7.2-jadval
STEP-tahlil o‘tkazish uchun jadval shakli
Omillar guruhi
|
Hodisa/omillarnin g ta’rifi
|
Xavf- xatar/imko niyat
|
Hodisa yoki omilning namoyon bo‘lish
ehtimolini baholash
|
Hodisa yoki omilning muhimligin i baholash
|
Kompaniy aga umumiy ta’sir
|
Hatti- harakatla r dasturi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Sotsial
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
3...
|
Texnologik
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
3...
|
Iqtisodiy
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
3...
|
Siyosiy
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
3...
|
STEP-tahlil shaklini to‘ldirish. Shakl har bir ekspert tomonidan mustaqil quyidagicha to‘ldiriladi:
Ustun 1 – omil mansub bo‘lgan guruh tanlanadi;
Ustun 2 – ekspert nuqtai nazardan muhim makromuhit omillari, shuningdek kompaniya faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim hodisalar yoziladi.
Ustun 3 – har bir omilning ta’siri aniqlanadi, uning korxona uchun xavf-xatar yoki imkoniyat yaratishi aniqlanadi. Ayrim hollarda bitta omilning o‘zi bir vaqtda ham xavf-xatar ham imkoniyat yaratishi mumkin, bunda ikkala variant ko‘rib chiqiladi. Mazkur ustunda “+” (imkoniyat) yoki “–” (xavf-xatar) belgilari qo‘yiladi.
Ustun 4 – tahlilga kiritilgan har bir omil yoki hodisa uning yuzaga kelish yoki namoyon bo‘lish ehtimoli jihatdan baholanadi (miqdoriy shkala – 100%dan 1 gacha, yoki sifat shkalasi: yuqori – o‘rta – past qo‘llanishi mumkin)
Ustun 5 – 1 (eng past)dan 10 (eng yuqori)gacha shkala bo‘yicha omillarning muhimligi baholanadi.
Ustun 6 – har bir omilning kompaniyaga ta’siri 4- va 5-ustunlarni ko‘paytirish va 3-ustundagi belgini qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi.
Ustun 7 – tahlil asosida makromuhit ta’sirini hisobga olish bo‘yicha korxonaning xatti-harakatlari taklif etiladi. Shunday qilib, yakuniy shakl ekspertlar nuqtai nazardan korxonaning xatti-harakatlari dasturini o‘z ichiga oladi.
Barcha ekspertlarning ish natijalarini umumlashtiruvchi makromuhit omillari ta’sirini baholashning yagona yakuniy shaklini tayyorlash, va korxona mutaxassislari tomonidan har bir omillar guruhi va alohida hodisalar va omillar bo‘yicha korxonaning harakatlar dasturini ishlab chiqish.
Strategik va taktik rejalashtirish jarayonida makromuhit tahlilining yakuniy shakli natijalaridan foydalanish.
Reja davri tugaganidan so‘ng rejalashtirilgan tadbirlarni baholashni o‘tkazish. Bunda ushbu tadbirlar yordamida makromuhitning salbiy ta’sirini kamaytirishga va ijobiy ta’sirini oshirishga qanchalik erishilgani aniqlanadi.
STEP-tahlil uslubiyoti makromuhit tahlilining ko‘rib chiqiladigan barcha uslubiyotlari singari eng yuqori natija beradi, agar tahlil muntazam ravishda bir xil shaklda o‘tkazilsa bu holda omillar dinamikasi va ularning korxonaga ta’siri qayd etiladi.
Natijada aniq korxonaning makromuhit omillari yig‘indisiga munosabati modelini olish mumkin. U korxona boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini oshirishga yordam beruvchi o‘ziga xos tajriba modeli sifatida qaralishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |