Mavzu-4:Xududiy majmualarni shakllanishi va rivojlantirishning asosiy
muammolari.
Reja:
4.1. Xududiy majmualarni shakllanishi
4.2. Xududiy majmualarni rivojlantirishning asosiy muammolari.
4.3. HICHM nazariyasining vujudga kelishi
4.4. HICHM iqtisodiy geografiyada o`rganish masalalari
Tayanch so’z va iboralar
:bozor munosabatlariga o’tish, kontsentratsiya,
muhassamlashuv, yirik sanoat korxonalari, raqobat muhiti, yengil sanoat, og’ir
sanoat, oziq-ovqat sanoati, gorizontal iqtisodiy aloqalar, xom ashyo, tashqi
integratsiya, ixtisoslashuv, tor ixtisoslashuv, texnologik ixtisoslashuv .
Hududiy ishlab chiqarish majmualari (HICHM) iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo’lgan nufuzli nazariy yutuqlardan biridir. Bu
xususda eng avvalo N.N.Kolosovkiyning xizmatini alohida ko’rsatish joiz. XX
asrning yigirmanchi yillarida GOELRO, ya’ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi
doirasida I.G.Aleksandrov ish olib borishda va, ayniqsa, DneproGES loyihasini
ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o’zining nazariyasini yaratdi.
Uttizinchi yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o’rganib rayon
ishlab chiqarish kombinatlarini
barpo etish lozimligini ta’kidladi. N.N.Kolosovskiy
I.G.Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to’g’risidagi ta’limotidan
Ural, Sibir va Qozog’iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi
va shu asosda o’zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to’g’risidagi
ilmiy g’oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olga
fikr edi.
N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog’i, ishlab
chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi.
Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki iqtisodiy
rayonda alohida tanlab olingan ishlab chiqarish korxonalari va aholi lunktlarini bir-
biri bilan bog’liq holda rivojlantirish va joylanishi tashkil etadi. U ishlab
chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi
ekanligini qayta-qayta ta’kidladi va, ayni paytda, ma’lum hududda joylashgan ishlab
16
chiqarish korxonalar yig’indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo’la olmaydi,
deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashqi etadi, xolos.
Demak, biz qo’shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo
har qanday guruh majmua bo’lavermaydi.
Keyinchalik HICHM nazariyasini rivojlantirishga N.N.Baramskiy,
N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Iekrasov, Yu.G.SauShkin,
T.M.KalaShnikova,
M.N.Stepanov,
A.I.CHistobaev,
A.T.XruShev,
M.M.Palamarchuk, M.D.SHarmgin, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, I.Q.Narziqulov,
K.N.Bedrintsev, A.G.Batigin kabi bir qator olimlar o’z hissalarini qo’shdilar.
Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki
geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo’lib, u tashqi rivojlantirish va
hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
M.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy
ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular ,bir hil ma’noga ega) iborasi iqtisodiy
rayonlar to’g’risidagi tushuncha o’rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy
rayonlarning "yadrosi"ni tashkil etadi, xolos, deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy
ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ishlab chiqarish korxonalarini
ma’lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg’un birikmasi sifatida iqtisodiy rayonlardan
farqqiladi.
Albatta, iqtisodiy rayon xo’jaligi o’zining mazmun - mohiyati va maqsadiga
ko’ra har tomonlama (kompleks) rivojlantirish lozim. Ana Shu nuqtai \ nazardan
iqtisodiy rayonlar xo’japigini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi
sifatida ko’riSh mumkin. Bu yerda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik
maqsadida bunday xududiy ishlab chiqarish majmualarini
Do'stlaringiz bilan baham: |