Boshqarish tizimi - yopik zanjirli va ochik zanjirli bo‘ladi.
Boshqarish tizimini tashkil kilishda asosan yopik zanjirli tizim tashkil kilinadi. Bu urinda aks ta’sir etuvchi aloqa (signal) Boshqarishning asosini 16 tashkil kiladi. Aks ta’sir etuvchi aloqani Boshqarishning birinchi asosi deb kabul kilamiz. Demak, boshkaruv asosida jarayon ko‘rsatgichini (boshkariluvchi ko‘rsatgichni) mu’tadil yoki keraklik kiymatidan chetga ogishini to‘g‘rilash yotadi.
Boshqarish axborotli aloqa yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun boshkaruv tizimining ikkinchi asosini axborot - ma’lumotlar majmuasi tashkil kiladi. Xar - xil axborot aloqa vositalarining biror xili orkali yuboriladi. Bu urinda pnevmo, elektr, gidrosignal va boshka aloqa vositalaridan foydalaniladi. Masalan, ma’lum dastur asosida uy xaroratini Boshqarishda kuyidagi avtomatlashtirilgan tizimni ishlatish mumkin, kechasi hamma uxlaganda 18-20 0S, ertalab hamma uygonish davrida 20-240S, hamma uydan chiqib ketganda kunduzi uy isitilmaydi, uning xarorati xovli xaroratiga yaqin , uy egalari kelishiga yaqin yana 20-240S gacha isitiladi.
Yopik zanjirda datchik, rostlagich, ijrochi qurilmalardan foydalanib Boshqarish tizimi tashkil kilinadi.
5-rasmda oddiy Boshqarish mumkin bulgan yopik tizim (lokal) ko‘rsatilgan, u kuyidagilardan iborat: 1-ob’ekt, 2-datchik - signalni birlamchi o‘zgartirgichi (axborot beruvchi), 3-rostlagich (boshkaruvchi), 4-ijrochi (bajaruvchi) qurilma.
5-rasm.
Ob’ektda (1) ketayotgan texnologik jarayonni asosiy bosh ko‘rsatkichini birlamchi o‘zgartirgich-datchik (2) yordamida o‘lchanib, kerakli signalga aylantiriladi. Signal (3) rostlagichga kelganda, rostlagich ko‘rsatkich kattaligini uning belgilangan kiymati bilan solishtiradi. Agar ikkala kiymatda fark bulsa (dyqub-u), rostlagich ma’lum konuniyat buyicha ijrochi qurilmaga (4) rostlash ta’sir signalini yuboradi va ob’ektga farkni kamaytirishga yunaltirilgan ta’sir ko‘rsatadi.
Tashki muxit va xodisalarning ta’siridan ko‘pincha jarayonlarning parametrlari o‘zgarib turadilar. Texnologik jarayonning ketishini o‘zgartiradigan har qanday ta’sir turtki deyiladi. Ularni Boshqarish yuli bilan tuzatilinadi.
Boshqarish - bu ob’ektga optimal yoki buyurilgan tartibda ishlatish maksadida yunaltirilgan ta’sirdir.
Bu ta’sir ABT elementlarining ishlash prinsipaga karab uzluksiz yoki davriy bulishi mumkin.
Boshkarilayotgan parametrlarning belgilangan kiymatlarini o‘zgartirish konuniga karab ABTlari: avtomatik stabillash tizimlari; dasturli Boshqarish tizimlari; kuzatib boruvchi Boshqarish tizimlari va optimal Boshqarish tizimlariga bo‘linadi.
Boshqarish tizimining eng sodda kurinishi bu avtomatik rostlash tizimi (ART) bulib, ART misolida tizim elementlarini aloxida kurib chikaylik (rasm-6).
Rasm-6
RK - rostlovchi qurilma;
IK - ijrochi qurilma; BU - birlamchi o‘lchagich-masofaga signal uzatuvchi;
B -buyurtma;
RK - rostlovchi qurilma;
Pr - o‘zgartirgich;
K - kuchaytirgich;
SE - solishtiruvchi element,
- rostlash ta’sir signali.
Rostlash ob’ekti ART ning asosiy elementi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |