2.1-rasm.
6-bosqich.
Tajribaviy namunani me`yoriga etkazish:
6
- tajribaviy namunaning qismlari, bloklari va uni to`la ravishda sinovdan keyin
ishlashini tahlil qilish;
- ishonchlilik talablariga javob bermaydigan ayrim qismlar, bloklar va
detallarni almashtirish.
7-bosqich.
Davlat sinovi:
tajribaviy namunami davlat sinoviga topshirish; davlat sinovini o`tkazish va
sertifikatsiya.
2.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlari
Metodologiya
tushunchasi– faoliyatda qo`llaniladigan ma’lum usullar tizimi
(fanda, siyosatda, san’atda va h.k.) va tizim haqidagi ta’limot yoki metod
nazariyasi. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi
boshqa vositalarni ham o`rganadi.
Ixtiyoriy fanning asosi metodologiyadir.
Metodologiya
termini orqali
faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi
ta`limot tushuniladi.
Metodologiya
–o’rganilayotgan masalani xususiyatlarini e`tiborga olgan holda
tadqiqot metodlarini tanlash va qo’llash imkonini yaratib beruvchi fandir.
Maxsus-ilmiy va falsafiy metodologiyalar mavjud bo’lib, maxsus –ilmiy
metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi:
•
umumiy va ilmiy metodologik kontseptsiyalar;
•
alohida maxsus fanlar metodologiyasi;
•
tadqiqotlar metodiqasi.
Kimki metodologiyani yahshi bilsa, u muammolarni yechish uchun eng
maqbul tadqiqot metodlarini tanlay oladi, avvalgi tadqiqotlarning` natijalari asosida
yangi ilmiy nazariyani yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning
yig’indisi esa ushbu fanning tadqiqot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy
metodologiyaning` ma`lum bir pog’onasi hisoblanadi.
7
Metod
(yunon.
metodos
– usul)– keng ma`noda yo`l, ijodiy faoliyatning har
qanday shakli kabi ma`nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma`lum qoida,
tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig’indisi hamdir.
Metod-
ilmiy tadqiqot metodikasining asosidir. Metod deganda
ma`lum
jarayonni nazariy jihatdan ta`riflab berish va amaliy jihatdan amalga oshirish uchun
foydalaniladigan usul tushuniladi.
Metod metodikada konkretlashtiradi. Tadqiqodlarni ma`lum bir ketma –
ketlikda va yuqori samarada bajarish uchun qo’llaniladigan metodlarning tizimi
metodika
deyiladi.
Metodikalar turlicha bo’lishi mumkin: eksperimental va nazariy tadqiqodlar
metodikasi, olingan natijalarni qayta ishlash va rasmiylashtirish metodikasi,
tadqiqotlar samarasini baholash metodiqasi va h.k.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini,
vositalarini to’g’ri tanlab olish va metodikani ilmiy jihatdan asoslash lozim.
Pospulatlar va aksiomalar
ilmiy bilishning` boshlang’ich holati hisoblanadi,
ular tizimlashtirishning` boshlang’ich shakli bo’lib, ta`limot, nazariya va h.k.larning
asosini tashkil qiladi.
Ta`rif
ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U
mavjud ob`ektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek,
yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy
tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi.
Ilmiy bilim tarkibida ilmiy qonunlar
muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat,
jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi obektiv ichki
bog’liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar va
kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi
dalil materiallari etarlicha bo’lmasa, unda
faraz (gipoteza)
dan foydalanadi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko`ra bir necha
guruhga bo`linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy
tadqiqot metodlari,
empirik tadqiqot metodlari
,
nazariy tadqiqot metodlari
,
8
umummantiqiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari,
ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir.
Bular orasidan quyidagi muhandislik sohasiga ta`luqli ilmiy tadqiqot
metodlarini ko`rib chiqamiz:
•
Nazariy tadqiqod metodlari.
•
Empirik va nazariy tadqiqod metodlari.
•
Empirik tadqiqot metodlari.
Nazariy tadqiqot metodlariga
•
abstraktsiyalash
•
umumlashtirish,
•
aksiomatik,
•
formatlashtirish metodlari kiradi.
Abstraktsiyalash
(lot.
abstractio
– mavhumlashtirish) metodi- ob`ektni
ahamiyatsiz hossalardan uzoqlashtirib, tadqiqodchini qiziqtiruvchi ba`zi bir
tomonlarini ajratib olishga asoslanadi. Abstraktsiyalash metodi 2 ta bosqichga
bo`linadi. 1-bosqichda e`tiborga olinmasa ham bo`ladigan omillar aniqlanadi. 2-
bosqichda ob`ektni xossalarga uncha boy bo`lmagan soddalashtirilgan model bilan
almashtiriladi.
Abstraktlashtirish sezishdan xayoliy obrazga o`tishdagi bilish jarayonining
muhim bosqichidir.
Umumlashtirish
–
konkreklashtitish
(lot.
concretus
– umumlashtirish) deb
umumiy holatni shakllanishi va ob`ektlar majmuasidagi eng ahamiyatli
munosabatlarni aniqlash metodiga aytiladi. Umumlashtirish yangi ilmiy
tushunchalarni hosil bo`lishi va yangi qonun va nazariyalarni shakllanishi uchun
vosita hisoblanadi.
Aksiomatik
metod - aksiomalarga, ya`ni isbotsiz qabul qilingan muqarrar
holatlarga asoslanadi. Unda nazariya, deduktsiyadan foydalanilgan holda mantiqiy
isbotlar yordamida yaratiladi. Bu ilmiy bilimlarni tashkil etilishi va bir tizimga
keltirilishidagi eng talabchan va aniq metoddir. U ko`proq nazariy fanlarni
rivojlanishda ishlatiladi.
9
Formatlashtirish –
u ob`ektni biror –bir sun`iy tilning (masalan matematika,
kimyo) belgisi shaklida tasvirlash orqali o`rgatishga imkon beradi. Ushbu metod
muammoni umumiy holda echish imkonini beradi. Bunda ob`ektning e`tiborli
tomonlari matematik termin va tenglamalar bilan ifodalanadi. Keyin ular bilan
qoidalar yordamida amallar bajariladi.
Empirik –nazariy tadqiqot metodlari.
Ushbu metodlarga
•
Do'stlaringiz bilan baham: |