buziladi. Mashinaning boshlang’ich xususiyatlari buzilishiga asosiy sabablar
sifatida uning ish sharoitini buzilishini, unga o’z vaqtida texnik xizmat
ko’rsatilmasligini, tuzatish sifati pastligi va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Odatda detallarning shikastlanishi mashinalarni
ishlatish va ularga texnik
xizmat ko’rsatish qoidalarining buzilishi natijasida va ayrim xollardagina
metalning toliqishi yoki undagi yashirin nuqsonlar (darzlar, bo’shliqlar) oqibatida
yuz beradi. Ishlatish qoidalariga amal qilinganda, tutash detallarning yeyilishi
ularning ishlash vaqtiga bog’liq ravishda asta-sekin ortib boradi.
Mashina
detallarining 80% dan ortig’i yeyilish natijasida ishdan chiqadi.
Mashinalarning puxtaligi tirsakli vallar, mahoviklar, shkivlar ishlaganda
mashinalarning titrashiga ko’p darajada bog’liq bo’ladi. Ayrim detallarning
tuzatish, almashtirish chog’ida
ularning muvozanati buziladi, bu esa mashina
ramasining titrashiga olib keladi. Tez aylanuvchi detallar ishlaganda yuzaga
keluvchi titrash turli detallarda, podshipniklarda qo’shimcha yuklanishlar hosil
qiladi.
Detallarning muvozanatlanmaganligi bir qancha sabablari:
ularning
o’lchamlari noto’g’riligiga, materialining zichligi notekisligiga, yig’ish paytidagi
hatoliklarga bog’liq bo’lishi mumkin. O’qdoshlikning buzilishi natijasida
vallarning podshipniklarida yuklanish keskin ortib ketadi,
bu esa detallarning
foydali ish koeffitsienti kamayishiga hamda ularning ortiqcha yeyilishiga olib
keladi.
1.3.Materiallarning yeyilishi, toliqishi va eskirishi.
Mashinalar ishlayotganda tutash detallarning yeyilishi sababli ular o’rtasida
ruxsat etilmagan kattalikdagi tirqishlar paydo bo’lib ular mashinalarning meyorida
ishlashini buzadi.
Yeyilish tezligi deganda yeyilish kattaligining shu yeyilish uchun ketgan
vaqtga nisbati tushuniladi.
Yeyilish jadalligi deb, yeyilish kattaligining shu yeyilish sodir bo’lgan
yo’lga yoki bajarilgan ish hajmiga nisbatiga aytiladi.
Texnologik mashina va jihozlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ularning
ishchi organlariga fizik va kimyoviy xususiyatlari turlicha bо‘lgan ta’sir
kо‘rsatishlar bо‘ladi. Natijada mashina detallarining
asta-sekin eskirishiga olib
keladi, buning oqibatida ishchi organlarni ishlash qobiliyati pasayib boradi. Ishlash
qobiliyatini pasayishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri bо‘lib ishqalanish va
yemirilish hisoblanadi.
Ishqalanish tabiatning ajoyib hodisasidir. U insoniyatga issiqlik va olov berdi,
tormoz sitemasi tufayli tez yurib ketayotgan poyezd va avtomobilni qisqa vaqt
ichida tо‘xtatish, kimyoviy reaksiyani minglarcha marotaba tezlashtirish, odam
ovozini plastinkaga yozib olish, musiqa asboblari ovozlarini eshitish imkonini va
boshqa kо‘p narsalarni berdi.
Ishqalanish – deyarli har qanday mexanizm
ishlaganida albatta sodir
bо‘ladigan jarayon. Texnikada u ikki xil ahamiyatga ega bо‘ladi. Podshipniklar,
tishli uzatmalar, porshenli tizimlarda ishqalanish sirtlarning yeyilishiga,
quvvatning isrof bо‘lishiga olib keladi. Shuning uchun bu о‘rinda ishqalanish
zararli omil hisoblanadi. Tormozlar va ilashish
muftalarida esa ishqalanish
foydalidir, shu bois bu о‘rinda yeyilishning ruxsat etilgan chekli qiymatlaridan
chiqib ketmagan holda uni ma’lum qiymatgacha oshirishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: