Marketing tadqiqotlari


Kuzatuv usulining turlari



Download 3,61 Mb.
bet137/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Kuzatuv usulining turlari

Sifat tadqiqotlarining asosini respondentlar bilan aloqa qilishdan ko‘ra ko‘proq ularni kuzatish ko‘zda tutiladigan kuzatuv usullari tashkil qiladi. Bu usullarning ko‘pchiligi psixologlar tomondan ishlab chiqilgan yondashuvlarga asoslanadi.

Marketing tadqiqotlarida kuzatuv o‘rganilayotgan ob’ekt xaqida tanlab olingan odamlar guruhini, harakatlar va vaziyatlarni kuzatish yo‘li bilan birlamchi marketing axboroti to‘plash usulini ifodalaydi. Bunda tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob’ektga taalluqli va tadqiqot maqsadlar nuqtai nazaridan muhim hisoblangan barcha omillarni bevosita qabul qiladi va qayd etadi.

Marketing tadqiqotida kuzatuv turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Kuzatuv o‘tkazish usullari xilma-xilligi ularni amalga oshirga to‘rt xil yondashuv: bevosita yoki bilvosita, ochiq yoki yashirin, strukturalangan yoki

strukturalanmagan, inson yordamida yoki mexanik vositalar yordamida amalga oshiriladigan kuzatuvlar asosida belgilanadi.

Bevosita kuzatuv aytaylik, xaridorlarning magazindagi xulq-atvorini (masalan, mahsulotlarni qaysi ketma-ketlikda sotib oladi) bevosita kuzatishni nazarda tutadi. Bilvosita kuzatuvni qo‘llashda xulq-atvorning o‘zi emas, balki natijalari o‘rganiladi. Bu yerda ko‘pincha arxiv ma’lumotlaridan foydalaniladi, masalan, belgilangan tovarlarning yillar bo‘yicha zaxiralar dinamikasi xaqidagi ma’lumotlar bozor vaziyatidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda foydali bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim hodisalarning tabiiy isbotlari o‘rganilishi mumkin. Masalan, axdat qutilarini o‘rganish natijalari bo‘yicha qaysi firmalarning tovar o‘rovi atrof-muhitni qay darajada ifloslantirishi xaqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.

Ochiq kuzatuvda odamlar, masalan, maxsus eksperimentlar o‘tkazishda ularni kuzatishayotganini bilishlari ko‘zda tutiladi. Biroq kuzatuvchilar mavjudligi kuzatuv ostidagilarning xulq-atvoriga ta’sir etadi, shu sababli bu ta’sirning minimal bo‘lishiga harakat qilish kerak.

Bu talablarga tadqiq etilayotgan shaxslar ularni kuzatishayotganini bilmagan hollardagi yashirin kuzatuvlar javob beradi. Masalan, magazinlarda sotuvchi xaridorlar bilan qanchalik xushmuomala bo‘lishi va ularga xaridni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishi yashirincha kuzatilishi mumkin.

Strukturalangan kuzatuv o‘tkazishda kuzatuvchi u nimalarni kuzatishi va qayd etishini oldindan belgilab qo‘yadi. Boshqa barcha xulq-atvor turlariga e’tibor qaratilmaydi. Ko‘pincha kuzatuvchining sarflanadigan vaqtini qisqartirishga yordam beradigan kuzatuvlar standart varag‘idan foydalaniladi.

Strukturalangan kuzatuv boshqa usullar bilan olingan natijalarni tekshirish, ularni aniqlashtirish uchun foydalaniladi. U tadqiqot ob’ektining xulq-atvorini aniqroq ta’riflash uchun axborot to‘plashning asosiy usuli sifatida ham foydalanilish mumkin.

Uning qo‘llanishi tadqiqot predmetini oldindan yaxshi bilishni talab qiladi, chunki strukturalangan jarayonni ishlab chiqish jarayonida tadqiqotchi kuzatilayotgan vaziyatni tashkil qiluvchi hodisalarni tasniflash tizimini tuzish va kzatuv toifalarii

standartlashtirishi lozim. Tasniflash tizimi keyingi tahlilni o‘tkazish taxmin qilinayotgan atamalar bilan ifodalanishi lozim

Shunday qilib, kuzatuvlar shakli qaysi xulq-atvor turi kuzatilish va uning qanday qayd etilishini ko‘rsatishi lozim. Bundan tashqari, shaklning yuqori qismida tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi va kuzatuv vaqti ko‘rsatiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan yondashuvda dastlab tasniflash, so‘ngra kuzatuvni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Vaholanki dastlab kuzatuv o‘tkazish, so‘ngra natijalarni alohida toifalar bo‘yicha joylashtirish mumkin.




    1. Download 3,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish