Marketing tadqiqotlari


-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari



Download 3,61 Mb.
bet134/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

8.1-rasm. Xarakter bo‘yicha panel turlari


So‘rovlarni o‘tkazishda olinuvchi axborot ko‘p jihatdan panel tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi. Oila va yakka holdagi iste’molchilar panelini tuzish eng qiyin jarayon hisoblanadi. Savdo, sanoat korxonalari va ekspertlar panellarining ustunligi ularning a’zolari soni iste’molchilar paneliga nisbatan kamligida bo‘lib, bu ularni shaklantirish va kuzatish xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi.

O‘rganilayotgan muammolar bo‘yicha panellar umumiy va ixtisoslashgan turlarga taqsimlanadi. Ixtisoslashgan panellar ayrim tovar yoki tovarlar guruhini o‘rganish uchun tuzilishi mumkin. Masalan, ular yordamida tovarlar va yangi tovar konsepsiyalari sinab ko‘riladi; bozor tendensiyalari kuzatib boriladi; iste’molchilar yangi tovar haqida ma’lumot oluvchi manbalar aniqlanadi.

Axborot olish usuli bo‘yicha to‘rt xil panelni ajratib ko‘rsatish mumkin:



  1. panel a’zolari talab qilinuvchi axborotni (to‘ldirilgan kundaliklar, so‘rov varaqalari) pochta orqali jo‘natadi;

  2. panel a’zolaridan intervyu olinadi;

  3. panel a’zolari kundalik yoki so‘rov varaqalarini to‘ldiradi, lekin axborotni maxsus xodimlar to‘playdi;

  4. panel a’zolaridan ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng intervyu olinadi, bu vaqt ichida axborot pochta orqali jo‘natiladi.

So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi:

  1. respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan, javoblarni intervyuyer qayd etib boradi;

  2. kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan;

  3. respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega:

  1. Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini boshqarishga imkon beradi.

  2. Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli munosabat o‘rnatish imkoniyati.

  3. So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish imkoniyati – masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam berish.

Mazkur usulning kamchiliklari xuddi ikkinchi usulniki kabi bo‘lib, keyinroq ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:



  1. Mazkur yondashuvni shaxsiy intervyuga nisbatan tezroq amalga oshirish. Kompyuter oldingi savollarga moslashtirilgan savollarni juda tez berishi, tasodifan tanlangan telefon raqamlarini tez terishi, har bir so‘raluvchining xususiyatlarini hisobga olishi mumkin.

  2. Intervyuyerning xatoga yo‘l qo‘ymasligi, kompyuter charchamaydi, uni

«sotib olib» bo‘lmaydi.

  1. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish.

  2. Ma’lumotlar bilan real vaqt rejimida ishlash. Olingan axborot bevosita ma’lumotlar to‘plamiga jo‘natiladi hamda istalgan payt tahlil qilish uchun ochiq bo‘ladi.

  3. Intervyuyerning sub’ektiv xislatlari olinadigan javoblarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Respondentlar intervyuyerga yoqmaydigan javoblarni bermaslikka harakat qilmaydi.

Kompyuter usulining kamchiliklari kompyuter va dasturiy vositalarni xarid qilish va undan foydalanish, har bir tekshiruvdan so‘ng kompyuterni viruslardan tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat.

Uchinchi usulning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy jihati shundaki, respondent unga berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi.




Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish