Shunday qilib bu tadqiqotlarga quyidagicha izoh berish mumkin:
Fundamental (nazariy) tadqiqotlar
– tabiat va jamiyatdagi yangi hodisa va
qonuniyatlarni ochib berishga va yangi nazariyalarni yaratishga qaratilgan ilmiy
izlanishlardir. Bu izlanishlar biror ob`ekt, narsa, voqea va hodisalar tabiatida va ular
orasidagi bog’liqligida nimalar yotishini ilmiy asoslab berishga, kishilar bilim
doirasini oshirishga, insoniyatning mavjud dunyoni chuqurroq tushunishiga
qaratilgan.
Fundamental (nazariy) tadqiqotlarda tavakkalchilik va mavhumlik darajasi
katta va konkret ijobiy natija olish ehtimolligi 10 % dan oshmaydi. Lekin shunga
qaramay fundamental tadqiqotlar fanning va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun
asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |