Empirik tadqiqot usullari.
Metodologik nuqtai nazardan eksperiment
ilmiy-tadqiqotni sust faoliyatdan faol faoliyatga o`tishini ta`minlaydi. eksperimentda
ob`ektni o`rganish sharoitini o`zgartirish, uni sof holda bajarish, qaytarish, hamda
soddalashtirilgan, kichiklashtirilgan modellarda o`rganish mumkin.
Empirik tadqiqot metodlariga
•
kuzatish,
•
qiyoslash,
•
hisoblash,
•
o`lchash
•
va eksperiment kiradi.
Kuzatish
deb – ma`lum bir ob`ektni muntazam ravishda bir maqsad yo`lida
o`rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish usuliga aytiladi.
Ilmiy kuzatish quyidagi komponentlarni o`z ichiga oladi:
❖
ob`ekt tanlash,
❖
maqsad qo`yish, uni tavsiflash,
❖
xulosa chiqarish.
Kuzatishda ob`ektni o`rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda
faqat ob`ektning hossasi, o`zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot natijalari
bizga real mavjud ob`ektlarning tabiiy hususiyatlari va munosabatlari haqida
ma`lumot beradi. Bu natijalar sub`ektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog’liq
bo`lmaydi.
Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
•
Oldindan ataylab maqsad qo`yish.
•
Rejalashtirish
•
Maqsad yo`lida vazifani yo`naltirish, ya`ni ob`ektning eng ahamiyatli
tomonlarini o`rganish.
•
Faollik, ya`ni ayni kerakli hodisalarni izlash.
•
Muntazamlilik, ya`ni kuzatishni ma`lum bir tizim bo`yicha olib borish.
12
Zamonaviy fanda kuzatish turli asoboblarni qo`llash bilan bog’liqdir. Ular
birinchidan, sezgi organlarini kuchaytirsa, ikkinchidan kuzatilayotgan hodisalarni
baholashdagi sub`ektlashuvdan saqlaydi.
Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o`zining murakkabligi bilan ajralib turadi,
chunki bu holda uning natijasi ko`p miqdorda kuzatuvchining shahsiga va uning
o`rganilayotgan hodisalarga bo`lgan munosabatiga bog’liq.
Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, kino
va foto hujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi.
Qiyoslash usuli
bilishning keng tarqalgan usuliga kiradi va “hamma narsa
qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha
ob`ektlar uchun umumiy bo`lgan va faqat o`ziga hos jihatlar aniqlanadi. Qiyoslash
qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir. Qiyoslash unumli bo`lishi uchun
2ta talabga rioya qilish zarur:
1. Qiyoslash uchun ular o`rtasida muayyan ob`ektiv umumiylik bo`lgan
ob`ektlargina tanlanishi kerak.
2. Taqqoslash jarayoni eng ahamiyati belgilar va hossalar bo`yicha amalga
oshirilishi zarur.
Qiyoslash asosida olingan natijalar “kattaroq, kichikroq yoki teng” degan
javoblar bilan hulosa qilinadi.
Hisoblash deb
– tor tehnik ma`noda berilgan majmua yoki to`plamdagi bir
tipli ob`ektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Hisoblashni amalga oshirish
uchun farqni aniqlash, har bir diskret ob`ektni ko`ra bilish lozim. Hisoblashning
natijalari bo`lib sonlar hisoblanadi. Ular EHM da tahlil qilish uchun asosiy manba
bo`lib hizmat qiladi.
O`lchash deb
– ma`lum bir kattalikni o`lchov birligidagi etalonga nisbatan
raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo`lgan fizik jarayonga aytiladi.
O`lchashda quyidagi komponentlarning bo`lishi talab etiladi:
•
O`lchash ob`ekti;
•
Etalon;
•
O`lchov asbobi;
13
•
O`lchash metodi.
Qiyoslashdan farqli o`laroq, o`lchash bilishning ancha aniq vositasi
hisoblanadi. Bunda atrof borliqdagi ob`ektlar haqida yuqori aniqlikdagi ma`lumot
olinadi. O`lchash metodi eksperiment va nazariya orasidagi bevosita bog’lanishni va
ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to`g’riligini ta`minlaydi.
O`lchash haqidagi fan metrologiya deb ataladi.
Hisoblash bilan o`lchash miqdoriy ma`lumot olishning asosiy metodlaridir.
Ularning natijalari sonlardir. Hisoblash nazariy jihatdan hatolarsiz bo`ladi, ammo,
o`lchash behato bo`lmaydi. O`lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini
belgilaydi.
Eksperiment
- bu ilmiy bajarilgan tajriba bo`lib, ilmiy tadqiqotning mehnat
ko`p talab qiladigan tehnik murakkab bosqichidir. Ko`p hollarda eksperiment
nazariy tadqiqotlardan keyin amalga oshiriladi. Bunda eksperiment nazariy
tadqiqotlar natijalarini tasdiqlaydi yoki rad etadi. Lekin boshqacha navbat bo`lishi
ham mumkin, ya`ni birinchi eksperiment o`tkaziladikeyin esa nazariy tadqiqotlar
o`tkaziladi. Bu hol qachon nazariy baza kam bo`lganda amalga oshiriladi. Bunda
nazariy tadqiqot eksperiment natijalarini umumlashtiradi.
Empirik tadqiqot usullari farazni dalillash uchun asos bo`lib qolmay, balki
yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |