovitdan bo’ladi.
Tog’ jinslarini yuklash va vaqtinchalik mustahkamlagichlar o’rnatish. Portlatilgan tog’ jinsini badyalarga yuklash uchun turli konstruksiyalarga ega bo’lgan greyferli yuklagichlar qo’llaniladi. Masalan БЧ-1у, КС-Зм, ПГН1-15 — qo’l bilan haydaladigan va КС-2у — mexanik haydaladigan. Eng keng qo’llanadigan yuklovchi КС-3м yuklagichidir.
Greferli yuklagich КС-Зм (4.4 rasm) 0.014 m3 bo’lgan grefer cho’michi 1, pnevmoko’targich 2, greferning ochilishi va yopilishi uchun pnevmatik qulf 3, pnevmokommunikatsiya detallari 4 va boshqargich 5 dan tashkil topgan.
4.4 rasm. КС-Зм greferli yuklagich
Greferli yuklagich quyidagi tartibda ishlaydi: portlash, shamollatish va zaboy xavfsiz holatga keltirilganidan keyin saqlovchi tokchalarga o’rnatilgan lebyodkalar yordamida yuklagich zaboyga tushiriladi.
Yuklagichni boshqarish ikki ishchi – mashinist va uning yordamchisi vositasida boshqariladi. Pnevmoyuklagich КС-Зм istalgan kesimdagi va chuqurlikdagi stvollarni o’tishda qo’llaniladi. Stvol diametriga qarab bitta zaboyda bir nechta pnevmoyuklagich ishlashi mumkin.
Pnevmoyuklagich ПГЩ-15 КС-Зм dan farqli o’laroq pnevmoko’targichga ega emas. Yuklagichni ko’tarish va zaboyga tushirish chig’irlar bilan amalga oshiriladi.
rasm. КС-2у kompleks uskunasi
Universal yuklash mashinasi КС-2у (4.5 rasm) da tog’ jinsini badyaga yuklashning barcha jarayonlari butunlay mexanizatsiyalashtirilgan. КС-2у mashinasi hajmi 0,4—0,65 м3 bo’lgan ikkita pnevmatik greyferdan tashkil topgan. Bu unga markaziy tayanch o’qi atrofida aylanishga imkon beradi va buning natijasida aylana stvolning istalgan nuqtasidan tog’ jinsini olishni ta’minlaydi.
Kompleks ikki qavatli tarang tokcha 1, u qoplama to’siq 2, yuklash mashinasi 3, tabaqali metal opalebka 4 va pikotaj xalqa 5 bilan mahkam biriktirilgan. Uskunaning umumiy og’irligi 100 t.
Stvol o’tishda ko’tarish
Stvol o’tishda ko’tarish uskunalari tog’ jinsini yetkazib berish, odamlar va materiallarni tushirib, chiqarish va alohida hollarda zaboydagi suvni yuroriga chiqarish uchun mo’ljallangan.
Laxm o’tish ko’tarishning kompleks uskunasi quyidagi qismlardan tashkil topgan: ko’tarish mashinasi 1, ko’tarish idishlari (skip va badyalar) 4, prisepli moslamalar 3, ramani yo’naltirgich 7, tortilgan rama 8, ko’tarish kanatlari 2, kanatli o’tkazgichlar 6 va shkivlar 5.(4.6 rasm).
4.6 rasm. Kompleks ko’tarish uskunasi
Do'stlaringiz bilan baham: |