Marketing tadqiqotlari



Download 3,61 Mb.
bet126/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

7.5-jadval


QUEST tahlil matritsasi


Omillar

Ehtimol

1-omil

2-omil

3-omil

4-omil

5-omil

1

2

3

4

5

6

7

1-omil



















2-omil



















3-omil



















4-omil



















5-omil


















Ekspertlar oxirgi bosqichlarda tanlangan omillarni o‘zaro ta’sirni va o‘zaro aloqasini baholashni amalga oshiradi. Baholash ball ko‘rinishida, shuningdek oddiygina mavjud aloqani qayd qiladi.Umuman ushbu uslubiyot korxonada makromuhit ta’sirini hisobga olishi bo‘yicha harakat dasturini ishlab chiqishga tortilgan holda yondashishga olib keladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, marketing tadqiqotlari olib borishda muhit omillarini tahlil qilishda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bir necha omillardan foydalaniladi.

Nazorat va mulohaza uchun savollar


    1. Marketing tadqiqotlari tahlili deb nimaga aytiladi?

    2. Marketing tadqiqotlari usullariga nimalar kiradi?

    3. Strategik marketing tahlili deganda nimani tushunasiz?

    4. Operativ va strategik tahlilning farqi nimada?

    5. “Iste’molchi – savati” deganda nimani tushunasiz?

    6. Mikromuhit omillariga nimalar kiradi?

    7. Makromuhit omillariga nimalar kiradi?

    8. Marketing siyosiy-huquqiy muhiti tahlili qanday omillarni ko‘rib chiqadi?

    9. Bozor salohiyati deganda nimani tushunasiz?

    10. Marketing tadqiqotlari tahlili metodologiyasiga qanday usullar kiradi?
  1. - BOB. SO‘ROV USULLARI VA SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISH. ANKETA TUZISH VA SAVOLLARINI O‘TKAZISH. FOKUS- GURUH





    1. So‘rov o‘tkazish usullari va ularni tanlash

So‘rov bu – tadqiqot ob’ektlari bilan muloqot o‘rnatgan holda axborot to‘plash usulidir.

Bu usul axborot to‘plashning marketingda eng tarqalgan usulidir. U tadqiqotlarning qariyb 90%ini o‘tkazishda qo‘llanadi.


So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega:


  1. Yuqori standartlashuv darajasi, barcha respondentlarga bir xil javob variantlariga ega bir xil savollar berilishi bilan izohlanadi.

  2. Amalga oshirishning osonligi, respondentlar oldiga kelish shart emas, ularga savollarni pochta yoki telefon orqali berish ham mumkin.

  3. Chuqur tahlil o‘tkazish imkoniyati ketma-ketlikda aniqlashtiruvchi savollar

berilishidan iborat. Masalan, ishlayotgan bolali onalardan ularning ish joyi maktab yoki bolalar bog‘chasiga qanchalik yaqin bo‘lishi muhimligi so‘raladi. Keyin esa nechta maktab variant sifatida ko‘rib chiqilganligi haqida savol beriladi. Shundan so‘ng mashg‘ulot turi, daromad, oila hajmiga doir savollar beriladi.

  1. Tabulyatsiya va statistika tahlilini o‘tkazish imkoniyati matematik statistika usullari va shaxsiy kompyuterlar uchun mos keluvchi amaliy dasturlarni qo‘llashdan iborat.

  2. Muayyan bozor segmentlari bo‘yicha olingan natijalar tahlili.

Ommaviy so‘rovlarda axborot manbai bo‘lib faoliyat turi bo‘yicha tahlil predmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan aholi xizmat qiladi.

Maxsus so‘rovlarda aynan mutaxassislar (ekspertlar) – professional faoliyati

tadqiqot predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar asosiy axborot manbai vazifasini bajaradi.

Shu sababli maxsus so‘rovlar ko‘pincha ekspertlar so‘rovi deb ham ataladi. Ular marketing tadqiqotining boshida muammoni aniqlash uchun yoki tadqiqotning oxirida qaror qabul qilish lozim bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.

Bir martalik so‘rovlar faqat bozor sub’ektlarining korxona faoliyati va uning mahsulotlariga joriy reaksiyasini ko‘rsatgan bir paytda takroriy so‘rovlar tovarning butun hayot davrini, iste’molchilar so‘rovlari va did-istaklarini aniqlashga imkon beradi.

So‘rovlar odatda ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlardan foydalanuvchilar fikrini o‘rganish uchun foydalaniladi, chunki ularning doirasi nisbatan cheklangan bo‘ladi. Iste’mol bozorida potensial iste’molchilar soni shunchalik ko‘pki, amalda ushbu usuldan foydalanishning imkoni yo‘q. Bunday sharoitlarda tanlama kuzatuvlar o‘tkaziladi.

Anketa so‘rovlari usulining afzalligi uni amalda hech qanday cheklashsiz qo‘llash mumkinligi, ob’ektning oldingi va joriy xulq-atvori, kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot olishga imkon beradi.

Mazkur usulning kamchiligi so‘rovlarni o‘tkazish uchun katta xarajat va ko‘p mehnat talab qilinishi, olingan axborotning noto‘g‘ri javoblar natijasida aniqlik darajasi pasayishi mumkinligidan iborat.

So‘rovni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagilarni ko‘zda tutadi:


  • auditoriya bilan aloqa usulini tanlash;

  • anketani tayyorlash;

  • sinov o‘tkazish va anketani to‘ldirish.

So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari va iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li bilan birlamchi axborot to‘plashda namoyon bo‘ladi. So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga ega bo‘lishi mumkin; birinchi holatda barcha so‘ralayotganlarga bir xil savollar beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi.

So‘rov o‘tkazishda so‘ralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va gazetalar redaksiyalari o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ularning yoshi, jinsi, ma’lumot darajasi, mashg‘ulot turi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir martalik tanlanma tadqiqot o‘tkazadi.

So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi:


  1. respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan, javoblarni intervyuyer qayd etib boradi;

  2. kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan;

  3. respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega:

  1. Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini boshqarishga imkon beradi.

  2. Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli munosabat o‘rnatish imkoniyati.

  3. So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish imkoniyati — masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam berish.

Mazkur usulning kamchiliklari xuddi ikkinchi usulniki kabi bo‘lib, keyinroq ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:



  1. Mazkur yondashuvni shaxsiy intervyuga nisbatan tezroq amalga oshirish. Kompyuter oldingi savollarga moslashtirilgan savollarni juda tez berishi, tasodifan tanlangan telefon raqamlarini tez terishi, har bir so‘raluvchining xususiyatlarini hisobga olishi mumkin.

  2. Intervyuyerning xatoga yo‘l qo‘ymasligi, kompyuter charchamaydi, uni

«sotib olib» bo‘lmaydi.

  1. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish.

  2. Ma’lumotlar bilan real vaqt rejimida ishlash. Olingan axborot bevosita ma’lumotlar to‘plamiga jo‘natiladi hamda istalgan payt tahlil qilish uchun ochiq bo‘ladi.

  3. Intervyuyerning sub’ektiv xislatlari olinadigan javoblarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Respondentlar intervyuyerga yoqmaydigan javoblarni bermaslikka harakat qilmaydi.

Kompyuter usulining kamchiliklari kompyuter va dasturiy vositalarni xarid qilish va undan foydalanish, har bir tekshiruvdan so‘ng kompyuterni viruslardan tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat.

Uchinchi usulning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy jihati shundaki, respondent unga berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi.

Ushbu usulning afzalliklari:


  1. Intervyuyer va kompyuter texnikasidan foydalanilmaslik sababli nisbatan arzonlik.

  2. Respondentlar tomonidan savollarga javoblarning mustaqil berilishi, ular savolga javobberish tezligi va vaqtini o‘zlari belgilaydi.

  3. Intervyuyer yoki kompyuter tomonidan ko‘rsatiluvchi biron-bir ta’sirning yo‘qligi respondentlar uchun savollarga javob berishda yanada qulaylik yaratadi.

Bu usulning kamchiligi birinchi navbatda respondentning o‘zi anketa savollariga javobni nazorat qilishi, uning javoblarida xatolar bo‘lishi mumkinligi, so‘rov muddati buzilishi yoki anketalarning umuman qaytarib berilmasligidan iborat.


Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish