Qiya qatlamlar va to’ldiruvchilar bilan qazib olish tizimi.
Ushbu tizim ko’rib chiqilgan tizimdan zaboylarning qiya joylashganligi bilan farq qiladi va buning oqibatida urib olingan ruda o’z og’irligi ta’sirida rudatushirgichlar tomon tushadi. To’ldiruvchi material ham xuddi shu usulda ko’chiriladi.
8.1 rasm. Qiya qatlamlar va to’ldiruvchilar bilan qazib olish tizimi
Qiya qatlamlar bilan qazib olish tizimi gorizontal qatlamlar bilan qazib olinadigan tog’ jinslariga nisbatan mustahkamroq bo’lgan tog’ jinslarida qo’llaniladi.
Qazib olinib o’tilgan bo’shliqni qo’porib olingan tog’ jinslari bilan to’ldirish qazib olish tizimi
Ushbu tizimda to’ldiruvchi sifatida ruda va tog’ jinslarini alohida qazib olingandagi ajratib olingan aralashgan tog’ jinslari xizmat qiladi.
8.2 rasm. Alohida qazib olish va qo’porib olingan tog’ jinslari bilan to’ldirib qazib olish tizimi:
1 — tashish shtreki; 2 — blokli ko’tarma; 3 — rudaning tushirilishi uchun mo’ljallangan quvurlar; 4 —bunker; 5 — tuynuk; 6 — to’shama
Tizim juda yupqa, qalinligi 0,7 m bo’lgan tik yotgan qimmatbaho rudalarni qazib olishda qo’llaniladi. Ruda va unga aralashgan tog’ jinslari mustahkam bo’lishi kerak.
Tayyorlash ishlari qavatni balandligi 30 – 40 m, uzunligi 50 m bo’lgan ko’tarmalar bo’ylab alohida bloklarga bo’lishdan iborat. Qavat shtreklari va ko’tarmalar ruda tanasi bo’ylab o’tiladi.
Qazib olish rudalarni aralashgan tog’ jinslarini gorizontal yoki qiya qatlamlar bilan qazib olishni o’z ichiga oladi. Rudalarni urib olishdan oldin to’ldiruvchi uchun qalin to’shama to’shaladi. Urib olinga ruda to’shamaga tishadi va ko’tarma (vosstayushiy) orqali tashish gorizontiga uzatiladi. Shundan so’ng to’shama yig’ishtirib olinadi va o’tilgan bo’shliqda to’ldiruvchi bo’lib xizmat qiladigan aralashgan tog’ jinslari olib tashlanadi. Shundan so’ng qazib olish sikli takrorlanadi.
O’tilgan bo’shliqni to’diruvchi bilan to’ldirib qazib olish tizimining samaradorligi qazib olish ishlarining mexanizatsiyalashtirilish darajasiga, to’ldiruvchi materialning narxiga, to’shamaning qalinligi va ishonchliligiga bog’liq. Ushbu tizim tayyorlash ishlarining kamligi bilan ajralib turadi.Bu tizimda qazib olingan rudaning tannarxi boshqatizimlarga qaraganda past.
To’ldiruvchili qazib olish tizimining afzalliklari: ajratib olishning yuqoriligi va aralashib ketishning kamligi, zavoyda navlarga ajratish imkoniyatining mavjudligi, kon-geologik sharoitlardan qat’iy nazar qazib olishning osonligi, laxm atrofini ushlab turish va yer yuzasidagi buzilishlardan saqlashning ishonchliligi va qazib olish intensivligining yuqoriligi.
Tizimning kamchiligi: qazib olish tizimining murakkabligi, to’ldirish ishlarining olib borilishi, rudaning tannarxi yuqori bo’lishi.
2. Bu tizimlar qazib olish laxmlarining mustahkamlagich bilan ushlab turilishi bilan xarakterlanadi. Ular odatda noqulay kon-geologik sharoitlarda, qimmatbaho rudalarni qazib olishda qo’llaniladi. Bu tizimlar zamonaviy amaliyotda seliklarni qazib olishda keng qo’llaniladi.
Qo’llaniladigan mustahkamlagich konstruksiyasiga qarab mustahkamlagichli qazib olish tizimi kuchaytirilgan rasporli mustahkamlagichli tizim va uskunali mustahkamlagichli tizimlarga bo’linadi. Lekin ular unchalik keng tarqalmagan.
Kuchaytirilgan rasporli mustahkamlagichli tizim (8.3 rasm) mustahkamligi past bo’lgan qimmatbaho ruda va kuchsiz aralshgan tog’ jinslari bo’lgan quvvati katta bo’lmagan (3 – 4 m) tik yotgan yotqiziqlarda qo’llaniladi. Ushbu tizimda qazib olingan bo’shliq kuchli rasporli mustahkamlagich: kuchaytirilgan elementli yog’och ustunlar bilan mahkamlanadi.
8.3 rasm. Kuchaytirilgan rasporli mustahkamlagich bilan qazib olish tizimi:
1 — tashish shtreki; 2 — blokli ko’tarma; 3 — rudatushirgich; 4 — ishchi tokchalar; 5 — rasporli mustahkamlagich
Aralashgan tog’ jinslarini ushlab turilish sharoiti yaxshilanishi uchun o’tkazilagan mustahkamlagich zakladka bilan birga qo’llaniladi. Mustahkamlagich o’tkazish va uni to’ldirish ishlari o’tish ishlarining murakkab siklini tashkil etadi va ish hajmini talab qiladi.
Mustahkamlash bilan qazib olish tizimining afzalligi: murakkab kon-geologik sharoitlarda ham konni qazib olish imkoniyatini beradi, foydali qazilmaning yo’qotilishi va aralashib ketish darajasi katta bo’lmaydi, zaboyda rudalarni navlarga bo’lish va o’sha navlar bo’yicha alohida qazib olish imkoni bo’ladi va yer yuzasi har qanday buzilishlardan saqlanadi.
Tizimning kamchiligi: ishchilar mehnatining unumdorligi past bo’lishi, mustahkamlash materiallarining ko’p sarfalanishi va rudaning tannarxi oshib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |