Ma’ruza №1 Kirish. Avtomatika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Reja



Download 11,91 Mb.
bet62/62
Sana31.12.2021
Hajmi11,91 Mb.
#237270
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
majmua

Kiritish-chiqarish interfeyslari.

Tizim shinasi – magistralga tashqi qurilmalarning ulanishi kiritishchiqarish kontrollerlari (KCh interfeyslari) deb ataluvchi elektron sxemalar vositasida amalga oshiriladi. Ular elektr signallari darajasiga mos bo‘ladi, shuningdek mashina ma’lumotlarini qurilma uchun zarur bo‘lgan formatga qayta o‘zgartiradi yoki teskarisi. Odatda KCh kontrollerlari protsessor bilan birgalikda interfeysli plata ko‘rinishida konstruktiv bajariladi. Kiritish-chiqarish jarayonida axborot ikki ko‘rinishda uzatiladi: boshqaruvchi so‘zlar (ma’lumotlar) va xususiy ma’lumotlar yoki ma’lumot-xabarlar. Protsessorning boshqaruvchi ma’lumotlari (ular komandali so‘zlar yoki alomatlar deb ham ataladi), ma’lumotlar uzatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshiradi, masalan qurilmani ishga tushirish, uzish-ajratishni ta’qiqlash va b. Tashqi qurilmalardan uzatiladigan boshqaruvchi ma’lumotlar holat so‘zlari deb ataladi; ularda aniq alomatlar haqidagi axborotlar tashkil topadi, masalan qurilmaning ma’lumotni uzatish uchun tayyorligi, almashuv jarayonida xatolar mavjudligi. Holatlar odatda dekodlangan shaklda namoyon bo‘ladi – har bir alomat uchun bir bit.

KCh operatsiyalarida protsessor murojaat qiladigan bitlar guruhidan iborat registr KCh portini tashkil etadi. shunga ko‘ra kiritish va chiqarishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tashqi qurilmaning umumiy dasturiy modeli KChning to‘rtta registridan iborat bo‘ladi: ma’lumotlarning chiqarish registri (chiqarish porti), ma’lumotlarni kiritish registri (kiritish porti), boshqarish registri va holatlar registri.

7.3-rasm. Tashqi qurilmaning dasturiy modeli

Registrlar – bu protsessorning ichki xotirasi bo‘lib, maxsus xotira yacheykalari qatori, shuningdek, MPning ichki axborot tashuvchilari sifatida namoyon bo‘ladi.

Registr ma’lumotlar, sonlar va komandalarni vaqtinchalik saqlovchi qurilma bo‘lib hisoblanadi va arifmetik, mantiiqiy va o‘tish operatsiyalarini yengillashtirish mAqsadida qo‘llaniladi. Registrning asosiy elementi bitta ikkilik raqamni (razryadni) saqlashga qodir trigger deb ataluvchi elektron sxemadan iborat bo‘ladi. Registr boshqarishning umumiy tizimiga belgilangan tartibda bir-biri bilan bog‘langan triggerlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.

Bajariladigan operatsiyalar turi bilan farqlanadigan registrlarning bir qancha turi mavjud. Bir qancha muhim registrlar o‘z nomiga ega, masalan:

1. Summator- har bir operatsiya bajarilishida ishtirok etadigan AMQ registri,

2. Komanda schetchigi – boshqarish qurilmasi registri tashkil etuvchisi, navbatdagi bajariladigan komanda adresiga mos keluvchi ketma-ket xotira yacheykasidan dasturlarni avtomatik tanlash uchun xizmat qiladi. 3. Komandalar registri – komandani bajarish uchun zarur bo‘ladigan komanda kodini ma’lum vaqt davomida saqlash uchun boshqarish qurilmasi registri. Uning razryadining bir qismi operatsiya kodini saqlash uchun, qolgan qismi operandlar adreslari kodlarini saqlash uchun ishlatiladi.
Nazorat savollari

1. Interfeys nima?

2. Kiritish-chiqarish operatsiyalari jarayonini tushuntiring.

3. Kiritish-chiqarish kontrolleri nima vazifani bajaradi?

4. Axborot uzatishning qanday rejimlari mavjud?

5. Xotiraga bevosita murojaatni tushuntiring.



6. Registr nima?

7.Registrlarning qanday turlarini bilasiz. Ularga ta’rif bering.
Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish