Ma’ruza №1 Kirish. Avtomatika asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Reja


MA’RUZA № 2 Avtomatikaning asosiy tushunchalari



Download 11,91 Mb.
bet2/62
Sana31.12.2021
Hajmi11,91 Mb.
#237270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
majmua

MA’RUZA № 2 Avtomatikaning asosiy tushunchalari

Reja


1. Avtomatikaning asosiy tushunchalari.

2. Boshqarish prinsiplari.

3. Boshqaruvchi tizimlarning turlari.

4. Rostlash algoritmlari.

Tayanch so‘zlar: texnologik jarayon, avtomatlashtirish, boshqarish, kibernetika, boshqarish algoritmi, funksionallash algoritmi, sistema 8

Avtomatik boshqarish nazariyasining asosiy tushunchalari

Ilmiy-texnika taraqqiyotining samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir.

Yangi maqsulot (buyum) tayyorlash uchun yo‘nalgan ishlab chiqarish jiqozlari kompleksi moddiy va energetik oqimlar xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotga ishlov berish va qayta ishlash usullarining vaqt bo‘yicha ketma-ket almashishiga texnologik jarayon deb ataladi.

Ishlab chiqarish jarayonlarini to‘g‘ri kechishi yoki optimal olib borilishi uchun sistemani boshqarish algoritmiga muvofiq ularga aniq ta’sirlar yuborilishi talab qilinadi. Berilgan funksionallash algoritmini bajarish uchun boshqariladigan ob’ektga tashqaridan beriladigan ta’sirlar xarakterini aniqlaydigan yozuvlar to‘plamiga boshqarish algoritmi deyiladi.

Biror bir qurilmada (boshqariladigan ob’ektda) yoki sistemada ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydigan yozuvlar to‘plamga funksionallash algoritmi deyiladi. Har bir sistemada boshqaruvchi va boshqariladigan asosiy qismlar bo‘lib, ular o‘rtasida to‘g‘ri va teskari bog‘lanishlar mavjud.

Kibernetika — boshqarish maqsadida qabul qilish, saqlash va qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday tabiatli sistemani o‘rganadigan fan. Uning predmeti esa boshqarish qonunlarini o‘rganishdir.

Kimyo-fizikaviy jarayonlar va ularni ishlash uchun kerak bo‘lgan qurilmalar to‘plamiga sistema deyiladi.

Sanoatda sistema texnologik jarayon, agregat, mashina, apparat, qurilma, ishlab chiqarishni nazorat va boshqarish qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayonini avtomatik boshqarish sistemasi bir-biri bilan uzviy bog‘langan qismlardan iborat: Texnologik boshqarish ob’ekti (TBO) va boshqarish qurilmasi (BQ).

1-rasm. Texnologik ob’ektlarni avtomatik boshqarish sistemasining struktura sxemasi.
Avtomatik sistemalarni kichik va katta sistemalarga bo‘lish mumkin. Kichik sistemalar ishlab chiqarish jarayoni xossalari bilan aniqlanib u bilan chegaralanadi. Katta sistemalar zsa kichik sistemalardan son va sifat jihatidan farq qilib, kichik sistemalar to‘plamidan iboratdir.

Hozirgi zamon hisoblash texnikasi va avtomatik qurilmalarning rivojlanishi natijasida texnologik jarayonlarda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari TJABSni qo‘llash talab qilinmoqda.

Texnologik boshqarish ob’ekti (TBO) — texnologik jihoz va unda ishlab chiqarish jarayoni reglamentiga muvofiq ravishda kechadigan texnologik jarayonlar to‘plamidir. TBO ga quyidagilar kiradi:

1. Texnologik agregat va qurilma (qurilmalar guruhi);

2. Sexlar yoki texnologik maydonlar;

3. Ishlab chiqarish majmuasi.

Qabul qilingan boshqarish kriteriyasiga muvofiq texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo‘llaniladigan qurilma texnologik jarayon avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (TJABS) deyiladi. TJABS boshqarish kriteriysi — boshqarish ta’siri natijasida texnologik ob’ektni sifatini sonli aniqlaydigan nisbatdir. (Masalan, mahsulot tannarxi, ish unumdorligi, sifat yoki chiqariladigan mahsulotning texnik ko‘rsatkichlari).

Texnologik jarayonlarda odamlarning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.




Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish