Ma’ruza 18. Adsorberlar konstruksiyasi. Nasadka turlari. Reja : Davriy adsorberlar 2



Download 387,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi387,93 Kb.
#471472
  1   2   3   4
Bog'liq
mavzu-18 adsorberlar kons



Ma’ruza 18. Adsorberlar konstruksiyasi. Nasadka turlari. 
Reja

1. Davriy adsorberlar 
2.
 
Mavhum qaynash qatlamli adsorber 
3.
 
Bir va ko‘p pog‘onali, mavhum qaynash qatlamli adsorber 
Jarayonni tashkil etish bo‘yicha adsorberlar 2 guruhga bo‘linadi: davriy va 
uzluksiz. 
Davriy adsorberlar 
qo‘zg‘almas va mavhum qaynash qatlamli bo‘ladi.
18.1-rasm. Qo‘zg‘almas qatlamli adsorber. 
1
-qobiq; 2-kolosnikli panjara; 3-halqasimon truba; 4-adsorbent
 
 
Vertikal silindrik adsorber
- davriy ishlaydigan adsorberlarning eng ko‘p 
tarqalgan konstruksiyasidir (18.1-rasm).
Kolosnikli panjara 2 ga qurilma tepa qismidagi lyuklar orqali adsorbent 
granulalari yuklanadi. Qurilmaning pastki qismidagi lyuklar orqali esa, ishlatib 
bo‘lingan adsorbent to‘kiladi. Bu turdagi adsorberlar bug‘-gaz aralashma va 
suyuqlik eritmalarini tozalash uchun ishlatiladi. Boshlang‘ich aralashma va o‘tkir 
bug‘ni uzatish uchun adsorberda tegishli shtutserlar o‘rnatilgan. Odatda, 
boshlang‘ich eritma adsorberning halqasimon trubasi 3 orqali pastdan yuqoriga 
harakatlantiriladi. Bug‘-gaz aralashmasi esa, yuqoridan pastga qarab uzatilishi 
mumkin. Bunday qurilmalarda, desorbsiya jarayonida o‘tkir bug‘ halqasimon truba 
3 orqali yuboriladi. 
Bu turdagi adsorberlarda adsorbsiya jarayoni 4 bosqichda o‘tadi: adsorbsiya, 
desorbsiya, quritish va adsorbentni sovitish. Jarayon tugagandan so‘ng, ishlatilib 


bo‘lingan adsorbentni qayta tiklash masalasi paydo bo‘ladi. Adsorbentdan yutilgan 
moddani desorbsiyalash texnologik jarayonning zarur bosqichidir. Ushbu 
bosqichda birdaniga ikkita masala echiladi: adsorbentni qayta tiklash va moddani 
ajratib olish. 
Desorbsiyalashning asosiy usuli bu to‘yingan suv bug‘i yordamida 
adsorbentdan yutilgan komponentni siqib chiqarish. Desorbsiya jarayoni tezligini 
oshirish uchun jarayon yuqori temperaturalarda o‘tkaziladi. 
Vertikal, qo‘zg‘almas halkasimon adsorbent qatlamli adsorber 

bug‘-gaz 
aralashmasidan komponentlarni yutish uchun mo‘ljalangan (18.2-rasm). Adsorber 
vertikal qobiq 1 dan iborat bo‘lib, uning ichida ichki 2 va tashqi 3 panjaralar 
orasiga adsorbent 4 joylashgan bo‘ladi. Absorbsiya bosqichida bug‘-gaz 
aralashmasi adsorberning pastki qismiga beriladi va halqasimon adsorbent 
qatlamining kesimi bo‘yicha taqsimlanadi. Adsorbent qatlamidan o‘tib, tozalangan 
bug‘-gaz aralashma markaziy patrubkadan chiqib ketadi. Desorbsiyalash 
bosqichida suv bug‘i adsorberning markaziy patrubkasi orqali uzatiladi. 
Desorbsiyalangan komponent va suv bug‘larining aralashmasi qurilmaning pastki 
qismidagi shtutser orqali chiqariladi. Adsorbentni quritish uchun issiq, sovitish 
uchun esa - sovuq havo yuboriladi. Adsorbent sovutilgandan so‘ng sikl yana 
qaytadan takrorlanadi. Adsorbentni yuklash qurilmaning tepasidagi lyuk, to‘kish 
esa-pastki techka orqali amalga oshiriladi. 

Download 387,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish