3.2. Iqtisodiy rayonning ta’rifi.
3.3. Iqtisodiy rayonlashtirishning printsip .
12
3.4. Iqtisodiy va sotsial geografik rayonlashtirishning rivojlanish omili.
3.5. Iqtisodiy rayolashtirishning ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar
: Rayon, Iqgisodiy rayon, siyosiy tuzilma, geoiqtisodiy
tuzilma, sotsialistik rejalashtirish, ijtimoiy mehnat taqsimoti, xududiy mehnat
taqsimoti, iqtisodiy-geografik jarayon, ixtisoslashuv, geoiqtisodiy tizim,iqtisodiy-
geografik vaziyat yoki xolat, rayonlar turi,milliy tashqiot, xududiy yaxlitlik .
Hududiy mehnat taqsimoti va uning doimiy "yo’ldoshi" bo’lgan ixtisoslashuv
natijasida iqtisodiy rayonlar shakllanadi. Ular esa mamlakat iqtisodiyotining
hududiy tarkibini tashqi qiladi. Ammo hududiy tarkib faqat iqtisodiy rayonlar
to’ridan iborat emas, u ma’muriy birliklar, tabiiy geografik va gidrolagik omillar
asosida ham belgilanishi mumkin.
Iqtisodiy rayonlar mintaqaviy iqtisodiy va mintaqaviy siyosatning ob’ekti
hisoblanadi. Agar ilgari tashqi rivojlantirish xalq xo’jaligini planlashtirish maqsadida
ajratilgan bo’lsa, hozirgi sharoitda ular ishlab chiqarishni hududiy tashqi qilishning
asosiy shakli, davlat mintaqaviy siyosatining ob’ekti, ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirishni tartibga solib borish va boshqarish uchun zarur. Qolaversa, iqtisodiy
rayonlarsiz mamlakat xo’japigi ichki tuzilishi, hududiy tarkib va tizimini
geografiyasini o’rganish ham qiyin.
Aynan ana shu maqsadlarda iqtisodiy rayonlashtirishning amaliy ahamiyati
yanada oshib bormoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasida 11 ta yirik iqtisodiy
rayonlar negizida yettita federal okruglar ajratilgan. O’zbekistonda ham tashqi
rivojlantirish mamlakatni ijtimoiy-siyosiy tashqi etish va boshqarish uchun kerak.
Iqtisodiy rayonlashtirish mamlakat hududining katta – kichikligiga unchalik
bog’liq emas, eng muhimi tashki makon ichki jihatdan turlangan, hududiy mehnat
taqsimoti rivojlangan bo’lishi talab etiladi. Ichki tafovutlar qanchalik katta
bo’lsa,iqtisodiy rayonlar to’ri va tizimi ham shuncha rivojlangan bo’ladi.
CHunonchi,maydoni juda katta bo’lgan, alohida qit’ada joylashgan
Avstraliya mamlakatida asosan 4 ta iqtisodiy rayon ajratiladi,xolos, vaholanki, unga
qaraganda ancha kichik bo’lgan Yevropa davlatlarida bir qator rayonlar shakllangan.
Iqtisodiy rayonlarning turlari va shakllari ko’p; ular butun mamlakat hududini
o’z ichiga olishi (unda maydon, tashqi ahamiyatidan qatьiy nazar, turli qismlarga
bo’linadi) yoki uning alohida joylarida, ya’ni diskret holda ajratiladi. Bundan
tashqari, iqtisodiy rayonlar umumiy (integral) va tarmoq rayonlarga bo’linadi.
Shuningdek, mamlakat hududi ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial rayonlarga ham ajratilishi
mumkin. Ammo, bu rayonlarning xududiy ko’lami bir-biridan farq qiladi; odatda,
iqtisodiy rayonlarga ko’ra ijtimoiy-iqtisodiy rayonlar kichikroq, ulardan esa sotsial
rayonlar yanada kichikroq bo’ladi. Bunday farqlar har hil turdagi rayonlardagi rayon
hosil qiluvchi omillarga bog’liq.
Ba’zan iqtisodiy rayonlar iqtisodiy geografik rayonlar deb ham yuritiladi. Bu
yerda jiddiy farq ko’rinmaydi, zero har qanday rayon o’z mohiyat va mazmuniga
ko’ra geografiyadir. Shu bois, "geografiya" atamasini ishlatish zaruriyati yo’q;
"xududiy joylashtirish" tushunchasi qanchalik joylashtirish uchun shart bo’lmasa,
tashqi rivojlantirishda ham "geografiya" so’zi shunchalik ortiqchadir
[4]