Qon plastinkalari. Qon plastinkalari, ya’ni trombotsitlarning diametri 3 mikron. 1 mm3 qonda 200-400 mingtagacha trombotsit bo‘ladi, bular qon ivishida muhim rol o'ynaydi. Trombotsitlar suyak ko‘migida mayda plastinka shaklida ishlab chiqarilib qonga o’tadi. Qonning ivish xususiyati kamayib ketganda odam arzimagan jarohat tufayli qon yo‘qotib, halok bo‘lishi mumkin. Shikastlangan tomirdan oqayotgan qon aksari 3-4 daqiqada iviydi. Qon ivish jarayonining asosiy mohiyati uning plazmasi tarkibidagi qonda erigan fibrinogen oqsilining erimaydigan fibrin ipchalari hosil bo‘lishidir. Fibrinogen faol trombin fermenti ta'sirida fibringa aylanadi. Qonda passiv protrombin bo‘lib, u trombokinaza fermenti va kalsiy tuzi ta’sirida faol trombinga aylanadi. Qonning ivish sxemasini quyidagicha izohlash mumkin.
I faza: protrombin +Ca+trombokinaza = trombin;
II faza: fibrinogen + trombin = fibrin.
2. Katta va kichik qon aylanish doirasi
Qon aylanish jarayonining doimiyligi organizmning hayotiyligini belgilovchi faktordir. Yurakning ishlashi, qon devorlarining elastic bo'lishi, skelet muskullarining qisqarishi, bosimning farq qilib turishi qonning harakatga lceltiruvchi faktorlaridir. Bir butun organizm va organlar faliyati qon aylanish funksiyasi bilan bog'liqdir. Qon aylanish orqali yurak va qon tomirlar faoliyati ta ’minlanib turadi. Yurakdan qon olib lcetuvchi qon tomirlarini arteriya qon tomirlari, yurakka qon olib keluvchi qon tomirlarini vena qon tomirlari deyiladi. Qon qontomirlarda harakatlanar ekan, murakkab yo4lni katta va kichik qon aylanish doirasini bosib o’tadi. Yurak muskullarining qisqarishi qon harakatini boshlab beradigan turtki bo’ladi. Matijada qonning tomirlardan to4qimalarga borishi va yurakka qaytib kelishi, arteriyalardan kapilyarlarga, kapilyarlardan venalarga, venalardan yurak bo’lmalariga o’tishda bosimning pasayishiga bog’liqdir.
Katta va kichik qon aylanish doirasi
Sut emizuvchi hayvonlar va odamda qon aylanishi yopiq bo’lib, kata va kichik qon aylanish doiralariga bo’linadi. Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan chiquvchi eng yirik arteriya, ya’ni aortadan boshlanib, bir oz yuqoriga ko'tariladida, yoy hosil qiladi. Aorta yirik, o’rta diametrli arterial va kapiljyar tomirlarga bo’linadi. Kapillyar, ya’ni qil tomirlar bilan organizm hujayxalam orasida moddalar almashinuvi sodir bo’ladi. Arteriya kapillyarlarni, vena kapillyarlarini, so’ngra mayda venalar, venulalar, keyin уirik vena tomirlarini hosil qiladi. Yirik vena tomirlari yuqorigi va pastki kovak venani hosil qilib, yuraknint o ‘ng bo’lmachasiga quyiladi. Qon aylanishning bu doirasi katta qon aylanish doirasi deyiladi. U organizmning barcha hujayralarini qon bilan ta’minlaydi. Kichik qon aylanish doirasi yurakning o’ng qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanib, o’pkaga boradi va u yerda arteriya, yirik arteriya, kapillyarlarga tarmoqlanib, o’pka hujayralarida gazlar almashinadi, 4 ta o’pka venasi yurakning chap bo’lmachasiga quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi deb yuritiladi. Ona qornidalik davrida homila tug’ulguncha kichik qon aylanish doirasi funksiyalanmaydi. Homilada modda almashinuvi yo4ldosh (platsenta)dagi qon tomirlar vositasida sodir bo4ladi. Bola tug’ilishi bilan uning qon aylanish sistemasida bir qator chuqur o’zgarishlar sodir bo4ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |