Marketing tadqiqotlari


Kuzatuv usulini o‘tkazish bosqichlari



Download 3,61 Mb.
bet140/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Kuzatuv usulini o‘tkazish bosqichlari

Kuzatuv o‘tkazishning quyidagi bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi.

Maqsadni belgilash, vazifalar qo‘yish, kuzatuv ob’ekti va predmetini belgilash. Tadqiqot maqsadlariga qarab odatda kuzatuv predmeti sifatida ob’ekt faoliyatining bitta yoki bir nechta chegaralangan sonli jihatlari tanlab olinadi, masalan, xaridorning magazin savd zalidagi harakatlar yo‘nalishi o‘rganiladi.

Mos keluvchi ruxsatnomalar olish, odmlar bilan muloqo‘natish.

Kuzatuv usulini tanlash va oldindan to‘plangan materiallar asosida jarayonni ishlab chiqish.

Kuzatuvga kirishishdan oldin tadqiqotchi uchun qiziqarli bo‘lgan vaziyat xaqida mulohaza yuritish mumkin bo‘lgan kuzatuv birliklarini tanlab olish lozim. Kuzatuv birligi sifatida turli xarakterdagi istalgan murakkab harakatlar yig‘indisi tanlanishi mumkin.

Texnik hujjatlar va asbob-uskunalar tayyorlash (kartochkalar, bayonnomalar, kuzatuvchilar uchun yo‘riqnomalarni ko‘paytirish, texnik asbob-uskunalarni tayyorlash va h.k.).

Reja ishlab chiqilgandan so‘ng kuzatuv o‘tkazish, ma’lumotlar to‘plash, axborot jamlash amalga oshiriladi.

Bu yerda birinchi navbatda kuzatuvchilarni tanlab olish lozim. diqqat-e’tibor, sabr-toqat, kuzatilayotgan vaziyatdagi o‘zgarishlarni qayd etish qobiliyati kabi xislatlardan tashqari kuzatuvchiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri halollik hisoblanadi.

Kuzatuvchi o‘z harakatlarining kuzatilayotgan vaziyatga ta’siri, demak, ularning o‘zgarishi minimal bo‘lishi uchun ularni uzluksiz kuzatib borishi lozim.

Har bir kuzatuvchi mos keluvchi tayyorgarlikdan o‘tishi zarur. Kuzatuvchini o‘qitishi bir vaqtning o‘zida unda muhim harakatlarni ko‘ra olish, shuningdek, eslab qolish va aniq qaydlar yuritish qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Kuzatuvga tayyorgarlikda yo‘riqoma ishlab chiqish muhim bosqich sanaladi. Yaxshi tayyorlangan yo‘riqoma kuzatuvchilarning ishini yengillashtiradi va ular tomondan to‘planadigan materiallarni bir xillashtiradi.

Yo‘riqnomada kuzatilayotgan hodisalarni qayd etish usuliga talablar ko‘rsatilishi lozim.

Kuzatuv natijalarini qayd etish quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi: vaqt va joy imkon beradigan darajada «qaynoq izlar» bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa muddatli qayd; kuzatilayotgan shaxslar, hodisa va jarayonlarga taalluqli axborotni qayd etish uchun xizmat qiladigan kartochkalar; kuzatuvlar kundaligi; foto-, video-, ovoz yozuvlari.

Kuzatuv natijalarini qayd etish ikki yoqlama nazorat – kuzatuvchi ustdian nazorat va kuzatilayotgan vazit yoki jarayon doirasida chetga og‘ishni nazorat qilish

vositasi hisoblanadi.

Strukturalanmagan kuzatuv ko‘pincha natijalarni qayd qilishning qat’i belgilab qo‘yilgan shakllariga ega bo‘lmaydi. Bu yerda avvalo qaydlar nima kuzatuv hisoblanishi, nima esa kuzatilayotgan hodisalar talqini ekanligini aniqlashga imkon berilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kuzatuv ustidan nazorat turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin: a) vaziyat qatnashchilari bilan suhbat o‘tkazish; b) ushbu vaziyat bilan bog‘liq hujjatlarga murojaat qilish; v) o‘z kuzatuvi natijalarini boshqa, malakali kuzatuvchi tomondan qilingan kuzatuv natijalari bilan solishtirish; g) kuzatuv xaqida raportlarni boshqa tadqiqotchilarga kuzatuvlarni takrorlash maqsadida yuborish.

Kuzatuv xaqida hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: amalga oshirilgan kuzatuv vaqti, joyi va vaziyatlari xaqida hujjatlar; tadqiqot o‘tkazishda kuzatuvchining roli kuzatuv usuli xaqida axborot; kuzatilayotgan shaxslar tavsifnomasi; kuzatuvchining o‘z qaydlari va sharhlari; olingan natijalar ishonchliligining bahosi.

Odatda ishonchlilikni baholashning uchta turidan biri qo‘llanadi:



  • kuzatuvchilarning rozilik koeffitsiyenti (bitta vaziyat bir vaqtning o‘zida turli tadqiqotchilar tomondan kuzatiladi);

  • barqarorlik koeffitsiyenti (bitta kuzatuvchining o‘zi kuzatuvni turli vaqtlarni o‘tkazadi);

  • ishonchlilik koeffitsiyenti (turli kuzatuvchilar turli vaqtda kuzatuv o‘tkazadi).

Kuzatuvlar rejasini ishlab chiqishda kuzatuv ostiagilar faoliyati ro‘y beradigan sharoit va vaziyatlarning eng muhim tavsiflarini aniqlash, ya’ni kuzatuvni qachon va qayerda o‘tkazish masaalsini hal qilish zarur.


Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish