“маркетинг” фанидан



Download 222,27 Kb.
bet35/38
Sana10.06.2022
Hajmi222,27 Kb.
#649699
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Defektologiyadan ma\'ruzalar

Mavzu bo’yicha savollar:
1 Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan MTM va maktab internatida olib borilgan ishlar mazmuni nimalardan iborat ?
2 Harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar uchun tashkil etilgan MTM va maktab internatida tarbiyachi hodimlar faoliyati va vazifalari haqida nimalarni ayta olasiz ?
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ayupova M.Y. Logopediya. T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.

  2. Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.

  3. Лапшин В.A., Пузанов Б.П. Основи дефектологии. M.: Просвещение, 1990.

  4. Mo’minova L.R. Logopediya. T., 2006 y.

  5. Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). T.:«G’afur G’ulom», 2007.

  6. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: G’ofur G’ulom, 2004 y.

  7. www. Ziyo.net



29-mavzu: Autizm haqida tushuncha , uning turlari va sabablari
(2soat, nazariy)
Reja:

  1. Autizm sindromiga chalingan bolalar. “Autizm sindromi”ga ta’rif

  2. Autizmning sabablari, turlari.

3 Maxsus ta’lim va tarbiyani tashkil etish yo’llari


Тayanch iboralar:
Autizm sindromi , ushbu kasallikning sabablari, autizmning turlari, maxsus ta’lim va tarbiyani tashkil etish yo’llari.

Autizm ( grek tilida autos-o’zi) – bu atama 40 yil oldin kirib kelgan, munozarali, lekin ba’zilarning baxslashib kelishicha, odatda bolaga “autistlik” deb tashxis qo’yish mumkin. Bu xastalikning asosiy belgisi- bolaning muloqot qilishdagi qiyinchiligi; boshqa odamlar bilan aloqa qilishdan o’zini tortib, go’yo o’zining olamida yashayotgandek tuyuladi. Ba’zi autistik cheklanishlari bo’lgan odamlar bitta ma’lum sohaga (masalan rassomchilik) qaratilgan ajoyib qobiliyatlarini namoyon etadilar va boshqalari esa me’yoriy “normal” holatga tushib qoladilar. Shunga qaramay, bu xastalikka haligacha da’vo topilgani yo’q. Autizm asab sistemasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlicha namoyon bo’ladi. Ayrim olimlar fikricha, autizm ruhiy kasalliklarning belgilaridan biri bo’lib, bunda bola tevarak-atrofga nisbatan befarq, beparvo bo’ladi. Natijada atrofdagilar bilan aloqada bo’lmaydi, muloqot qilmaydi. Bola o’z-o’zi bilan bo’lib, o’zicha hayajonlanib, kiyinib , nimalardandir tashvishlanib o’z ichki dunyosida yashaydi. Ba’zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo’ladi. Ular tushkinlikka tushishlari yoki bezovta bo’lishlari mumkin; yoki ularning xulq-atvori g’ayritabiiy bo’ladi, buni noo’rin yig’lashlari yoki kulishlaridan bilishlari mumkin. Ular haddan tashqari harakatchan bo’lib, ish vaqtining o’zida biror narsaga e’tiborini bir zumgina qaratib, yana boshqa narsalar bilan chalg’ib ketishlari mumkin, yoki ular befarq, yoki parishonxotir bo’lishlari mumkin. Emotsional tushkinliklar yaqin orada bolib o’tgan jarohatlar, hafagarchilik yoki uzoq vaqt ongli ish bilan shug’ullanish natijasida yuzaga kelishi mumkin.


Autizm atamasi birinchi bo’lib shveysar psixiatri Eygen Bleyler tomonidan 1910-yilda shizofreniya kasalligining belgilaridan biri sifatida ishlatiladi. Autizm holati shizofreniya kabu ruhiy kasallikda ko’proq namoyon bo’ladi. Bola vaqtni sezmaydi, hozirda ro’y berayotgan voqea-hodisalarni o’tgan yoki kelasi zamon bilan almashtiradi, real voqea-hodisalarni fantastik mavhum voqea-hodisalar bilan aralashtirib yuboradi. Autizm holatida bola faoliyati sustlashadi yoki keraksiz, noaniq faoliyat bilan shug’ullanadi. Bolaning xulq-atvori buziladi, o’yin faoliyati, qiziqishi sustlashadi, ma’yus holatda yuradi, kattalar va tengdoshlari bilan aloqada bo’lmaydi, hech kim bilan gaplashishni istamaudi, ba’zilarda indamaslik (mutizm xolati) kuzatiladi.
1943-yilda ingliz psixiatri Leo Kenner davolash amaliyotida 11 bolani ng xulq-atvori, yurish-turishida o’xshash belgilarni kuzatib, “ilk yoshdagi bolalar autizmi” atamasini kiritdi. U kuzatgan barcha bolalardagi belgilar hozirgi kunda ham autizmning asosiy belgilari sifatida o’rganilmoqda. Shunga qaramay, ko’p yilllar mobaynida bolalar autizmi aqli zaiflik, shizofreniya va boshqa ruhiy kasalliklarning belgilari sifatida o’rganilgan edi. Faqatgina 1981-yildan boshlab bolalar autizmi mustaqil nuqson sifatida qabul etildi. Hozirgi kunda bolalar autizmi bosh miyaning rivojlanishidagi kamchiliklardan kelib chiqadigan mustaqil nuqson sifatida o’rganilmoqda. Biroq bosh miyaning rivojlanishidagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari hali noaniq. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra, bolalar autizmi irsiy kasallik bo’lib hisoblansa, boshqalari esa autism holati aqli zaiflikdan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi.
Amerikada 1996-2007-yillarda bolalar autizmi mustaqil nuqson sifatida ancha ko’p miqdorda hisobga olindi. Bolalarga- “sababi noaniq bo’lgan rivojlanishning og’ir buzilishi ” diagnozi qo’yilgan. Diagnozni o’rganishda ko’proq bolaning xulq-atvoriga e’tibor beriladi. Autizmning birinchi belgilari bir yoshda paydo bo’ladi. Odatda sog’lom bola ilk yoshdan boshlab tevarak –atrofga qiziqish bilan qaraydi. To’rt oylik bolaga shiqildoq qo’liga tutilsa u xursand bo’ladi, onasini ko’rsa talpinadi va hokazo. Bola autizmida esa go’dak atrofdagilarga e’tibor bermaydi, hech narsaga qiziqmaydi, yangi buyumlarni o’rganishni istamaydi, kattalarga ham talpinmaydi.
Aytizmning asosiy belgilari bir yoshdan to uch yoshgacha bo’lgan davrda to;liq namoyon bo’ladi. Ota-onalar quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:
- bolaning ota-onasi bilan bo’lishni yoqtirmasligi;
- uch yashar bola nutqining rivojlanmaganligi;
- biron – bir kishi bilan bo’lishdan ko’ra bir o’zi bo’lishni yoqtirishi; ular buyumlarni doim bir xil tartibda qo’yib chiqadilar;
- tevarak-atrof bilan aloqada bo’lishni istamasligi; qiziqmaslik. Odatda, bola nutqi hali rivojlanmagan bo’lsa ham, u o’z istak-xohishlarini imo-ishora, harakat bilan bildiradi. Bola autizmida esa bu kuzatilmaydi;
- bola ko’zingizga qaramaydi;
- bolaning harakatlari, imo-ishoralari hech narsani bildirmaydi, asabiylashganini ko’rsatadi;
- bola bir tonda, ifodasiz, xuddi bir yod olgan matnni ifolayotgandek gapiradi. Bola o’zi yaxshi gapira olmasa ham, uning aks-sado nutqi, ya’ni exalaliya- kimnidir ketidan qaytarish qobilyati yaxshi bo’ladi;
Autism bolada har xil darajada nomoyan bo’lishi mumkin.maktabda yangi kelgan bolalarda autizmga o’xshash belgilar paydo bo’lishi mumkin, chunki bola yangi muhit, yangi sharoitga, yangi odamlarga hali o’rganmagan bo’ladi. Og’ir darajadagi autizmda aqli zaiflik belgilari kuzatiladi.
Autizmning yegil holatida tarbiyachi bolaning kun tartibini to’g’ri tashkil etishi muhim. Bolaning faoliyatini uyg’unlashtirish, guruhdagi bolalar bilan yaqinlashtirish, psixoterapevtik tushuntirish ishlarini izchillik bilan olib borishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borishi zarur. Bolaga haddan tashqari e’tibor bermaslik, bola oilada o’zini hamma qatori his etishini ta’minlash, bolaga qo’lidan keladigan ishlarni buyurish va bajargan ishini maqtab qo’yish, bolani qo’llab-quvvatlash zarur. Maktabgacha tarbiya muassasasi xodimlari bola uchun qulay sharoitni yaratib berib, unga yaxshi muomalada bo’lgan holda uning ijtimoiy moslashuvini amalgam oshirishga yordam berishlari lozim.
Autizmning og’ir holatlarida bola shifokor nazoratida dori-darmonlar bilan davolanishi maqsadga muvofiqdir.
Mavzu yuzasidan savollar:
1 Autizm deganda nimani tushunasiz?
2 Autizmning kelib chiqish sabablari nimada ?
3 Autizm sindromiga chalingan bolalarda qanday holatlar kuzatiladi ?

Foydalangan adabiyotlar:



  1. Ayupova M.Y. Logopediya. T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.

  2. Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.

  3. Лапшин В.A., Пузанов Б.П. Основи дефектологии. M.: Просвещение, 1990.

  4. Mo’minova L.R. Logopediya. T., 2006 y.

  5. Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). T.:«G’afur G’ulom», 2007.

  6. Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: G’ofur G’ulom, 2004 y.

  7. www. Ziyo.net



Download 222,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish