Ma’ruza -4 Qon tizimning yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Yurak qon-tomir tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi Reja



Download 18,02 Kb.
bet2/4
Sana22.07.2022
Hajmi18,02 Kb.
#835495
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu

Qonning tarkibi. Qonga ivitmaydigan modda solib, probirkada bir necha soat saqlansa yoki sentrifuga qilinsa bir-biridan keskin farq qiluvchi ikkita qavat hosil boiadi. Yuqori qavatda yarim shaffof sariq suyuqlik - qon plazmasi, pastki qavatda esa qonning shaklli elementlari: qizil qon tanachalari, ya’ni eritrotsitlar, oq qon tanachalari, ya’ni leykotsitlar va qon plastinkalari, ya’ni trombotsitlar hosil bo’ladi. Qonning taxminan 50-60% ni qon plazmasi, 40-45% ni shaklli elementlar, 8-10% ni turli oqsillar, mineral tuzlar, qand moddasi, fermentlar, gormonlar tashkil etadi. Plazma oqsillari uch guruh boiib, bularning 4,5% albumin, 2,8-3,1% globuminlar va 4-4,5% fibrinogenlardir. Qon tarkibida 0,85-0,9% osh tuzi, kalsiy xlor, bikarbonatlar va 0,12% qand moddasi bo’ladi. Normal fiziologik sharoitda qon plazmasining tarkibi nisbatan turgim turadi.
Qon plazmasining osmotik bosimi. Qon plazmasidagi erigan moddalar asosan mineral tuzlar hisobiga hosil boiadi. Bulardan eng muhimi osh tuzidir. Osmotik bosim organizm toqimalarida suv va erigan moddalarning taqsimlanishida muhim rol o’ynaydi. Odam qoni plazmasining osmotik bosimi 7, 7-8, atmga teng bo’ladi, bu eritrotsitlar bilan hujayralar hayot faoliyatining saqlanishida muhim fiziologik ahamiyatga ega. Agar bu tenglik o’zgarsa, eritrotsitlar bilan hujayralarning faoliyati buziladi. Qon plazmasining osmotik bosimini maxsus retseptorlar boshqaribturadi, muhit doimo bir xil saqlanadi. Qonning muhiti kuchsiz ishqoriy, ya’ni pH-7,36 ga teng.
Eritrotsitlar ikki tomoni botiq ellips shaklidagi yadrosiz hujayralardir. Ularning diametri 7-8 mkm ga, qalinligi 2,52 mkm ga teng, erkaklarda 1 mm3 qonda 4,5-5 mln, ayollarda 4-4,5 mln dona eritrotsit boiadi. Inson organizmida taxminan 25 trillion eritrotsit boiib, har sutkada oigan eritrotsitlar oiniga ko4mikdan taxminan 300 milliard yangi eritrotsit hosil boiadi. Eritrotsitlar hayoti 30-120 kun gacha davom etadi. Eritrotsitlar qizil ilikda yetiladi. Ularning ko’pchiligini (85-90%) qonga rang beruvchigemoglobin tashkil etadi. 100 g qonda o’rta hisobda 16,6-17 g gemoglobin bor.Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin o’pkadan kislorod biriktirib olib, organizmning hujayra va to’qimalariga yetkazib beradi. Gemoglobin gem va oqsil - globindan tashkil topgan bo’lib, gem qismida G4e++ saqlanadi. Eritrotsitlar soni yoki uardagi gemoglobin miqdorining kamayib ketishiga kamqonlik deb ataladi. Eritrotsitlar eng muhim bufer rolini o’ynaydi, qonning faol reaksiyasini saqlaydi. Ular suv almashinuvidagi, oqsillar, yog'lar, uglevodlar parchalanishidagi fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi.
Leykotsitlar, ya’ni oq qon tanachalari yadroli amyobaga o’xshagan harakatlanuvchi hujayralardir. Leykotsitlar 4-14 mikron bo4lib, har 500 eritrotsitga taxminan bitta leylkotsit to’g’ri keladi. 1 mm3 qonda 6-8 ming dona leykotsit bo’ladi. Leykotsitlarning soni organizmning holatiga, ovqatlanishga, muskullar ishi va boshqalarga qarab o'zgarib turadi. Leykotsitlar donador va donasiz leykotsitlarga bo’linadi. Donador leykotsitlarga eozinofillar, bazofillar va neytrofillar, donasiz leykotsitlarga monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Leykotsitlar suyak iligida, taloqda va limfa bezlarida hosil bo’ladi va organizmni turli mikroblardan himoya qilib turadi, unga tushgan yot moddalarni parchalaydi va mikroblarni yutadi. Leykotsitlarning yot moddalarni yutish xususiyatini Mechnikov fagotsitoz deb atagan.

Download 18,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish