Iqtisodiy rayonlar turli omillarga qarab ajratiladi. Ular quyidagilar:
____________________________________
4
Bradschaw M. World regional geograhfi. –Boston: «Mc Graw – Hill», 2000.
- hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv;
- bozorga mo’ljallangan tovar mahsulot ishlab chiqarish, bozor makonining
shakllanganligi; « Tabiiy sharoit va qazilma boyliklar, ularning hududiy
birikmalari;
- aholi va mehnat resurslari;
- rayon hosil qiluvchi va uni tashqi etuvchi markaz yoki
markazlarning mavjudligi;
- iqtisodiy geografik o’rin;
- transport to’rining rivojlanganligi;
- mintaqaviy infratuzilma va investitsiya muhitining
shakllanganligi va h.k.
Barcha rayon hosil qiluvchi omil va tamoyillar ikki katta guruhni tashqi qiladi:
tashqi (bozor tashqioti, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kompleks rivojlanish,
transport) va hududiy yoki geografik (tabiiy sharoit va tabiiy boyliklar, infratuzilma
va aholi joylashuv tizimi, geografik o’rin). Bu ikki asosiy qism birligi, ya’ni " tashqi
hudud" iqtisodiy rayon atamasini shakllaitiradi. Shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti,
ekologiya kabilar ham rayon chegaralarini aniqlashda ma’lum ahamiyatga ega.
Yuqoridagi omil va shartlarga ko’ra mamlakatning tashqi makoni bir necha
rayonlarga bo’linadi. Hozirgi sharoitda ayniqsa bozor ta’sir doirasi katta ahamiyatga
ega. Nemis olimi A.Lyosh ham tashqi landshaftlarni (ya’ni rayonlarni) bozor
makoniga qarab ajratgan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda rayon hosil bo’lishi
uchun 2 ta muhim shart bor: rayon hosil qiluvchi markaz va rayon hosil qiluvchi
ixtisoslashgan tashqiot tarmog’i. Uzimizda mahalliy xalq o’zi shu qishloq yashab
turib, tuman markaziga borishni rayonga borib kelish mazmunida talqin qiladilar.
Demak, rayon deganda nimanidir hudud yaqinida, atrofidagi degan ma’no kelib
chiqadi. Ayni chog’da ba’zi olimlar iqtisodiy rayonlarning ob’ektiv borligiga shubha
bildiradilar (masalan, amerikalik R. Hartshorn) va ular faqat rasmiy chegaralarni tan
oladilar. Bu xususda aytish joizki, umuman yoki barcha sohalari qamrab oladigan
"hammabop" rayonlar yo’q, balki aniq sohalarning real hududiy tarkib va tizimlari,
rayonlari mavjud (sanoat va qishloq xo’jaligi, sotsial rayonlar, sanoat tuguni,
shaharlarning aglomeratsiyasi va h.k.).
Hududiy mehiat taqsimotiga o’xshash iqtisodiy rayonlar ham pog’onasimon
bo’ladi. CHunonchi, mamlakat ichida bir necha iqtisodiy rayonlarni birlashtiruvchi
yirik tashqi mintaqa, asosiy iqtisodiy rayonlar, ma’muriy-iqtisodiy rayonlar, viloyat
ichidagi rayonlar va, nihoyat, mahalliy ma’muriy - tashqi rayoinlar (bizning
respublikamizda - qishloq tumanlari) bor. Ularning har biriga turli darajadagi
bozorlar mos keladi.
Har bir yirik iqtisodiy rayon bazaviy tarmoqlarga ega bo’lishlari kerak,
Ularga, masalan, elektroenergetika, qurilish industriyasi kabilar kiradi. Shu bilan
14
birga bu tarmoqlar yuqoridagi 3 guruxdan iborat bo’g’inlarning biriga ham kirishi
mumkin.
Demak, ana shu mazmunda iqtisodiy rayonni hududiy ishlab chiqarish
majmuasi shaklida talqin qilsa bo’ladi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy
rayonlarning o’zagini, asosini tashkil qiladi, ammo rayonning o’zi emas,
Har qanday rayon ilmiy o’rganishning yoki bilim egallashning o’ziga xos usulidir u
klatsifikatsiya va tipologiya singari umumiy guruxlash turlariga kiradi.
Binobarin,rayon hududiy guruhlash demakdir, biroq har qanday guruh kompleks
yoki sistema bo’la olmaydi. Kompleks esa birlik, uyg’unlikni, texnologik aloqalarni
anglatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |