Marketing tadqiqotlari


 Marketing muhitidagi muloqotlar



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/207
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#295862
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207
Bog'liq
marketing tadqiqotlari

3. Marketing muhitidagi muloqotlar. 
 
Xaridor  talablari  turli-tuman  bo„lishi  bilan  bir  qatorda  ulardan  qay  birini  birinchi  va 
qaysinisini  keyinroq  qondirishga  bevosita  turli  tovar  yoki  xizmat  ko„rsatuvchi  tashkilotlar  o„zaro 
raqobatlashadilar.  Masalan,  to„rt  a`zoli  oila  rahbari  olgan  maoshini  va  to„plagan  jamg‟armasini 
tabiiyki,  rafiqasi  bilan  nimaga  sarflashni  maslahatlashadi.  Uy-ro„zg‟or  buyumlarini  yangilash, 
bolalar  uchun  kiyim-kechak  olish,  birga  ta`tilni  xorijiy  davlatda  o„tkazish  va  shu  kabi  talablarni 
qondirish  zarurati  va  imkoniyai  bor  deb  faraz qilaylik. Bu tovarlarni  va  xizmatlarni  taklif etuvchi 
tashkilotlar qay tarzda samarali va o„z vaqtida harakat qilsalar, ushbu oila ularning mijozi, xaridori 
bo„ladi. Demak, uy-ro„zg‟or buyumlarini, bolalar kiyim-kechagini sotuvchi tashkilotlar va sayohat 
byurosi oilaning istagini birinchi bo„lib qondirishda raqobatchi hisoblanadilar. 
Muloqotdagi  jamoa  (auditoriya)  –  tashkilot  bilan  bevosita  aloqada  bo„ladigan  insonlar 
guruhi  demakdir.  Tashkilotning  o„z  maqsadlari  sari  yo„naltirilgan  faoliyatida,  u  uch  turdagi 
jamoaga duch keladi: ishtiyoqli, axtarilayotgan va ishtiyoqsiz jamoalar. Ishtiyoqli jamoalar – firma 
uchun  manfaatli  bo„lgan  insonlar  guruhi,  tashkilotlardir.  Masalan,  tayinli  fond  uchun  xayriya 
qiluvchi inosnlar guruhi. Axtarilayotgan jamoatashkilot o„z maqsadlarini  jamoa  maqmadlari bilan 
bog‟lashga  urinayotgan  insonlar  guruhidir.  Odatda  mahalliy  aholi,  ommaviy  axborot  vositalari 
ushbu  turkumga  kiradilar.  Ishtiyoqsiz  guruhlar  esa,  firma  maqsadlari  va  intilishlarini  salbiy  va 
manfaatsiz  deb  hisoblaydigan  insonlar  guruhi  va  tashkilolardan  tarkib  topgan.  Tegishli  tashkilot 
ular  bilan  hamkolikni  istamaydi,  lekin  Ushbu  guruh  talablarini  inobatga  olish,  ular  haraktaini 


 
90 
 
kuzatish  lozim  bo„ladi.  Masalan,  atrof-muhit  va  xaridorlar  (iste`molchilar)  manfaatlarini 
himoyalovyai guruhlar harakatlari bilan tashkilot bevosita aloqada bo„ladi. 
Muloqotdagi  jamoani  yana  o„zgacha  tarzda  turkumlash  mumkin.  Xususan,  faoliyat 
yo„nalishiga ko„ra  jamoani  quyidagicha turkumlash  keng tarqalgan:  moliyaviy  doiralar,  ommaviy 
axborot  vosiatalari  vakillari,  davlat  muassasalari,  fuqvrolik  va  mahalliy  jamoa  vakillari,  keng 
omma, ichki muloqotdagi jamoa. Tashkilot faoliyatini umumiy jihatdan olib qaraydigan bo„lsak, u 
ushbu  yuqorida  sanalgan  jamoa  vakillarining  ishtiyoqlari,  talablari  bilan  bevosita  to„qnashadi, 
tayinli kelishuvlarga, qarorlarga keladi. 
13.2-chizma 
 
Masalan,  har  bir  tashkilot  moliyaviy  doira  vakillari  bo„lmish  bank,  sug‟urta  muassasalari, 
brokerlik  firmalari,  aktsionerlar  bilan  muloqotda  bo„ladi.  Chunki  tashkilotning  moliyaviy  holati, 
aktsiyalari  kursi  Yangi  loyihalari  yuzasidan  beo„osita  mulohaza  va  muloqot  vujudga  keladi. 
Mahalli  jamoa  va  fuqarolik  jamoalari  bir-biridan  farqlanadi.  Mahalliy  jamoa  –  tayinli  firma 
joylashgan  manzilgohdagi  aholi  hisoblanadi.  Bu  jihat,  ayniqsa,  transmilliy  korporatsiyalar 
faoliyatida  yaqqol  ko„rinadi.  Masalan,  IBM  korporatsiyasining  Gonkogdagi  bo„limi  joylashgan 
manzildagi mahalliy aholining munosabati. 
Fuqarolik  jamoalari  jumlasiga  iste`molchilar  himoyasi  jamiyatlari,  turli  yo„nalishlarda 
tuzilgan  harakatlar,  fondlar  hamda  kam  sonli  millat  vakillari  himoyasi  va    hokazolar  kiradi.  Bu 
jamoa  tashkilot  bilan  bandlik,  ish  o„rinlarini  tashkil  etish,  tovarlarni  sinash  va  boshqa  bir  qator 
yo„nalishdagi sohalarda muloqotda bo„ladi. 
Fuqarolik  jamoalari  harakati  amaliyotda  ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  faoliyatiga 
aloqadorligini  yaqqol  sezish  mumkin.  Xususan,  matbuotda  diskriminatsiya,  irqiy  cheklashlar, 
ayollar  mehnati,  atrof  tabiiy  muhit  himoyasi,  ijtimoiy  adolat va  boshqa turkumlardagi  axborot  va 
xabarlar  aksariyat  miqdorni  tashkil  etadi.  Bu  esa,  o„z  navbatida,  firmalarning  fuqarolik  jamoalari 
bilan o„ta ehtiyotkor va e`tiborli munosabatlarda bo„lishlarini talab qiladi. 
Ichki  muloqot  guruhiga  bevosita  tashkilot  tarkibida  amal  qilayotgan  rasmiy  va  norasmiy 
guruhlarni  kiritish  mumkin.  Masalan,  kasaba  uyushmasi,  direktorlar  kengashi  vakillari, 
boshqaruvchilar, ishlayotgan  bolali  ayollar  va xokazolar. Ichki  muloqotdagi  jamoa manfaatlari  va 
talablarini o„rganish korporatsiya madaniyati va turmush tarzining shakllanishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Marketing  makromuhiti  omillari  ko„lami    keng  bo„lib,  ularni  bir  necha  turkum 
komponentlarga ajratish mumkin. 
Demografik  komponent  omillariga  eng  avvalo  tashkilot  faoliyat  yuritayotgan  mamlakat 
aholisining tarkibi, geografik joylashuvi, tarixi, yoshi bo„yicha tarkibi, irqi, etnik va diniy e`tiqodi, 
oila  bunyod  etishi,  migratsiyasi  va  boshqa  shu  kabi  demografik  ahamiyatga  molik  o„zgarishlar 
kiradi.  Izlanishning  boshlang‟ich  nuqtasi  sifatida  dunyo  va  mamlakat  aholisining  tabiiy  o„sishi, 
FIRMA 
Axborot 
vositalari 
Keng 
omma 
Davlat 
muassasalari 
Fuqarolik 
jamoa 
vakillari 
Moliyaviy 
doiralar 
Ichki jamoa 
Mahalliy jamoa 
vakillari 


 
91 
 
aholi  tarkibidagi  o„zgarishlar  olinadi.  Aholi  tabiiy  o„sishi  turli  mamlakatlarda  turlicha  bo„lib, 
aholiii  yoshi  tarkibiga  bevosita  ta`sir  o„tkazadi.  Bu  esa  kup  miqdorda  bo„lgan  aholi  qatlami  
ehtiyojlarini va talablarini qondirish vazifasini vujudga keltiradi. 
Dunyo bo„yicha demografik ahamiyatga ega bo„lgan tendentsiyalar quyidagilardir: 

 
sanoati rivojlangan mamlakatlarda tug‟ilish sur`atining pastligi; 

 
aholining yosh qatlami bo„yicha o„zgarishlarning intensivligi va turli-tumanligi; 

 
oila tarkibi va tuzilishidagi o„zgarishlar; 

 
yuqori ma`lumotlilik va mashg‟ulotdagi o„zgarishlar; 

 
aholining etnik qatlamlaridagi siljishlar va hk. 
13.3-chizma 
 
 
Aholi  tabiiy  o„sishi  natijalarida  xar  ming  kishiga  to„g‟ri  keluvchi  yangi  tug‟ilganlar  soni 
bilan o„lchanadi. Bu ko„rsatkich   masalan, Germaniyada 10,4 kishini,  Avstriya  va Shveytsariyada 
o„rtacha 12 kishini tashkil etadi. O„zbekiston bo„yicha tabiy o„sish 1996 -2000 yillarda o„rtacha 27 
– 29 kishini tashkil etib, shaxar aholisi miqyosida 19-20 kishiga, qishloq aholisi miqyosida esa 30-
33 kishiga teng. 
Bevosita  O„zbekistonda  aholi  tarkibida  bolalar  sonining    ko„pligi,  YAngi  oilalar  vujudga 
kelishining  ortib  borishi  oqibatida  yuqorida  qayd  etilgan  turkumdagi  talabning  o„ta  sezilarli 
bo„lganligini  kuzatish  mumkin.  Xususan,  bolalar  kiyim  –kechaklari,  poyabzallari,  o„qish 
anjomlariga  bo„lgan  talab  xozirgi  paytgacha  xam  to„liq  qondirilmagan.  Bolalar  poyabzali,  kiyim-
kechagi  ishlab  chiqaruvchi  maxalliy  tashkilotlarga  davlat  tomonidan  yaratilgan  imtiyozlarga 
qaramay,  xali  Ushbu  talabni  qondirish  uchun  boshqa  mamlakatlardan  ko„plab  shu  turdagi 
mahsulotlar kelitirilmoqda. 
Iqtisodiyot  omillari  tarkibiga  yalpi  milliy  daromad,  narxlarning  yalpi  o„zgarishi,  turmush 
darajasi, iste`mol qobiliyati va bashqa shu kabi mamlakatdagi xaridorlik saloxiyatini aks ettiruvchi 
ko„rsatkichlar va ularning o„zgarishi kiradi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish