Ma’ruza №11 gapning uyushiq bo‘laklari


Mashq: Berilgan gaplardagi ajratilgan bo'laklarning qaysi gap bo'lagiga oidligini ayting



Download 48,01 Kb.
bet10/20
Sana02.01.2022
Hajmi48,01 Kb.
#312335
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
GAPNING UYUSHIQ BO'LAKLARI

Mashq: Berilgan gaplardagi ajratilgan bo'laklarning qaysi gap bo'lagiga oidligini ayting.

1. Dadam shu atrofdan - qishloqning chiqaverishidan - do'kon qidirdi. (A.Q.) 2. Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o'zini odamlarning orasiga oldi. (A.Q.) 3. Unsin uchun, bechora qiz uchun, hu qanday mudhish motam! (O.) 4. Cho'ponotadan bir chaqirimcha pastlikda, Bo'zsuvning naq bo'yida, uch-to'rt tup jiyda o'sgan bir xilvat joy bor. (O.Yo.) 5. Bektemirga,sobiq sodda cho’ponga,komandirning fikri g’oyat yoqdi. (O.)

6. ...Bu kampir Toshkentda ishlaydigan o'g'linikida bir oy turib, yana qishloqqa, boshqa bolalari, nevaralari huzuriga ketayotgan ekan. (M.Salom) 7. Axir uning, Vohidning ham o'ziga yarasha obro'si, yigitlik g'ururi, izzat-nafsi bor-ku! (O.Yo.) 8. Mana hozir ham Akromning yolg'iz unga, Sayyoraga, tanish bo'lgan bo'lakcha bir samimiyat to'la xatini o'qirkan, ...tomog'iga bir nima kelib tiqildi. (O.Yo.) 9. Soyda,qo’shyong’oqning tagida, oppoq qorga ko’milib uzoq turdi. (O.Y.)
Bilib oling. Yuqoridagi mashqdan ma’lum bo’ladiki,hollar ham, to’ldiruvchilar ham, aniqlovchilar ham ajratilgan holda qo’llanishi mumkin.

Ajratilgan hol o’zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi,izohlaydi. Ajratilgan bo’lak vazifasida, ko’pincha, o’rin, payt hollari keladi: Hu ana shu joyda, taxta ko’prikning ostida, kichik bir buloq bor. (A.Q.)

Ajratilgan to’ldiruvchi o’zidan oldin kelgan to’ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Vositasiz to’ldiruvchi ham , vositali to’ldiruvchi ham ajratilgan bo’lak sifatida qo’llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so’zini, esingda tut. Xatni uning o’ziga, Muqaddasga, bering.

Ajratilgan aniqlovchi shaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarashliligini ta’kidlab, ayirib ko’rsatish uchun qo’llanadi: Qobil bobo, yalangbosh,yalangoyoq, eshik yonida dag’-dag’ titraydi. (A.Q.) Bizning, o’quvchi yoshlarning, o’zimizga yarasha or-nomusimiz bor.

Ajratilgan izohlovchilar , asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o’ziga xos ohang bilan aytiladi.

Ajratilgan izohlovchilar,ko’pincha, egaga taalluqli bo’ladi: O’g’lim, qo’zichog’im, orom olib uxlayapti, - dedi ona. Birozdan so’ng Hasan aka, fizika o’qituvchisi, kirib keldi.



Download 48,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish