Ma’ruza №2 Konni ochish va ruda konlarini tayyorlash asoslari Reja



Download 1,07 Mb.
bet6/12
Sana08.11.2019
Hajmi1,07 Mb.
#25337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Lekciya


Suvni chiqarib tashlash. Stvollarni o’tishda kattaligi kesishgan tog’ jinslarining suv miqdoriga bog’liq bo’lgan yer osti suv oqimiga qarshi kurashishga to’g’ri keladi.

Suvning oqimi katta bo’lmaganda (5 м3/soat gacha) suvni chiqaib tashlash badyalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday holda БН-15х4, НПП-1м tipdagi yuklash nasoslari qo’llaniladi. Stvollarda nasoslar kanatlarga osib qo’yiladi.

Suv oqimi 5 м3/soat dan katta bo’lganda stvol chuqurligiga qarab suvni chiqarib tashlashning bir pog’onali, ikki pog’onali va uch pog’onali sxemalaridan foydalaniladi.

Stvol chuqurligi 250-400 m bo’lganda bir pog’onali suvni chiqarib tashlash sxemasidan foydalaniladi. Suv zaboydan osma nasos yordamida bevosita yer yuzasiga chiqariladi.Stvol chuqurligi 250 m gacha bo’lganda ППН-50с, ППН-30 markali markazdan qochma osma nasoslar, stvol chuqurligi 400 m gacha bo’lganda esa ВП-2м – yuqori bosimli nasos ishlatiladi.

Ikki pog’onali va ko’p pog’onali nasoslarda stvol uzunligi bo’yicha ikki va undan ortiq nasos uskunalari o’rnatiladi hamda ular chuqurligi 400 m dan ortiq bo’lgan stvollarda qo’llaniladi.

Doimiy mustahkamlagich ornatish. Vertikal stvollarning o’tish sxemalari va mustahkamlagich materiallar hamda konstruksiyalari haqida yuqorida aytib o’tilgan edi.

Ta’kidlab o’tilganidek, eng ko’p tarqalgan o’tish sxemasi birlashgan texnologik sxemasidir. Ushbu sxemani qo’llaganimizda beton mustahkamlagich balandligi 1 – 2,5 m bo’lgan alohida qismlarga bo’lib, yuqoridan pastga qarab mustahkamlanadi. (4.7 rasm).





4.7 rasm. Stvolda beton mustahkamlagichni tabaqali opalubka yordamida o’tish sxemasi:

1- Tabaqali opalubka; 2 – taglik; 3 – shvellerdan xalqa; 4 – ustun; 5 – sharnirli ilgak; 6 – surilma; 7 – pona; 8 – pnevmovibrator; 9 – qabul qiluvchi tarnov; 10 – voronka; 11 – quvur stavi; 12 – betonni haydash uchun xartum

Betonni joylash uchun metal qobiqli opalubka ishlatiladi. Tabaqalar ishchi holatda pona va surilma yordamida yopiladi. Tabaqani betondan uzish qo’lda bajariladi.

Beton stvolga diametri 150 – 400 mm bo’lgan metal quvur orqali uzatiladi. Beton aralashmasi opalubka orqasiga bir tekisda qatlamlab, vibrator yordamida zichlanib boriladi. Tez qotuvchi beton bilan stvolni betonlash tezligi bir siklda 1,9 – 2,1 m/sutka, ikki siklda esa 3,8 – 4,2 m/sutkani tashkil qiladi.

Tabaqali opalubkani qo’llash stvolni mustahkamlashni deyarli to’liq mexanizatsiyalashni ta’minlaydi, yordamchi mustahkamlagichni talab qilmaydi, mustahkamlovchi ishchining ish unumdorligini oshiradi va ishga ketgan xarajatni pasaytiradi.

Shaxta vertikal stvollarini armirovka qilish

Mustahkamlagich o’rnatayotgan vaqtda stvol armirovka qilinadi.

Armirovka stvol loyihalangan chuqurlikkacha to’liq o’tilgan va mustahkamlanganidan keyin yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. Armirovka ishlari odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda yuqoridan pastga – metall rasstrellar, ikkinchi bosqichda esa teskari yo’nalishda – o’tkazgichlar.

Ishni tashkil etish va texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlar. Stvollarni o’tish siklik grafiklar asosida amalga oshiriladi. Stvol o’tishda bir siklning davomiyligi birdan to’rt smenagacha o’zgaradi.



2. Stvollarni o’tishning maxsus usullariga qoqib qo’yiladigan va ko’tarib-tushiriladigan mustahkamlagichlar bilan, siqilgan havo ostida, suvni pasaytirish usuli bilan, tamponlash bilan, muzlatish va skvajina burg’ulash usullari kiradi.

Stvollarni qoqiladigan mustahkamlagich orqali otish

Bu usulning mohiayti shundan ibotarki, bunda qazib olish va doimiy mustahkamlagich o’rnatishning xavfsiz bo’lishi uchun laxm vaqtinchalik mustahkamlagich bilan chegaralangan bo’ladi.

Vaqtinchalik mustahkamlagichlar yog’och yoki metal bo’lishi mumkin. Odatda metall qoziqlar (shpuntlar) qo’llaniladi. Shpunt profillari yassi, S-simon va ikki quvurli bo’linadi. Qoqiladigan mustahkamlagich tog’ jinslari nomustahkam tarkibida ko’p suv saqlagan va qalinligi 6 – 8 m bo’lgan sochma tog’ jinslarida stvol barpo etilayotganda ishlatiladi.

Bugungi kunda qoqiladigan mustahkamlagichlar ish hajmining ko’pligi va laxm o’tish tezligining pastligi uchun kamdan-kam, asosan foydali qazilma qidiruv laxmlarida va ventilyatsion shurflarni o’tishda qo’llaniladi.



Tushiriladigan mustahkamlagiсh orqali o’tish

Tushiriladigan mustahkamlagich xuddi qoqilib qo’yiladigan mustahkamlagichdek oldindan qo’yiladigan mustahkamlagich hisoblanadi. Tushiriladigan mustahkamlagich silindr shakliga ega bo’ladi va g’isht, beton, temirbeton hamda metal tyubinglardan tayyorlanadi. Tushiriladigan mustahkamlagich boshmoq 1, kesuvchi boshmoqda joylashgan o’z mustahkamlagichi 2 dan iborat. (4.8 rasm)





4.8 rasm. Stvolni tushiriladigan mustahkamlagich yordamida o’tish:

аг — o’tish bosqichlari
Tushirish silindri qurilganidan so’ng tog’ jinslarini qazib olishga o’tiladi. Shu bilan birga mustahkamlagich o’z og’irligi ta’sirida pastga tusha boshlaydi. Agar mustahkamlagichning o’z og’irligi kamlik qilsa, u qo’shimcha yuk yoki gidravlik domkratlar yordamida majburiy bosiladi.

Tushiriladigan mustahkamlagich qo’llanilganida laxm o’tishning ishonchliligi to’liq ta’minlanmaydi – mustahkamlagich tiqlib qolishi, bukilishi mumkin. Bu usulda stvol o’tishning ‘rtacha tezligi juda kichik (4 – 6 m/ oy).

Siqilgan havo ta’siri ostida stvol o’tish (kesson usuli)

Stvollarni kesson usulida qurish – tarkibida suv saqlagan qum va suyuq loylardan laxm o’tganda, o’tish ishlari maxsus kamerada yuqori bosim ostida amalga oshiriladi. Siqilgan havo ta’sirida zaboydagi suv saqlagan qatlam siqiladi va undagi suv zaboydan stvol tomonga chiqariladi hamda shu tariqa mahalliy quritish amalga oshiriladi.



Bu usul statik bosimi 2 at dan oshmagan suyuq loylarda qo’llaniladi. Siqilgan havo yordamida stvol qurish uchta sxema bo’yicha amalga oshirilishi mumkin: tushiriladigan ishchi kamera bilan, qo’zg’almas ishchi kamera bilan va birlashgan sxema bo’yicha.



4.9 rasm. Siqilgan havo orqali stvol o’tish sxemalari

Suv sathining pasayishi orqali stvol o’tish

Bu usul stvol o’tish chegarasida laxm yuzasida burg’ulangan suv pasaytiruvchi skavajinalar yordamida yer osti suvlarining statik darajasi sun’iy ravishda pasaytiriladi. Suv pasaytirilishi natijasida tog’ jinslari quritiladi va ularning mexanik xususiyatlari o’zgartiriladi.

Tog’ jinslarini tamponlash usuli bilan stvol o’tish

Tamponlash usuli mustahkam tog’ jinslaridagi yoriqlar va bo’shliqlarni turli qotirish xususiyatiga ega bo’lgan aralashmalar bilan to’ldirishga asoslangan.

Tamponlash ko’pincha sement aralashmasi bilan bajariladi. Bu holda tamponlash jarayoni sementlash jarayoni deb yuritiladi. Sementlash yuzadan burg’ulangan skvajinalar orqali yoki stvol zaboyida amalga oshirilishi mumkin. Yuza qismidan sementlash uncha chuqur bo’lmagan yotqiziqlarda qo’llaniladi. Yuza qismidan sementlashda stvol atrofida 1, sementlanadigan tog’ jinslari 3 qalinligi bo’yicha skvajinalar burg’ulanadi 2. Skvajinalar stvol konturidan 1,5 – 2 m masofada burg’ulanadi. Skvajinalar orqali tog’ jinslaridagi yoriqlarga ularni to’ldirish va suv o’tkazmaydigan qilish uchun bosim ostida sement aralashmasi haydaladi.





4.10 rasm. Togjinslarini sementlash sxemasi

Tarkibida suv saqlovchi tog’ jinslari qatlamlariga yetmasdan 2 – 3 m oldin laxm o’tish to’xtatiladi va 12-18 m chuqurlikka burg’ulangan 3 skvajinalar orqali 2 konduktorli suv o’tkazmaydigan beton tayyorlanadi. Aralashma skvajinaga 10-30 at bosim ostida yer yuzida joylashgan maxsus nasoslar orqali uzatiladi. Sementlash jarayoni tugatilganidan keyin stvol o’tish 4 zaxodkaning butun uzunligi bo’yicha oddiy usul bilan amalga oshiriladi. Keyin yana skvajinalar burg’ulanadi va sementlash ishlari bajariladi va barcha ishlar takrorlanadi.

Tog’ jinslarini oldindan muzlatib qo’yib stvol o’tish

Ushbu usulda stvol atrofi yuzasidan 2 – 4 m chuqurlikdagi skvajinalar burg’ulanadi. Skvajinalarga ta’minlovchi quvurlar orqali sovutuvchi aralashma haydaydigan muzlatuvchi ustunlar tushiriladi. Aralashma muzlatuvchi ustun bo’ylab yuqoriga ko’tarilib, atrof jinslardagi issiqlikni bartaraf etadi. Buning natijasida svol atrofida muzli silindr hosil bo’ladi va uning himoyasi ostida kon-o’tish ishlari bajariladi.

Sovuqlik uzatuvchi aralashma sifatida odatda kalsiy xlor (tuzli suv) skvajinaga noldan past 22-250 harorat ostida uzatiladi. Aralashmaning muzlashi uchun bug’langanda issiqlikni yutadigan suyuq ammiak va uglekislota ishlatiladi.

Muzlatuvchi uskuna ikki pog’onali compressor 8, kondensator 9, nasoslar 2 va bug’latuvchi 1 dan tashkil topgan. (4.11 rasm).




4.11 rasm. Muzlatuvchi uskunaning sxemasi

Bug’latuvchida sovutilgan aralashma aralashma o’tkazgich 3 va taqsimlovchi xalqa 6 orqali muzlatuvchi ustunlar 5 ga uzatiladi. Ta’minlovchi quvur bo’ylab aralashma ustun ostiga tushiriladi va xalqali maydon orqali yuqoriga ko’tariladi. Muzlatuvchi ustundan chiqayotgan aralashma kollektorga tushadi va orqaga qaytaruvchi aralashma uzatuvchi orqali bug’latuvchiga qaytadi. Muzlash jarayonini kuzatish nazorat skvajinalari orqali amalga oshiriladi.

Oldindan muzlatish usuli bilan stvol o’tish tarkibida suv saqlagan tog’ jinslarining qalinligi 10 m dan 100 m gacha bo’lganda qo’llaniladi. Maxsus usullarning barchasidan bu usul eng keng tarqalgan va u eng universal hamda ishonchli usul hisoblanadi. Bu usulda stvol o’tishning o’rtacha tezligi 30 – 25 m/oy ni tashkil qiladi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish